Qishloq xo’jalik mahsulotlarini sotish jarayoni hisobini takomillashtirish yo’llari.
Xolmuradov Musurmon Avlakulovich ”TIQXMMI” MTU 1-kurs magistranti.
Annotatsiya: Mazkur maqola qishloq xo’jaligi mahsulotlarini sotish jarayonidagi kamchiliklarni aniqlab, qanday sotish hisob usulini qo’llash maqbul bo’lishini aniqlash haqida.
Kalit so'zlar:. Qishloq xo’jaligi, agrotexnik tadbirlar, jamg’arma, subschet, sotish xarajatlari, klaster.
Kirish: Qishloq xo’jaligi tarmog’i-mahsulotlarni yetkazib beruvchi asosiy manbadir. Ayni vaqtda u keng iste’mol maxsulotlari ishlab chiqaruvchi sanoatning bir qancha tarmoqlari uchun xom-ashyo yetkazib beradi. Xalq turmush darajasini oshirishning kaliti bu qishloq xoʻjaligida ishlab chiqarishdir. Agar u yaxshi rivojlanmasa, hech qanday eng yaxshi programmasini ham roʻyobga chiqara ololmaydi. Qishloq xoʻjaligining ahamiyati yana shu bilan belgilanadiki, xalq xoʻjaligida band boʻlgan xodimlarning 29 foizi shu sohada mehnat qiladi.
Bozor iqtisodiyoti sharoitida korxonalar bozor talabini o’rgangan holda tuzilgan shartnomalarga, assortiment, son va sifat reja topshiriqlariga binoan, doimo ishlab chiqarilgan mahsulot hajmini ko’paytirish, ularning assortimentini kengaytirish va sifatini oshirishga e’tibor berib mahsulot ishlab chiqaradilar.
Asosiy qism: Bozor munosabatlari sharoitida asosiy e’tibor mol yuborish – shartnomalari bo’yicha mol sotishga qaratiladi, chunki bu korxona faoliyatining maqsadga muvofiqligini, uning samaradorligini aniqlovchi iqtisodiy ko’rsatkichlardan biri bo’lib hisoblanadi. Korxonaning hisob – kitob schyotiga pul tushgan va tushmaganligidan qat’i nazar barcha yuklangan va jo’natilgan mahsulotlar sotish hajmiga qo’shilishi mumkin. Sotish jarayoni korxona xo’jalik mablag’larining doiraviy aylanishini yakunlaydi. Bu o’z navbatida korxonaga davlat budjeti, ssudalar bo’yicha banklar, ishchi va xizmatchilar, mol yuboruvchilar oldidagi majburiyatlarni bajarish, ishlab chiqarish xarajatlarini qoplash imkoniyatini beradi. Sotish rejasini bajarmaslik aylanma mablag’lar aylanishini sekinlashiga, xaridorlar oldida shartnoma vazifalarini bajarmaganligi uchun jarima to’lashga, to’lovlarni kechikishiga, korxonaning moliyaviy holatini yomonlashishiga olib keladi.
1998 yilning 1 yanvaridan boshlab mahsulotlar yuklab jo’natgan, xizmatlar ko’rsatilgan, ishlar bajarilgan sana hisoblash usuliga ko’ra sotilgan vaqt hisoblanadi. Hisoblash usulida mol oluvchilarga mahsulot yuklab jo’natilganda, sotilgan mahsulotning haqiqiy ishlab chiqarish tannarxiga quyidagicha buxgalteriya yozuvi amalga oshiriladi: Dt 9110 -«Sotilgan tayyor mahsulotlarning tannarxi» schyoti, Kt 2810 -«Ombordagi tayyor mahsulotlar» schyoti. Yuklab jo’natilgan mahsulotning shartnoma (sotish) qiymatiga, Dt 4010 «Хaridorlar va buyurtmachilardan olinadigan schyotlar» schyoti, Kt 9010 «Тayyor mahsulotlarni sotishdan daromadlar» schyoti kabi yozuv amalga oshiriladi. 9010, 9020 va 9030 schyotlarning kreditida 4010 «Хaridorlar va buyurtmachilardan olinadigan schyotlar» schyoti bilan korrespondentlashgan holda mahsulot (ish va xizmat) lar sotishdan tushadigan sof tushum aks ettiriladi. Bu schyotlarda xaridorlarga jo’natilgan mahsulot (ish va xizmat) lar bo’yicha hisoblangan aksiz solig’i va QQS summalari aks ettirilmaydi, balki quyidagi provodka bilan 4010 «Хaridorlar va buyurtmachilardan olinadigan schyotlar» schyotida aks ettiriladi:
D-t 4010 «Хaridorlar va buyurtmachilardan olinadigan schyotlar» jo’natilgan mahsulotlar uchun, aksiz solig’i va QQS summasi qo’shilgan holda, xaridorlardan olinadigan jami summaga.
K-t 6410 «Budjetga to’lovlar bo’yicha qarz (turlari bo’yicha)» hisoblangan aksiz soliђi va QQS summasiga.
K-t 9010 «Тayyor mahsulotlarni sotishdan daromadlar» mahsulot sotishdan tushadigan sof tushumga.
9010, 9020 va 9030 schyotlarning kreditida aks ettirilgan summa oy oxirida 9910 «Yakuniy moliyaviy natija» schyoti bilan korrespondentlangan holda yopiladi.
Korxonalarda sotish bo’yicha xarajatlar 9400 schetida o’z aksini topadi. Ya’ni ular:
-9410-“Sotish xarajatlari”
-9420-“Ma’muriy xarajatlar”
-9430-“Boshqa operatsion xarajatlar” dan iborat.
9410-“Sotish xarajatlari” schyotida mahsulotni sotish boʼyicha xarajatlar, yaʼni, mahsulotni isteʼmolchiga yetkazib berish bilan bogʼliq, transport vositalariga ortish, marketing bilan shugʼullanuvchi xodimlar va boʼlimlarning xarajatlari va boshqalar aks ettiriladi. Hisobot davrining oxirida 9410 “Sotish xarajatlari” schyoti 9910 “Yakuniy moliyaviy natija” schyoti bilan bogʼlangan holda yopiladi.
Korxonalarda sotish hisobini yuritish uchun qanday taklif berishimiz mumkin degan savolga quyidagicha javob beramiz: demak sotish bo’yicha xarajatlar hisobi 9410 sintetik schetida amalga oshiriladi. Deyarli barcha korxonalar 9410 schetini sintetik hisobda olib boradi. Ushbu schetni analitik schet qilib yuritish taklifi berilsa qanday bo’ladi? Bizda korxona xarajatlari bo’yicha batafsil ma’lumot olish imkoni bo’ladi deb javob bersak xato bo’lmaydi. Korxonalar transport, marketing, reklama kabi xarajatlarni 9410 schetida to’g’ridan to’g’ri yuritadi. Ushbu schetni 9411-“Transport xarajatlari”, 9412-“Marketing xarajatlari”, 9413-“Reklama xarajatlari” deb yuritsak maqsadga muvofiq bo’lar edi. Qishloq xo’jaligi korxonalarida har bir mahsulot turi bo’yicha subschetlar ochilib, ularning xarajatlari tegishli subschetlarda yuritilsa, korxonada sodir bo’layotgan xarajatlar aniq ko’rinadi va xarajatlarni tejash uchun to’g’ri reja tuzishga imkon yaratiladi.
Shavkat Mirziyoyevning qishloq xoʻjaligini qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi faoliyatini takomillashtirish toʻgʻrisidagi farmoniga muvofiq Oʻzbekistonda paxta yetishtirishni moliyalashtirish tartibi oʻzgaradi. Unga ko'ra, 2022-yil hosilidan paxta xom ashyosini yetishtirish xarajatlarini moliyalashtirish 2021-yilning 1-noyabridan boshlanadi (amaldagi tartib boʻyicha yanvar–fevral oylarida). Bu paxtani ekish uchun agrotexnik tadbirlar (shoʻr yuvish, qishki sugʻorish, yer haydash va boshqalar) noyabr oyidan boshlanishi bilan bogʻliq. Shu sababli kreditning umumiy foydalanish muddati fermer xoʻjaliklari uchun — 12 oydan 14 oyga, paxta-toʻqimachilik klasterlari va kooperatsiyalari uchun — 19 oydan 22 oyga uzaytiriladi. Bundan tashqari, 2022-yil hosilini 2021-yilning noyabridan boshlab moliyalashtirish uchun 900 milliard soʻm mablagʻ koʻzda tutilgan.
Vazirlar Mahkamasi tomonidan 2021-yil 26-fevralda „Qishloq xoʻjaligi sohasida statistik ma’lumotlar bazasini kengaytirish va takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida“ qaror qabul qilindi. Qarorga muvofiq qishloq xoʻjaligi sohasida roʻyxatdan oʻtkazish jarayoni 3 bosqichda amalga oshiriladi. 1-bosqich 2022–2024-yillarni oʻz ichiga oladi. 2-bosqich 2024-yilda amalga oshirilib, bevosita qishloq xoʻjaligi sohasida roʻyxatdan oʻtkazish tadbiri bajariladi, ya’ni qishloq xoʻjaligi faoliyati toʻgʻrisidagi birlamchi ma’lumotlar yigʻiladi. 3-bosqich — 2024–2026-yillarda amalga oshiriladi.
Yuqoridagi farmon va qonunlardan ko’rishimiz mumkunki, qishloq xo’jaligiga e’tibor katta. Bu esa qishloq xo’jaligi korxonalarini ko’yishiga olib keladi. Ushbu korxonalarda buxgalteriyani to’g’ri tashkil etib, sotish hisobini to’g’ri yuritsak, maqsadga muvofiq bo’lar edi.
Foydanilgan adabiyotlar ro'yxati.
”Respublika hududlarida paxta-toʼqimachilik ishlab chiqarishi va klasterlariga berilgan maydonlarda urugʼlik paxta xom ashyosi yetishtirishni moliyalashtirish tartibi toʼgʼrisida”,-O’zbekiston Respiblikasi VM Qarori, 2-son 02.01.2019 yil.
„Qishloq xoʻjaligi sohasida statistik ma’lumotlar bazasini kengaytirish va takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida“,- O’zbekiston Respiblikasi VM Qarori, 26.02.2021 yil.
www.stat.uz internet sayti.
Do'stlaringiz bilan baham: |