#9sinf # 31 mart #Algebra
Mavzu: Cheksiz kamayuvchi geometrik progressiya,
O’qituvchi: Iroda Saibova.
Geometrik progressiya mavzusi takrorlandi. Cheksiz kamayuvchi geometrik progressiya haqida qisqacha tushuncha berildi. Cheksiz kamayuvchi geometrik progressiyaning yig’indisi topishga doir misollar ishlab ko’rsatildi. Dars sodda, tushunarli qilib bayon qilindi.
Uyga vazifa: 414, 415-misollar berildi.
Kuzatuvchi: M.Mirtillayeva. Bo’stonliq tumani. 22-maktab.
#9sinf # 1 aprel #Algebra
Mavzu: Amaliy-tadbiqiy va fanlararo bog’liq masalalar.
O’qituvchi: Iroda Saibova.
IV bob takrorlandi. Arifmetik progressiya va uning dastlabki nta hadining yig’indisi, geometrik progressiya va uning dastlabki nta hadining yig’indisi, cheksiz kamayuvchi geometrik progressiya mavzulariga doir masalalar ishlab ko’rsatildi. Dars sodda, tushunarli qilib bayon qilindi.
Uyga vazifa: 417, 418-misollar. Hamda 184-betdagi 3-4 masalalar berildi.
Kuzatuvchi: M.Mirtillayeva. Bo’stonliq tumani. 22-maktab.
#9sinf # 3 aprel #Algebra
Mavzu: Hodisalar.
O’qituvchi: Iroda Saibova.
Ehtimolliklar nazariyasi va matematik statistika tasodifiy hodisalar orasidagi bog’lanishlarni, qonuniyatlarni o’rganish va ulardan kelib chiqadigan xulosalarni amaliyot masalalarini yechishga qo’llashga bag’ishlangan fan ekanligi tushunarli va sodda qilib tushuntirildi. Mumkin bo’lmagan, muqarrar va tasodifiy hodisalar, birgalikda bo’lishi mumkin va birgalikda bo’lmagan hodisalar, teng imkoniyatli hodisalar misollar orqali ko’rib chiqildi.
Uyga vazifa: 457-461 misollar.
Kuzatuvchi: M.Mirtillayeva. Bo’stonliq tumani. 22-maktab.
#9sinf # 7 aprel #Algebra
Mavzu: Hodisaning ehtimolligi.
O’qituvchi: Iroda Saibova.
Ehtimollikka klassik ta’rif berildi. Hodisaning barcha teng imkoniyatli va qulaylik tug’diruvchi natijalari nazariy jihatdan aniqlandi. Hodisaning ehtimolligi P(A)=m/n ekanligi o’yin kubiklari orqali tushuntirildi. Dars tushunarli bayon etildi.
Uyga vazifa: 463-464 misol.
Kuzatuvchi: M.Mirtillayeva. Bo’stonliq tumani. 22-maktab.
#9sinf # 8 aprel #Algebra
Mavzu: Tasodifiy hodisaning nisbiy chastotasi
O’qituvchi: Iroda Saibova.
Ehtimollikning statistic ta’rifidan foydalanib, nisbiy chastota tushunchasi berildi. A hodisaning nisbiy chastotasi W(A) orqali belgilanishini va u ta’rifga ko’ra W(A)=M/N ekanligi Fransuz tadqiqotchisi Byuffon masalasi orqali tushuntirildi. Mavzu oson va tushunarli bayon etildi.
Uyga vazifa: 486-misol.
Kuzatuvchi: M.Mirtillayeva. Bo’stonliq tumani. 22-maktab.
#9sinf # 11 aprel #Algebra
Mavzu: Tasodifiy miqdorlarning sonli harakteristikalari.
O’qituvchi: Iroda Saibova.
Tasodifiy miqdorlar o’yin kubiklari orqali tushuntirildi. Shu bilan birga tanlanma, moda (M0), mediana (Me), tanlanma kengligi (R), o’rtacha qiymat(Ẋ), matematik kutilma (E), dispersiya (D), o’rtacha kvadrat chetlanish (σ) tushunchalari sodda qilib bayon etildi.
Uyga vazifa: 492-494 misol.
Kuzatuvchi: M.Mirtillayeva. Bo’stonliq tumani. 22-maktab.
#9sinf # 14 aprel #Algebra
Mavzu: Amaliy-tadbiqiy va fanlararo bog’liq masalalar.
O’qituvchi: Iroda Saibova.
Tasodifiy miqdorlar sherigini top metodi orqali mustahkamlandi. Tanlanma, moda (M0), mediana (Me), tanlanma kengligi (R), o’rtacha qiymat(Ẋ), matematik kutilma (E), dispersiya (D), o’rtacha kvadrat chetlanish (σ) tushunchalariga oid misollar ishlandi.
Uyga vazifa: 221-betdagi 2, 3, 4-masalalar.
Kuzatuvchi: M.Mirtillayeva. Bo’stonliq tumani. 22-maktab.
#9sinf #15 aprel #Algebra
Mavzu: O’zingizni tekshirib ko’ring.
O’qituvchi: Iroda Saibova.
Tasodifiy miqdorning modasini, medianasini, tanlanmasini, matemayik kutilmasini, dispersiya va o’rtacha kvadrat chetlanishini topishga doir misollar ishlandi. Shu bilan birga “Sinfimiz statistika nazarida” mavzusida loyiha ishi ko’rib chiqildi.
Uyga vazifa: 493-499 misollar. Loyiha ishini o’z sinfi misolida bajarish.
Kuzatuvchi: M.Mirtillayeva. Bo’stonliq tumani. 22-maktab.
Do'stlaringiz bilan baham: |