R ye j a baliqlarning biologik xususiyatlari va xalq xo‘jaligidagi ahamiyati. Baliq yetishtirish texnologiyasi. O‘zbekistonda zamonaviy intensiv usulda baliq yetishtirish Baliqchilik akvakulturaning ajralmas qismi



Download 1,44 Mb.
bet2/2
Sana15.09.2022
Hajmi1,44 Mb.
#849007
1   2
Bog'liq
Baliq yetishtirish

Forel balig‘i yon chizig‘i bo‘ylab binafsha rangdan to to‘q sariq ranggacha (ko‘p hollarda malinadek qizil) keng kamalak rang tasmaga ega, bu tasma ayniqsa urug‘ sochish davridagi erkak baliqlarda yaqqol ajralib turadi. Tana va suzgichlarda (ko‘p hollarda) ko‘plab qora dog‘lar mavjud Forel balig‘i tanasi kuchli oqimga qarshi suzish uchun yaxshi moslashgan, ya’ni torpedasimon shaklga ega. Tana rangi tuproq, suv shaffofligi va muhitning boshqa omillariga bog‘liq. Qorinchasi odatda kumush-oq rang, orqasi — och yashil rang. Baliqchilik xo‘jaligida yetishtirilgan forel Urug‘ sochish davrida erkak baliqlardagi yon tasma yanada yaltiraydi. Baliq tanasa qoraroq tusga kiradi. Urg‘ochi baliq tanasida gunfasharang tusdagi qo‘shimcha dog‘lar paydo bo‘ladi. Boshqa davrda erkak baliqlarni urg‘ochi baliqlardan ajratishning deyarli iloji yo‘q.
Forel balig‘i sovuq suvda yashovchi baliq bo‘lib, 0–25° S oraliqdagi haroratga dosh bera oladi. Urug‘ining rivojlanishi uchun maqbul harorat — 6–12°S, uvildirig‘ va mayda baliqlarni parvarish qilish uchun — 14–16°S, forel uchun — 14–18°S. Harorat 20–22° S dan ortiq bo‘lganda forel balig‘i oziqlanishni to‘xtatadi, harorat optimal darajadan pasayganda esa forelining oziqlanish ratsioni ham kamayib boradi. Forelning tabiiy suv havzalardagi chuchuk suvlarda qishlashi normal o‘tadi, u nolga (muzlashga) yaqin haroratga dosh beradi. Tuzli suvda forel suvning minusli haroratlarida ham yashay oladi. Forel balig‘i — oksifil baliq, ya’ni unga kislorodga yaxshi to‘yingan suv kerak. Forel balig‘i suv kislorod bilan 90–100 % ga to‘yinganda, ya’ni uning tarkibi 7–8 mg/l bo‘lganda o‘zini yaxshi his qiladi. Aralashgan kislorod konsentratsiyasi 3,5–6 mg/l bo‘lganda forel balig‘i o‘zini yomon his etadi, 1,5 mg/l bo‘lganda daryo foreli nobud bo‘ladi.





Baliqlar yashaydigan muhit-suvning eng muhim xossalari. Baliqlar, barcha tuban xordalilar singari, nuqul suvda yashaydigan jonivordir, ularning embrional hayoti bo‘lsa, postembrional hayoti bo‘lsin, butun umri suvda o‘tadi. Baliq suvdan chiqarilib olinsa, tamom ojiz bo‘lib qorali va jabralari qurib, bo‘g‘iladi-da, tez nobud bo‘ladi. Kamdan-kam baliqlargina, maxsus moslamalari borligidan, suvdan tashqarida bir necha soatgacha tirik tura oladi. Suvning o‘ziga xos bir qancha xossalari borki, ular o‘sha suvda yashaydigan organizmlar uchun katta ahamiyatga ega. Ma’lumki, suv juda kuchli erituvchi bo‘lgan suyuq mineral moddadir. U havzalarga oqib keladigan qattiq va suyuq holdagi turli xil organik va noorganik moddalarni, jumladan, gaz (havo) ni ham eritib, suvda yashaydigan organizmlar-hayvon, o‘simlik va bakteriyalar iste’mol etishi uchun yaroqli qilib beradi. Suvda bug‘ hosil qiladigan yashirin issiqlikning ko‘pligi sababli suv yuzasi sovuganda uning zarralari og‘irlashib, pastga cho‘kadi.
Suvning sho‘rligi va unda erigan tuzlar miqdorining tafovuti tufayli kislorod va turli organizmlardan iborat moddalarga boy suvning ustki qatlami ostki qatlami bilan almashinib turishi, ya’ni suv yuqoridan pastga tushib, pastdan yuqoriga ko‘tarilib, aylanib oqib yurishi suv ostida yashovchi baliqlar va boshqa jonivorlarni kislorod hamda oziq moddalar bilan ta’minlab turadi. Issiqlik sig‘imi nihoyatda katta bo‘lganidan suvning harorati soat, sutka va fasllar ichida yer va atmosfera haroratiga nisbatan ancha kam va sekin o‘zgaradi. Bu omil sovuqqonli baliqlarning hayotiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. Suvning issiqdan torayishi va sovuqdan yengillashib, kengayishi hamda siqilmaslik xossasi ham muhim omillardan bo‘lib, shu muhitda yashaydigan barcha organizmlar, jumladan baliqlar hayoti uchun katta ahamiyatga ega. Chunki suvning beti, ya’ni faqat ustki qatlami muzlab, ostki qatlaklardan ajralgan issiqlikni tutib turadi. Buning natijasida qishda havzaning tagigacha muzlamasdan faqat ustki qatlami muzlaydi, xolos.
Suvning shaffoflik xususiyati ham muhim rol o‘ynaydi. Shu tufayli quyosh nuri 100 metr va undan ham chuqurroq yerlarga yetib boradi. Natijada suv o‘simliklari quyosh nurlaridagi energiyani o‘zlashtirib, suv muhitidagi hayotni organik moddalar bilan ta’minlab turadi. Quruqlikda yashovchi jonivorlar kabi suvda yashovchi jonivorlar, jumladan baliqlar ham o‘simliklar hosil qiluvchi kislorodsiz hayot kechira olmaydilar. Suvda erigan kislorodning ko‘p-oz bo‘lishi suvning harorati, sho‘rlik darajasi kabi omillarga bog‘liq. Kislorod suvda havodagiga nisbatan 20 martacha kam. Kimyoviy jihatdan toza suvda (bir litrida 10 sm3) va tog‘ suvlarida (bir litrida 7—8 sm3) kislorod ko‘p bo‘ladi, boshqacha aytganda erigan kislorodning oz-ko‘pligi suv qanchalik sovuqligi va sho‘rligiga bog‘liq. Tabiatda esa barcha suvlarda ozmi-ko‘pmi tuz bo‘ladi, binobarin, kislorodga juda boy suvning o‘zi yo‘q. Harorati 30°S, sho‘rligi 3,5% li dengiz suvining bir litrida 4—5 sm3 kislorod mavjud, xolos. Baliqlar ana shu oz kislorodli muhitda modda almashinuviga moslashgan jonivorlardir.
Download 1,44 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish