O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi samarqand davlat universiteti fizika fakulteti kurs ishi mavzu : atom tuzilishi mavzusini o’qitishda “muloqot” treningi metodidan foydalanish



Download 454,5 Kb.
bet1/11
Sana18.04.2022
Hajmi454,5 Kb.
#561358
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
ATOM TUZILISHI


O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI SAMARQAND DAVLAT UNIVERSITETI FIZIKA FAKULTETI




KURS ISHI


MAVZU : ATOM TUZILISHI MAVZUSINI O’QITISHDA “MULOQOT” TRENINGI METODIDAN FOYDALANISH

TAYYORLADI: 302-GURUH TALABASI DAVRONOVA MOHICHEXRA


TEKSHIRDI: dots.RAJABOV.R
SAMARQAND 2018
M U N D A R I J A

1.Kirish………………………………………………………………………………………3

I Bob “MULOQOT” TRENING METODI
1.1-§ “Muloqot “treningi……………………………………………………8
1.2-§ “Muloqot” treningi o’tkazish bosqichlari va uni dars jarayoniga tadbiq etish…………………………………………………………10
1.3-§ “Muloqot” treningi metodidan fizikani o’qitishda foydalanish……………………………………………………………………………13
II Bob ATOM TUZILISHI MAVZUSINI O’QITISHDA “MULOQOT” TRININGI METODIDAN FOYDALANISH
2.1-§ Atom yadrosining tarkibi va strukturasini o’rganishda “Muloqot” treningi metodidan foydalanish…………………………14
2.2-§ Atom tuzilishining Tomson modeli , Atom tuzilishining Bor nazariyasi, Rezerford tajribalari strukturasini o’rganishda. “Muloqot” treningi metodidan foydalanish ……………………………17
III Bob XULOSA …………………………………………………………………..27
IV Bob FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR……………………………….30

K I R I SH
Respublikamiz mustaqillikka erishgach xalq ta’limi tizimida tub o‘zgarishlar sodir bo’ldi: jamiyat taraqqiyotini yoshlarning hayot, ishlab chiqarish, milliy hamda umuminsoniy munosabatlarga sadoqati bilan o’lchash imkoniyatlari kengaydi; yoshlarning ta’lim-tarbiyasi bilan mashg‘ul ijtimoiy institutlar son va sifat jihatidan o‘sdi: litsey, kollej, magistratura, universitetlar ko‘paydi; zamonaviy o‘quv dasturlari, darsliklar, o‘quv qo’llanmalari yaratildi; Davlat ta’lim standart (DTS)lari tanlanib, pedagogik amaliyotga tatbiq etila boshlandi; o‘qituvchilarning bahs va mushohadalarida pedagogik texnologiyaga oid qarashlari munosib o‘rin egalladi Hozirgi sharoitda pedagogik texnologiya g‘oyalarini oliy o’quv yurtlari amaliyotiga olib kirish davlat buyurtmasi hisoblanadi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi birinchi Prezidenti I.A.Karimov shunday deb yozgan edi: «Yangi darsliklarni, zamonaviy pedagogik va axborot texnologiyalarini o‘z vaqtida ishlab chiqish va joriy etishni ta’minlashni alohida nazorat ostiga olish zarur». Istiqbolga yo'nalgan bu zalvorli vazifani hal etish an’anaviy ta’lim tizimini yaxshi ma’noda taftish qilishni, ta’lim jarayoni qobig’ida yashirinib yotgan imkoniyatlani izlab topish va ishga tushirishni, XXI asr ta’lim muassasalari tabiati va mohiyatiga, o’quvchilarining real bilish imkoniyatlariga mos ta’lim tizimini asoslashni taqoza etadi. 1997 yilning 27-avgustida bo’lib o’tgan Oliy Majlisning IX sesiyasida qabul qilingan «Kadrlar tayyorlashning milliy dasturi» va «Ta’lim to’g’risida»gi qonunda yoshlarimizning ta’lim va tarbiyasining huquqiy asoslari o’z yechimini topdi. Oliy, umumiy va o’rta maxsus ta’limi dasturlarida yoshlarning ma’naviy tarbiyasiga ham keng e’tibor berilgan. Ta’lim muassasalarida o’qitiladigan barcha fanlar qatorida fizika fanini o’qitishdan o’quvchilarning tarbiyasi ham ko’zda tutiladi.
Fizikani o’qitish jarayonida o’quvchilarni istiqlol ruhida tarbiyalash uchun boy milliy qadriyatlarimiz: Al-Xorazmiy,Al-Farg’oniy, Beruniy Ibn Sino, Ulug’bek va Farobiylarning fizika sohasida qilgan ilmiy ishlaridan dars jarayonida foydalanish muhim ahamiyatga ega. Xuddi shuningdek Respublikamizdagi zamonaviy fizika fanida ulkan yutuqlarga erishgan olimlarimiz bilan tanishtirish ham ularda milliy g’urur, ozodlik, ijodkorlik kabi xislatlarni shakllantirishga xizmat qiladi.
«Kadrlar tayyorlash milliy dasturi» yuksak umumiy va kasb-hunar madaniyatiga, ijodiy, ijtimoiy faollikka, siyosiy hamda ijtimoiy hayotda to`g`ri yo`l topa olish mahoratiga ega bo`lgan, istiqbol vazifalarini ilgari surish va hal etishga qodir kadrlarning yangi avlodini shakllantirish, shuningdek, har tomonlama kamol topgan, jamiyatda turmushga moslashgan, ta`lim va kasb-hunar dasturlarini ongli ravishda puxta o`zlashtirgan, jamiyat, davlat va oila oldida o`z javobgarligini his etadigan fuqarolarni tarbiyalashni nazarda tutgan pedagogik g`oyani ilgari suradi.
Birinchi Prezidentimiz I.A.Karimov «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi» to‘la ro‘yobga chiqsa, ijobiy ravishda «portlash effekti» sodir bo‘lishini bashorat qilib, «Tafakkur» jurnalining bosh muharriri savollariga bergan javobida: «ishonchim komil, agar bu islohotni amalga oshirsak tez orada hayotimizda ijobiy ma’nodagi «portlash effekti»ga, ya’ni uning samaradorligiga erishamiz »,- deb ta’kidlaydi.
Interfaollik deganda o`quvchining o`quvchi bilan hamkorlikda yoki komp`yuter bilan muloqoti o`zaro ta`sir ko`rsatish rejimida ishlashi tushuniladi.
Interfaol o`qitish – bu avvalo dialog tarzda o`qitish, muloqot jarayonida barcha ishtirokchilar tomonidan hamkorlikda muammolarni hal etilishidir.
Interfaol o`qitishning asosiy mohiyati – o`qitish jarayonida barcha o`quvchilar bilish jarayonining faol ishtirokchisiga aylanadi, ular muhokama etilayotgan muammolarni, voqea va hodisalarning rivojini tushunadi, muammoli vaziyatlarni anglaydi, uni hal etish yo`llarini izlab, eng maqbul variantni tavsiya etadi.
O`quv materialini o`rganish, muammoni hal etish bo`yicha turli variantdagi yechimni tavsiya etishga asoslangan bilish jarayonida o`quvchilarning hamkorligi har bir o`quvchiga, guruh muvaffaqiyati uchun o`z ulushini qo`shishga, ular o`rtasida fikr, axborot va tajriba almashinuviga zamin tayyorlaydi. Ushbu hamkorlik samimiy, qulay ijtimoiy psixologik, o`zaro yordam muhitida sodir bo`lganligi uchun, o`quvchilar nafaqat yangi bilimlarni o`zlashtiradilar, balki o`zining bilish faoliyatlarini rivojlantiradi, uni yuqori darajaga ko`tarib, hamkorlikka kirishishga imkon beradi.
O`qitish jarayonida interfaol usullarni qo`llash jarayonida o`quvchilarning o`zaro muloqotga kirishishini tashkil etish va boshqarishni taqoza etadi, bunda o`quvchilar hamkorlikda izlanib umumiy, shu bilan bir qatorda har bir o`quvchi
uchun ahamiyatga moyillik bo`lgan muammoni hal etishgakirishib ular o`rtasida bir-birini tushunish, hamkorlikda ishlash va hamjihatlik vujudga keladi. Interfaol usullardan foydalanilgan darslarda bitta o`quvchining ustunlik qilishi, uning o`z fikrini o`tkazishiga yo`l qo`yilmaydi. Interfaol usullar qo`llanilganida o`quvchilar tanqidiy fikr yuritish, axborot manbalari va vaziyatni tahlil qilish, murakkab muammoli vaziyatlarni hal etish, o`rtoqlarining fikrini tahlil qilib, asoslangan xulosalar chiqarish, munozarada ishtirok etish, boshqa shaxslar bilan muloqotga kirishish ko`nikmalarini egallaydi.
O`qitishning interfaol metodlarining quyidagi xususiyatlari mavjud:
• Insonning muhim hayotiy ehtiyoji bo`lgan muloqot – o`qitish jarayonining barcha bosqichlarida qo`llaniladi.
• O`qitish jarayonida o`quvchilarga o`z kuchi, bilimi, iqtidorini namoyon etishga keng imkoniyatlar beriladi.
• O`quvchilarning kichik guruhlarda hamkorlikda ishlashida fizik jihatdan qulay muhit yaratilib, muloqotda bosqichma-bosqich va samarali ishtirok etishga zamin tayyorlanadi.
• O`quvchilar muloqotda faol ishtirok etishlari uchun faqat eshitishlari etarli emas, balki eshitganlarini tahlil qilish, fikr yuritish, fikrlarning asosli va tushunarli bo`lishiga erishish lozimligini anglaydilar.
• O`quvchilar bilan hamkorlikda, kichik guruhlarda ishlashi orqali qo`yilgan vazifalarni talab darajasida bajarish, olingan natijalarni tahlil qilish, ularning to`g`riligini tekshirib ko`rish, taqdim etish va boshqa guruhlar tomonidan e`tirof etishlariga erishishlari lozim.
Bugungi kunda ta’lim sohasi zamonaviy texnologiyalar bilan, yangi innovatsion g‘oyalar bilan yo‘g‘rilgan holatda rivojlantirilmas ekan, bilimli, ilg‘or, tajribali kadrlarni tayyorlash muammosi hal qilinmay qolaveradi.
Bu esa nafaqat ta’lim tizimiga, balki jamiyatning barcha sohalarining rivojiga o‘zining aks ta’sirini ko‘rsatadi. Shu bois, Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev tomonidan mazkur 2018-yilni “Faol tadbirkorlik, innovatsion g‘oyalar va texnologiyalarni qo‘llab-quvvatlash yili” deb e’lon qilindi.
Bu yilni Prezidentimiz Sh.Mirziyoyev tomonidan “Faol tadbirkorlik, innovatsion g‘oyalar va texnologiyalarni qo‘llab-quvvatlash yili” deb e’lon qildi.Prezidentimizning quyidagi so‘zlarini keltirib o‘tamiz: “Bugun biz davlat va jamiyat hayotining barcha sohalarini tubdan yangilashga qaratilgan innovatsion rivojlanish yo‘liga o‘tmoqdamiz. Bu bejiz emas, albatta. Chunki zamon shiddat bilan rivojlanib borayotgan hozirgi davrda kim yutadi? Yangi fikr, yangi g‘oyaga, innovatsiyaga tayangan davlat yutadi. Innovatsiya – bu kelajak degani. Biz buyuk kelajagimizni barpo etishni bugundan boshlaydigan bo‘lsak, uni aynan innovatsion g‘oyalar, innovatsion yondashuv asosida boshlashimiz kerak”
Prezidentimizning 2016-yil 29-dekabrdagi “2017-2021-yillarda maktabgacha ta’lim tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori qabul qilinib, maktabgacha ta’lim muassasalarining moddiy-texnik bazasini mustahkamlash, jumladan, qishloq aholi punktlarida yangi ana shunday inshootlar qurish, ularni zamonaviy uskunalar, o‘quv-metodik qo‘llanmalar, multimedia resurslari bilan ta’minlash choralari ko‘rilmoqda. 
Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning joriy yil 30-sentabrdagi "Maktabgacha ta’lim tizimi boshqaruvini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi farmoni bilan Maktabgacha ta’lim vazirligi tashkil etildi. Yangi vazirlikning asosiy vazifalari bosqichma-bosqich barcha bolalarni maktabgacha ta’lim tizimiga qamrab olish, o‘zaro raqobat qiluvchi davlat va nodavlat MTMlari tarmog‘ini yaratish, amaliyotga maktabgacha ta’lim va bolalarni tarbiyalashning muqobil shakllarini joriy etishdan iborat. 
.

Download 454,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish