OLIY VA O‟RTA MAXSUS TA‟LIM VAZIRLIGI NAMANGAN DAVLAT UNIVERSITETI
«TASDIQLAYMAN»
|
O‗quv ishlari bo‗yicha prorektor
D. Xolmatov
« » 2021 yil
|
Fiziologiya va valeologiya asoslari kafedrasi
ODAM ANATOMIYASI VA FIZIOLOGIYASI
fanidan
O‟QUV – USLUBIY MAJMUA
Bilim sohasi:
|
100000 - Gumanitar fanlar
|
Ta‘lim sohasi:
|
110000- Pedagogika
|
Ta‘lim yo‘nalishi:
|
5112000 – Jismoniy madaniyat
|
1
Namangan 2021
Mazkur o‘quv uslubiy majmua Namangan davlat universitetining o‘quv – metodik kengashida ko‘rib chiqilgan va tasdiqqa tavsiya (2021 yil «28» avgustdagi 1 – sonli majlis bayoni) qilingan fan dasturiga va ishchi o`quv rejag‘a muvofiq ishlab chiqildi.
Tuzuvchi: M. Mamajanov – Fiziologiya va valeologiya asoslari
kafedrasi dots. v/b, PhD.
O‘quv uslubiy majmuasi Namangan davlat universitetbning o‘quv – metodik kengashida ko‘rib chiqilgan va chop etishga tavsiya qilingan. 2021 yil «28» avgustdagi 1 – sonli majlis bayoni
O„ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O‟RTA MAXSUS TA‟LIM VAZIRLIGI
NAMANGAN DAVLAT UNIVERSITETI FIZIOLOGIYA VA VALEOLOGIYA ASOSLARI KAFEDRASI
ODAM ANATOMIYASI VA FIZIOLOGIYASI
fanidan
O„QUV USLUBIY MAJMUA
Bilim sohasi:
|
100000 - Gumanitar fanlar
|
Ta‘lim sohasi:
|
110000- Pedagogika
|
Ta‘lim yo‘nalishi:
|
5112000 – Jismoniy madaniyat
|
NAMANGAN -2021
M U N D A R I J A
1.
|
TITUL VARAG„I…………………………………………………………
|
3
|
2.
|
O‟QUV MATERIALLARI (MARUZA MATNLARI, AMALIY, SEMINAR VA LABORATORIYA MASHG‟ULOTLARI
ISHLANMALARI)………...........................................................................
|
5
|
3.
|
GLOSSARIY…………………………………………………………..........
|
151
|
4.
|
ILOVALAR: FAN DASTURLARI………………....................................
|
160
|
5.
|
FAN ISHCHI DASTURLARI……………………………………….…...
|
167
|
6.
|
TESTLAR………………………………………………………….............
|
180
|
MA‟RUZA MASHG‟ULOTLARI MAVZULARI
MAVZU №: 1. “KIRISH – ODAM ANATOMIYASI VA FIZIOLOGIYASI” FANINING PREDMETI, MAQSADI, VAZIFALARI.
Ma’ruza rejasi:
Odam anatomiyasi va fiziologiyasi faniga kirish.
Odam anatomiyasi va fiziologiyasi fanining predmati, maqsadi va vazifalari.
Odam anatomiyasi fanining o‘rganish usullari (metodlari).
Anatomiya fanidagi xalqaro terminlar.
Odam tanasining tuzilishi
Tayanch iboralar: Odam anatomiyasi, sathlar, hujayra, to’qimalar, a’zo, a’zolar tizimi, yaxlit organizm, ontogenez, hujayraning bo’linishi.
Anatomiya fani odam organizmining shaklini, tuzilishini, uning rivojlanish jarayonini o‘rganadigan fandir. Bu fan organizmning tashkil etuvchi xar bir tizimiga tegishli a‘zolarni joylashuvini, tuzilishini bajaradigan funktsiyalari bilan bog‘langan holda, jinsiy tafovutlarni xisobga olgan holda, shuningdek atrof-muxitning a‘zolar tuzilishi xamda vazifasiga bo‘lgan ta‘sirini o‘rganadi.
Qadimiy anatomiya fani a‘zolarni aloxida–aloxida o‘rganib kelgan, ularning o‘zaro munosabatlarini, organizmning bir butunligini xisobga olmasdan, faqat dalillarni to‘plash bilan chegaralangan. Xozirgi zamon anatomiyasi organizmning yagona sistema ekanligini, uning tashqi muxit bilan chambarchas bog‘liqligini, a‘zolarning shakli bilan funktsiyasining bir-biriga bevosita aloqador ekanligini nazarda tutadi.
Anatomiya fani o‘z oldiga qo‘ygan maqsadlariga ko‘ra, bir necha bo‘limlarga bo‘linadi. Odam organizmi tuzilishi, rivojlanish xususiyatlarini evolyutsion nuqtai nazardan – filogeneziga taqqoslangan holda xamda odam xolatiga o‘tish jarayoni – antropogenezini solishtirma anatomiya o‘rganadi.
Organizmning paydo bo‘lishini, tug‘ilguncha ona qornida o‘sib, rivojlanib toki tug‘ilguncha bo‘lgan davrni embriologiya fani o‘rgansa, tug‘ilgandan boshlab to xayotning oxirigacha bo‘lgan davrni ―yoshga oid‖ anatomiya shug‘ullanadi.
Anatomiya shu bilan birga a‘zolarning joylashish xususiyatlarini, ularning o‘zaro munosabatlarini, chegaralarini, proyoqtsiyasini – topografik anatomiya o‘rganadi. Organizmning shakllanishi va rivojlanishiga, shuningdek, odamlar yashab turgan muxitning iqlimiy – geografik sharoiti, ijtimoiy tuzum kabi omillarni ta‘sirini o‘rganishi bilan antropologiya shug‘ullanadi.
Odam organizmi a‘zolarining tuzilishi ularning bajaradigan vazifasiga bog‘liq holda tekshirish fuktsional anatomiya fanining vazifasidir.
A‘zolarning ichki tuzilishini, ularni tashkil qilgan to‘qimalar, hujayralarni o‘rganish bilan gistologiya fani shug‘ullanadi. A‘zolarning kasallik xolatidagi tuzilishini o‘rganish bilan esa patologik anatomiya shug‘ullanadi.
Odam anatomiyasini o‘zlashtirishni osonlashtirish uchun bu fan odam organizmini shartli ravishda bir necha tizimlar yoki sistemlarga ajratib o‘rganiladi (sistematik anatomiya).
Sistematik anatomiya suyaklar qismi - osteologiya, suyaklarning o‘zaro birlashishi bo‘g‘imlarni o‘rganadigan qismi – sindesmologiya, muskullar – miologiya, ichki a‘zolar sistemasi - splanxnologiya, qon tomirlar sistemasi – angiologiya, ichki sekret bezlar qismi – endokrinologiya, sezgi a‘zolari – esteziologiya va nixoyat, nerv sistemasi – nevrologiya bo‘limlaridan iborat. Xar bir tizimga tegishli a‘zolarning tuzilishi, shakli, bajaradigan funktsiyasi, ularning o‘zaro munosabatlarini aloxida ko‘rib chiqiladi.
SHunday qilib, anatomiya fani odam organizmining tuzilishi va funktsiyalarini ularning evolyutsion rivojlanish asoslariga bog‘lab, atrof-muxit ta‘sirida shakllanish qonuniyatlari bilan birgalikda o‘rganiladi.
Bulardan tashqari, anatomiya mayib-majrux bo‘lib tug‘ilgan bolalar, nog‘ironlar organizmining tuzilishini bola tug‘ilgandan boshlab, qarilik davrigacha bo‘lgan vaqtdagi organizmdagi morfologik yoshga qarab o‘zgarishlarni o‘rganadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |