Oʻsimlik olami(floristik)ni tadqiq etish biologik xilma-xillikni oʻrganish va saqlashning muhim tarkibiy qismlaridan biridir



Download 20,5 Kb.
Sana06.06.2022
Hajmi20,5 Kb.
#642682
Bog'liq
mustaqil


Oʻsimlik olami(floristik)ni tadqiq etish biologik xilma-xillikni oʻrganish va saqlashning muhim tarkibiy qismlaridan biridir. Ushbu muammoning yechimi atrof-muhitga antropogen taʼsir kuchayib borishi munosabati bilan oʻsimliklarning hozirgi holati toʻgʻrisida ilmiy asoslangan maʼlumotlarni olish zarurati bilan asoslanadi. Oʻrta Osiyo togʻlarida olib borilayotgan keng koʻlamli floristik tadqiqotlar fan uchun qiziqarli boʻlgan yangi kashfiyotlar qilish imkonini beradi.

Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi Botanika instituti olimlari soʻnggi dala tadqiqotlari davomida Oʻzbekiston florasi uchun yangi oʻsimlik turlarini topdilar. Ulardan biri – Talos tangaoʻti (Hedysarum talassicum Nikitina&Sultanova) Burchoqdoshlar (Fabaceae) oilasiga tegishlidir. Unga birinchi marta E.Nikitin va B.Sultonova (Qirgʻiziston) 1954-yil Talas Olatogʻida duch kelishgandi.Hozirgi vaqtda ushbu oʻsimlik turining gerbariy namunasi Qirgʻiziston Milliy Fanlar akademiyasining Biologiya instituti gerbariyida saqlanmoqda. Shu kungacha mazkur tur Qirgʻiziston florasi uchun endemik hisoblanib kelingan. Sababi 65 yildan beri Oʻzbekistonda ushbu tur mavjudligi toʻgʻrisida biron-bir dalil yoʻq edi.

Oʻzbekiston hududidan bu oʻsimlik Oygaing daryosi (Gʻarbiy Tyan-Shan) vodiysida, Barkraksoyning yuqori oqimida, dengiz sathidan 3100-3200 m. balandlikda topildi.

Talos tangaoʻti intensiv ravishda chorva mollarini boqish zonasida oʻsadi, bu tabiiy populyatsiyalarni saqlashning cheklovchi omillaridan biridir. Tadqiqot oʻtkazilgan hududda 100 tadan kam oʻsimlik tuplari topildi, bu esa Oʻzbekiston Qizil kitobining keyingi nashriga kiritish uchun asosdir.

Bundan tashqari, ushbu ekspeditsiya davomida Tangaoʻt turkumining boshqa bir turi - Piskom tangaoʻti (Hedysarum pskemense Popov ex B. Fedtsch) ham topildi . Uning Oʻzbekiston hududidan terilgan soʻnggi gerbariy namunasi 1925-yilga toʻgʻri keladi. Ushbu oʻsimlik Tunduksoy vodiysida qoʻlga kiritilgan.

Astragalus knorringianus.


Knorring astragali.
Bo'yi 5-7 sm uzunlikdagi kulrang-yashil,yotiq tukli,deyarli poyasi ko'p yillik o't.Bargi 2-5 sm,bandi esa 5-15 mm uzunlikda.Bargchalari 7-9 juft tasmasimon yoki uzun tig'simon,uzunligi 5-11 mm,eni 0,5-1,5 mm o'tkir uchli,pastgi tomoni qalin yotiq tukli.Gulpoyasi 2-5 sm uzunlikda.Gullari 2-3ta,och sariq,32-37 mm uzunlikda.Kosachasi 17-20 mm uzunlikda,dukkadi 7smgacha uzunlikda,eni esa 4 mm kalta tumshuqchali,yotiq oq va qora tuklar bilan qoplangan.Mart-aprel oylaruda gullab,mevasi aprel-may oylarida yetiladi.
Mixail astragali
Astragalus michaelis Boriss.
Bo'yi 15-40 sm bo'lgan yarim buta.Poyasi yo'g'on,sershox,to'q kulrang.Gulpiyasi zich,ro'vaksimon.Bargi 5.5-11 sm uzunlikda,barg bandi juda qisqa,bargchalari 10-13 juft,uzunchoq,tasmasimon y,uzunligi 5-8mm,eni 1-1.5 mm,ikki tomoni siyrak tukli.Gulpopugi cho'ziqroq g'ovaksimon.5-8 guldan iborat,tojbargi pushti rangli,uzunligi 15-17 mm.Dukkagi 17-22mm uzunlikda,qiramtir,uzun tumshuqchali.Urug'ning uzunligi 4 mm eni 1.8 mm sarg'iah-qo'ng'ir rangli.Iyun-iyul oylarida gullab mevasi iyul-avgustda yetiladi.oki cho'ziq
Yumaloq to'pgulli astragal
/ Astragalus subschachimardanus Popov
Bo'yi 15 smgacha yetadigan,poyasiz yirik chim hosil qiluvchi ko'p yillik o't.Bargi murakkab 5-7 juft bargchali.Gulpoyasi bargidan biroz uzun.To'pguli sharsimon.Kosachasi gullagan paytida naysimon bo'lib mevasi yetilishi bilan kengayib boradi va shar shakliga kiradi.Dukkaklari mayda oq,tukli.Iyulda gullab meva beradi.
Qizg'ish astragal .Astragalus rubellus Gontsch.
Bo'yi 35 smgacha yetadigan oq momiq tukli,poyasiz ko'p yillik o't.Bargi 30-35sm uzunlikda,hurpaygan qalin tukli,bargchalari 14-18 juft,yumaloq-tuxumsimon.Gulpoyasi 15 sm qalinlikda hurpaygan qalin tukli.Gulpopugi 15-18 sm,8-15ta qizil gullardan tarkib topgan.Dukkagi shishgan,tuxumsimon,uzunligi 2 sm,qaysihsimon,sirti bo'rtiq chokli.Aprel-may oylarida gullab,mevasi may-iyunda yetiladi.
Download 20,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish