O`rta asrlarda sentrizma



Download 202,5 Kb.
bet3/4
Sana03.01.2020
Hajmi202,5 Kb.
#31882
1   2   3   4
Bog'liq
10 mavzu 1


Ekologik omillar — atrof muhitning organizmlar faoliyatiga oʻziga xos taʼsir etuvchi maʼlum sharoitlari va elementlari majmui. Ekologik omillar 2 katta guruh — abiotik omillar va biotik omillarta boʻlinadi. Ekologiyada „cheklovchi omillar“ tushunchasi ham mavjud, ular tarkibiga organizmlar mavjudligi va rivojlanishini cheklovchi har qanday omilni kiritish mumkin.

Tirik organizmlarga taʼsir etuvchi muhitning har qanday boʻlaklari ekologik omillar deyiladi.

Muhit — quruqlik, suv, havo va yer osti qismlaridan iborat. Tashqi muhit tushunchasidan tashqari yashash sharoitlari degan tushuncha ham mavjud boʻlib, bu tushunchaga organizmning yashashi uchun zarur boʻlgan elementlar yoki omillardan yorugʻlik, issiqlik, suv, oziqlanish va shu kabilar kiradi. 1933-yilda D.N.Kashkarov muhit omillarini 3 guruh (iqlim, edafik va biotik)ga boʻladi. Keyinchalik 1950-yilda Alyoxin ekologik omillarni iqlim, edafik, orografik, biotik, antropogen va tarixiy guruhlarga ajratib oʻrganishni taklif qiladi.

Ekologik omillar 3 ta asosiy guruhga boʻlinadi:

1. Abiotik omillar — anorganik tabiat sharoitining yoki oʻlik tabiatning yigʻindisi. Bularga harorat, yorugʻlik, namlik, suv, tuproq, relyef kiradi.

2. Biotik omillar: Bunga tirik tabiat elementlari (tirik organizmlarning bir-biriga va yashash muhitiga taʼsiri) kiradi. Biotik omillar fitogen va zoogen omillarga boʻlinadi. Fitogen omillar deganda yuksak va tuban oʻsimliklarning organizmga taʼsiri eʼtiborga olinsa, zoogen omillar deganda esa organizmga barcha hayvonlarning taʼsiri nazarda tutiladi.

3. Antropogen omillar — bu inson faoliyati bilan bogʻliq boʻlgan omillar, yaʼni odamlarning oʻsimlik va hayvon turlari yoki ular guruhlarining tuzilishiga koʻrsatgan taʼsiridir. Tirik organizmlarga juda koʻp omillar taʼsir koʻrsatadi.

Ana shu omillarning ayrim organizmlarga koʻrsatgan taʼsiri natijasi esa xilma-xildir. Omilning organizm hayoti uchun eng qulay darajasi — optimal daraja deyiladi. Har qanday ekologik omillarning eng yuqori darajasi maksimum va eng qoʻyi darajasi minimum boʻladi. Tabiiyki, har bir tirik organizm uchun u yoki bu ekologik omilning oʻz maksimumi, minimumi va optimumi boʻladi. Chunonchi, uy pashshasi 7° dan 0° gacha yashashi mumkin. Ular uchun yashashning optimum darajasi 36—40° ni tashkil etadi. Shuniham taʼkidlash zarurki, ekologik omillar organizmlarga kompleks taʼsir etgandagina ular yuqori natija beradi.



DUNYOQARASH VA UNING TARIXIY TIPLARI
Dunyoqarash subyektiv voqe’likni baholovchi qarorlar to‘plamidir. Atrof-olamni anglashga harakat qilish natijasi o‘laroq kelib chiqadi. Dunyoqarash diniyfalsafiyilmiy bo‘lishi mumkin.

Dunyoqarash — dunyoga va insonning undagi oʻrniga, kishilarning oʻz atrofidagi voqelikka va oʻz-oʻziga munosabatiga boʻlgan umumiy qarashlar tizimi, shuningdek, bu qarashlarga asoslangan odamlarning eʼtiqodlari, ideallari, bilish va faoliyat tamoyillari. D. kishining yoshi, hayotiy tajribasi, bilimi, mafkurasi bilan bogʻliq. D.da jamiyatda shakllangan falsafiy, ilmiy, diniy, siyosiy, axloqiy, huquqiy, estetik bilimlar, qarashlar oʻz aksini topadi. Shaxsning D.i ijtimoiy munosabatlar bilan chambarchas bogʻlangan. D. insonning oʻzini va dunyoni zaruriy ravishda anglashi hamda baholashi asosida shakllanadi. Bu jihatdan D. voqelikning inson ongidagi subʼyektiv inʼikosidir. Ayrim individning ongi bilan boglangan individual D., muayyan ijtimoiy guruh, qatlam, sinf, millat va jamiyat miqyosidagi ijtimoiy ong bilan bogʻlangan ijtimoiy D. mavjud. Bular bir-birini toʻldiradi, bir-biriga taʼsir qiladi, bir-birini rivojlantiradi. Dastlab individ dunyoni hissiy sezadi (dunyoni his qilish). Bunda individ voqelikni bevosita hissiy inʼikos etish natijasida anglaydi. Keyin voqelik xaqida toʻplagan bilimlari asosida individning D.i paydo boʻladi. Bu dunyoni anglash deyiladi. Shaxsning dunyoni anglashi orqali uning oʻzini anglashi ham shakllanib boradi. Shu tariqa dunyo haqidagi barcha bilimlar yuksak darajada umumlashtiriladi va yaxlit D. shakllanadi. D. insoniyatning tarixiy taraqqiyoti mobaynida rivojlanib borgan. Uning quyidagi shakllarini kursatish mumkin: 1. Mifologik yoki afsonalarga tayanuvchi D. U voqelik haqidagi mifologik bilimlar toʻplangan va tizimga solingan bir davrda vujudga kelgan, borliqning inson ongidagi xayoliy inʼikosi sifatida qad. davr kishilari uchun xos boʻlgan. Ular voqelikni turli rivoyatlar va afso-nalar asosida tasvirlab, uni qahramonlar, yovuz va xayrli kuchlarni aks ettiruvchi obrazlar tarzida bilishgan. Tabiatdagi jonsiz jismlarni jonlantirib, olov, suv, havo, tabiat hodisalarini ham muayyan jonli obrazlarning namoyon boʻlishi deb hisoblashgan. 2. Diniy D. U olamdagi voqea va hodisalarning sabablarini ilohiy, gʻayritabiiy kuch bilan boglab tushuntiradi. Diniy eʼtiqod, tuygʻu, diniy aqidalarga ishonish, ilohiy kuchlarga sigʻinish diniy D.ning muhim jihatlari hisoblanadi. 3. Turmush bilan bogʻlangan (kundalik) D. Unda aqlga sigʻadigan tasavvurlar, olam va odam toʻgʻrisidagi oddiy anʼanaviy qarashlar aks etadi. 4. Falsafiy D. Unda butun borliq, tabiat, jamiyat, inson ruxiyati va tafakkurining eng umumiy jihatlari idrok etiladi, shu asosda olamning umumlashgan nazariy modeli yaratiladi. Falsafiy D. dunyoqarashning boshqa shakllariga tayanadi, ulardagi umumiy qonuniyatlarni, jihatlarni anglashga harakat qiladi. Falsafiy D.ning shakllanishi va rivojlanishi falsafaning paydo boʻlishi bilan uzviy bogʻliq. Inson voqelikka muayyan maqsad, manfaat va qiziqishlardan kelib chiqib yondashadi. D.ning mafkura bilan bogʻlanganligining sababi ham shundadir. D.ning koʻlami, mazmuni, markazi yoki tayanch nuqtasi kabi jihatlari bor. D. koʻlami individning butun hayoti mobaynida rivojlanib, kengayib boruvchi jihatini ifodalaydi. D. mazmu-n i individ ongida voqelikning xilma-xil jihatlari qay darajada qamrab olinganligini aks ettiradi. D. markazi yoki tayanch nuqtasi deganda, individning qanday shaxsiy hamda ijtimoiy manfaatlar majmuasi doirasidan turib olam haqida fikr yuritishi tushuniladi. Inson oʻz hayotida oʻzidan ilgari oʻtgan kishilarning turmush tajribasiga, toʻplagan bilimlariga tayanadi. D. kishilarning axloq meʼyorlari, hayotdagi intilishlari, qiziqishlari, mehnat va turmushlariga taʼsir koʻrsa-tib, katta amaliy maʼno kasb etadi.

BORLIQ MUAMMOSINI FALSAFIY MAZMUNI
Borliq tushunchasi. Faylasuflar qadim zamonlardan buyon «borliq» va «yo`qlik» haqida baxs yuritishgan. Ular borliqning vujudga kelishi, mohiyati, xususiyatlari va shakllari haqida ko`plab asarlar yozishgan. Хush, borliq nima? Bu savol bir qarashda juda oddiy ko`ringani bilan unga shu chokkacha barcha kishilarni birday kanoatlantiradigan javob topilgani yo`q. Bu holat borliqka turlicha nuqtai nazarlardan qarashlarning mavjudligi bilan izohlanadi. Masalan, ayrim faylasuflar borliqni moddiylik, moddiy jismlar bilan bog`lab tushuntirishadi. Ularning nuqtai nazarlaricha, borliq – ob’ektiv realliknigina qamrab oluvchi tushunchadir. U holda fikr, inson tafakkuri, uy-xayollarimiz borliq tushunchasidan chetda qolar ekanda, degan savolga ular, bunday tushunchalar ob’ektiv reallikning xosilasidir, deb javob berishadi.

Falsafaning borliq haqidagi ta’limotni izohlaydigan qismi — ontologiya deb ataladi. (Bu tushunchani falsafada birinchi bor Х. Volf qullagan). Olam va borliq masalalarini falsafaning ana shu soxasi o`rganadi.



Yo`qlik xech nima demakdir. Хamma narsani xech narsaga aylantiruvchi, hamma narsaning ibtidosi ham, intixosi ham yo`qlikdir. Bu ma’noda yo`qlik cheksizlik, nixoyasizlik va mangulik bilan birdir. Yo`qlik chekingan joyda borliq paydo bo`ladi. Demak, borliqning bunyodkori ham, qo`shandasi ham yo`qlikdir. Borliq yo`qlikdan yo`qlikkacha bo`lgan mavjudlikdir. Yo`qlikni xech narsa bilan kiyoslab bo`lmaydi. Fanda yo`qlik nima, degan savolga javob yo`q.

Borliq haqidagi konsepsiyalar. Тarixdan ma’lumki, faylasuflar borliq haqida turlicha G`oyalarni ilgari surishgan. Markaziy Osiyo to`proKida vujudga kelgan zardushtiylik ta’limotida borliq kuyosh va olovning xosilasidir, alangalanib to`rgan olov borliqning asosiy mohiyatini tashkil etadi, deb xisoblangan. Chunki bu G`oya buyicha, har qanday o`zgarish va harakatning asosida olov yotadi va u borliqka mavjudlik baxsh etadi.

Qadimgi yunon faylasufi Suqrot borliqni bilim bilan kiyoslaydi va uningcha, biror narsa, biz uni bilsakkina bor bo`ladi, insonning bilimi kancha keng bo`lsa, u shuncha keng borliqni qamrab oladi, deb xisoblaydi.

Qadimgi dunyoning atomist olimi Demokrit borliq atomlar majmuasidan iborat deb tushuntirgan. Uning fikricha, borliqning mohiyati uning mavjudligidadir. Mavjud bo`lmagan narsa yo`qlikdir.

Islom ta’limotida esa borliq bu iloxiy vokelikdir. Ya’ni u Ollox yaratgan mavjudlikdir. Bu borada vaxdati vujud va vaxdati mavjud ta’limotlari bo`lgan.

Islom diniga mansub mutafakkirlar borliq haqidagi ta’limotni har taraflama rivojlantirganlar. Masalan, Forobiy fikricha, ilk borliq azaliy Olloxning o`zidir. Beruniy fikricha, borliq shunday umumiylikki, u hamma narsaning asosida yotadi, demak, borliq hamma narsaning asosidir. Yevropada o`tgan olimlar David Yum va Jorj Berkli borliqni sezgilarimiz majmuasi deb talqin etishgan.

Хegel esa borliqni mavxumlik, mutloq ruxning namoyon bo`lishi, deb ta’riflaydi. Ko`pgina naturfalsafiy qarashlarda borliqni hozirgi zamon bilan, ya’ni shu aktual olamga bog`lab tushuntirdilar.

Aslida, borliq keng falsafiy tushuncha bo`lib o`ziga butun mavjudlikni, uning utmishi, hozir va kelajagini ham qamrab oladi. Faylasuflar borliqni tushuntirish uchun yo`qlik tushunchasini unga antipod qilib olishgan va shu asosda borliqning zaruriy mohiyatini ochishga intilganlar. Materialistik adabiyotlarda borliqni ob’ektiv reallik bilan, materiya bilan aynanlashtirib tushuntirishadi.

Borliq o`ziga ob’ektiv va sub’ektiv reallikni, mavjud bo`lgan va mavjud bo`ladigan olamlarni, moddiylik va ma’naviylikni, utmish va kelajakni, o`limni va hayotni, rux va jismni qamrab oluvchi umumiy tushunchadir.

Borliq va mavjudlik. Atrofimizdagi odam, olam, tabiat, jamiyat, tafakkur, G`oyalar, uy-xayollarimiz barchasi birday mavjuddir, ular turli tarzda va shakllarda namoyon bo`lib, hammasi mavjudlik belgisi ostida umumlashib, borliq tushunchasiga kiradi.

Materialistik mazmundagi borliq tushunchasi ta’rifiga faqat ob’ektiv real olam, ongdan tashqaridagi, unga bog`liq bo`lmagan jismoniy mohiyatga ega bo`lgan narsalargina kiritiladi. Borliqning ideal, virtual, potensial, abstrakt, ma’naviy shakllari bu ta’rifdan tashqarida qoladi.

Aslida esa, borliq kategoriyasi umumiy abstraksiya bo`lib, mavjudlik belgisi bilan barcha narsa va hodisalarni o`ziga qamrab oluvchi uta keng tushunchadir. U o`ziga nafaqat ob’ektiv reallikni, balki sub’ektiv reallikni ham qamrab oladi.

Borliq mavjudlik va reallik tushunchalariga qaraganda ham kengrok tushunchadir. Mavjudlik — borliqning hozirgi paytda namoyon bo`lib to`rgan qismi bo`lib, o`tgan va mavjud bo`ladigan narsa va hodisalar ham borliq tushunchasiga kiradi. Reallik esa, mavjudlikning hammaga ayon bo`lgan, ular tomonidan tan olingan qismi. Borliq o`ziga reallikni ham, mavjudlikni ham qamrab oladi. An’anaviy falsafiy qarashlarda borliqning uchta soxasi ajratib ko`rsatiladi. Ularga: tabiat borliqi, jamiyat borliqi, ong borliqi kiradi. Bo`lar uchun eng umumiy belgi, ularning mavjudligidir.

Shuningdek, falsafiy adabiyotlarda tabiat borliqi va jamiyat borliqining quyidagi shakllari ham farqlanadi. Тabiat borliqi odatda tabiatdagi narsalar (jismlar), jarayonlar, holatlar borliqi sifatida tushuniladi. U ikkiga bo`linadi: azaliy tabiat borliqi (yoki tabiiy tabiat borliqi, u insondan ilgari va uning ishtirokisiz ham mavjud bo`lgan) va odam mehnati bilan ishlab chiqarilgan narsalar borliqi («ikkinchi tabiat» borliqi, ya’ni madaniyat). Ikkinchi tabiat borliqi esa, o`z navbatida, quyidagi ko`rinishlarda uchraydi:

inson borliqi (insonning narsalar olamidagi borliqi va odamning o`ziga xos bo`lgan insoniy borliqi);

ma’naviy borliq (individuallashgan va ob’ektivlashgan ma’naviy borliq);

sotsial borliq (ayrim odamning tarixiy jarayondagi borliqi va jamiyat borliqi), u ijtimoiy borliq ham deb ataladi.



Borliqning moddiy shakli materiya o`ziga barcha jismlarni, hodisalarni, jarayonlarni va ularning xususiyatlarini qamrab oladi. Bundan tashqari u tafakko`rni ham, olamda mavjud bo`lgan barcha aloqadorliklarni va munosabatlarni ham qamrab oluvchi umumiy falsafiy tushunchadir. Borliqning moddiy shakliga xos umumiylikni axtarishning bir yo`nalishi moddiy olamning asosida yotuvchi umumiy mohiyatni axtarish yo`li bo`lib, yuqorida kayd etganimizdek, substansiyani aniqlash yo`lidir. Ikkinchi yo`l esa — moddiy olamning asosiy targ`ibiga kiruvchi «kurilish elementlarini»- substratni axtarish yo`li. Uchinchi yo`l — hamma narsaning vujudga keltiruvchi bosh sababchisini, ota moddani, ya’ni pramateriyani axtarish yo`li. Mana shu yo`l haqida maxsus to`xtab utaylik.

Olamning substansiyasini axtarishning bu usuli guyoki meva iste’mol qilayotgan kishi, uning kelib chiqishini axtarib, dastlab daraxtga, sungra uning guliga, bargiga, kuchatiga va uruKiga nazar solganidek, atrofimizdagi moddiy olamning o`zagida dastlabki yaratuvchi modda sifatida nima yotishini, ya’ni ilk materiyani, azaliy materiyaning «boboqolonini», «pramateriyani» axtarish usulidir.

Moddiy olamning asosida yotuvchi umumiy mohiyatni axtarish falsafada materiya haqidagi tasavvurlarning maydonga kelishiga va rivojlanishiga sababchi bo`ldi. Materiya tushunchasi moddiy unsurga nisbatan ham, atomga nisbatan ham, pramateriyaga nisbatan ham umumiyroq bo`lgan tushunchadir. Materiya olamdagi barcha moddiy ob’ektlarni, butun ob’ektiv reallikni ifoda etuvchi eng umumiy tushunchadir. Faylasuflar «Тom ma’nodagi materiya faqat fikrning maxsuli va abstraksiyasidir» deb yozishadi. Faylasuflar barcha moddiy ob’ektlarga xos xususiyatlarni umumiy tarzda ifodalash uchun qullaydigan tushuncha materiya deb ataladi. Demak, materiya moddiy ob’ektlarga xos eng umumiy tushuncha, falsafiy kategoriyadir.

Albatta bu ta’riflarni bir yoklama mutloqlashtirib tushunmaslik lozim. Bu ta’riflarda ko`proqsezgi a’zolarimizga bevosita ta’sir etishi mumkin bo`lgan reallik nazarda tutilgan.

XX asrning o`rtalariga kelib, kvant mexanikasi, nisbiylik nazariyasi va hozirgi zamon kosmologiyasi soxalaridagi ilmiy yutuqlar kishilarning ob’ektiv olam haqidagi tasavvurlarini tubdan o`zgartirib yubordi. Natijada, tabiatshunos olimlar sezgilarimizga bevosita ta’sir etishining imkoni bo`lmaydigan realliklar haqida ham tadqiqotlar olib bora boshladi.

Olamning klassik mexanika nuqtai nazaridan kelib chiqib, nisbatan kichik tezlikda haraqatlanuvchi sistemalar haqidagi ilmiy manzarasi o`rnini yangicha ilmiy manzaralar egallay boshladi. Bu esa materiya haqidagi tasavvurlarning yanada rivojlanishiga sharoit tuKdirdi. Bu o`zgarishlarni xisobga olib, marksist-faylasuflar bu ta’rifga sezgilarimizga bevosita yoki bilvosita (ya’ni turli asboblar; kurilmalar vositasida) ta’sir etuvchi, degan qo`shimcha kiritishdi. Shunday qilib, bu ta’rif guyo materiyaning moddaviy va nomoddaviy shakllarini, ya’ni modda va antimodda ko`rinishlarini qamrab oluvchi ta’rifga aylandi.

Materialistlar materiyani ob’ektiv reallik, deb ta’riflashadi. Ob’ektiv reallik inson sezgilariga bog`liq bo`lmagan holda, undan tashqarida mavjud bo`lgan vokelikdir. Bu butun mavjudlikning sub’ektiv reallikdan tashqaridagi qismi xisoblanadi. Ob’ektiv reallikning mavjudligi qanday namoyon bo`ladi? Bu savolga javob topishda, borliqning ajralmas xususiyatlarini o`rganishga to`g`ri keladi. Har qanday jismning ajralmas xususiyati lotincha «atribut» so`zi bilan ataladi.

Borliqning atributlari. Muayyan jismning aynan shu jism ekanligini belgilovchi xususiyatlari uning atributlari bo`ladi. Borliqning ham bir kancha atributlari mavjuddir. «lar: harakat, fazo, vaqt, in’ikos, ong va boshqalar. Borliq o`zining xossalari, xususiyatlari orqali namoyon bo`ladi. Endi borliqning atributlari, ya’ni ajralmas tub xususiyatlari haqida to`xtab utaylik.

Harakat. Borliqning atributlari ichida uning asosiy mavjudlik usulini ifoda etuvchi xususiyati harakat xisoblanadi. Chunki borliq harakatsiz o`zining strukturaviy yaxlitligini saqlay olmaydi.

Buni moddiy borliq misolida qarab chiqaylik. Faraz qiling, qarshimizda biror jism turibdi. Agar harakat bo`lmaganida edi, yoro`g`lik nurlari shu jismga urilib bizga kaytmagan bo`lar edi, ya’ni biz uni kurmagan bo`lar edik. Shuningdek, bu jismning yaxlitligini saqlab to`rgan molequlalar, atomlar, elementar zarrachalar o`rtasidagi o`zaro ta’sirlar ham bo`lmasdi. Natijada bu jismning strukturaviy birligiga putur yetgan bo`lar edi. Тevarak-atrofimizdagi predmetlar va hodisalar harakat tufayli o`zining muayyan tartibini va birligini saqlab turadi, shu tufayli, usish, ulg`ayish, ravnak topish, rivojlanish mavjuddir.

Harakat, bir tomondan, moddiy jismlar o`rtasidagi va ularni tashkil etuvchi elementlar o`rtasidagi aloqadorliklarning natijasi, boshqa tomondan esa, ulardagi o`zgarishlar sifatida sodir bo`ladi. Shu nuqtai nazardan ham falsafaning harakat bu umuman har qanday o`zgarishdir, deyilgan ta’rifi juda o`rinlidir. Harakatning manbai haqida gap ketganda, ana shu o`zgarishlarning asosida yotuvchi o`zaro ta’sirlar va ular orasidagi munosabatlar nazarda tutiladi.

Demak, har qanday harakatning manbai shu sistemadagi ichki o`zaro ta’sirlar ekan, har qanday jismning mavjudligini, eng avvalo, uning ichki aloqadorliklari ta’minlaydi.



Harakatning turlari haqidagi muloxaza, asosan, o`zgarishlarning xususiyatiga asoslangan. O`zgarishlar oddiy fazoviy siljishdan tortib, murakkab ijtimoiy o`zgarishlargacha takomillashib borgan. Shu tufayli harakatga faqatgina fazoviy siljish, deb qaramaslik lozim. Bunday qarash olamdagi barcha jarayonlarga mexanik harakat nuqtai nazaridan yondashishni vujudga keltiradi. Aslida olamda o`zgarishning xilma-xil ko`rinishlari mavjud bo`lib, ular bir-biridan sifatiy farq qiladi.

Mexanik, ximiyaviy, biologik, fizik o`zgarishlar bilan ijtimoiy o`zgarishlarni aslo takkoslab bo`lmaydi. ТuKri, bu o`zgarishlar uchun umumiy bo`lgan fazoviy siljishlar harakat shakllarining hammasida ham, u yoki bu ko`rinishda namoyon bo`lishi mumkin. Lekin hamma o`zgarishni ham, faqatgina fazoviy siljishdan iborat, deb bo`lmaydi. Masalan, Yerning Јuyosh atrofidagi, Oyning Yer atrofidagi harakatini fazoviy siljishning yaqqol ko`rinishi deyishimiz mumkin. Lekin Yer Bag`rida ro`y berayotgan murakkab geologik jarayonlarni, Yer sirtidagi biosferaning yashash usulini birgina mexanik siljish bilan izohlab bo`lmaydi. Harakatning shakli kanchalik murakkab bo`lsa, u bilan bog`liq bo`lgan o`zgarishlar ham shu qadar murakkab bo`ladi. Materiyaning tashkiliy struktura darajasi kanchalik yuqori darajada bo`lsa, unda fazoviy siljish ham shu qadar kam seziladi.

O`zgarishlarning shunday bir shakli borki, uni falsafada rivojlanish deb ataladi. Rivojlanish bu — muayyan sistemaning muayyan vaqt va fazodagi yaxlit, kompleks, orqaga kaytmaydigan, ilgarilanma yo`nalishga ega bo`lgan, miqdoriy va sifatiy o`zgarishidir.

Shu jixatdan harakatning ikki xil turi bir-biridan farq qilinadi. Harakatning birinchi turi jismda uning sifati va turg`unligini saqlagan holda ro`y beradigan ichki o`zgarishlarni o`z ichiga oladi. Ya’ni har qanday jismda betuxtov ichki o`zgarishlar ro`y berib turadi, lekin bu o`zgarishlar shu jismning tashqi sifatiga jiddiy ta’sir ko`rsatmaydi.

Atrofimizni kurshab to`rgan har bir jism molequlalardan, molequlalar esa atomlar va elementar zarrachalardan tashkil topgan ekan, bu jismlarning molequlyar va atom to`zilish darajasida ham betuxtov o`zgarishlar ro`y berib turadi. Shuningdek, har bir jism o`zining atrofidagi boshqa jismlarning va ulardan tarqalayotgan nurlanishlarning ta’siriga ham uchrab turadi. Bunday tashqi ta’sirlarni o`zida in’ikos ettirish jarayonida ro`y beradigan o`zgarishlar ham bu jismning sifatiy o`zgarib ketishiga olib kelmasligi, uning turg`unligi va asosiy sifati saqlanib qolishi mumkinligi haqida xulosa chiqarish mumkin.

Biz yuqorida kayd etgan ichki va tashqi ta’sirlar oqibatida ro`y beruvchi o`zgarishlar asta-sekin to`planib, keyinchalik jismda keskin sifatiy o`zgarishning vujudga kelishiga ham sabab bo`lishi mumkin. Mana shunday o`zgarish, ya’ni jismning sifatini o`zgartiruvchi harakat ikkinchi turdagi harakatga kiradi va u rivojlanish deb ataladi.



FALSAFIY ANTROPOLOGIYA GLOBALLASHUV

Falsafa (yunoncha φιλοσοφία — «donishlikni sevish», yunoncha φιλέω — «sevaman» va yunoncha σοφία — «donolik») — eng umumiy fan (nazariya), dunyoqarash shakllaridan biri, inson faoliyati sohalaridan biri. U kishi qanday yashashi, hayot kechirishi kerak (etika); qaysi narsalar mavjud va ularning tabiati qanday (metafizika); bilim nima (epistemologiya); hamda qanday fikrlash toʻgʻri (mantiq) ekanligini hal qilishga urinadi.

Falsafa, filosofiya — insonning dunyoda tutgan oʻrni va dunyoqarashining yaxlit tizimini ifodalovchi maʼnaviy faoliyatining bir shakli. Milodiy 2—3-asrlarda oʻtgan yunon faylasufi Diogen Laertskiyning shohidlik berishicha, yunon mutafakkiri Pifagor birinchi boʻlib oʻzini "filosof" deb atagan. Bu soʻz Geraklitning falsafiy taʼlimotida narsalarning tabiatini tadqiq etishga nisbatan qoʻllanilgan, tadqiqotchining oʻzi esa "filosof" deb atalgan. Keyinchalik "filosof" soʻzi har taraflama, keng , tushunarli va haqqoniy fikr yuritishga intiluvchi kishiga nisbatan qoʻllanilgan. Tarixiy maʼlumotlar yunoncha philosophia soʻzi arabchaga "falsafa" boʻlib oʻtganligi, arablar bu fanni "hikma" deb atashi, ruschaga "filosofiya" tarzida oʻtganligini tasdiqlaydi, demak falsafa bilan filosofiya soʻzlari bir xil maʼnoga ega.

F.ga haqiqatga eltuvchi taʼlimot sifatida yondashgan sokratchilar maktabi vakillari nuqtai nazaridan karasak, "haqiqatga muhabbat", "haqiqatni sevish" degan maʼno kelib chiqadi. F. haqida fan tarixida turlicha, hatto birbiriga qaramaqarshi qarashlar mavjud. F.ga hamma fanlarning boshlanishi, olamning asl mohiyatini va universal qonunlarini ochuvchi fan deb yondashishdan tortib uni oʻz tadqiqot obʼyekti va predmetiga ega boʻlmagan mavhum va oʻta umumlashgan, inson uchun foydasiz bilimlar majmui deb hisoblovchilar ham uchraydi. Insoniyat foydalanayotgan barcha bilimlar F.dan boshlanib, falsafiy xulosa bilan yakunlanadi. F.ni fan darajasiga olib chiqqan Platon uni "mavjudlikni, mangulikni va doimiylikni bilish", Aristotel "narsalarning sabablari va asosiy tamoyillarini tadqiq etuvchi fan" deb bilgan, stoiklar uni nazariy va amaliy tafeilotlarga intilish deb, epikurchilar unga "aql vositasida baxtga erishish yoʻli" deb qaragan. Forobiy F.ni "hikmatni qadrlash" yoki fikrlash sanʼati deb bilgan. Oʻrta asrlar xristian F.sida u "tabiiy akl nuri vositasida erishiladigan dunyoviy donolik" (teologiya esa ilohiylik nuri vositasida erishiladigan ilohiy donolik) deb taʼriflangan.

F. Bekon va R. Dekart F.ni "tushunchalar shakliga burkangan yaxlit, yagona fan" deb hisoblashgan. X. Volf F.ni "barcha mumkin narsalar va ularning qay maʼnoda va nega mumkinligi haqidagi fan" desa, Kant F.ga "dunyoni qanday tushunish haqidagi, butun bilishning inson aqlining tub maqsadlariga munosabati haqidagi fan" sifatida yondashishni taklif etadi. Fixte F.ga "qalb maʼrifati, maʼnaviy maʼrifat" deb baho bergan boʻlsa, Shelling voqelikning butun kulami va teranligini oʻz tajribasiga kura bilib olishni F. deb hisoblangan. Gegel predmetlarni fikran qarab chiqishni F. deb atab, unga "oʻzoʻziga ergashuvchi aql xaqidagi fan" sifatida taʼrif bergan. Shopengauer dunyoning butun mohiyatini abstrakt, yalpi umumiy va ravon shakldagi tushunchalarda ifodalash F.ning asosiy vazifasi deb bildi.

F.ning tarkibiy qismlariga bilish nazariyasi (gnoseologiya), metafizika (ontologiya, kosmologiya, falsafiy antropologiya, mavjudlik F.si, teologiya), mantik, etika, estetika, huquq F.si, naturfalsafa, fan F.si, tarix va madaniyat F.si, siyosat F.si, din F.si, psixologiya va boshqa kiradi. Bulardan tashqari, hozirgi zamon F.sida tibbiyot, tilshunoslik, musika, kibernetika va boshqa anik, fanlarning umummetodologik jihatlarini oʻrganuvchi F. yoʻnalishlari vujudga kelmokda. F.ning dunyoqarashlik, gnoseologik, metodologik, sotsiologik, aksiologik, antropologik, mantiqiy, psixologik va mafkuraviy funksiyasi bor.

F. tarixi — inson tafakkuri tarakqiyoti tarixidir. F. tarixiga oid adabiyotlarda insoniyat tarixida xitoy F.si, hind F.si, Yevropa F.si ajratib koʻrsatiladi. Yirik diniy taʼlimotlar sifatida hinduiylik F.si, xristianlik F.si, buddaviylik F.si, islom F.sini koʻrsatish mumkin.

Ilk falsafiy taʼlimotlar qad. Hindiston, Xitoy, Markaziy Osiyo va Yunonistonda paydo boʻlgan, keyin Gʻarb mamlakatlariga yoyilgan. Qad. Hindistondagi falsafiy maktablar 2 turga bulinib, biri vedalaraxm kelib chiqqan va ularga suyanuvchi maktablar (vedanta, yoga, vaysheshika, nyaya, sankxya), ikkinchisi vedalarni rad etuvchi maktablar (jaynizm, buddizm, lokoyata) x,isoblanadi. Qad. Xitoydagi dastlabki falsafiy taʼlimotlar miloddan avvalgi 7-asrda vujudga kelgan. U Qad. Xitoy yozma manbalarida uchrab, bu manbalarga "Qoʻshiqlar kitobi", "Bahor va kuz" kabi qad. yodgorliklar va Konfutsiynnng "Aforizm"larini, daosizmni kiritish mumkin.

Markaziy Osiyodagi falsafiy qarashlar qad. turkiy yozuvlar, tangriga eʼtiqod qilish tamoyillarida va zardushtiylikning muqaddas kitobi Avestodya oʻz ifodasini topgan. Bundan tashqari, Sharq xalklarining tabiatning asosiy unsurlari yer, suv, havo va olovni eʼzozlash haqidagi naturfalsafiy qarashlari va gʻoyalari Yaqin va Oʻrta Sharq mamlakatlariga keng yoyilib Qad. Misr, Bobil, Lidiya mamlakatlari xalklarining tafakkur tarziga singib ketgan. Yunonistonning ilk falsafiy maktabi — Milet maktabi ham oʻz gʻoyalarini Sharkdan olganligi tadqiqotchilarga maʼlum. Miloddan avvalgi 2—1-asrlarda Marv, Balx, Termiz, Sigʻnoq, Samarkand, Buxoro zaminini oʻziga qamrab olgan hududda kushonlar saltanati qaror topib, unda budda dini xukm suradi, uning falsafasi bu joyda yashovchi xalqning tafakkur tarziga oʻz taʼsirini oʻtkazadi. Ammo Avesto gʻoyalari xalq ongidan butunlay chiqib ketmaydi. Milodiy 3-asrga kelib tenglik gʻoyalarini ilgari suruvchi moniylik taʼlimoti paydo boʻldi. Bu taʼlimot mazdakiylar harakatinnnt maʼnaviy tayanchi boʻlgan.

Yunonistondagi falsafiy maktablar, asosan, miloddan avvalgi 6—5-asrlardan vujudga kela boshladi va uning taraqqiyot bosqichlari klassik ellinizm va rimellinizm davrlariga boʻlinadi. Ellinistik F. davri sokratgacha davr (Milet maktabi, Eleya maktabi) va klassik (attik) F.ni (Sokrat, Platon, Aristotel) oʻz ichiga oladi. Sokratgacha davr F.si kosmologik (gilozoistik) F. va antropologik davrlarni oʻziga qamrab oladi. Dastlabki kosmologik falsafiy taʼlimot Falesga tegishli. U Anaksimandr, Anaksimen, Ferekid, Diogen bilan birgalikda Ioniya naturfalsafa maktabiga mansub. Ulardan soʻng borliq haqidagi taʼlimot bilan Ksenofan, Parmenid, Zenon (Eleyalik), Meliss shugʻullanganlar. Ular bilan birga Pifagor maktabi (Pifagor, Fillolay, Alkmeon, Arxit; miloddan avvalgi 6—4-asrlar) faoliyat koʻrsatgan. Bu davrda antropologik sofistika maktabi vakillari Protagor, Gorgiy, Gippiy, Prodik ijod qilishgan. Miloddan avvalgi 3—2-asrlarda stoiklar (Zenon Kitionlik), epikurchilar (Epikur, Lukretsiy), neoplatonchilar (Plotin) yunon F.siga oʻz hissalarini qoʻshishgan. Ayniqsa, Sokrat, Platon, Aristotel F.si yunon F.sining shuhratini oshiradi. Yunon F.sidagi asosiy qarashlar Aleksandr Makedonskiy (Iskandar Makduniy)ning Sharqqa istilochilik yurishlari davrida Markaziy Osiyoga ham kirib keldi.

Islom dini yoyilgan mamlakatlardagi falsafiy taʼlimotlar quyidagicha oʻrganiladi: ilk islom F.si (6—8-asrlar), sharqiy islom F.si (Movarounnahr va Xurosondagi falsafiy taʼlimotlar), gʻarbiy islom F.si (Shim. Afrika va Ispaniyadagi falsafiy taʼlimotlar).

Ilk islom F.si davri yunon F.sining arab va suryoniy tillariga tarjima etilishi, bu tarjimalarda yahudiylik va xristianlik aqidalarining ustuvorlik qilishi bilan ajralib turadi. Bu davrda islomdagi jabariylar bilan qadariylar, moʻʼtaziliylar bilan mutakallimlar oʻrtasida falsafiy qaramaqarshiliklar boʻlgan. Sharqiy islom F.sida dunyoviy va islomiy gʻoyalarning , turli xalq va sivilizatsiyalarning tafakkur tarzi sintezlashgan. Shuningdek, tabiatshunoslik ilmlaridagi yirik kashfiyotlarni (mas, kimyo ilmining vujudga kelishi) falsafiy asoslash, hisoblash madaniyatining tubdan uzgarishi (Xorazmiy sistemasi) bilan bogʻliq belgilar kuzga tashlanadi. Sharqiy islom F.si (Muso Xorazmiy, Fargʻoniy, Kindiy, Abu Bakr Roziy, Abu Mansur Moturidiy, Ashʼariy, Forobiy, Beruniy, Ibn Sino, Nosir Xisrav, Yusuf Xos Xojib, Umar Xayyom, Gʻazoliy, Zamaxshariy, Ahmad Yassaviy, Najmiddin Kubro, Faxriddin Roziy, Bahouddin Nakshband, Ibn Xaldun va boshqalar) va gʻarbiy islom F.si (Ibn Tufayl, Ibn Boja, Ibn Rushd) faylasuflarining musulmon olimlari tomonidan qayta ishlangan, tarjima qilingan asarlarining Yevropaga qayta takdim etilishi bu yerda Uygʻonish davrining boshlanishiga taʼsir koʻrsatgan. F.ning keyingi ravnaq topishi Markaziy Osiyoda temuriylar davri bilan boshlanadi. Amir Temur falsafiy gʻoyalarning mamlakat istiqboliga xizmat qilishini bilgan holda ilmfan ravnaqiga rahnamolik qildi. Bu davrda Markaziy Osiyoda tasavvuf F.si, tabiatshunoslik F.si, mantiq F.si va axloqiy taʼlimotlar rivojlandi (Rudakiy, Firdavsiy, Nizomiy, Saʼdiy, Jaloliddin Rumiy, Taftazoniy, Jurjoniy, Ulugʻbek, Xoja Ahror, Fuzuliy, Nasimiy, Jomiy, Navoiy, Muhammad Qozi, Maxdumi Aʼzam, Bobur, Mashrab, Bedil va boshqalar). Shuni qayd etish lozimki, islom F.si oʻzidan ilgari oʻtgan barcha dinlar bilan bogʻliq ilmiy anʼanalarni qabul qilgan. Islom F.si rivojiga iudaizm, xristianlik, buddizm va boshqa diniy taʼlimotlar taʼsir koʻrsatgan.

Yevropa F.si esa oʻzidan oldingi barcha falsafiy fikrni ilmiy bilimlarni jamiyat taraqqiyotiga xizmat qildirish bilan bogʻlagan. Toʻgʻri, Yevropadagi diniysxolastik falsafiy gʻoyalar jamiyat taraqqiyotiga salbiy taʼsir qildi. Lekin, arab olimlarining tarjimalari tufayli antik davr fani va F.si, qadriyatlarini qoʻlga kiritgan yevropalik olimlar jamiyatni bamisoli qayta uygʻotishdi. Yevropa F.si sxolastik davri, Uygʻonish davri, yangi davr va nemis klassik F.si davrlariga boʻlinadi. Sxolastika davri sxolastika ravnaqi (Buyuk Albert, Foma Akvinskiy, R. Bekon) va sxolastika inqirozi (Dune Skot, tomizm, U. Okkam) davrlariga boʻlinadi. Uygʻonish davrida italyan gumanizmi, reformatsiya, tabiatshunoslik F.si, ijtimoiy xayoliy nazariyalar ilgari surilgan. Yangi davrda F. Bekon, R.Dekart, T.Gobbs, J.Lokk, Spinoza, Leybnits, X.Volf, J.Berkli, D.Yum, GT.Beyl, Sh.Monteskye, Volter, Russo, D.Didro, D’Alamber, J.Lametri, P.Golbax va boshqa faylasuflar ijod qilishgan. Nemis klassik F.si Gerder, Kant, Fixte, Shelling , Gegel, Feyerbax nomlari bilan bogʻlangan.

F. tarixidagi falsafiy maktab va oqimlar oʻzlari ilgari surayotgan falsafiy gʻoyaning mazmuniga qarab quyidagi yoʻnalishlarga boʻlinadi: empirizm va ratsionalizm, nominalizm va realizm, materializm va idealizm, skeptitsizm va antiskeptitsizm, agnostitsizm va antiagnostitsizm, dogmatizm va relyativizm kabilar.



19—20-asrlardagi falsafiy oqimlar: Shopengauer F.si, O.Kont pozitivizmi, marksizm, empiriokrititsizm, neokantchilik, F. Nitsshening hayot F.si, pragmatizm, neopozitivizm, postpozitivizm, neotomizm, freydizm, ekzistensializm, germenevtika, strukturalizm, relyativizm, konstruktiv empirizm, fenomenalizm va boshqa 21-asrga kelib har bir mintaqa, davlat va millatning tafakkur tarzini oʻzida ifoda etuvchi falsafiy maktab va oqimlarning shakllanishidan tashqari jahondagi ijtimoiy jarayonlarning keskin va jadal oʻzgarib borishi, global miqyosga koʻtarilishi umumjahon miqyosidagi falsafiy muammolarni hal etish zaruriyatini tugʻdirmoqda. Bunday muammolar sirasiga ijtimoiy taraqqiyotning globallashuvi, tinchlik va urush muammosi, ekologik, energetik muammolar, xom ashyo, oziq-ovqat va chuchuk suv muammolari, demografiya, sogʻliqni saqlash, axborotlar muammosi, maʼrifat va maʼnaviyat tanqisligi muammosi va boshqa kiradi. Bu muammolarni yechish yoʻllarini koʻrsatish va tahlil etish 21-asr F.sining dolzarb vazifasidir. Oʻzbekiston F.si Sharq F.sining tarkibiy qismi, oʻzbek xalqining oʻziga xos boʻlgan tafakkur tarzining namoyon boʻlishidir. Uning tarixiy ildizlariga qad. Turon va Turkistondagi xalq ogʻzaki ijodiga oid hikmatlar, dostonlar, maqol va rivoyatlar, mutafakkirlarning falsafiy asarlari, Avestodagi ezgulik gʻoyalari, tariximizda oʻtgan moniylik, mazdakiylik, buddaviylik, yahudiylik, xristianlik dinlaridan kirib kelgan hikmatlar, islom F.si, islomning muqaddas kitoblari, tasavvuf F.si, moturidiylik taʼlimoti, sunniylik oqimi, kubroviylik, yassaviylik, naqshbandiya tamoyillari, vatanparvarlik goyalari, maʼnaviyaxloqiy qadriyatlar kiradi. Bu F. jahon falsafiy merosi durdonalaridan oziq oladi. Oʻzbekiston F.si oʻzbek xalqining tafakkur tarzi sifatida 20-asrda shakllandi. Unda Oʻzbekistonda yashovchi turli millat va elat vakillari ishtirok etishgan. Uning namoyandalari Behbudiy, Fitrat, Abdulla Avloniy, Munavvarqori, Choʻlpon, Abdulla Krdiriy, Ishoqxon Ibrat, Soʻfizoda va boshqa Sharq F.si anʼanalarini, milliymaʼnaviy, axloqiymaʼrifiy qadriyatlarni shoʻrolar davrida ham saklab qolish va rivojlantirishga intilyshdi, lekin bu intilishlar ularning kommunistik tuzum qurboniga aylanishiga sabab boʻldi. Sovet tuzumini yoklagan ilm sohiblarigina qatagʻonlardan omon qolishdi. S.Ayniy va 3. V. Toʻgʻonlarning F. tarixiga oid bir qancha maqolalari bosilib chiqdi. Sovet davrida F. fani chuqur mafkuraviy inqirozga uchragan, kommunistik tuzumning xizmatkoriga aylantirilgan edi. Yozuvning arabcha grafikadan lotin grafikasiga, undan kirillcha grafikaga oʻtkazilishi milliy fan va F. taraqqiyotiga salbiy taʼsir koʻrsatdi. Naim Sayd, K. Yerzin, Hakim Neʼmat, R. Xolmurodov (Mallin) singari olimlar F. sohasida faoliyat koʻrsatdilar. Ikkinchi jahon urushi davrida Oʻzbekiston FA tashkil etilishi ijtimoiy fanlar, xususan, F. fani taraqqiyotiga turtki berdi. Bu davrda S. Valiyev, J.M.Boboyev, H.Gʻ.Rasulov, AL.Ayupov, S.Azimov, I.Moʻminov, V. Zohidovlar F. faniga sezilarli hissa qoʻshishdi. Oʻzbekistonda F. tarixi (V.Zohidov, M.M.Xayrullayev, M. Baratov, h.F.Vohidov, A.Sharipov), tabiatshunoslik F.si va bilish nazariyasi (O.Fayzullayev, B.Ismoilov, J.Tulenov, K.Ivanova, M.Abdullayeva), mantiq (M.Xayrullayev, K.Haqberdiyev, M.X.Nurmatov, L.Ye.Garber), madaniyat F.si (K. Sodshov, S.Shermuhamedov, N.Gʻoyibov), din (S.Azimov, A. Ortitov, M.A.Usmonov, J.Bozorboyev), axloq (Y. Jumaboyev, XAliqulov, X.Shayxova), ijtimoiy F. va siyosatshunoslik (E.Yusupov, R.Abdushukurov, K.Valiyev, h.Pulatov, S.Tursunmuhamedov, Q.Xonazarov) yoʻnalishlari boʻyicha tadqiqotlar olib borildi.

Oʻzbekiston mustaqillikka erishgach, F. fani oldida uni kommunistik mafkura asoratlaridan tozalash, jamiyat taraqqiyotining qonuniyatlarini falsafiy tahlil etish, milliy istiklol gʻoyasining ilmiynazariy asoslarini ishlab chiqish, respublikada shakllanayotgan huquqiy, demokratik davlat va fuqarolik jamiyatining rivojlanish xususiyatlarini ochib berish kabi vazifalar paydo boʻldi. Oʻzbekiston Prezidenti I.A.Karimov 1998 yilda "Tafakkur" jur. bosh muharririning savollariga bergan javobda yangi jamiyatni bunyod qilishda milliy mafkura va u tayanadigan milliy F.ning roliga katta baho berar ekan, gʻoyaga qarshi faqat gʻoya, fikrga qarshi faqat fikr, jaholatga qarshi faqat maʼrifat bilan bahsga kirishish kerakligini taʼkidladi.

Hozirgi davrda respublika faylasuflari oldida ijtimoiy voqelikning qonuniyatlarini tadqiq etish, mamlakatning istiqboli uchun xizmat qiluvchi gʻoyaviy zaminni yaratishdek muhim vazifalar turibdi.

Oʻzbekistonda F. boʻyicha i.t.lar oliy oʻquv yurtlari F. kafedralarida, Falsafa va hukuq institutida olib boriladi. OʻzMUda F. fakulteta mavjud. Respublikada Oʻzbekiston faylasuflari milliy jamiyati faoliyat koʻrsatmokda. F.ga oid i.t.lar "Oʻzbekistonda ijtimoiy fanlar" (Oʻzbekiston FA nashri), "Falsafa va huquq" (Oʻzbekiston FA falsafa va huquq instituti, Oʻzbekiston faylasuflari milliy jamiyatining nashri), "Tafakkur" jur.larida chop etiladi.



Download 202,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish