KIRISH
I-Bob. Adabiyotlar sharxi
Farg’ona vodiysining o’simliklar qoplami bo’yicha tadqiqotlar
Floristik yo’nalishdagi tadqiqot ishlari
Tuban o’simliklar bo’yicha tadqiqotlar
II-Bob. Farg’ona vodiysining tabiiy-geografik tavsifi
2.1. Relefi
2.2. Iqlimi
2.3. Gidrologiyasi
2.4 Tuproqlari
III-Bob. Sirdaryo haqida ma’lumot
3.1. Geografik joylashuvi
3.2. Tabiati
3.3. Suv yig`ilishi va o`zgarishi
3.4. Iste`mol
3.5. Sirdaryoni xosil qiluvchi daryolar
3.5.1. Qoradaryo haqida qisqacha tasnif
3.5.2. Norin daryosi haqida qisqacha ma’lumot
IV-Bob. Sirdaryo to’qaylari
4.1. Sirdaryo to’qaylarida tarqalgan o’simliklar
4.2. Sistematik taxlili
4.3. Ekologiyasi va hayot shakllari
V- bob. Sirdaryo o’simliklarini ho’jalikdagi ahamiyati
Hulosa
Foydalanilgan adabiyotlar
Ilovalar
KIRISH
Mavzuning dolzarbligi. Hozirgi vaqtda jahon fan texnika taraqqiyoti jadal rivojlanishi munosabati bilan tabiiy zaxiralardan xo’jalik maqsadlarida tobora ko’proq foydalanilmoqda. Buning ustiga, dunyo aholisi yildan-yilga o’sib borib, ko’proq miqdorda oziq-ovqat, yoqilg’i, kiyim-kechak va boshqa narsalarni ishlab chiqarish talab qilinmoqda. Bu esa o’rmonlar egallab turgan maydonlarning jadal sur’atlarda qisqarishiga, cho’l-sahrolarning bostirib kelishiga, tuproqning buzilishiga, atmosferaning joylashgan azon to’sig’i kamayib ketishiga, yer havosining o’rtacha harorati ortib borishiga va boshqa holatlarga sabab bo’lmoqda.
Yashillik olami – tiriklik ramzi, toza havo, tiniq suv, go’zal muhit degan so’z. Afsuski keyingi yuz yil mobaynida o’simliklar, ayniqsa, o’rmonlar maydoni keskin qisqarib ketmoqda. Agar bu salbiy holatning zudlik bilan oldi olinmasa, yaqin yillarda insoniyat boshiga katta falokatlar yog’ilishi mumkin.
O’rmon – bu yashillik olami. U ming yillar osha odamzodning xizmatida bo’lgan. Daraxtzorlar yer qatlamining kattagina qismini egallagan holda yerdagi jamiki tirik jon uchun ulkan kislorod ishlab chiqarish fabrikasi hisoblanadi. Bundan tashqari, daraxtzorlardan aholining salomatligini, madaniy va estetik talablarini qondirishda foydalaniladi.
Oxirgi 30 yil davomida O’zbekistondagi to’qayzorlarning hajmi qariyib 90% ga qisqarib ketdi! Buni tasavvur qilishning o’zi dahshat! Yana bir necha yil ahvol o’zgarishsiz qolsa, biz noyob o’rmonlarimizni va ular bilan birga to’qayzor ekinlarini hamjamiyatini yo’qotib qo’yishimiz mumkin. Daraxtlar ayovsiz kesib yuborilmoqda. Noyob o’rmonlarimiz mahalliy aholi tomonidan isitish uchun foydalanilmoqda. O’rmonlarni tiklash ishlari bilan esa hech kim shug’illanmaydi. Yangi daraxtlarni ekish hech kimning hayoliga kelmayapti. Faqat qurilishda ishlatish maqsadida teraklar ekiladi, xolos.
To’qayzor o’rmonlar - tabiiy merosimizdir, o’rmonlarimizni va noyob tabiiy hududlarni yo’qolib ketishdan saqlash uchun kompleks yondashuv talab qilinadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |