Mikroorganizmlar
Mikroorganizmlar - asosan, bir hujayrali mikroskopik tirik mavjudotlarning katta guruhi. M.ga
bakteriyalar, aktinometsitlar, achitqilar, mogʻor zamburugʻlari, mikroskopik suvoʻtlar va
boshqa kiradi. M. prokariotlar (hujayrasida yadro va xromosoma apparati yoʻq organizmlar)
va eukariotlar (hujayrasida sitoplazma va membrana bilan ajratilgan yadrosi bor bir yoki koʻp
hujayrali organizmlar)ga boʻlinadi. M. tabiat (tuproq, suv, oʻsimlik qoldiqlari va boshqalar)da
keng tarqalgan. 1 g tuproq yoki suv osti gruntida 2—3 mlrd.gacha M. boʻladi. M.ning oʻlchami
turlicha boʻlib, ular mikronning oʻndan bir qismidan bir necha mikrongacha. M.ning fiziologik-
morfologik xususiyatlari va hayot sikli har xil. Koʻpgina M. bir hujayrali, baʼzilari, mas., mogʻor
zamburuglari koʻp hujayrali iplar (mitseliy)ga ega. M., odatda, xlorofillsiz, ammo baʼzilarida
bakterioxlorofill va xlorofill bor. Koʻpchiligi boʻlinib, baʼzilari kurtaklanib, shuningdek, konidiya
va sporalar hosil qilib koʻpayadi. Kasallik qoʻzgʻatuvchi M. ham mavjud. M. tashqi muhitning
har xil omillari taʼsiriga juda chidamli. M. tabiatda moddalar aylanishida katta rol oʻynaydi. M.
oʻsimlik va hayvon qoldiqlarini parchalab, yashil oʻsimliklar oʻzlashtirishi mumkin boʻlgan
mineral birikmalar (mas., karbonat angidrid gazi, ammiak va boshqalar)ga aylantiradi. Azot
toʻplovchi M. va tuganak bakteriyalari molekulyar azotni yigʻish xususiyatiga ega. M. fosfor,
azot, uglerod, oltingugurt, temir va boshqalarning tabiatda aylanishida ishtirok etadi. Bundan
tashqari, tuproqda koʻpayib, soʻng nobud boʻlib, uni organik moddalarga boyitadi. M. hayot
faoliyati natijasida tuproq unumdorligi ortadi (yana q.
Mikroflora
).
Abdukarim Zikiryoyev.
[1]
1.
OʻzME
. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Manbalar
Soʻnggi tahrir 2 oylar avval MalikxanBot tomonidan amalga oshirildi
Ko‘proq o‘rganish
Ushbu maqolada
Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi
(2000-2005)
maʼlumotlaridan foydalanilgan.
Ushbu maqola
chaladir
. Siz uni
boyitib, (https://uz.wikipedia.org/w/index.php?title=Mikroor
ganizmlar&action=edit)
Vikipediyaga
yordam berishingiz mumkin.
Bu andozani
aniqrogʻiga
almashtirish kerak.
"
https://uz.wikipedia.org/w/inde
x.php?
title=Mikroorganizmlar&oldid=229
5522
" dan olindi
Vikipediya
Matndan CC BY-SA 3.0 litsenziyasi boʻyicha
foydalanish mumkin (agar aksi koʻrsatilmagan
boʻlsa).