Bog'liq Ijro hujjatini bank yoki boshqa kredit tashkiloti tomonidan ijro etmaganlik uchun javobgarlik
Ijro hujjatini bank yoki boshqa kredit tashkiloti tomonidan ijro
etmaganlik uchun javobgarlik
«Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish to‘g‘risida»gi
Qonunning 11-bobi normalari ijro hujjatini uni ixtiyoriy ravishda ijro
etish uchun belgilangan muddatda uzrli sabablarga ko‘ra ijro etmagan
yoki qarzdor zimmasiga muayyan harakatlarni amalga oshirish yoxud
bunday harakatlarni amalga oshirishdan o‘zini tiyish majburiyatini
yuklovchi ijro hujjatlarini uzrli sababsiz ijro etmagan qarzdorlarga nisbatan
jarima choralarini qo‘llash orqali ijro hujjatini qisqa muddatda ijro
etilishini ta’minlashga yo‘naltirilgan.
Ijro hujjati topshirilgan bank yoki boshqa kredit tashkiloti pul
mablagiarini undirish to‘g‘risidagi ijro hujjatini ijro etmaganligi uchun
ularga xo'jalik sudi tomonidan undirilishi lozim boigan summaning
ellik foizigacha miqdorda jarima solinadi.
Sud ijrochisi tomonidan ijro hujjatlarini ijro etish jarayonida qarzdor
va boshqa shaxslarga solinadigan jarimalardan farqli ravishda, ijro
hujjatlarini ijro etilmaganligi uchun mas’ul bo‘lgan bank yoki boshqa
kredit tashkilotiga jarima solish huquqi «Sud hujjatlari va boshqa organlar
hujjatlarini ijro etish to‘g‘risida»gi Qonunning 81-moddasiga ko‘ra faqat
xo‘jalik sudiga berilgan.
Ijro hujjatini bank yoki boshqa kredit tashkiloti tomonidan ijro
etilmaganligi uchun javobgarlik masalasi sud ijrochisining taqdimnomasiga
asosan sud tomonidan ko‘rib chiqiladi. Sud ijrochisi, ijro hujjatini ijro
etmaganlik uchun bank yoki boshqa kredit tashkilotiga jarima solish
masalasida sudga murojaat etishda ko‘rsatilgan tashkilotlarning javobgarligi
quyidagi hollarda vujudga kelishini e’tiborga olishi lozim:
1. Ijro hujjatining qarzdordan pul mablag‘lari undirish to‘g‘risidagi
talabini uch kunlik muddat ichida ijro etmaslik («Sud hujjatlari va boshqa
organlar hujjatlarini ijro etish to‘g‘risida»gi Qonunning 4-moddasi 2-
qismi).
2. Bankda yoki boshqa kredit tashkilotida qarzdorning hisobvaraqlari
mavjudligi.
3. Qarzdorning hisob varaqlarida pul mablag‘lari mavjudligi
Agarda ko'rsatilgan shartlarning loaqal bittasi mavjud boMmasa bank
yoki kredit tashkilotining javobgarligi vujudga kelmaydi.
Ijro hujjatidagi talabni bank yoki boshqa kredit tashkiloti tomonidan
bajarmaslik, harakatsizlik yoxud harakatda (masalan, yozma rad etish)
namoyon bo‘lishi mumkin
Sud ijrochisining bank yoki boshqa kredit tashkilotini «Sud hujjatlari
va boshqa organ hujjatlarni ijro etish to‘g‘risida»gi Qonunning 81-moddasi
bilan javobgarlikka tortish to‘g‘risidagi arizasi va bank yoki boshqa kredit
tashkilotining ijro hujjatidagi qarzdordan pul mablag‘larini undirish
to‘g‘risidagi talabi bajarilmaganligini tasdiqlovchi hujjatlar xo‘jalik sudiga
yuboriladi. Bu ariza va unga ilova qilingan hujjatlar nusxasi esa javobgarligi
masalasi qo‘yilayotgan bank yoki boshqa kredit tashkilotiga yuboriladi.
Umumiy qoidadan kelib chiqqan holda ijro amalga oshirilmaganligini
tasdiqlovchi hujjatlar nusxasi arizani tuzgan tegishli shaxs (sud ijrochisi)
imzosi va sud ijrochilari tegishli bo‘linmasining muhri bilan tasdiqlanishi
kerak.
Sud ijrochisining bank yoki boshqa kredit tashkilotini javobgarlikka
tortish to‘g‘risidagi arizasi xo‘jalik sudi tomonidan Xo'jalik protsessual
kodeksi qoidalariga asoslangan holda ko‘rib chiqiladi.
THANK YOU