Koinot va Quyosh tizimining vujudga kelishi to‘g‘risida juda ko‘p nazariyalar mavjud bo‘lib, ulardan biri «katta portlash» nazariyasidir. Bu nazariyaga ko‘ra dastlab butun materiya haddan tashqari yuqori haroratga ega bo‘lgan bitta “nuqtada” siqilgan bo‘lib, keyinchalik bu “nuqta” ulkan kuch bilan portlagan. Portlash natijasida barcha tomonlarga sachrab ketgan o‘taissiq bulutlardan asta-sekin subatomli zarralar, vaqt o‘tishi bilan atomlar, moddalar, sayyoralar, yulduzlar va, nihoyat, hayot vujudga kelgan. Bunda Koinotning kengayishi davom etgan va bu jarayon qancha uzoq davom etishi noma’lum.

Demak, bu nazariyaga asosan Quyosh tizimi aylanuvchi gaz-changli bulutdan hosil bo‘lgan. Uning siqilishida markazi zichlashgan va keyin u Quyoshga aylangan. Quyosh tarkibiga kirgan zarrachalar o‘zining harakat momentini olib kelgan. Ular aylanish o‘qiga qarab harakat qilganligi sababli (ya’ni masofa kamaygan), momentni saqlash uchun tezlik oshishi lozim edi. Protoquyosh va keyin Quyosh tobora tezlashgan holda aylanishi lozim edi.

Quyosh. Quyosh koinotdagi yerga eng yaqin bo‘lgan yulduzdir. U sariq mitti yulduzlar safiga kiradi. Quyosh 70 foiz vodoroddan va 27 foiz geliydan iborat, o‘ta qizigan, yorug‘lik tarqatib turadigan gazsimon shardir. Quyoshning zichligi Yernikidan 4 marotaba kichik. Uning markazida bosim 300 mlrd. atmosferaga, harorat esa 10-15 mln. darajaga yetadi. Quyoshning markazidagi yuqori bosim va harorat yadro reaksiyalarini hosil bo‘lishiga imkon beradi. Bunda vodorod geliyga aylanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |