Ingliz tilida gapirishga o’rgatish



Download 92,42 Kb.
Sana29.12.2021
Hajmi92,42 Kb.
#78016
Bog'liq
ngliz tilida gapirishga o


Ingliz tilida gapirishga o’rgatish

 

       Dunyoda tillar ko’p ammo ular ichida xalqaro hisoblanganlari bir nechta. Ingliz tilining dunyo miqyosida tutgan o’rning kundan kunga o’sib borishi unga bo’lgan qiziqishning kundan-kunga ortishiga sabab bo’lmoqda. Har bir tilda bo’lgani kabi ingliz tili ham bir nechta muhim bo’lgan nutq vositalarini o’z ichiga oladi,  ammo ularning ichida gaplashish (speaking) boshqalariga qaraganda ko’proq ishlatilishi va muhimligi bilan ajralib turadi. Ingliz tilida gaplashish murakkab bo’lmasada osiyo xalqlarida bu borada ba’zi bir muomolarga duch kelmaydi deb ham ayta olmaymiz. Masalan ba’zi bir xalqlarda ingliz tilida mavjud bo’gan barcha tovushlarning ham uchramasligi. Yoki boshlang’ich maktablarda gaplashish nutq faoliyatiga kam e’tibor berilishi keyinchalik bolalarda bu faoliyat turning sust rivojlanishiga sabab bo’lmoqda. Ba’zida esa noto’g’ri tuzilgan metodika ham bunga sabab bo’lishi mumkin, guruhda bir nechta faol talabaga e’tibor berib gapirishga uyalib turganlarga imkon bermaslik shu o’quvchilarning ingliz tilida yaxshi gapira olmasligiga olib kelishi mumkin. Ba’zi O’qtuvchilar  gapirishni o’rgatish uchun avvalam bor gramatikani to’liq o’tib keyin gapirish(speaking)ga e’tibor berishimiz kerak deb hisoblashi mumkin, lekin mening fikrimcha bu noto’g’ri tanlov, sababi Ingliz tilini o’rganuvchilarni uzoq kuzatishim natijasida ishonchim shunga komil bo’ldiki ingliz tili gramatikasini zo’r bilaturib yaxshi gapira olmaydigon o’rganuvchilar ham ko’p yoki ingliz tilida so’z boyligi ko’p lekin erkin suxbat qura olmaydigonlar. Shuning uchun ingliz tilini o’rgatishni boshlagan vaqtdan boshlab o’rganuvchida gapirish ko’nikmasini shakillantira borish kerak. Kimdadir hech narsani bilmaydigon o’rganuvchiga qanday qilib birdaniga gapirishni o’rgatish mumkin degan savol tug’ilishi mumkin. Buning yo’li oson, hali endi o’rganishni boshlagan o’quvchiga oson so’z birikmalarini berib borishdan boshlash kerak. Masalan : Good morning, Good afternoon, my name is .., what is your name ? va kundan kunga unga gramatikani tushuntirgan sari uni ortirib borish kerak. Bu albatta o’z samarasini beradi. Ingliz tilida yaxshi gapira olmagan o’quvchining gapirish darajasini oshirish uchun avvalam bor unga to’sqinlik qilayotgan narsalarni aniqlab olish kerak. Ular ko’pincha uyalchanlik, xato qilishdan qo’rqish, o’z ona tilida fikrlash,  gap struktura qurilishini yaxshi bilmasligi ba’zan esa so’z boyliging kamligi. Kamchiliklarni aniqlab olgandan keyin ularni yo’qotish harakatini qilish kerak shunda o’rganuvchining  ingliz tilida gapirishi sezilarli darajada oshadi. Ingliz tilida gapirishni yaxshi bo’lishi uchun asosan uch narsaga e’tibor berish kerak:


1.     So’zlarni to’g’ri talafuz qilish

2.     Uzoq gapira olish (fikrni bayon etish)

3.     Gapirishning ravonligi

       So’zlarni to’g’ri talafuz qilish juda muhim chunki ba’zi bir tovushning boshqasi bilan almashtirish so’z manosining o’zgarishiga yoki umuman tushunilmasligiga olib kelishi mumkin. Masalan "law” va "low” yo’ki  "think” va "sink” va boshqalar. Buni ko’pincha zamonaviy lug’atlar bilan birga beriladigon disklardan til tashuvchilarning o’zlari talafuz qilishini eshitib o’rganganimiz oson va yaxshi natija beradi. Yoki agar o’qtuvchining o’zi til tashuvchisi bo’lsa uning shu so’zni talafuz qilishini eshitib taqlid qilib o’rganish.

       Uzoq gapirish. Bu ham juda muhim. Sababi men o’zim o’quvchilarning ikki og’iz gap gapirib undan keyin nima deyishini bilmay qiynalib turganlariga ko’p duch kelganman. Buni oldini olib ularda uzoq gapirishni shakillantirish uchun esa turli o’yinlardan foydalanish mumkin. :Masalan Rasm berib qo’yib shuni menga tasvirlab bering deyish, turli situatsiyalar yaratib ularni qatnashchiga aylantirish, sahnalashtirilgan teatrga ishtrok etkizish yo’ki eng osoni uyga biron bir mavzu berib yuborib shunga tayorgarlik ko’rib kelishni vazifa qilib berish va boshqalar. Bunda ularning  ingliz tilidagi notiqligi so’zlarni to’g’ri tanlay olishi va to’xtamasdan uzoq gapira olish sanati oshadi.

       Gapirish ravonligi ham gaplashish(speaking)ning muhim bo’lagi hisoblanadi. Bu tushunish uchun antonym sifatida aniq gapirmaslik deyishimiz mumkin. So’zlarni bir biriga qo’shib tashlash, tembga e’tibor bermaslik, tezlikka loqaydlik bazi bir so’zlardan keyin pauza qilmaslik bunday oqibatlarga olib keladi. Bunday holatda gapiruvchi nima deyotganni anglash qiyinlashib ketadi. Ba’zan huddi og’ziga biron narsa solvolib gapirayotgan odamni ham eslatvoradi. Bunday holatni oldini olish uchun ko’proq shu til vakili bilan praktik shug’illanish va uni kuzatish kerak. Shunda tez qabul qilinadi.



       Xulosa qilib aytadigon bo’lsak biz hech kimga gapirishni o’rgatmaymiz chunki har bir inson o’zi ona tilida gapirishni o’rganadi. Biz ularga ingliz tilida gapirishni o’rgatamiz. Ingliz tilida gapirishni o’rgatish uchun avvalam bor to’g’ri metodlardan foydalanish kerak. Har guruhdagi har bir o’quvchi e’tiborsiz qolib ketmasligi kerak. Dars davomida nutqni rivojlantirish maqsadida interaktiv o’yinlarda foydalanish kerak. Va har bir o’quvchiga gapirishga imkoniyat berishni unutmaslik.  Agar yuqoridagilardan o’quvchilarni o’qitayotganimizda foydalansak ularning ingliz tilida gapirish qobilyati o’sishiga shak shubxa qilmayman.
Download 92,42 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish