Qoraqolpog’iston turistik mintaqasi
Reja:
Qoraqolpog‘iston turistik mintaqasining mamlakat ijtimoiy-iqtisodiy hayotidagi o‘rni
Mintaqada turizmning rivojlanish tendensiyalari.
Mintaqaning turistik resurslari salohiyati
Mintaqada turizm turlarini rivojlantirish imkoniyatlari
Qoraqolpog’iston turistik mintaqasining mamlakat ijtimoiy-iqtisodiy hayotidagi o’rni
Q oraqalpog’iston Respublikasi — O’zbekiston Respublikasi tarkibidagi respublika. 1924 yil 14 oktyabrda Turkiston SSR tarkibida Muxtor viloyat sifatida tashkil etilgan. Mayd. 166,6 ming km2. Poytaxti — Nukus shaxri.
Qoraqalpog’iston Qizilqum sahrosining shimoliy-g’arbiy qismini, Ustyurt platosining janubiy-sharqiy qismini, Amudaryo deltasini egallaydi. Orol dengizining janubiy qismi Qoraqalpog’iston hududida joylashgan. Ma’muriy – hududiy qurilishi 14 tumandan iborat: Amudaryo, Beruniy, Qorao’zak, Kegeyli, Qo’ng’irot, Qanliko’l, Mo’ynoq, Nukus, Taxtako’pir, To’rtko’l, Xo’jayli, Chimboy, Shumanay, Ellikqal’a, Nukus va Taxiatosh shaharlari hamda tumanlarga qarashli shaharlar, elat va qishloqlardan iborat.
etnik tarkibini 32,1 % Qoraqalpoqlar, 32,8 % O’zbeklar, 32,6 % Qozoqlar va 4,2 % boshqa millat vakillari tashkil etadi.
Qoraqalpoqlar etnogenezining qadimiy bosqichlari bizning eramizdan avvalgi VII-IV asrlarda Orol-Kaspiy sahrosi va Amudaryo deltasining hududlarida yashab o’tgan sak va massagetlar qabilalari bilan bog’liq.
Qoraqalpog’iston Respublikasining Jo’qorg’i Kengesi oliy davlat vakillik organi hisoblanadi. Qoraqalpog’iston Respublikasi Jo’qorg’i Kengesi Raisi Qoraqalpog’iston Respublikasining eng yuqori lavozimli shaxsi hisoblanadi. U bir vaqtning o’zida O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Senati Raisining o‘rinbosari hamdir. Qoraqalpog’iston Respublikasi Vazirlar Kengashi davlat hokimiyatining oliy ijro etuvchi-boshqaruvchi organi hisoblanadi.
Qoraqalpog’iston — parlament boshqaruv shakliga ega bo’lgan suveren demokratik Respublika. Qonun chiqaruvchi oliy davlat vakolatli organi — ko’p partiyaviylik asosida 5 yil muddatga saylangan deputatlardan iborat (faqat ketma-ket 2 muddatdan oshmaydi). Davlat hokimiyatining oliy ijro etuvchi-boshqaruvchi organi Qoraqalpog’iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, ya’ni Qoraqalpog’iston Respublikasi hukumati hisoblanadi. Qoraqolpog’istonda O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi bilan bir vaqtda Qoraqolpog’iston Oliy kengashining 1993 yil 9 aprrelidagi 12-chaqiriq 12-sessiyasida qabul qilingan Qoraqalpog’iston Respublikasi Konstitutsiyasiga amal qilinadi. Qoraqalpog’iston o’z davlat ramzlari: gerb, madhiya va bayrog’iga ega.
Qoraqalpoqlarning aksariyat qismi 17 — 18-asrning o‘rtalarida Sirdaryoning o‘rta va quyi oqimlarida yashagan. 18-asrning o’rtalarida siyosiy voqealar, ya’ni qozoq xoni Abulxayrxon qoraqalpoq yerlariga hujum qilishi oqibatida ular Sirdaryo deltasidagi g’arbiy tarmog’i — Janadaryo bo’ylariga ko’chib o’tdilar va Amudaryoning quyi oqimida yashovchi qoraqalpoqlar orol o’zbeklari bilan birlashib, markazi dastlab Qo’ng’irot, so’ngra Shohtemir (hoz. Chimboy) bo’lgan davlat (Orol mulkini) tuzdilar. Qoraqalpoqlar asosan, chorvachilik, dehqonchilik va baliq ovlash bilan shug’ullanganlar.
Qoraqalpog’iston Qizilqum cho’lining shimoliy-g’arbiy, Ustyurt platosining janubiy-sharqiy qismi va Amudaryo deltasida joylashgan. Orol dengizining janubiy qismi Qoraqalpog’iston hududida. Qizilqumning shimoliy-g’arbiy qismi Orol dengizi tomon pasayib boruvchi keng yassi tekislik bo’lib, qator tepa va qumli barxanlar uchraydi.
Foydali qazilmalardan osh tuzi va glauber tuzi, mineral xom ashyo hamda qurilish materiallari va boshqalar bor. Iqlimi keskin kontinental, yozi quruq va qishi nisbatan sovuq, qor kam yog’adi. Amudaryo havzasi qadimdan sug’oriladigan hudud sifatida ma’lum. Daryo suvidan sug‘orishda foydalaniladi. Amudaryo Orol dengiziga bevosita quyilmaydi.
Qoraqalpog‘istonning eng yirik ko‘li — Orol dengizi, shuningdek, Xo‘jako‘l — Qorajar ko‘llar sistemasi bilan bog‘langan. Sudoche ko‘l sistemasi hamda Orol dengizining qurib qolgan qismida tashkil etilgan sun’iy suv havzalarida mavjud. So‘nggi 40 yil ichida Amudaryo va Sirdaryo havzalarida sug‘oriladigan yerlarning kengayishi natijasida Orol dengizi suv sathi ancha pasaydi. Qoraqolpog‘istonning barcha suv havzalaridan baliq ovlanadi, ularda baliq xo‘jaliklari tashkil etilgan.
Qoraqalpog‘istonda yuksak o‘simliklarning 979 turi uchraydi. Ularning 41 tasi madaniy turga mansub. Yovvoyi o‘simliklarning 176 tasi endemik, 11 tasi qoldiq (relikt) va 33 turi madaniy o‘simliklarning yovvoyi ajdodlari. 7 turdagi o‘simlik O‘zbekiston Qizil kitobiga kiritilgan. Qoraqalpog‘iston hududi tropik bo‘lmagan cho‘l zonasida joylashganligi sababli o‘simlik qoplami zonalar bo‘yicha ajralib turadi: Ustyurt platosi, Amudaryo deltasi, Qizilqum shimoliy-g‘arbi va qoldiq past tog‘lar tabiiy geografik zonasi.
Hozirgi vaqtda Qoraqalpog‘iston tabiiy o‘simliklaridan yem-xashak, o‘rmon (to‘qay) xom ashyosi va dorivorlar sifatida, 50% yer maydonidan (9387,7 ming ga) yay-lov sifatida foydalaniladi. Q. o‘rmon-to‘qay fondi 1129 ming ga maydonni egallaydi. To‘qaylar asalarichilikda ham ahamiyatga ega. Respublikada dorivor o‘simliklarning 364 turi mavjud.
Hayvonot dunyosi ham xilma-xil: umurtqali hayvonlarning 500 ga yaqin, shu jumladan, sut emizuvchilarning 68, qushlarning 300 dan ziyod, sudraluvchilarning 33, suv va quruqlikda yashovchilarning 2, baliqlarning 50 ga yaqin turi ma’lum. Umurtqasiz hayvonlarning 3500 dan ortiq turi aniqlangan. So‘nggi 10 yil ichida Qoraqalpog‘iston hayvonot dunyosi ancha o‘zgarishlarga uchradi. Ko‘pgina turlar soni qisqardi va ular noyob yoki yo‘qolib borayotgan turlar qatoriga kiritildi. Sut emizuvchilarning 10, baliqlarning 12, qushlarning 37, sudraluvchilarning 10 turi O‘zbekiston Qizil kitobiga kiritilgan. Cho‘lda sudralib yuruvchilardan kaltakesak, ilonlar; kemiruvchilardan yumronqoziq, qumsichqon, qo‘shoyeq; yirik sut emizuvchilardan jayran, bo‘ri, tulki; qushlardan saksovul soykasi, burgut, tuvaloq, so‘fito‘rg‘ay; o‘rgimchaksimonlardan chayon, falanga va b. yashaydi. To‘qaylarning hayvonot dunyosi nisbatan boy: qirg‘ovul, o‘rdak, g‘oz, qoravoy, loyxo‘rak; sut emizuvchilardan chiyabo‘ri, to‘qay mushugi, bo‘ri, tulki, tolay quyon, qobon va b. Ondatra iqlimlashtirilgan. Amudaryo va Oroldan pilmay, sazan, taran, laqqa baliq va b. ovlanadi. Ba’zi turlar yo‘qolib ketgan va sanoat ahamiyatini yo‘qotgan. Shu bilan birga Qoraqalpog‘iston suv havzalarida baliqning yangi 14 turi iqlimlashtirilgan.
Respublikada 3 maxsus qo‘riqlanadigan tabiiy hudud: "Badayto‘qay" davlat qo‘riqxonasi, "Sayg‘oq" va "Sudoche" buyurtma qo‘riqxonalari tashkil etilgan. Qo‘riqlanadigan hududlarning umumiy maydoni 1056,5 ming gektar.
Qoraqolpog‘iston — xo‘jaligi rivojlangan respublika. Uning hududida foydali qazilmalardan gaz, gaz kondensati, neft, qurilish va qoplama toshlar, gips va ohaktosh, keramzit, sement, kon-ruda va kon-texnika xom ashyosi olinadi.
Respublikada benzin, kerosin, dizel yonilg‘isi, ohaktosh, qoplama materiallar, yig‘ma temir-beton buyumlari, mebel, ip tolasi, paxta, tikuvchilik mahsulotlari. to‘qimachilik galantereyasi, o‘simlik moyi, go‘sht va go‘sht mahsulotlari, non, qandolatchilik va makaron mahsulotlari, un, yorma va b. ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yilgan.
Qishloq xo‘jaligi, asosan, paxtachilik, g‘allachilik (sholi va bug-doy yetishtirish) va chorvachilik (go‘sht, sut, qorako‘lchilik)dan iborat.
Qoraqorlpog‘iston keng va turli-tuman transport tarmog‘iga ega. Temir yo‘l, havo, avtomobil transportlaridan keng foidalaniladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |