Mavzu: Asosiy vositalarning analitik va sintetik hisobi
Reja:
1.Asosiy vositalarning analitik hisobi
2.Asosiy vositalarnibg sintetik hisob
3 Asosiy vositalarning analitik va sintetik hisobi
Asosiy vositalarning turkumlanishi analitik hisobni yuritish uchun asos qilib olinadi. Inventar kartochkalari va hisobga olish daftari va inventarizatsiya ro‘yxati asosiy vositalarning analitik hisobining asosiy registrlari hisoblanadi. Ularning qanday shaklda bo‘lishi asosiy vositalarning turlariga bog‘liq. Ba’zi korxonaldarda analitik hisob inventar kartochkalarida yuritilsa, boshqalarda esa asosiy vositalarni hisobga olish daftari va inventarizatsiya ro‘yxatidan foydalaniladi.
0100 "Asosiy vositalar”schyoti mulk tariqasida tegishli bo‘lgan asosiy vositalar to‘grisida ma’lumotlar berish uchun mo‘ljallangan.
Ta’sischilar tomonidan ustav kapitaliga hissa sifatida berilgan asosiy vositalar quyidagi buxgalteriya yozuvi bilan rasmiylashtiriladi:
Debet 0100 "Asosiy vositalar"
Kredit 8330 "Pay va qo‘yilmalar"
Asosiy vositalar korxonalar va jismoniy shaxslardan bepul olinganda va hukumat organlaridan subsidiya tariqasida berilganda buxgalteriya hisobi schyotlarida quyidagicha aks ettiriladi:
Debet 0100 "Asosiy vositalar”schyoti
kredit 8810 "Grantlar"
kredit 8400 "kushilgan kapital”(davlat korxonalarida).
Asosiy vositalarning korxonadan chiqib ketishiga doir hisob jarayonlari 9310 "Asosiy vositalarning sotilishi va ularning boshqacha chiqim qilinishidan ko‘rilgan foyda”deb nomlanuvchi tranzit schyotda amalga oshiriladi. Ushbu schyotning debetida chiqib ketayotgan asosiy vositalarning dastlabki qiymati, asosiy vositalarning chiqib ketishi bilan bog‘liq xarajatlar, asosiy vositalarga tegishli qo‘shimcha qiymat solig‘i aks ettiriladi. Bu schyotlarning krediti bo‘yicha esa chiqib ketayotgan asosiy vositalarga tegishli eskirish miqdori , asosiy vositalarni sotishdan tushgan tushum, asosiy vositalar tugatishdan olingan materiallar, ehtiyot qismlar va boshqalarning asosiy vositalarni tugatish komissiyasi tomonidan o‘rnatilgan bahoda hisobga olish bo‘yicha qiymati yoziladi.
Asosiy vositalar sotilganda ularni sotish baholari 9210 “Asosiy vositalarning realizatsiyasi va boshqacha chiqimi” schyotining debetida yoziladi. Bir vaqtning o‘zida asosiy vositalarning daslabki qiymati 0100 schyotning kreditidan hisobdan o‘chiriladi. Eskirish miqdori esa 0200 schyot debeti va 9310 schyot kredetiga yoziladi. Asosiy vositalarni sotish bo‘yicha hisoblangan qo‘shimcha qiymat solig‘iga 9310 schyot debeti va 9800 schyot kreditlanadi. Asosiy vositalarni sotish bilan bog‘liq bo‘lgan xarajatlarga 9310 schyot debetlanadi va quyidagi schyotlar kreditlanadi: 1000, 1200, 2000, 2300, 6710, va boshqalar.
Asosiy vositalar bepul berilganda ularning dastlabki qiymati 9430 schyotning debeti va 0100 schyotning kreditida aks ettiriladi. Eskirish miqdori esa 0200 schyotning debetida va 9430 schyotning kredetiga yoziladi. Bepul berilayotgan asosiy vositalarni ortish, taxlash, tushirish va boshqa xarajatlar 9430 schyotning debeti va tegishli schyotning kreditiga yoziladi. Bepul berilgan asosiy vositalarning chiqib ketishi natijasida aniqlangan zarar miqdoriga 8700 schyot debetlanadi va 9430 schyot kreditlanadi. Ayrim hollarda bepul berilgan asosiy vositalarning korxonadan chiqib ketishidan foyda olinishi mumkin. Bunday xollarda yuqoridagi buxgalteriya yozuvi aksincha bo‘ladi ya’ni debet 9430 va kredit 8700.
Boshqa korxonalarning ustav kapitaliga xissa tariqasida berilgan asosiy vositalar tomonlarning kelishuviga muvofiq belgilangan qiymatda 9430 schyot debetlanadi va 0100 schyot kreditlanadi. Bunda, asosiy vositalarning dastlabki qiymatiga 9430 schyotning debeti va 0100 schyotning kreditida aks ettiriladi. Berilayotgan asosiy vositalarning eskirish miqdoriga 0200 schyotning debeti va 9430 schyotning kredeti bo‘yicha rasmiylashtiriladi. Asosiy vositalarni boshqa korxonalarga berish bilan bog‘liq bo‘lgan qo‘shimcha xarajatlar 9431 schyotning debeti va tegishli schyotlar kreditlanadi.(1000, 1200, 1300, 2300, 6710 va x.k.)
Hisobot davri tugagandan so‘ng 9310 schyotning har bir obekti bo‘yicha debet va kredit oborotlarining farqlari aniqlanadi. Olingan foyda (zarar) ya’ni kredit oboroti debet oborotidan ko‘p bo‘lsa farq miqdori 9310 schyotning debeti va 8700 schyotning kredetiga va aksincha 8700 schyotning debeti va 9310 schyotning kreditiga yoziladi.
Bepul berilgan asosiy vositalarning chiqib ketishi natijasida sodir bo‘lgan moliyaviy natijalarining schyotlarda qanday aks ettirilishi yuqorida ko‘rib o‘tilgan tartibda amalga oshiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |