Quyosh tizimi va uning sayyoralari haqida umumiy ma’lumotlar
REJA
Koinot haqida asosiy tushunchalar:
Olam; Metagalaktika, Galaktika, yulduzlar.
Quyosh va quyosh sistemasi.
Sayyoralar
Yer va Oy
Asteroidlar, meteoritlar, kometalar.
Koinot haqida asosiy tushunchalar:
Bizni o‘rab turgan moddiy olam, bir so‘z bilan aytganda, Koinot (yunoncha dunyo, olam) deyiladi. Koinotning fazo va makonda o‘lchami yo‘q - cheksizdir. Koinotda materiya bir xildagi taqsimotga ega bo‘lmasdan, galaktikalar, yulduzlar, sayyoralar, meteoritlar, kometalar va turli gazlar majmuasidan iborat.
Galáktika deb yulduzlararo gaz, chang, qora materiya va, ehtimol, qora energiya, o‘zaro ta’sir etuvchi gravitatsion kuchlari mavjud bo‘lgan yulduzlarning katta tizimiga aytiladi (1-rasm). Odatda Galaktikalar umumiy og‘irlik markazi atrofida aylanuvchi 10 milliondan (107) bir necha trilliongacha (1012) yulduzlarga ega bo‘ladi.
Galaktikalar massasining 90 % ga yaqini qora materiya va energiya ulushiga to‘g‘ri kelsada, bu ko‘rinmas unsirlarning tabiati hali o‘rganilmagan. Ko‘plab Galaktikalarning markazida o‘ta massiv qora teshiklarning mavjudligi to‘g‘risida ma’lumotlar bor. Ehtimol, Koinotning ko‘rinadigan qismida 1011 ga yaqin Galaktika mavjud.

Bizning Galaktikamiz katta disksimon shakldagi Somon Yo‘li deb ataluvchi yulduzlar majmuasi hisoblanadi. Uning uzunligi 30 kiloparsekga (yoki 100000 yorug‘lik yili) yaqin va qalinligi 3000 yorug‘lik yiliga teng. Unda 1011 ga yaqin yulduzlar mavjud bo‘lib, umumiy massasi Quyosh masasidan 1011 marta katta.

Somon Yo‘li yoki Galaktikamiz - gigant yulduzlarning tizimi bo‘lib, u Quyosh, oddiy ko‘z bilan ko‘rinuvchi barcha yulduzlar hamda juda ko‘p sonli boshqa osman jismlarini qamrab oladi. Unda 100 milliardga yaqin yulduzlar mavjud. Somon Yo‘li boshqa Galaktikalarning biri hisoblanadi va u spiral galaktikalar turiga kiradi..
Somon yo‘li likobcha singari qavariq shaklga ega.
Do'stlaringiz bilan baham: |