Kirish i-bob. Adabiyotlar sharxi


Tuban o’simliklar bo’yicha tadqiqotlar



Download 0,72 Mb.
bet7/23
Sana31.05.2022
Hajmi0,72 Mb.
#623103
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   23
Bog'liq
Дисс. ор - для слияния

1.3. Tuban o’simliklar bo’yicha tadqiqotlar. So’nggi yillarda Farg’ona vodiysi hududida nafaqat yuksak o’simliklar, balki tuban o’simliklar (suvo’tlari) ustida ham bir qancha ilmiy tadqiqot ishlari bajarildi.
Yu.SH.G’afforov o’z tadqiqotlarida birinchi marta Namangan viloyatining yuksak o’simliklarida tarqalgan mikromitsetlarning turlar tarkibini aniqlagan, taksonomik tahlilini amalga oshirgan. Shuningdek, mikromitsetlarning morfo-biologik, ekologik va xo’jayin o’simliklarga moslashish xususiyatlarini, tik mintaqalar va fasllar bo’yicha rivojlanish qonuniyatlarini o’rgangan [].
M.M. Iminovaning Farg’ona vodiysi makromitsetlari (O’zbekiston Respublikasi hududidagi) mavzusidagi nomzodlik ishida Farg’ona vodiysidagi makromitsetlarning tur tarkibini aniqlash, ularni taksonomik tahlil qilish, bioekologik xususiyatlarini va tarqalish qonuniyatlarini o’rganish asosiy maqsad sifatida belgilangan []. Bu ishda Farg’ona vodiysidagi tarqalgan makromitsetlarni tur tarkibini aniqlangan, makromitsetlarning taksonomik tahlili amalga oshirilgan. Aniqlangan turlarning mavsumiy rivojlanish dinamikasi, istiqbolli makromitset turlaridan toza kulьtura olish va ularning bioekologik xususiyatlarini o’rganilgan.
X.E. Ergasheva [] Farg’ona vodiysi suv omborlari (Andijon suv omboridan 418 tur, Eskier suv omboridan 267 tur va Karkidon suv omboridan 186 tur) alьgoflorasining taksonomik tarkibi o’rganib, Andijon suv ombori alьgoflorasi tarkibida O’zbekiston alьgoflorasi uchun ilk bor 10 ta yangi turni aniqlagan. Suv omborlarida suvo’tlarining turlar soni jihatidan eng ko’p uchrashi yozda (346 tur) kuzatilgan. Bahorda (306 tur) va kuzda (301 tur) kamroq, deyarli o’xshash natijalar olingan, qishda (73 tur) esa turlar soni sezilarli darajada kamayganligi qayd etilgan [].
M.P. Yuldashevaning “SHohimardonsoy-Marg’ilonsoy alьgoflorasi” mavzusidagi tadqiqoti SHohimardonsoy-Marg’ilonsoy alьgoflorasi turlar tarkibini aniqlash va suvining ekologiya-sanitariya holatini baholashda indikator-saprob turlarning ahamiyatini asoslashga qaratilgan []. Tadqiqotchi tomonidan SHohimardonsoy-Marg’ilonsoy alьgoflorasining turlar tarkibini aniqlangan, ularning taksonomik tahlilini amalga oshirilgan. Ishning ilmiy jihatidan ahamiyatli tomoni shundaki, ilk marta daryo alьgoflorasi turlar tarkibining oqim bo’ylab tarqalishini aniqlangan va daryoning yuqori, o’rta va quyi oqimlar alьgoflorasi qiyosiy o’rganilgan. Shohimardonsoy-Marg’ilonsoy daryosi alьgoflorasining mavsumiy va oqimlar bo’ylab tarqalishiga ekologik omillarning ta’siri aniqlangan.
Farg’ona vodiysining tuproq suv o’tlari bo’yicha ilk tadqiqot ishi O.G’. Xusanovaga tegishli bo’lib, tadqiqotchi tomonidan SHimoliy Farg’ona tik mintaqalari tuproq yuza qatlamlarida tuproq suvo’tlarining tarqalish xususiyatlari o’rganilgan[]. Ishda birinchi marta SHimoliy Farg’ona vodiysining tik mintaqalari tuproq alьgoflorasining taksonomik tarkibi va tuproq suvo’tlarini tik mintaqalar bo’yicha tarqalish xususiyatlari o’rganilib, ilmiy asoslangan.
Yu.A. To’xtaboeva tomonidan Farg’ona vodiysi asosiy tip tuproqlarining alьgoflorasi o’rganilgan. Tadqiqot ishida asosiy e’tibor Farg’ona vodiysi asosiy tip tuproqlari alьgoflorasining mavsumiy va miqdoriy o’zgarishlarini aniqlashga qaratilgan [].
S.T. Mamasolievning “Shahar ekosistemalarining tuproq suvo’tlari (Andijon shahri misolida)” mavzusidagi tadqiqoti Andijon shahar ekosistemalarining tuproqlarida tarqalgan suvo’tlar tarkibini aniqlash asosida hududning ekologik holatini baholashga qaratilgan. Tadqiqotchi tomonidan Andijon shahri tuproqlarida tarqalgan suvo’tlar alьgoflorasining turlar tarkibini aniqlangan, ularning taksonomik tahlilini amalga oshirilgan. Ishning ilmiy jihatidan ahamiyatli tomoni shundaki, Andijon shahar ekosistemalarining tuproqlarida tur va tur xillari aniqlangan va ro’yxati tuzilgan, tuproq suvo’tlari bo’yicha ekobioforma tahlili o’tkazilgan, Andijon shahar ekosistemasi 4 xil ko’rinishdagi hududlarga bo’linishi, har bir hudud antropogen omillar ta’sirida tuproq suvo’tlarining o’ziga xos turlar tarkibiga ega bo’lishi, ular orasidagi farqlar ifloslanish darajasi bilan bog’liqligi asoslangan, Andijon shahar tuproqlarida sanoat ob’ektidan uzoqlashib borishi bilan suvo’tlarning turlar tarkibi o’zgarishi, kondensatsiya bilan bog’liq ifloslanish darajasini belgilashi aniqlangan [].
Farg’ona vodiysida olib borilgan botanik tadqiqotlarni tahlil qilish va o’rganishning o’ziga xosligi shundaki, hozirga qadar vodiyda olib borilgan tadqiqotlar floristik, sistematik, geobotanik va ekologik xususiyatga ega. Bu tadqiqotlar kelgusida Farg’ona vodiysi florasini keng ko’lamda tadqiq etishda, tavsiflashda va tahlil qilishda yangi tadqiqotlar uchun qimmatli ma’lumot sifatida xizmat qiladi. Farg’ona vodiysida olib borilgan bir qator izlanishlar va ularning natijalari mahalliy biologik xilma-xillikni o’rganishda va xujjatlashtirishda katta ahamiyatga ega deb hisoblanadi.



Download 0,72 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   23




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish