Dissertatsiya ishining tuzilishi va hajmi. Dissertatsiyasi ishi kirish, adabiyotlar sharxi, materiallar va tadqiqot uslublari, 5 bob, xulosa, foydalanilgan adabiyotlar ro’yhati va ilovalardan iborat. Dissertatsiya ..... sahifadan iborat bo’lib, ...... jadval va .... ta rasm keltirilgan.
I-Bob. Adabiyotlar sharxi
Farg’ona vodiysi qadim zamonlardan beri tadqiqotchilarni o’zlarining ajoyib boy o’simliklar dunyosi bilan e’tiborlarini tortib kelgan.
Farg’ona vodiysining madaniy va yovvoyi o’simliklari, o’rikzor, olmazor, rang-barang xo’raki uzumzorlari, bexizor, jiydazorlari bilan eramizdan avvalgi II-IV asrlarda Xitoy savdogarlarini diqqatini o’zlariga tortgan. Yozma ma’lumotlarga ko’ra, beda urug’lari, uzum novdalarini Xitoy savdogarlari o’z vatanlariga yashirib olib ketganlar.
Eramizdan avvalgi IV-asrlarda yashagan Aleksandr Makedonskiy Amudaryodan o’tib, Samarqand (Afrosiyob) orqali Xo’jandga keladi. Xo’jandga kira olmasdan chekinib, unga yaqin joyda Sirdaryoni qirg’og’iga Aleksandriya shahrini quradi. Atrofdagi mogoltovda yovvoyi olma, yong’oq, olicha, archa, qarag’aylarni o’sganligi haqida yozma manbaalar qoldiradi. SHuningdek bu o’rmonlarda ilashib o’suvchi lianasimon plushlarni o’sganligini yozib qoldiradi. Mogoltovni yuzlab o’simliklari haqida yozma ma’lumotlar qoldirgan.
VIII-asrda Farg’ona vodiysini arablar bosib oladi. Arablar vodiyning o’simliklar va hayvonot dunyosi haqida ma’lumotlar yig’adi. Bu ma’lumotlarni I.V.Mushketov o’z asarlarida keltiradi. 16-asrda Andijon hokimi Z.M.Bobur o’zining “Boburnoma” asarida Farg’ona vodiysida o’suvchi mevali o’simliklar, bog’lar, manzarali o’simliklar haqida ma’lumot beradi. Boburning asari vodiy bog’lari, dehqonchilik, madaniy va yovvoyi o’simliklar haqida tarixiy hujjatdir.
19-asrning 2-yarmida ilg’or rus olimlari O’rta Osiyoga keladilar. Ular Turkistonni geografik o’simliklari va hayvonot dunyosini atroflicha o’rganadilar. P.P.Semyonov Tyanь-SHanskiy. N.A.Severtsev A.P.Fedchenko I.V.Mushketovlar ana shunday tolmas olimlardir. 1830 yilda mashxur geograf G.N.Potanin Farg’ona vodiysini kartasini beradi. 1857 yilda Farg’ona vodiysini hayvonot dunyosini zoolog, zoogeograf N.A.Severtsev o’rganadi. 1864 yildan boshlab O’rta Osiyo Rossiya ixtiyoriga o’tadi. A.P.Fedchenko o’z oilasi Olga Aleksandrovna Fedchenko bilan birga Toshkent atroflari, Mirzacho’l massivini, Farg’ona vodiysini o’simliklar olami haqida katta materiallar yig’adi. Bu materiallar hozirgacha Moskva shahridagi Tabiatni sevuvchilar jamiyatini gerbariyasida saqlanadi. O’rta Osiyoni Fedchenko muzliklar shu Aleksey Povlovich Fedchenko nomiga qo’yilgan.
O.A.Fedchenko yig’gan gerbariylarning bir qismi Toshkent milliy Universitetining gerbariysida saqlangan. Keyinchalik bu gerbariy fanlar akademiyasining Botanika institutiga berilgan.
1879 yilda Farg’ona vodiysiga mashxur botanik A.Regel keladi. O’simliklar dunyosini o’rganadi. Turli o’simlik oilalari, o’nlab yangi o’simlik turlarini yozadi.
Masalan: har xil bargli nok, tulpan-lola, shirachlar ana shunday Regel ochgan yangi turlardir.
1892-1893 yillarda Farg’ona vodiysiga Akademik A.F.Middendorf keladi. Katta monografiya yozib qoldiradi. Middendorfning monografiyasiga, Vodiyning florasi, tuprog’i, iqlimi, gidrologiyasi, katta etnografiyasi ham kiritiladi. V.A.Nalivkin “Farg’ona vodiysining qumlarini o’rganish tajribalari” nomli kitob yozib qoldiradi. Olim qumlarni mustahkamlash, tarqalmasligi uchun sun’iy, daraxtsimon o’simliklarini ko’plab ekilishini va bu o’simliklar qumlarni mustahkamlash yoki qumlarni fitomilerativ ahvolini yaxshilashni targ’ib etadi.
Farg’ona vodiysini keyinchalik mashhur botanik Boris Aleksevich Fedchenko o’rganadi. Bu olim vodiyning o’simliklar olamini atroflicha o’rganadi. Onasini yig’gan gerbariylarini ham qayta ishlab chiqadi. 1911 yilda Andijon uezdini 1912 yilda Namanganni, 1913 yilda Osh, Qo’qon, Marg’ilon uezdlarini O.E.Knorring Z.A.Minkivitslar o’rganadilar. Bu uezdlarni o’simliklarini, qoplamlarini, florasini va ularni tarqalishlarini, rasmlari bilan tasniflanadi. 1915-1916 yillarda Farg’ona vodiysi o’simliklarini o’rganish uchun M.G.Popov, S.V.Rojivitslar kelishadi. Oktyabr revalyutsiyasidan keyin 25-28 yillarda vodiy o’simliklarini V.P.Drobov, Ye.P.Korovin kabi mashxur botaniklar o’rganishadi. Ye.P.Korovin Jalolobod katlavinasini, jumladan Arslonbop o’simliklarini o’rganadi.
Arslonbop atrofidagi yongoq, pista, bodom, olma, nok, alicha, do’lana, giloslarni va ularning xilma-xilliklarini zo’r kiziqish bilan yozadi. Yovvoyi olmalarni orasida madaniy navlar ichida “antonovka” “Razmalik”, hattoki “apport” singari navlarga o’xshaydigan yovvoyi tur xillarini uchratish mumkin deb yozadi.
1930 yillarda Farg’ona vodiysining, ayniqsa, Sirdaryoning oqimini chap tomonlarini, B.S.Zakrejovskiy va N.N.Dzens-Litovskiylar tomonidan o’rganiladi.
Jumladan, isfara dunyosining vohalarini ham tekshirishadi. 1930- 1940 yillarda Farg’ona vodiysini O’zbekiston va Qirg’iziston botaniklaridan M.M.Sovetkina, K.S.Afanasev, V.S.Tarasevich, V.I.Tikochenko, G.T.Sidorenko, M.M.Nabiev. 1960 yillarga kelib, professor M.M. Arifxonova, akademik A.M.Muzaffarov kabi botaniklar chukur o’rganadilar.
Farg’ona vodiysida tarqalgan SHo’radoshlar oilasi va ularni o’simliklar qoplamida tutgan o’rni O’. Pratovning “Маревые Ферганской долины” nomli ilmiy asarida muammal bayon etilgan. Olim tomonidan birinchi marta hudud uchun xos bo’lgan Sho’radoshlar oilasi fitotsenologik tadqiq etilib, 4 tip, 9 formatsiya va 18 assotsiatsiya ajratildi va tavsiflandi [].
Do'stlaringiz bilan baham: |