Saturn - Quyoshdan uzoqligi bo‘yicha oltinchi va Quyosh tizimidagi sayyoralar orasida o‘lchami va massasi bo‘yicha ikkinchi sayyora hisoblanadi. Saturn Quyoshdan o‘rtacha 1429 mln km masofada joylashgan. Aylanish davri - 29,46 yil. U 60 ta yo‘ldoshga ega.
Saturn - Quyoshdan uzoqligi bo‘yicha oltinchi va Quyosh tizimidagi sayyoralar orasida o‘lchami va massasi bo‘yicha ikkinchi sayyora hisoblanadi. Saturn Quyoshdan o‘rtacha 1429 mln km masofada joylashgan. Aylanish davri - 29,46 yil. U 60 ta yo‘ldoshga ega.
Saturn asosan gazdan (vodorod va geliy) tarkib topgan va qattiq yuzaga egamas. U gazli sayyoralar turkumiga kiradi. Saturnning ekvatorial radiusi 60300 km, qutbiy radiusi esa 54000 km; Saturn - Quyosh tizimidagi eng yassi sayyora. Planetaning massasi Yer massasidan 95 marta ortiq, ammo uning o‘rtacha zichligi 0,69 g/sm3 bo‘lib, shu tufayli Quyosh tizimi sayyoralari orasida zichligi suvnikidan ham past bo‘lgan yagona obyektdir. Saturn o‘z o‘qi atrofida 10 soat 39 minutda to‘liq aylanib chiqadi.
Saturn Quyosh tizimida baquvvat halqalar tizimiga ega. Bu halqalarning chetlari sayyora ekvatoridan 6,6 ming va 121 ming km masofalarda joylashgan.
F.N.Krasovskiy ma’lumotlari bo‘yicha Yerning o‘lchamlari quyidagicha:
Ekvatorial radius yoki katta yarim o‘q-6378,245 km
Qutbiy radius yoki kichik yarim o‘q-6356,863 km
O‘rtacha radius- 6371,110 km
Qutbiy siqiqlik- 1:298 yoki 21,36 km
Ekvatorial siqiqlik- 1:30000yoki 213m
Meridian uzunligi- 40008,550km
Ekvator uzunligi- 40075,696km
Yer yuzasining maydoni- 510083000km2
Yerning hajmi- 1083 x 1012 km3 Yer yuzasining 71% ni okeanlar va 29% ni quruqlik tashkil qiladi Oy
Oy — Yerning yagona tabiiy yoʻldoshii. Yerdan oʻrtacha 384 400 km masofada joylashgan. Orbitasining ekliptika tekisligiga qiyaligi burchagi 5° 8' ni tashkil etadi. Oʻrtacha radiusii 1738 km, sirtidagi erkin tushish tezlanishi 1,62 m/s2. Oy Yer atrofida gʻarbdan sharqqa harakatlanib, biror yulduzga nisbatan toʻla aylanish davri uning siderik (yoki yulduz) davri deb ataladi. Bu davr 27,32 oʻrtacha Quyosh sutkasiga teng .
Oy oʻz orbitasi bilan oʻrtacha 83°20’ burchak tashkil etuvchi oʻq atrofida aylanadi. Uning oʻz oʻqi atrofida aylanish davri (27,32 sutka) siderik oy (davr)ga teng , shu sababli Oy hamma vaqt Yerga bir tomoni bilan "qarab" turadi. Bu davrlarning bir xil boʻlib qol-ganligi tasodifiy emas. Yerning tortish kuchi Oyning oʻz oʻqi atrofida aylanishiga taʼsir koʻrsatib (sekinlatib), million yillar davomida uni Yer atrofida aylanish davriga tenglashtirilgan.
Yer po’stida tarqalgan elementlar.(% hisobida) kislorod 47,2% temir 5,l% kremniy oksidi 27,6%) alyuminiy 8,8% Vodorod 0,15% Magniy 2,l% Kaliy 2,6% Natriy 2,64% qolgan elementlar 21% Kalsiy 3,6%
Do'stlaringiz bilan baham: |