Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi berdaq nomidagi qoraqalpoq davlat universiteti fizika fakulteti2-v fizika guruh talabasi



Download 0,53 Mb.
bet1/6
Sana06.12.2022
Hajmi0,53 Mb.
#880008
  1   2   3   4   5   6
Bog'liq
G\'aniyev G\'ayrat 2-V fizika


OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
BERDAQ NOMIDAGI QORAQALPOQ DAVLAT UNIVERSITETI
FIZIKA FAKULTETI2-V FIZIKA GURUH TALABASI
G’ANIYEV G’AYRATNING
FIZIKA O’QITISH METODIKASI FANIDAN
ELEKTROLYUMINESSENT ASBOBLAR MAVZUSINI MAZMUNI VA UNI O’TKAZISH METODIKASI MAVZUSIDA YOZGAN


KURS ISHI

ILMIY RAHBAR: AYTIMBETOV N


BAJARDI: G’ANIYEV G’
NUKUS_2022


REJA:


I

Kirish 2
Yorug’lik hodisalarini o’rganishda lyuminessensiyaning o’rni 2
Lyuminessensiya haqida tushuncha 4
Elektrolyuminessent asboblar mavzusini o’tish metodikasi 8
Dars davomida foydalanilgan metodlarning mazmuni. 17
XULOSA 21
Fizikani o’qitishda pedagogik texnologiyalarning tutgan o’rni. 21
Foydalanilgan adabiyotlar 22





Kirish

Yorug’lik hodisalarini o’rganishda lyuminessensiyaning o’rni


Mavzuning dolzarbligi: Ma’lumki, yorug‘lik hodisalari yorug‘likning modda bilan ta‘sirlashishida namoyon bo‘ladi. Bunday o’zaro ta‘sirlar ham moddada, ham modda bilan o‘zaro ta‘sirda bo‘lgan yorug‘likda kechuvchi ma‘lum o‘zgarishlar bilan bir qatorda kuzatiladi. Yorug‘lik qaytadi, sinadi va modda tomonidan yutiladi. Modda bilan yorug‘likning o‘zaro ta‘sirlashishida kimyoviy va biologik reaksiyalar yuz beradi.
Yorug‘likning modda bilan o‘zaro ta‘siri tufayli yuz beradigan hodisalarni, ular bo‘ysunadigan qonunlarni o‘rganish yorug‘lik tabiatini, uning strukturasini va ichki mohiyatini chuqurroq bilish imkonini beradi. Yorug‘likning tabiati haqidagi tasavvurlarni tub o‘zgarishlarga olib kelgan yangi kashf etilgan va o’rganilgan hodisalar qatoriga issiqlik nurlanishi, fotoeffekt, Kompton effekti, majburiy nurlanish va shu kabilar kiradi. Yorug‘lik energiyasining elektronlarning mexanik energiyasiga(fotoeffekt va Kompton effekti) yoki yorug‘likni yutayotgan butun sistemaning mexanik energiyasiga(yorug‘likning bosimi) aylanish jarayonlari, shuningdek, yorug‘likning turli kimyoviy ta‘sirlari(fotoximiya, fotografiya, fiziologik optika) kabi hodisalar yorug‘likning ana shu ―yangi‖ tabiatidan kelib chiqadigan hodisalar sirasiga kiradi.
Fizika sohasidagi g‘oyat buyuk revolyutsiya XX asrning boshiga to‘gri keldi. Issiqlikdan nurlanish (qizdirilgan jismning elektromagnit nurlanishi ) spektrlarida energiyaning taqsimlanishi sohasida o‘tkazilgan tajribalarda kuzatiladigan qonuniyatlar to‘g‘ri bo‘lmay chiqdi. Maksvell elektromagnitizmining ko‘p marta ko‘rilgan qonunlarini moddaning qisqa elektromagnit to‘lqinlar chiqarishi muammosiga tatbiq etishga urinilganda to‘satdan to‘polon qilib qoldi.
Maskvell elektrodinamikasi ma‘nosiz shunday xulosaga olib kelgan ediki, bu xulosaga ko‘ra, qizdirilgan jism elektromagnit to‘lqinlar nurlayotganda enetgiya yo‘qotib, absolyut nolgacha sovishi kerak. Klassik nazariyaga binoan modda bilan nurlanish orasida issiqlik muvozanati bo‘lishi mumkin emas, ammo kundalik tajribahaqiqatda bunday emasligini ko‘rsatadi. Qizdirilgan jism elektromagnit to‘lqinlar chiqarishga o‘z energiyasining bir qisminigina sarf qiladi.
Yorug‘likning to‘lqin xossasini bayon qilishda ikki xil qarash mavjud. Avval yorug‘lik to‘lqin ekanligini isbotlash mumkin, so‘ngra qutblashishi asosida ko‘ndalang to‘lqin degan xulosaga kelinadi. Faqat dars oxirida Maksvell g‘oyasi asosida yorug‘lik - bu elektromagnit to‘lqin ekanligi beriladi. Bunday yondashish, tabiat qonunlarini bilishning taqribiy yo‘liga mos keladi. Ikkinchi xil yondashishda o‘quvchilarga yorug‘likelektro-magnit to‘lqinidan iborat degan hozirgi zamon tasavvuri beriladi. Bu mazmun 1865-yilda Maksvell tomonidan ilgari surilib, gipoteza (taxmin) holida berilgan va keyinchalik hozirda dalillar asosida to‘la tasdiqlanadi. Tajribaga asoslangan ko‘plab hodisalar umumlash-tirilib, hozirgi zamon fizik nazariyasi yaratildi. Bunday yondashuv natijasida qator hodisalarni kuzatish shartlari yana oydinlashtiriladi. Ularni o‘quv tajribalarida kuzatish mumkin. Bunday yondashuvning ilmiy va metodik nuqtai nazardan afzal tomonlari bor. U muammoli holatni vujudga keltirish, o‘quv eksperimentida nazariy mulohaza qilishda katta imkoniyatlar ochib beradi.



Download 0,53 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish