O`rta asrlarda sentrizma



Download 202.5 Kb.
bet1/4
Sana03.01.2020
Hajmi202.5 Kb.
  1   2   3   4
O`RTA ASRLARDA SENTRIZMA

V - VI asrlardagi Xitoy taraqqiyoti G'arbiy Yevropada bo'lganidek varvarlaming hujumi bilan bog'langan edi. Varvarlar hisoblangan hamda Xitoydan Shimoliy va G'arbiy rayonlarida yashagan ko'chmanchi mo'g'ul va tiirk qabilalari Xitoyga doimiy hujumlar qilib turdi. Varvarlaming bu hujumlari mamlakat iqtisodiy, siyosiy hayotiga katta zarba bo'lib tushdi . Ular ko'pdan - ko'p qishloqlarni taladilar, shahaiiarni yer bilan yakson qildilar. Xitoy juda ko'p mayda-mayda davlatlarga bo'linib siyosiy jihatdan tarqoq bir mamlakatga aylanib qoldi, Bu davlailarning ba'zilarining teppasida drujinalari bilan birga varvarlaming boshliqlari va ba'zilarining tepasida esa (Janubda) mahaliy Xitoy zadagonlari turdi.

Bunday davlatchalar orasida eng kattasi Shimoliy VEY davlati bo'lib, lining poytaxti Loyan shahri edi. Bu davlat 386 yildan 584 yilgacha yashadi. 420 - 589 yilar o'rtasidagi davr Xitoy tarixiga "Shimoliy va Janubiy dinastiyalar davri" bo'lib kirdi. Bu davr Xitoy tarixida qulchilk tizimining sekinlik bilan yoqolishi, varvarlar orasida ham, Xitoylar orasida ham feudal munosabatlarning o'ziga xos formasi rivojlanayotgan edi. Jumladan Vey davlatida chek yer sistemasi tartib topa boshladi, bu sistemaga ko'ra davlat boshlig'i eng oliy darajadagi; haqiqatda esa yer cheklariga bo'linib, dehqonlarga ularning oila a'zolariga mehnatga layoqatli ishlar soniga qarab taqsimlanar, chek yer olish uchun dehqon ko'proq natura bilan (don, chorva molari, hunarmandchilik buyumlari va hokazolar bilan) soliq to'lash kerak edi. Xuddi shu vaqtda Xitoyda xususiy pomisevlarni (chjuanyuan) ham ahyon - ahyonda uchrab turar edi. Pomesivlar ayni feodal krepostnoylik xarakteriga ega edi.

Xitoyda urug'chilik munosabatlarining qoldiqlari uzoq vaqtgacha saqlanib keldi. Mali Xva XI Asrlarda ham krepostnoy dehqonlar to'g'risida fikr yuritiladi. Xitoyda feodal egaligining ilk turi budda monastr yer egaligi bo'lib, yerga egalik qiiishning bu turi bu yerda V - VI asrlardayoq ancha keng tarqalgan edi .



Xitoyni siyosiy jihatdan birlashtirish yo'lidagi birinchi urinishlar. Suy impcriyasi

Ilk o'rta asrlarda Xitoyni siyosiy jihatdan birlashtirishga birinchi bo'lib Suy clinastiyasi urundi. Bu dinastiyaning asoschisi Yatszyan (yoki Vendi) harbiy drujina boshlig'i bo'lib. Shimoliy dinastiyalardan birida xizmat qilar edi.

589 yilda Yanizyan butun Shimoliy va janubiy Xitoyni o'ziga bo'ysundirdi. Bu davrda mamlakat obodonchiligiga alohida e'tibor berildi . Sug'orish sistemasi tiklandi va kengaytirildi. Jumladan VII asrning boshlarida shu dinastiyaning ikkinchi imperatori Yanguan yoki (Yan-di) davrida Xuanxe daryosini Yanzi daryosi bilan bog'laydigan umumiy uzunligi 1000 km keladigan Buyuk kanal qazildi. Kauai qazilishida bir millionga yaqin kishi ishtrok etgan. Ammo Suy dinastiyasi ko'p uzoq yashamadi. Shimol bilan janub birlashuvi zaif edi. Hokimiyat viloyatlar faoliyati ustidan nazorat qila olmadi, G'arbdan turkey qabilalarning doimiy hujumi, ichki qarama - qarshiliklar, ziddiyatlar imperiyani holdan toydirdi.

618 yilda Shimoli - G'arbiy Xitoyning inglizlaridan biri Li Yuan yoki Gaonzu (u kelib chiqisbi jihatidan chala turk edi) Imperiyada hokimiyatni bosib olib yangi dinastiya Tan dinastiyasiga asos soldi.



Tan dinastiyasi

Tan imperiyasi Xitoy da 300 yil ya'ni 618 yildan 907 yilgacha yashadi. Uning poytaxti Chanan (hozirgi Sian) shahri edi. VIII asrda Chanan aholisi 1 mlndan ko'p edi. Imperiyaning ikkinchi katta shahri Loyan shahri bo'lib u savdo markazi edi. Tan dinastiyasining eng kuchli vakili . Li Yuanning vorisi Li- Shi -min yoki Tayizun (626 - 649) edi. Li - Shi - Min paytida imperiya chegarasi ancha kengaydi. O'sha paytda Xitoy (chegarasi) territoriyasi Shimolda amir va Xinganchaga, Janubda Hindiston va Siyomgacha Sharqda Korelgacha (Tayizun Korilni ham bosib olishga uringan edi) G'arbda O'rta Osiyoning Sharqiy chegarasigacha borar edi.

Li - Shi - Min davrida amaldorlar uchun unvonlar joriyqilindi. Ular to'qqiz darajaga bo'lindi, har birlariga pomisitellar belgilandi. Markaziy idora 6 ta mahkama palatasidan yoki ministrlikdan amaldorlar, ministrlik, soliq ministrligi Jiarbiy ministrlik jinoiy ishlarni ko'radigan sud ministrligi jaraoat ishlari ministrligi marosim ishlari ministrligidan iborat bo'lib uzul-kesil rasimiylashdi. Oblastlarni gubernatorlar boshqaradigan bo'ldi. Tan dinastiyasi davrida feodal chek yer sistemasi uzil-kesil qaror topdi. Bu davrda davlatga qarashli yerlar ko'paytirildi, bu yerlarda davlat dehqonlari mehnat qilib. soliq to'Iar va turli xil majburiyatiarni bajarar cdi.

VIII asrning 20-30 yillarida Tan imperiyasi qonunlarining yagona majmuasi uzildi u ijtimoiy hayot va davlat hayotining xilma- xil tamonlarining o'z ichiga olgan 6 ta alohida kodeksdan iborat edi. VIII va IX asrlarda Tan imperiyasining Krizisga uchrashi. VII asrning II yarmida asrda Tayizun vorislari zamonida Osiyodagi eng katta davlat bo'lib qolaverdi. Bu vorislar ichida eng ko'zga ko'ringani buddizm homiysi imperatorligiga U Sze Tyanyoki Uxoun (656-705) bo'ldi.VII - VIII xitoy - arab xalifaligi yoki Hindiston Siyom va Vetnam bilan qizg'in tashqi savdo aloqalarini olib bordi bir qancha katta - katta karvon yo'llari bular orasida Chanandan O'rta Osiyoga olib boradigan - "Ipak yo'li" ayniqsa katta ahamiyatga ega bo'ldi) Xitoyni Shimoliy-G'arbiy va Janubiy Osiyoning turli mamlakatrlari bilan bog'lar edi. Bundan tashqari Xitoy sohilaridan Janubiy sharqiy Osiyo va Hindistonga boradigan dengiz yo'li ham muhim rol o'ynar edi. Ammo VIII asrdan boshlab Tan imperiyasi chuqur krizislarini o'z boshlaridan keehira boshladi. Turli xil soliqlar, olchamlar, har xil majburuyatlar dehqonlar ommasining qashsshoqlashuviga olib keldi. Ochlik natijasida tez- tez bo'lib turadigan epidemyalaridan yuz minglab dehqonlar qirilib ketdi. Dehqonlarning click yerlari kamayib bordi, ularni yerlarini "kuchli xonadonlar" yuta boshladi.


ABIOTIK OMILLAR TURLARI VA ORGANIZMGA TA`SIRI

Abiotik omillar, muhitning abiotik omillari (yun. a – inkor qo‘shimchasi va bios – hayot) – muhitning tirik organizmlarga ta’sir etuvchi no-organik omillari (iqlim, temperatura, namlik, radiatsiya, tuproqning sho‘rxokligi va boshqalar) majmui. Abiotik omillar kimyoviy (havo, suv, tuproq tarkibi), fizikaviy (quyosh va kosmik radiatsiya, yorug‘lik va issiqlikning taqsimlanishi, havo oqimlari gravitasiyasi, suv almashinuvi qonuniyatlari va hokazo) omillarga bulinadi. Tirik organizmlar turi, zoti yoki navining uz are-ali chegarasidagi soni va taqsimlanish darajasi organizmlarning yashashi uchun zarur hisoblangan, ammo eng kam miqdordagi cheklangan Abiotik omillar ga bog‘liq. Tirik organizmlar taraqqiyot jarayoni-da muhitning Abiotik omillar ta’siriga moslashib boradi. Omillardan ayrimlarining ortiqcha yeki kamligi tirik organizmlarning o‘sishi va rivojlanishiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi (yana qarang Biotik omillar).

Ekologik sistemalarning abiotik (o‘lik) omillariga quyidagilar

kiradi:

1. Iqlim omillari.



2. Tuproq omillari.

3. Topografik omillar.

Iqlim omillariga harorat, yorug‘lik, suv kiradi. Biz quyida o‘sha omillarning tirik organizmlarga ta’sirini ko‘rib chiqamiz. Harorat Yerdagi organizmlarning yashashi, rivojlanishi va

tarqalishiga katta ta’sir ko‘rsatuvchi eng muhim abiotik omillardan biridir. Hayotiy jarayonlar tor harorat diapazonida kechadi. Ko‘pchilik o‘simlik va hayvonlar sovuq haroratli sharoitda nobud bo‘ladi yoki anabioz (hamma kimyoviy jarayonlarning juda susayishi yoki to‘xtashi) holatiga o‘tadi. Ammo Antarktidada – 70°C sovuqda ham suvo‘tlari, ishayniklarning ayrim turlari, pingvinlar yashay oladi. Yerda hayotning eng yuqori chegarasi 50–60°C ga tengdir. Bunday haroratda fermentlar faolligi buziladi va oqsillar ivib oladi. Lekin geotermal buloqlarda ayrim mikroorganizmlar 70–80°C da ham yashay olishi kuzatiladi. O‘simliklar va ko‘pchilik hayvonlar tana haroratini bir xil saqlay olmaydi. ‘simliklarning sovuqqa chidamliligi hujay – ralarda qand miqdorining ko‘pligi va hujayra shirasi konsentra – tsiyasining ortiq yoki suvning kamligiga bog‘liq. Tana haroratini saqlay lish xususiyatlariga ko‘ra hayvonlar issiq qonlilar va sovuq qonlilarga bo‘linadi. Sovuq qonlilarga umurtqasizlar, baliqlar, suvda hamda quruqlikda yashovchilar, sudralib yuruvchilar iradi. Ular tana haroratini bir xil saqlay olmaydi. Muhit haroratining ko‘tarilishi bu organizmlarda fiziologik jarayonlarning tezlashishiga olib keladi. Muhit haroratining ma’lum iapazondan pasayishi metabolik jarayonlarning susayishiga va organizmlarning o‘lishiga sabab bo‘ladi. Evolutsiya jarayonida issiq qonli organizmlar tashqi muhit haroratining juda eng o‘zgarishidan qat’i nazar, o‘z tana haroratini doimiy holatda saqlashga moslashgan. Issiq qonlilarga qushlar va sutemizuvchilar kiradi. Qushlarning tana harorati 40°C dan uqoriroq, sutemizuvchilarniki esa 37–40°C atrofida saqlanadi.



Tana haroratining doimiy saqlanishi ikki xil mexanizm asosida amalga oshadi. Kimyoviy mexanizm oksidlanish-qaytari lish reaksiyalarining jadalligiga bog‘liq bo‘lib, markaziy nerv sistemasi tomonidan reflektor usulda idora qilinadi. Tana haroratini bir xil saqlashda to‘rt kamerali yurakning paydo bo‘lishi, nafas sistemasining takomillashishi ham katta hamiyatga ega bo‘lgan. Issiqlikni o‘zgartirmay saqlashning fizik mexanizmlari qalin jun, patlar, teri osti yog‘ kletchatkasi, teri bezlarining paydo bo‘lishiga, qon aylanishining nerv istemasi orqa idora qilish mexanizmlarining paydo bo‘lishiga bog‘liqdir. Hayvonlarning tashqi muhit harorati o‘zgarishiga moslanish mexanizmlaridan biri migratsiya, ya’ni qulay aroratli joylarga ko‘chib o‘tishidir. Kitlar, ba’zi qushlar, baliqiar, hasharotlar va boshqa hayvonlar yildavomida migratsiya qiladi. Sovuq qonlilarning ayrim turlari harorat pasayganda oki keskin ko‘tarilganda karaxt bo‘lib qoladi. Issiq qonlilarning ayrim vakillari oziq yetishmasa yoki muhit harorati pasaysa, uyquga ketadi (ayiqlar, bo‘rsiqlar). Bunda moddalar lmashinuvi susayadi, lekin tana harorati deyarli pasaymaydi. Mikroorganizmlar, o‘simliklar va tuban hayvonlarning haroratga moslashishlaridan biri ularning anabioz holatiga ‘tishidir. Mikroblar anabioz holatida sporalar, sodda hayvonlar esa sistalar hosil qiladi. Yorug‘lik. Ekosistemalarda kechadigan jarayonlarni asosan quyosh energiyasi ta’minlaydi. iologik ta’sir nuqtayi nazaridan olganda quyosh nuri uch xil spektrga: ultrabinafsha, ko‘rinadigan, infraqizil nurlarga ajratiladi. Atmosferaning yuqori chegarasida quyosh doimiyligi eb ata – ladigan quyosh nurlanishining quvvati 1380 W/m2 ga tengdir. Ammo Yer yuzasiga yetib keladigan quyosh nurlanishining quvvati birmuncha kamroqdir, chunki orug‘likning bir qismi atmosferada yutiladi va qaytariladi. Atmosferaning yuqori qatlamlaridan o‘tib, Yer yuzasiga yetib keluvchi quyosh nurlarining to‘lqin uzunligi taxminan 0,3–10 km ga tengdir. Ultra – binafsha nurla rining juda kam qismigina yer yuzasiga yetib keladi. Ultrabinafsha nurlarning to‘lqin uzunligi 0,30–0,40 mkm ga teng bo‘lganligi va yuksak imyoviy faolligi tufayli tirik hujayralarni jarohatlashi mumkin. Lekin ultrabinafsha nurlar organizmlar uchun kam miqdorda zarur hisoblanib, foydali ta’sir ko‘rsatadi. Ular D vitaminining, ko‘z to‘r pardasi pigmentining va teri pigmentining hosil bo‘lishiga ta’sir ko‘rsatadi. Ko‘rinadigan nurlarning to‘lqin uzunligi 0,40– 0,75 mkm ga teng bo‘lib, Yerga yetib eluvchi quyosh nurlarining 50 foiziga yaqinini tashkil etadi. Hayvon va o‘simliklarga har xil to‘lqin uzunliklaridagi nurlar turlicha ta’sir ko‘rsatadi. Har xil hayvonlar bir-biridan rangni o‘rish qobiliyati bilan farq qiladi. Bu xususiyat, ayniqsa, primatlarda yaxshi rivoj langan. Ko‘rinadigan nurlar o‘simliklarda fotosintez jarayonining amalga oshishida katta ahamiyatga ga. Ammo fotosintez uchun faqat 1 foiz ko‘rinadigan nurlar sarflanadi, qolgan qismi esa qaytariladi yoki issiqlik sifatida tarqaladi. O‘simliklarda fotosintez jadalligi yorug‘likning ptimal darajasiga (yorug‘lik to‘yinishiga) bog‘liq. Bu optimal darajadan o‘tilganda fotosintez sekinlashadi. O‘simliklar ko‘rinadigan nurlarning har xil spektrlarini fotopigmentlar orqali ‘zlashtiradi. To‘lqin uzunligi 0,75 mkm dan yuqori bo‘lgan infraqizil nurlarni odam ko‘zi ilg‘amaydi, ular tirik organizmlar qabul qiladigan quyosh energiyasining 49 foizga yaqinini ashkil qiladi. Infraqizil nurlar asosiy issiqlik manbayidir. Tik tushadigan quyosh nurlari tarkibida ular, ayniqsa, ko‘p bo‘ladi. Yorug‘likka bo‘lgan talabiga ko‘ra o‘simliklar yorug‘sevar, oyasevar, soyaga chidamlilarga bo‘linadi. Yorug‘sevar o‘simliklar yaxshi yorug‘lik tushadigan ochiq joylardagina rivojlana oladi. Ularda fotosintez jarayoni jadal kechadi. Cho‘llarda ala cho‘llarda o‘sadigan ovvoyi piyozlar, lolalar shular qatoriga kiradi. Soyasevar o‘simliklar sa aksincha, kuchli yorug‘likni yoqtirmaydi, doimiy soya oylarda o‘sadi. Bunday simliklarga o‘rmonlarda o‘sadigan aporotniklar, moxlar kiradi. Soyaga chidamli o‘simliklar soya oyda ham, yaxshi yoritilgan joylarda ham bemalol o‘saveradi. ularga qayin, rag‘ay, an daraxtlari, o‘rmon yertuti, binafsha abi o‘simliklar kiradi. Yorug‘likning hayvonlar uchun sosan informativ ahamiyati mavjuddir. Sodda hayvonlarda orug‘lik sezuvchi xususiyat ‘lib, u orqali fototaksis (yoritilgan omonga harakatlanish) amalga oshadi. Kovakichlilardantortib deyarli hamma hayvonlarda yorugiik sezuvchi a’zolarmavjud.
POPULYATSIYALAR BIOSENOZLAR VA EKOLOGIK TIZIMLAR

Tirik organizmlar jamoasi abiotik muhit bilan moddiy-energetik aloqada yashaydi. O`simliklar ozuqlanish jarayonida o`lik tabiatdan karbonot angidrid, suv, kislorod va mineral tuzlarni oladi ya'ni ular hali iste'mol qilishga tayyor bo`lmagan anorganik moddalarni olib, ulardan organik birikmalarni sintezlaydi. Shuning uchun ham ularga avtotroflar, ya'ni o`zlari uchun o`zlari ovqat tayyorlaydiganlar deb nom berilgan. Tayyor ozuqa moddalari bilan oziqlanuvchi organizmlarga esa geterotroflar deyiladi. Bularga barcha o`txo`r va etxo`r organizmlar misol bo`ladi. Demak, geterotrof organizmlar avtotrof organizmlar hisobida yashaydi. Ular tashqi muhitdan qo`shimcha kislorod va suv ham oladi.

Avtortrof va geterotrof organizmlarning olgan ozuqasi tarkibidagi barcha moddalarning o`rni biogen modda aylanishi davomida tabiatda tiklanib turadi. Demak, barcha organizmlar modda aylanish jarayonida ham o`zaro va ham tashqi muhit bilan bog`langan yaxlit tizimni hosil qiladi.

Tirik organizmlarning har qanday uyushmasi bilan ular yashayotgan muhitning birgalikdagi majmuasi ekotizimlar deb ataladi. Bu terminni fanga 1935 y., ingliz olimi A. Tensli kiritgan. Ekotizimlar hajmi jihatidan turlicha kattalikda bo`ladilar. Masalan, daraxtning chiriyotgan poyasini kichik bir ekotizim, ya'ni mikroekotizim deyish mumkin. O`rmon, ko`l, o`tloq va hokazolarni o`rtacha kattalikdagi ekotizim, ya'ni mezotizim deyish mumkin. Okean, qit'a va shu kabilarni yirik ekotizim, ya'ni makrotizim deyish mumkin. Eng yirik ekotizim ya'ni megaekotizim – bu biosfera hisoblanadi.

Ekotizimning sinonimi sifatida fanda ko`pincha biogeotsenoz atamasi ham qo`llaniladi. Bu ikkala tushuncha bir-biriga yaqin, biogeotsenoz ekotizimning muayyan maydondagi bir bo`lagi hisoblanadi.


Ekotizimda modda va energiya oqimi

Yerda hayotning davom etishida quyoshdan kelayotgan energiya oqimi muhim rol o`ynaydi. Avtotrof organizmlar bu energiyadan foydalanib, fotosintez jarayonida organiq birikmalarni sintezlaydi, geterotrof organizmlar esa ularni iste'mol qiladi. Iste'mol qilingan organik moddalar bilan birga ularning tarkibida saqlangan energiya geterotrof organizmlarga o`tadi. Kishi ovqatlanishida ajralib chiqadigan issiqlik, yog`och, toshko`mir yoki torfning yonishida chiqadigan issiqlik va yorug`lik o`sha quyoshdan olinib, to`planib qolgan energiyadir.

Organizmlarning ozuqalanishiga ko`ra aloqalari trofik aloqalar deyiladi. Organizmlar o`rtasidagi trofik aloqalar ozuqalar zanjirini hosil qiladi. Bu zanjir yopiq bo`lib, 3 ta zvenodan tashkil topadi:

1-zveno – produtsentlar bo`lib, bularga avtotrof organizmlar ya'ni yashil o`simliklar kiradi. Ular ozuqani yaratuvchilar hisoblanadi.

2–zveno – konsumentlar ya'ni iste'mol qiluvchilar. Bularga barcha hayvonlar va insonlar kiradi.

3-zveno – redutsentlar ya'ni o`zgartiruvchilar. Bularga mikroorganizmlar va zamburug`lar kiradi. Ular tuproqqa qaytgan organik moddalarni parchalab, oddiy anorganik elementlarga aylantiradi.

Shunday qilib, ekotizimda moddalar va energiya bir organizmdan boshqasiga o`tib oqib yuradi. Moddalar yopiq zanjir bo`yicha oqsa, energiya ochiq zanjirda oqadi, ya'ni u ertami-kechmi tashqi muhitga chiqib ketadi.

Nega tirik organizmning massasi u o`zlashtirgan moddalar massasiga teng emas? – degan savol tug`iladi. Axir odam o`zining 70 yillik hayotida o`rtacha 45 t. ovqat iste'mol qilsa, uning vazni shunchalik o`smaydi-ku! Gap shundaki organizmga kirgan ozuqaning faqatgina kichik bir qismi uning o`sishiga ya'ni vazn to`plashiga sarf bo`ladi. Uning ko`pchiligi nafas olish, harakatlanish, ko`payish va boshqa jarayonlar uchun sarflanadi, yana bir qismi esa hazm bo`lmay, chiqindi sifatida muhitga chiqarib tashlanadi. Organizm to`playdigan massaning u shu massani to`plash uchun oladigan ozuqa massasidan kam bo`lishini ekologik piramida qoidalari bilan tushuntirish mumkin.



Ekotizimlarning mahsuldorligi va ekologik piramida qoidalari

Ekotizimlarning biologik mahsuldorligi deganda ma'lum maydondagi tirik organizmlarning muayyan vaqt birligida vazn to`plash tezligiga tushuniladi. Bu tezlik tabiatda vaqt va joyga ko`ra turlicha kechadi.

Produtsentlarning muayyan vaqt birligida to`plangan vazni birlamchi mahsulot hisoblanadi. U shu mahsulotni to`plash uchun tuproqdan undan ko`ra ancha ko`p modda oladi. Bu moddalarning 40-70 % ni o`z hayotiy jarayonlariga (nafas olish, oziqlanish, suv bug`latish) sarflaydi, qolganini vazn sifatida to`playdi.

Birlamchi mahsulot konsument va redutsentlar uchun ozuqa bo`lib hisoblanadi. Ular ham ozuqa sifatida olingan birlamchi mahsulotning ko`p qismini o`z hayotiy ehtiyojlariga sarflab, faqat ozginasini vazn sifatida to`playdilar. Ularning to`plagan bu vazni ikkilamchi mahsulot deyiladi.

Shunday qilib, geterotrof organizmlar birlamchi mahsulot hisobida yashaydi va uning faqatgina bir qismini ikkilamchi mahsulot sifatida to`playdi. Masalan, qoramol o`z vaznini 1 kg. ga oshirish uchun u o`rtacha 70-80 kg. o`t yetadi. Ko`rinib turibdiki, u birlamchi mahsulot bilan olgan energiyasining ko`p qismini o`zining hayot jarayonlariga sarflaydi va oz qismini ikkilamchi mahsulot sifatida to`playdi. Ozuqa zanjirining keyingi zvenolarida ham shunday holat davom etadi va har bir zvenoga o`tishda energiya hamda to`planadigan massa kamaya boradi. Bu holat ekologik piramida deb nom olgan bo`lib, piramidaning ostida produtsentlar (o`simliklar), o`rtasida o`simlikxo`r konsumentlar (hayvonlar) va ustida etxo`r hayvonlar (yirtqichlar) turadi. Ekologik piramidani ingliz olimi CH. Elton o`rgangan va fanga kiritgan. Ekologik piramidada quyidagi qoidalar amal qiladi:

Birinchi qoida ( ikkilamchi biologik mahsulotlar birlamchi biologik mahsulotlardan kam bo`ladi.

Uning ikkinchi qoida ( yeyiluvchi organizmlarning umumiy vazni yeyuvchi organizmlar vaznidan ko`p bo`ladi.

Uning uchinchi qoida ( biologik mahsuldorlik, ikkilamchi mahsulot to`plovchilarning qisqa umr ko`radiganlarida uzoq yashovchilarga nisbatan yuqori bo`ladi.

Uning to`rtinchi qoida – sonlar qoidasi bo`lib, piramidaning yuqorisiga chiqqan sari organizmlar soni kamaya boradi.




Ekologiyaning matematik modeli

Ekologiyaning matematik modeli 1931 y. V. Volterru tomonidan ishlab chiqilgan bo`lib, uning eng sodda ko`rinishi u yirtqich-o`lja va parazit-xo`jayin munosabatlariga asoslangan.

O`ljaning ko`payishi u bilan oziqlanuvchi yirtqichning ko`payishiga olib keladi, yirtqichning ko`payib ketishi bilan o`lja kamayib qoladi, o`ljaning kamayishi esa yirtqichlar sonining ham kamayishiga olib keladi.

Parazit-xo`jayin munosabatlari ham shunday printsipda boradi. Bunga qishloq xo`jalik zararkunandalari va ularning ichiga yoki tuxumi ichiga tuxum qo`yib ko`payadigan foydali hasharotlarni misol qilish mumkin.



Ekotizimlar dinamikasi va suktsessiyasi

Biotsenozlarning barchasi ham o`zgarib turuvchan bo`lib, bu o`zgarishlar 2 xil bo`ladi:

1)davriy o`zgarishlar

2)ilgarilama o`zgarishlar



Davriy o`zgarishlarga tashqi muhitdagi sutkalik, mavsumiy va yillik o`zgarishlar kiradi. Sutkalik o`zgarishlar organizmlarning aktivligiga ta'sir qiladi. Masalan, O`rta Osiyo cho`llarida yozning jazirama kunlarida tush payti aktivlik keskin pasayadi, kechqurun va ertalab u keskin oshadi.

Mavsumiy o`zgarishlar organizmlarning nafaqat aktivligiga, balki ularning soniga ham ta'sir qiladi. Bunga hayvonlarning bahorda ko`payishi, ko`zda ko`pchilik qushlarning issiq mamlakatlarga ketib qolishi kabilar misol bo`ladi.

Biotsenozlardagi ilgarilama o`zgarishlar undagi organizmlar soni va tarkibini qisman yoki to`liq o`zgatirishga olib keladi. Ular organizmlar jamoasiga muhit omillarining uzoq davom etadigan bir tomonlama ta'siridan kelib chiqadi. Bunga misol qilib atrof muhiti o`ta ifloslangan joydan aholining ko`chib ketishini keltirish mumkin.

Ilgarilama o`zgarishlar ba'zi hollarda ancha chuqur bo`lib, biotsenoz butunlay o`zgarib ketadi. Masalan, havoning davomiyli kuchli ifloslanishi u joyning suvi va tuprog`ini ham ifloslanishga olib kelishi mumkin. Bunday hodisaga digressiya ya'ni biotik jamoalar holatining yomonlashuvi deyiladi. Buning natijasida u joydan nafaqat odamlar ketib qoladi. Balkim suv va tuproqdagi organizmlar ham qirilib ketib, biotsenoz kambag`allashib qoladi. Bunday chuqur o`zgarishlarga ekzogen o`zgarishlar ham deyiladi.

Bundan tashqari tabiatda endogen o`zgarishlar ham bor-ki, ularning natijasida biotsenozning tarkibi birin-ketin o`zgara boradi. Masalan, tog`dagi yalong`och toshlar tabiiy omillar ta'sirida sekin-asta yemrilaboshlaydi. Bunga sabab, ularning sirtida paydo bo`lgan lishayniklar quyosh radiatsiyasi, harorat va namlik ta'sirida toshni yemiradi. Yemirilgan tosh ustida dastavval petrobiont (toshsevar) o`simliklar o`sadi. Keyinchalik toshlar to`liq yemirilib adirlar paydo bo`lgach, bu yerlarning tuprog`iga mos keladigan boshqa o`simliklar o`sadi. Bu joylarning hayvonot dunyosi ham o`simliklarga mos ravishda o`zgarib boradi. Biotsenozlarning ma'lum tartibda almashinishi ekotizimlar suktsessiyasi deyiladi. Ekotizimlar suktsessiyasi geobotanikada ekogenetik suktsessiya deyiladi, chunki bunda o`sha joyning ekologik sharoitlari birin-ketin o`zgaraborib, natijada bu joyda oldingisidan butunlay farq qiladigan ekotizimlar vujudga keladi.

Barcha holatlarda ham suktsession o`zgarishlar tezligi keyinchalik sekinlashadi va nihoyat to`xtaydi. Bu vaqtda u joydagi biotsenoz to`liq shakllangan bo`ladi. Suktsession o`zgarishlarning to`xtab qolishga suktsessiyaning klimaksi deyiladi. Bunday biotsenozlarda organizmlar o`rtasidagi raqobat pasayib, moddalar aylanish tartibga tushadi.


BIOSFERA EKOLOGIYASI GIDROSFERA ATMOSFERA

Yer qobiqlarning o‘zaro ta'siri.

  Sayyoramiz, ya'ni Yer taxminan 5 mlrd yildan beri mavjud. Yerning butun tarixi davomida litosfera, gidrosfera va atmosfera o‘zaro ta'sir etib turgan. Atmosferaning quyi–troposfera qatlami, butun gidrosfera va litosferaning yuqori 4-5 km li qatlamining o‘zaro ta'siri, ayniqsa, kuchli bo‘lgan. Hayot ham xuddi shu joyda vujudga kelgan. Undagi eng dastlabki hayot beligilari paydo bo‘lganiga taxminan 4 mlrd yil bo‘lgan. Bular ko‘zga ko‘rinmaydigan juda mayda organizmlar edi. Organizmlar faol bo‘lib, Yer yuzini egallay boshlaganiga esa 550-600 mln yil bo‘ldi.

  Organizmlar bir-biri bilan juda yaqin aloqada bo‘ladi va o‘zaro ta'sir etib turadi. Agar ular o‘zaro aloqada bo‘lmaganlarida allaqachon qirilib, yo‘q bo‘lib ketar edi. Masalan, o‘simliklar noorganik moddalardan organik moddalar hosil qiladi. Buning uchun ular suv va tuproqdan oziq moddalar (mineral va tuzlar), havodan karbonat angidrid gazini olib, Quyosh nuri ta'sirida organik moddalar tayyorlaydi. Hayvonlar esa organik modda tayyorlay olmaydi. Ular o‘simliklar tayyorlagan organik moddalarni yeydilar. Ular o‘txo‘rlar deyiladi. Ba'zi hayvonlar esa boshqa hayvonlarni yeb kun ko‘radi. Ularni etxo‘r hayvonlar deymiz.

 Ko‘zga ko‘rinmaydigan mayda organizmlar, ya'ni mikroblar o‘simlik va hayvonlar qoldiqlarini chiritib, minerallarga aylantirib turadi. 



Download 202.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling

    Bosh sahifa
davlat universiteti
ta’lim vazirligi
O’zbekiston respublikasi
maxsus ta’lim
zbekiston respublikasi
davlat pedagogika
o’rta maxsus
axborot texnologiyalari
nomidagi toshkent
pedagogika instituti
texnologiyalari universiteti
navoiy nomidagi
samarqand davlat
guruh talabasi
ta’limi vazirligi
nomidagi samarqand
toshkent davlat
toshkent axborot
haqida tushuncha
Darsning maqsadi
xorazmiy nomidagi
Toshkent davlat
vazirligi toshkent
tashkil etish
Alisher navoiy
Ўзбекистон республикаси
rivojlantirish vazirligi
matematika fakulteti
pedagogika universiteti
таълим вазирлиги
sinflar uchun
Nizomiy nomidagi
tibbiyot akademiyasi
maxsus ta'lim
ta'lim vazirligi
махсус таълим
bilan ishlash
o’rta ta’lim
fanlar fakulteti
Referat mavzu
Navoiy davlat
haqida umumiy
umumiy o’rta
Buxoro davlat
fanining predmeti
fizika matematika
malakasini oshirish
universiteti fizika
kommunikatsiyalarini rivojlantirish
jizzax davlat
davlat sharqshunoslik