O‘ZBEKISTON REPBLIKASI OLIY TA’LIM, FAN VA
INNOVATSIYALAR VAZIRLIGI SAMARQAND DAVLAT CHET TILLARI INSTITUTI SHARQ TILLARI FAKULTETI YAQIN SHARQ TILLARI KAFEDRASI
KURS ISHI
MAVZU: ARAB VA O‘ZBEK TILLARIDA SIFATLARNING KO`CHISH HOLATI
Bajardi: Jonqobilova Z.
Ilmiy rahbar: Iskandarov T.
Samarqand—2023
MUNDARIJA:
KIRISH 3
I BOB. ARAB TILI MORFOLOGIYASIDA SIFAT MAVZUSI
Arab tilida sifat, uning turlari va ishlatilishi… 6
Arab tilida sifatning ma’no ko‘chishi… 15
II BOB. O‘ZBEK TILIDA SIFAT VA UNING MA’NO KO‘CHISHI
O‘zbek tilida sifatning lug‘aviy ma’no turlari 18
O‘zbek tilida sifatning ma’no ko‘chishi. 24
XULOSA 28
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI 29
KIRISH
Kurs ishining dolzarbligi. Dunyoda taxminan, 7000 dan ortiq til bor. Unda so‘zlashuvchilar soni ham turli adadlarda. Birinchi prezidentimiz Islom Abdug'aniyevich Karimov «Til har bir millatning ulkan boyligi, benazir qadriyati va bebaho mulki hisoblanadi. Har bir xalq, har bir elat, o`zi hurmat va ehtirom qiladigan tilga ega. Tilda ana shu tilning ijodkori bo`lgan xalq, elatning tarixi va madaniyati aks etadi. Ayni zamonda, til ijtimoiy taraqqiyotda ulug'vor ahamiyat kasb etadi. Til – har bir millat o`zligining ajralmas belgisidir»1 deb o`z asarlarida ta'kidlab o`tganlaridek, har birimiz avvalo o`z ona tilimizni chuqur bilishimiz lozim. Bu nafaqat o`zligimiz uchun muhim, balki boshqa tillarni o`rganishimizda ham muhim ajralmas qism sanaladi1.
Har bir tiling o`ziga xos ajralib turuvchi xususiyatlari bo`lishi tabiiy. Bu borada so`z ketganda siyoh va qog'oz kamlik qiladi desak mubolag'a bo`lmaydi. Ammo jahon tillari sifatida nom olgan, qolaversa ona tilimiz balki, qon qonimizga sizngib ketgan Arab tili haqida gapirish o`rinli va joizdir. Grammatikasi murakkab va shu bilan birga eng mukammal til hisoblangan arab tili asrlar davomida o`rganilish doirasi taboro kengayib borayotgan til hisoblanadi. Uning grammatikasi o`nlab asrlar davomida turli millat vakillari tomonidan o`rganib kelingan. Xossatan musulmon o`lkalarda bu tilni o`rganishga bo`lgan ehtiyoj doim o`z mavqeyini yo`qotmay kelgan. Dunyo tan olgan buyuk ajdodlarimizning aksariyat qismi arab tilida katta ma'naviy meroslar qoldirishgani buning yorqin dalilidir. Hozirgi kunda ham yurtdoshlarimiz arab tili sohasida ko`plab ilmiy izlanishlar olib borishdan to`xtashmagan.O`rtamaxsusdiniyta'limmuassasalarida, oliy o`quv maskanlarida, bunday tashqari xususiy o`quv markazlarida bu tilni chuqur o`zlashtirish uchun katta imkoniyatlar yaratib berilgan.
Arabshunos ustozlar tomonidan o`qib o`rganuvchilar uchun dasturiy o`quv qo`llanmalar, darslik kitoblar yaratilgan . Bu borada qilingan ishlardan
1 I.Karimov "Barkamol avlod orzusi" asari 2000 yil
Ne'matulloh Ibrohimov, M . Yusupov "Arab tili Grammatikasi", E. Talabov "Arab tili", M. Hasanov va M. Abzalovalar yozgan " Arab tili darslari" kabi adabiyotlarni misol keltirish mumkin. Arab tilini o`rganuvchi har bir tolibi ilm til o`rganar ekan, o‘zbek tili va arab tilining o`xshash va farqli tomonlarini qiyoslab tahlil qilib boadi. Albatta hech bir til bir-biriga barcha jihatlariga ko`ra to`la-to`kis mos kelavermaganidek, Arab tili va o‘zbek tilida ham katta tafovutli tomonlar bor. Sifat so`z turkumini arab tili va ona tilimizda qiyoslab bo`lmaydigan darajada farq qilishini kurs ishi mavzusi o`laroq yoritib berishga harakat qilamiz.
Do'stlaringiz bilan baham: |