O'zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta'limi vazirligi andijon davlat universitetining pedagogika instituti boshlang`ich ta`LI



Download 107,96 Kb.
bet1/4
Sana12.04.2022
Hajmi107,96 Kb.
#546139
  1   2   3   4
Bog'liq
3-4-sinflarda-harakatga-doir-masalalarni-organish


O'ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O`RTA MAXSUS TA'LIMI VAZIRLIGI


ANDIJON DAVLAT UNIVERSITETINING PEDAGOGIKA INSTITUTI
BOSHLANG`ICH TA`LIM PEDAGOGIKASI FAKULTETI


Kurs ishi
MAVZU: 4-SINFLARDA HARAKATGA DOIR MASALALARNI O'RGANISH


Bajaruvchi: 4-kurs talabasi Saydazimova U
ANDIJON – 2022
KIRISH.
Boshlang'ich maktabda matematika ta'lim o'qituvchilarining mantiqiy fikrlash qobiliyatlarini shakllantirish va rivojlantirishga, o'z fikrlarini mustaqil bayon qila olishga egallangan bilimlari ijtimoiy faoliyatlarida qo'llashga hamda ta'limning ikkinchi bosqichida o'qishni davom ettirish uchun matematik tayyorgarlikni ta'minlashga xizmat qiladi.
Matematika bolalarda tafakkur, diqqat, xotira, ijodiy tasavvur etish, kuzatuvchanlikni rivojlantirishga imkon beradi. Shuningdek, matematika o'quvchilarning mantiqiy fikrlash malakasini oshirishi, ularning o'z fikrlarini aniq, to'g'ri va tushunarli bayon etishi uchun zamin hozirlaydi. O'qituvchining vazifasi – bolalarga matematikani o'qitishda bu imkoniyatlardan samarali foydalana olishdan iborat.
Boshlang'ich sinflarda orifmetik masalalar matematika kursining eng katta muhim tarkibiy qismidir. Ularda butun kuchning asosiy mazmuni va shu bilan birga arifmetik tushunchalarning mazmunini ochib beradi. Masalalar yechish jarayonida o'quvchilar har bir amal ma'nosini va ularni qo'llashning asosiy hollarini o'zlashtiradilar, og'zaki va yozma hisoblash malakalari qo’llaniladi va mustahkamlanadi, masalalar yechishga o'rgatish o'quvchilarning mustaqil faoliyatlarini rivojlantirish uchun, ularda faollik va tashabbuskorlikni o'stirish uchun keng imkoniyatlar yaratadi.
Harakatga doir masalalarni yoritishning maqsadi o'quvchilarda harakatga doir masalalar haqida tezlik, vaqt va masofa va ular orasidagi boshlanish haqida bilmlarni shakllantirib makammal darajadagi ko'nikma va malakalarni hosil qilish yo'llarini ko'rsatishdan iboratdir.
Harakatga doir masalalarni boshlang'ich matematika kurslaridagi masalalarning eng murakkab va yuksak ahamiyatli bir qismdir. Harakatga doir masalalar ko'p xonali sonlar ichida masalalar bilan ishlash jarayonida ya'ni 4 sinfda o'tiladi. Bu xil masalalarning to'rtinchi sinfda o'tilishining sababi masalalarning murakkabligi va bir vaqtning o'zida masala tarbiyaga masofa vaqt va tezlikning ishtirokidir. Tezlik ham o'sha vaqtda yangi tushuncha sifatida kiritiladi va harakatga doir masalalarning asosiy tushunchalaridan biri ekanligi tushuntiriladi.
Mavzuning ahamiyati shundan iboratki, boshlang'ich sinf o'qituvchilari harakatga doir masalalarni o'quvchilarga o'rgatishda ta'limning zamonaviy usullaridan yangi pedagogik texnalogiyalaridan foydalanishning samaradorligini ko'rsatib berishdir.
Harakatga doir masalalar bir muncha murakkabligi bilan birga uni o'rganishning dolzarbligi inson hayotida katta va muhim ahamiyat kasb etadi. Masalan: oddiy bir misol. Boshlang'ich sinf o'quvchisi uydan maktabgacha qancha vaqtda kelishini necha qadam ekanligini o'zicha qiziqish bilan o'lchab ko'radi. Agar tez yursa oz vaqt ichida yetishni agar, sekin yursa ko'proq vaqt ichida yetib borishini kunlik jarayonlar sababli yaxshi biladi. Bu masofa vaqt va tezlik o'rtasidagi bog'lanish bilan bog'liq bo'lgan ilk tushuncha va bilimlarning oddiy bir ko'rinishidir. Bundan tashqari masofa va vaqt tezlik orasidagi bog'lanishning 'oshlang'qich sinflarda o'rgatilishi yuqori sinf fizika kursning tezlik bilan bog'liq bilimlarning boshlang'ich asosi hisoblanadi.
Harakatga doir masalalarni to'liq va to'g'ri tushunib o'zlashtirib olgan o'quvchilar o'z hayotida uchraydigan turli xil vaziyatlardan (albatta masofa, vaqt va tezlik bilan bog'liq bo'lgan) osongina chiqib keta oladigan bilimlarni ijtimoiy faoliyatlarida o'z o'rnida qo'llay oladilar. O'z bilimlarini o'z o'rnida samarali qo'llay olish esa barkamollikning bir belgisidir. Barkamol avlod esa mustaqil O'zbekistonning buyuk kelajagidir. Zero kelajak avlodni barkamol qilib tarbiyalash, biz boshlang'ich sinf o'qituvchilarning muhim vazifasidir.

I BOB. Masala haqida umumiy tushuncha
1§ Masala turlari
Bola maktabdagi mashg'ulotlarning birinchi kunidayoq masala bilan
uchrashadi. Birinchi sinf o'quvchilari bilan qilinadigan dastlabki suhbatlarning birida o'qituvchi o'quvchi qanday hayotiy tashriba va bilimga ega ekanligini aniqlash maqsadida eng oson masalaga murojat etadi. Masalan: “Sening to'rtta qalaming bor edi sen yana bitta qalam olding. Sendagi qalamlar nechta bo'ldi?”
Maktabda o'qitishning boshidan oxirigacha matematik masalar o'quvchilarga matematik tushunchalarni to'g'ri shakllantirishga uni o'rab turgan muhitning o'zaro aloqadorligining turli tomonlarini chuqurroq aniqlashga yordam beradi. O'rganilayotgan nazariy koidalarni qo'llanish kuzatilayotgan hodisalarda har hil sonli bog'lanishlarni o'rgatish imkonini beradi. Shu bilan birga masalar yechish bola tafakkurining rivojlanishiga yordam beradi.
Matematik masala o'zi nima?
Matematik masala - bu bog'liqli ixcham hikoya bo'lib, unda ba'zi
kattaliklarning qiymatlari ko'rsatilgan bo'lib, ularga bog'liq va masala shartida ular bilan ma'lum munosabatlar orqali bog'langan boshqa kattaliklarning qiymatlari izlanadi.
Masala tushunchasini tor manoda qarab unda quyidagi tarkibiy elementlarni ajratish mumkin.
A) masalaning sharti - syujetning so'zlar bilan bayoni bo'lib unda son qiymatlari masala tarkibiga kiruvchi kattaliklar orasidagi funktsional bog'lanish oshkor (sonlar yordamida) holda yoki oshkormas shaklda (so'zlar yordamida) ko'rsatilgan bo'ladi.
B) masalaning savoli - bunda bir yoki bir necha kattalikning noma'lum qiymatlarini bilish taklif qilinadi.
Shunday qilib har qanday arifmetik masalada noma'lum (izlanayotgan) son (yoki bir nechta izlanayotgan son) va berilgan sonlar (ular ikkitadan kam bo'lmasligi kerak) dan iborat elemintlar albatta bo'lishi kerak ekan.
Bilimlarni tekshirishda masala o'quvchi tafakkurini rivojlanishi haqida fikr yuritish kerakli amallarni to'g'ri tanlash hisoblash ko'nikmalari haqida fikr yuritishg imkonini beradi.
Matematik masalalar sodda va murakkab masalalarga ajratiladi. Bitta amal bilan yyechilish mumkin bo'lgan masalalar sodda masalalar jumlasiga kiritiladi. Bir necha sodda masalalardan tuzilgan va shu sababli ikki yoki undan ortiq amal yordamida yechiladigan masalalar murakkab masalalar deyiladi.
Sodda masalalarning asosiy turlarini qo'yidagicha taqsimlash boshlang'ich maktabda qo'llash uchun qulay:
1. Arifmetik amallar mazmunini ochishga doir masalalar yig'indisini qoldiqni topishga doir masalalar, bir xil qg'o'shiluvchilar yig'indisini topishga doir masalalar, bo'lishga (mazmuniga ko'ra bo'lishga va teng qismlarga bo'lishga) doir masalalar.
2. Amalning noma'lum kompanentlarini (qo'shiluvchi, kamayuvchi, ayriluvchi ko'payuvchi, bo'linuvchi, bo'luvchi) topishga doir masalalar.
3. Bir necha birlik (yoki bir necha marta) "ortiq" (yoki "kam") munogsabati bilan bog'liq masalalar; sonni bir necha birlik (yoki bir necha marta) orttirish (yoki kamaytirish)ga doir bevosita (yoki bilvosita) ifodalangan masalalar; sonlarni ayirmali (yoki karrali) taqqoslashga doir masalalar.
4. Kattaliklarning proporsional bog’lanishlariga doir masalalar.
Birinchi sinf o'quvchilari sodda masalalarni o'zlashtirib olganlaridan keyin,
ya'ni ular shart va savolni ajratishni o'rganib olganlaridan keyin ma'lum va noma'lumlarni qiynalmay ajratadigan bo'ladilar, yechilishning dastlabki ko'nikmalarini oladilar, shundan keyin sekin asta darsga murakkab masalalar kiritiladi.
Boshlang'ich (I-IV) sinf o'quvchilari yechadigan murakkab masalalardan qo'yidagi xillarini ajratish mumkin.
1. To'rtinchi proporsional miqdorni topishga doir masalalar.
2. Proporsional bo'lishga doir masalalar;
3. Ikki ayirma bo'yicha sonlarni topishga doir masalalar.
Bundan tashqari bu sinflarda ma'lum mazmunli masalalar yechiladi: a) vaqtga doir masalalar
b) harakatga doir masalalar;
v) geometrik mazmunli masalalar.
2 § 3-4 sinflarda masala turlari va ularni yechish usullari
Boshlang'ich sinflarda arifmetik masalalar matematika kursining eng katta va muhim tarkibiy qismidir. Ularda butun kursning asosiy mazmuni va shu bilan birga arifmetik tushunchalarning mazmuni ochib beriladi. Masalalar yechish jarayonida o'quvchilar har bir amal ma'nosini va ularni qo'llashning asosiy hollarini o'zlashtiradilar; og'zaki va yozma hisoblash malakalari qo'llaniladi va mustahkamlanadi, masalalar yechishga urgatish ularning mustaqil faoliyatlarini rivojlantirish uchun, ularda faollik va tashabbuskorlikni oshirish uchun keng imkoniyatlar yaratadi.
O'quvchilarda masalalarni yechish ko'nikmasi to'rt yil mobaynida asta sekin rivojlanib boradi. Maqsad o'quvchilarning o'zlari yechishga kuchlari eta oladigan arifmetik masalalarni yechish yo'llarini mustaqil topa olishlariga erishishdir.
Bolalarni masalalar yechishga o'rgatishda ularga masalalar yechishga yondoshishning ba'zi umumiy usullarini o'rgatish muxim hisoblanadi. Chunonchi, bolalar o'qituvchi boshchiligida masalani qisqa va tushunarli yozishni, masala shartini rasm va chizmalar bilan namoyish qila olishni o'rganib olishlari, shu bilan masala yechish yo'llarini o'zlari uchun engillashtirishlari, aniq bir masala shartini mavhumlashtirishni (masalan, "baho", "miqdor", "qancha turish", kabi mavhum atamalardan foydalanib) va masalada berilgan miqdorlar bilan izlanayotgan miqdor orasidagi bog'lanishni ochishda yordam beruvchi usullarni o'rganib olishlari kerak.
O'quvchilarning fikrlash faoliyatlarini va nutqlarini rivojlantirish uchun ularni masalani va uning yyechilishini tashkil qilishlariga, masalani yechishdagi har bir amalni asoslab berishga o'rgatish muhimdir. Ular yyechilayotgan masalada nima berilgan, nima izlanayotganligi (noma'lumligi) ni, masalaning savolidan nima kelib chiqishini, masala savolidan javob topish qanday arifmetik amallar yordamida amalga oshirilishini va ularni qanday tartibda bajarish kerakligini tushunib yetishlari, shuningdek, har bir tanlangan amalni asoslay olishlari va topilgan natijalarni tushuntirib bera olishlari, berilgan masala bo'yicha ifoda tuza olishlari (barcha zarur tushuntirishlari bilan), masalani yecha olishlari va yechimning to'g'riligini tekshira olishlari lozim.
Shuningdek, o'quvchilarda masalani turli usullar bilan yecha olish malakasini shakllantirish ham katta ahamiyatga ega. O'quvchilar arifmetik amallar hossalariga oid olgan bilimlarini masalalarni yechishga qo'llashni o'rganib olishlari kerak. Ular ba'zi bir masalalarni bir necha usul bilan yechish mumkinligini va o'zlariga tanish usullardan eng maqbulini tushunib tashlashlari borasida o'zlariga hisob bera oladigan bo'lishlariga harakat qilishlari lozim.
Tayyor masalalarni yechish bilan bir qatorda o'quvchilarni o'qituvchining turli topshiriqlari bo'yicha masalalar tuzishga mashq qildirish foydali. O'quvchilar masalalar tuzishlari uchun sonli va syujetli materiallarni atrof-borliqdan olishlari kerak. Bunday masalalarni tuzish va yechish har xil turdagi masalalarning tuzilishi va yyechilishining o'ziga hos xususiyatlarini chuqur tushunish imkonini beribgina qolmay, balki bolalarning ijodiy tasuvvur qila olishlarini kengaytiradi, ta'limning turmush bilan bog'lanishini mustaxkamlashga imkon beradi.
Dasturda har xil kattalikni (qancha turishi, miqdori, bahosi, narsalarning umumiy massalari, narsalar miqdori (soni), bitta narsaning massasi va hokazo) arifmetika bilan uzviy bog'liqlikda o'rganishda ularni o'lchash usullari, eng sodda formulalar yordamida ifodalanuvchi bog'lanishlar qaraladi. (masalan, "hamma sotib olingan narsa qancha turishini bilish uchun narsaning bahosini narsalar soniga ko’paytirishi kerak" ekanligini bolalar og'zaki tushuntiralidar. Bunda formulalar yozilmaydi). Shu bois, masalalarni tanlashda bu bog’lanishlarning ma'nosini ochib beruvchi masalalarga e'tibor berish kerak.
To'rtinchi sinfda masalalar ustida olib boriladigan ishlar murakkablashadi.
Boshlang'ich sinf matematika dasturining asosiy talablari o'quvchilar tomonidan to'rt arifmetik amalga oid sodda matnli masalalarni yechish ko'nikmasini egallashni yechish ko'nikmasini egallashni nazarda tutudi. Bu kuyidagi ko'rinishdagi masalalardir:
- har bir amal tuzumini mazmunini ochib beruvchi (ikki qo'shiluvchining yig'indisi, ayirma, ko'paytmani topish, teng qismlarga bo'lish yoki mazmuniga ko'ra bo'lishga oid);
- berilgan sondagi bir necha birlik (yoki bir necha marta) katta (kichik) bo'lgan sonni topish talab etilgan masalalar hamda ayirish va bo'lish yordamida sonlarni taqqoslashga (ayirmali va karrali taqqoslashga) doir;
- amal tarkibiy qismlaridan birini topishga doir;
- sonning ulushini va ulushiga ko'ra sonni topishga doir.
To'rtinchi sinfda o'quvchilar uchun yangi bo'lgan, yuqorida keltirilgan
guruxlardan ikkinchisiga oid turli ko'rinishdagi masalalar kiritiladi. Bundan tashqari, bolalarga ko'rinishi avvaldan tanish bo'lgan, lekin ular uchun yangi bo'lgan kattaliklar orasidagi o'zaro bog'lanishlarni tushinib yetish asosida tuzilgan masalalarni yechishga alohida e'tibor beriladi.
Dasturda masala shartini tahlil qilishga, berilganlar bilan izlanayotganlar orasida bog’lanish o'rnata olish ko'nikmasiga nisbatan ancha yuqori talab qo'yiluvchi bir qator yangi masalalar beriladi. Yangi dars ko'rinishdagi masalani ko'rib chiqish uchun doimo yangi dars ajratiladi. Bunda ish dastlab o'qituvchi rahbarligida to'liq tushuntirishlar bilan olib boriladi, so'ngra bu masala o'quvchilarning o'zlari mustaqil o'ylab topishlari va yechishlari uchun tavsiya qilinishi mumkin. Bu quydagi ko'rinishdagi masalalardir; turli ko'rinishlardagi proporsional bo'lishiga doir; qarama-qarshi va bir-birga hamohang yo'nalishdagi harakatga doir; munosabatlar usuli orqali yechishga doir; hamkorlikda ishlashga doir.



Download 107,96 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish