R ye j a baliqlarning biologik xususiyatlari va xalq xo‘jaligidagi ahamiyati. Baliq yetishtirish texnologiyasi. O‘zbekistonda zamonaviy intensiv usulda baliq yetishtirish Baliqchilik akvakulturaning ajralmas qismi



Download 1,44 Mb.
bet1/2
Sana15.09.2022
Hajmi1,44 Mb.
#849007
  1   2
Bog'liq
Baliq yetishtirish


MAVZU : BALIQ YeTIShTIRISh
R Ye J A
1). Baliqlarning biologik xususiyatlari va xalq xo‘jaligidagi ahamiyati.
2). Baliq yetishtirish texnologiyasi.
3). O‘zbekistonda zamonaviy intensiv usulda baliq yetishtirish
4). Baliqchilik akvakulturaning ajralmas qismi.

So‘nggi yillarda O‘zbekistonga xorijiy mamlakatlardan 4 xil yangi baliq turi - osyotr, Afrika laqqasi, losos, telyapa olib kirildi. Bugunga kelib ular O‘zbekiston iqlimiga moslashtirildi va juda yaxshi natijalar bermoqda. Har qanday yangi baliq turi olib kirilgandan keyin uning O‘zbekistonga moslashuvchanligi, uning biologik xususiyatlari, qolaversa uning qay darajada urchishi, uning parametrlari, hosildorligini o‘rganish eng katta vazifa hisoblanadi. Yangi baliq turi sovuq suv baliqlai bo‘ladigan bo‘lsa, masalan forel, losos, baliqlari, miksus kabi baliq turlari, bular faqat sovuq suvda yetishtiriladi. Mana shu baliqlar O‘zbekistonning yoz mavsumini qay darajada ko‘taradi, jaziramada ularni qanday boqish mumkin va saqlash mumkinligiga doir masalalarni o‘rganish baliqchi uchun zarur hisoblanadi.


O‘zbekistonimiz uchun yana bir yangi baliq turi bor, bular - tropik baliqlar. O‘zbekistonning o‘ta issiq yozida tropik baliqlarni yetishtirish uchun qulay imkoniyatlar bor, lekin ularni qishda qanday saqlash mumkinligi baliq boqarlardan katta e’tiborni talab etadi. Qishda misol uchun yopiq suv aylanma tizimida saqlash, ulardan avlod olish va ulardan ma’lum bir miqdorda ochiq suv havzalariga chiqquniga qadar chavoqlarni yetkazib berish kerak. Masalan, tropik mamlakatlarda baliq bir yilda 2-3 marta hosil beradi, chunki ularning iqlimi mo‘tadil, sharoiti bir xil. Biroq bizning sharoitimizda bu mumkin emas. Shuning uchun biz o‘ta issiq yozimizda imkoniyatlarni kengaytirish maqsadida mahalliy baliqlarning o‘zini oladigan bo‘lsak, ikki yillik tizimga o‘tib ketib qolamiz.
Lekin qishda bulardan avlod olib, ma’lum chavoqlarini saqlab turib, may oyida o‘zimizning ochiq havzalarga olib chiqadigan bo‘lsak, o‘stirish siklini kamida bir yilga kamaytirgan bo‘lamiz, bu esa tuproq havzalarining hosildorligini oshirishga xizmat qiladi. O‘zbekistonga oxirgi 6-7 yil ichida Malayziya, Norvegiya va Rossiyadan 4 xil yangi baliq turi - osyotr, Afrika laqqasi, losos, telyapa olib kirildi. Respublikamizda Afrika laqqasini iqlim sharoitlariga moslashtirish bo‘yicha olib borilgan tadqiqotlar natijasida, baliqchilar orasida Afrika laqqa baliqlarini yetishtirish keng yoyilishiga sabab bo‘ldi. Natijada, Afrika laqqa baliqlaridan ikra olishgacha bo‘lgan imkoniyatlarga erishildi. Bugungi kunda Respublikamizda, xuddi shu yo‘nalishda osyotr va losos baliqlarini yetishtirish va ulardan ikra olish imkoniyatlarini kengaytirishga erishilmoqda. Baliqchilar oldidagi dolzarb masalalardan biri telyapa, miksus va boshqa baliq turlarini ham iqlimlashtirish vazifasi turibdi.





Oq amur (Ctenopharyngodon idella). Karpsimonlar oilasiga kiruvchi issiqsevar baliq turi. Oq amurning tabiiy areali Uzoq Sharq va Shimoliy Xitoy suv havzalari hisoblanadi. Juda tez o‘suvchi iliq suvlarni xush ko‘ruvchi karpsimonlar oilasiga kiruvchi hovuz baliqchiligiga ixtisoslashtirilgan baliq turidnr. Uning tanasi uzun, g‘o‘lasimon, qorin qismi ham bir tekis, oqzi yarim pastki tomonga ochiluvchan bo‘lib, 2 qator halqum tishlariga ega. Uning go‘shti shirin bo‘lib, 5-6 % yog‘ga ega. Bu baliqni hovuzlarda karp balig‘i bilan birga o‘stiriladi yoki do‘ng peshona o‘txo‘r balig‘i bilan birga o‘stirish mumkin. U 4 yoshga yetganida jinsiy yetiladi. Hovuzlarda tabiiy ko‘paya olmaydi. Ularning yosh baliqchalari maxsus inkubatsion apparatlarda yetishtiriladi. Bir ona baliq 2 mln. ikra berish qobiliyatiga ega. Uzoq sharqda yetishtirilgan bo‘lib, o‘z vatani iqlim sharoitida, aprel-avgust oylarida urchiydi.
Urug‘ini inkubatsion davri 32-40 soatni tashkil etadi. Lichinkalari dastlab zooplankton va bentos bilan oziqlanadilar. Tanasi 2,5-3 s.m ga yetgach ular suv o‘tlari bilan ovqatlanishga o‘tadilar. Ular juda yaxish melioratorlar hisoblanadilar Do‘ngpeshona va oq amur bir vaqtlar Turkmaniston kanalini o‘tlardan tozalashda ishlatilgan. Oq amur omuxta yemni yaxshi iste’mol qiladi va mahsulotga aylantiradi. Ko‘pincha uni o‘txo‘r karp deb ham nomlashadi. U suv o‘tlari va suv bo‘yida o‘sadigan oliy o‘simliklarni ham istemol qiladi. Oq amurni 1 kg vazn ortishi o‘chun 40-70 kg suv o‘tlari sarflanadi. Urug‘dan chiqqan baliqcha kelgusi yozga borib 600 g. tosh bosadi. 2 yoshga yetib 1-2 kg tirik vaznga ega bo‘ladi. Oq amur balig‘ining ayrimlari 30 kg gacha tosh bosadi. Shu vazndagi baliqning tanasining uzunligi 125 sm.ga yetadi.



Oq do‘ngpeshona (Hypophthelmichtys molitrix) ham Uzoq Sharq suv havzalaridan 1960-yillarda keltirilgan baliq turidir. Hozirgi vaqtda O‘zbekistonning deyarli barcha suv havzalarida uchraydi. Bu tur ham pelagofil baliq bo‘lib, o‘rtacha 480-550 ming dona urug‘ tashlashadi. Baliqchilik xo‘jaliklarida do‘ngpeshona baliqlarning lichinkalarini faqat inkubatsion usulda olishadi. Ularning lichinkalari rivojlanishining dastlabki bosqichlarida zooplankton bilan ham oziqlanishadi. 1,5-2,5 sm uzunlikka yetgandan so‘ng ular fitoplankton hamda detrit bilan oziqlanishni boshlashadi. Oq do‘ngpeshonaning kundalik oziq ratsioni o‘rtacha tana massasiga nisbatan 17% ni tashkil etadi. Ushbu baliq turi suv havzalarining gullashini oldini oladi va bu bilan boshqa baliq turlari uchun qulay sharoit yaratishadi. Oq do‘ngpeshonalar O‘zbekiston suv havzalarida 3-5 yoshida jinsiy jihatdan voyaga yetishadi. Bu baliqlarning ham erkaklari urg‘ochilaridan oldin voyaga yetishadi.
Oq do‘ngpeshona tez o‘suvchi baliq bo‘lib, masalan Sirdaryoda 20 kg va undan yiriklari ham ovlangan. Ularning urug‘ qo‘yishi iyun-iyul oylarida, daryolarning suv satxi ko‘tarilganda hamda suvning harorati 19-22S bo‘lganda sodir bo‘ladi. Ko‘l va kollektorlarda bahor va yozning birinchi yarmida ularning asosiy ozuqasi zooplankton bo‘lib qoladi. Kanallarda esa yoz va kuz oylarida ular fitoplanktonlar bilan oziqlanishga o‘tishadi. May oyida hamda iyun oyining birinchi yarmida ko‘llardagi do‘ngpeshona baliqlarining ozuqasi asosan fitoplanktondan iborat bo‘lib, ularning ichida eng ko‘pini diatom suv o‘tlari tashkil etadi. Noyabr oyining boshlarida, ayniqsa bu paytda suv satxi pasayib ketadi, ozuqa tarkibi anchagina o‘zgaradi. Bu davrda ularning asosiy ozuqasi yashil va ko‘k-yashil suv o‘tlaridan iborat bo‘ladi.

Sovuq suvda yashovchi baliq turlariga quyidagi baliqlar, osyotrsimonlar oilasiga mansub bo‘lgan lena osyotri, beluga, bester, kaluga, strelyad baliqlari mansub bo‘ladi. Shuningdek, lasossimonlar oilasiga kiruvchi forel (xon baliq) ham sovuq suvda yashovchi baliqlardan hisoblanadi. Forel balig‘ining ikki turi mavjud:
1. kamalaksimon forel (radujnыy forel);
2. soy foreli (ruchevaya forel).
Osyotrsimonlar oilasiga kiruvchi Lena daryosida yashovchi lena osyotri chuchuk suvda yashovchi baliq hisoblanib, asosan sovuq suvlarda urchitilib ko‘paytiriladi. Tabiiy holda jinsiy voyaga yetilishi erkaklarida 7-9 yoshda, urg‘ochilarida 9-12 yoshda kuzatiladi. Urug‘ qo‘yishi 16000 dan 110000 donagacha bo‘lishi mumkin. Tabiiy holda urug‘ qo‘yishi iyun, iyul oylarida suv xarorati 14 – 18 S bo‘lganda, tez oqar suvlarda mayda toshlarga urug‘ qo‘yadi. Urug‘lari yopishqoqsimon bo‘lib, urug‘ diametri 1,9-2 mm.ni tashkil etadi. Inkubatsiya davri 4-5 kunni tashkil etadi. Suv xaroratidan kelib chiqib 6 kundan 10 kungacha cho‘zilishi mumkin.
Beluga osyotrsimonlar oilasiga kiruvchi eng katta baliq hisoblanib, erkak baliqlarining kattalari 1 tonnagacha bo‘lishi mumkin. Erkak baliqlarda jinsiy voyaga yetilishi 16-18 yoshda, urg‘ochi baliqlarda 20-21 yoshda bo‘ladi. Beluga asosan basseynlarda hamda qafaslarda yetishtirilganda m2 maydondan 30-40 kg.gacha baliq olish mumkin. Urug‘dan lichinkalarni chiqishi 2-3 kun davom etib, suv xarorati qancha past bo‘lsa, urug‘dan embrion rivojlanishi shuncha kech bo‘ladi. Beluga asosan sobiq ittifoqning shimoliy muz okeaniga quyiladigan daryolar Ob, Lena, Yenisey, Irtish daryolarida uchraydi. Urug‘ qo‘yishi 3,9 mingdan 137,6 ming donagacha kuzatiladi. Urug‘ qo‘yishi aprel oyining oxiridan iyun oyigacha davom etadi. Suv xarorati 7-100 S dan 200 S gacha bo‘lishi kerak. Asosan, baliqchilik xo‘jaliklarida basseynlarda ko‘paytiriladi.

Download 1,44 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish