Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi berdaq nomidagi qoraqalpoq davlat universiteti fizika fakulteti2-v fizika guruh talabasi


Dars davomida foydalanilgan metodlarning mazmuni



Download 0,53 Mb.
bet5/6
Sana06.12.2022
Hajmi0,53 Mb.
#880008
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
G\'aniyev G\'ayrat 2-V fizika

Dars davomida foydalanilgan metodlarning mazmuni.


Fizika ta’limida yangi pedagogik texnologiyalardan foydalanish yaxshi natija beradi. Chunki fizika fanini faqatgina darslikdan o’qib, yoki o’qituvchining ma’ruzasini tinglab o’rganish mushkul.Ta’lim oluvchilarda yetarli darajada bilim va ko’nikmalar shakllanishi uchun ular tegishli hodisa va qonuniyatlar bo’yicha o’z mustaqil fikrlarini bildirishlari, o’qituvchi yoki boshqa o’quvchilar bilan fikr almashishlari lozim bo’ladi. Darsda o’rganiladigan mavzuning mazmunini inobatga olgan holda, o’quvchilardan kichik guruhlar tashkil etish, interfaol metodlardan foydalanish, ko’rgazma qurollari, taqdimotlar, slaydlar, multimedialardan foydalanib darsni tashkil qila olish dolzarb sanaladi [5].
Biz yuqorida klaster metodidan foydalandik.
Klaster metodi deganda - ta'lim oluvchilarni faollashtiruvchi va mustaqil fikrlashga undovchi, ta'lim jarayonining markazida bo'lgan ta'lim beruvchi va ta'lim oluvchini faol ishtirok etishga chorlaydi. Ta'lim oluvchi o'qitish jarayoni davomida faol ishtirok etadi. Ushbu jarayonda ta'lim oluvchilar o'qib-o'rganishni yuqori darajada bo'lishini, egallagan bilimlarni maqsad va ehtiyojlariga muvofiqlashtirishda tashabbuskorligi va mas'uliyat, qo'llab-quvvatlash amalda bajarish orqali fikr-mulohazalar qilish qobiliyatini rivojlantiradi [6].
O'qitish jarayonida klaster metodlardan foydalanish o'ziga hos hususiyatga ega. Ta'lim amaliyotida foydalanilayotgan klaster metodi o’quvchilarning fikrlashini kengaytiradi hamda muammoning to'g'ri yechimini topishga ijobiy ta'sir ko'rsatadi. Klaster metodi orqali o’quvchilarning bilim, ko'nikma, malakalari, ijodkorligini va faolligi nazariy va amaliy muammolarga bo'lgan qarashlari rivojlanadi [8].
«Klaster» metodini o'tkazish texnologiyasini amalga oshirishda - o’quvchi nimani o'ylagan bo'lsa, shuni qog'ozga yozadi. U o'z fikrlarining sifati to'g'risida o'ylab o'tirmay, ularni shunchaki yozib boradi. Yozuvining orfografiyasi yoki boshqa jihatlariga e'tibor bermaydi. Belgilangan vaqt nihoyasiga yetmaguncha, yozishdan to'xtamaydi. Agar talaba ma'lum muddat biror-bir g'oyani o'ylay olmasa, u holda qog'ozga biror narsaning rasmini chiza boshlaydi. Bu harakatni yangi g'oya tug'ilgunicha davom ettiradi. Ma'lum bir tushuncha doirasida imkon qadar ko'proq yangi g'oyalarni ilgari surish hamda ular o'rtasidagi o'zaro aloqadorlik va bog'liqlikni ko'rsatishga harakat qiladi. G'oyalar yig'indisining sifati va ular o'rtasidagi aloqalarni ko'rsatish cheklanmaydi[7].
«Klaster» metodi puxta o'ylangan strategiya bo'lib, undan ta'lim oluvchilar bilan yakka tartibda yoki guruh asosida tashkil etiladigan mashg'ulotlar jarayonida amalga oshiriladi.
Klaster inglizcha so'z bo'lib (kluster) - bir butun holatda ma'lum mavzu bo'yicha erkin va ochiq fikrlashning notekis shaklini namoyon etadi.
Klaster metodini amalga oshirishda yangi mavzuning asosiy tushunchasi aylanma shaklidagi chizma ichida yoziladi. Masalan yangi mavzu pedagogik qobiliyatlar bo'lsa o’quvchilar u haqida ko'z oldiga kelgan fikrlarni yozish taklif etiladi. Bunda o’quvchilar tomonidan yozilgan fikrlar umumlashtirib aytib beriladi. Bu fikrlarni doskada bo'r yoki plakatda flomasterlar bilan yozish mumkin.
Klaster metodi pedagogik, didaktik strategiyaning muayyan shakli sifatida ta'lim oluvchilarga muammo (mavzu) lar hususida ixtiyoriy, erkin, ochiq o'ylash va fikrlarni bemalol bayon etish imkoniyatini yaratadi.
Mazkur metod turli xil g'oyalar o'rtasidagi aloqalarni fikrlash, aniqlashda amalga oshiriladi. Ushbu jarayonlar ta'lim oluvchilar tomonidan chuqur hamda puxta o'zlashtirilguniga qadar fikrlash faoliyatining bir maromda bo'lishini ta'minlashga xizmat qiladi. Dars mashg'ulotlarida ushbu metod o’quvchilar tomonidan bildirilayotgan g'oyalarning majmui tarzida nomoyon bo'ladi. Chunki, ushbu jarayonda har bir o’quvchi tomonidan ilgari surilayotgan g'oyalarni uyg'unlashtirish hamda ular o'rtasidagi aloqalarni topa olish imkoniyatini yaratadi.
O'qituvchi ularning fikrlarini umumlashtiradi qo'shimcha adabiyotlardan foydalangan holda klasterga yana qo'shimcha kiritishi uning mahoratiga bog'liq.
"Klaster" metodi - erkin fikrlashning asosiy omili hisoblanadi.
"Klaster" metodi o’quvchilarga biror-bir mavzu to'g'risida erkin va ochiq tarzda fikr yuritishga yordam beradigan pedagogik strategiyadir. Bu metod ko'p variantli fikrlashni o'rganilayotgan tushuncha (hodisa, voqea)lar o'rtasida aloqa o'rnatish malakalarini rivojlantiradi.
Muhokama
Klaster so'zi bog'lam ma'nosini anglatadi. Klasterlarga ajratishnida'vat, anglash va mulohaza qilish bosqichlaridagi fikrlashni rag'batlantirish uchun qo'llash mumkin. U asosan yangi fikrlarni uyg'otish,mavjud bilimlarga etib borish strategiyasi bo'lib, muayyan mavzu bo'yicha yangicha fikr yuritishga chorlaydi. Biror mavzu bo'yicha klasterlar tuzishdan bu mavzuni mukammal o'rganmasdan oldin foydalanish maqsadga muvofiqdir.
Klaster metodi aniq ob'ektga yo'naltirilmagan fikrlash shakli sanaladi. Undan foydalanish inson miya faoliyatining ishlash tamoyili bilan bog'liq ravishda amalga oshadi. Ushbu metod muayyan mavzuning o’quvchi tomonidan chuqur hamda puxta o'zlashtirilguniga qadar fikrlash faoliyatining bir maromda bo'lishini ta'minlashga xizmat qiladi.
O'qitish jarayonida amalga oshiriladigan bu metod puxta o'ylangan strategiya bo'lib, undan talaba bilan yakka tartibda yoki guruh asosida tashkil etiladigan mashg'ulotlar jarayonida foydalanish mumkin.
Natijalar
Dars mashg'ulotlarda ushbu metod guruh a'zolari tomonidan bildirilayotgan g'oyalarning majmui tarzida namoyon bo'ladi. Bu esa guruhning har bir a'zosi tomonidan ilgari surilayotgan g'oyalarni uyg'unlashtirish hamda ular o'rtasidagi aloqalarni topa olish imkoniyatini yaratadi [8].
Biz dars davomida foydalangan musaffo osmon metodi ham o’quvchini keng fikrlashga mavzu yuzasidan mulohaza yuritishga yordam beradi. O’yinning bosh maqsadi dars davomida o’quvchilarni qay darajada mavzuni o’zlashtirganligini bilib olish hamda o’quvchilarni baholash hisoblanadi.
O’yin o’quvchilarga mantiqiy jihatdan ijobiy ta’sir ko’rsatib imkon boricha musaffo osmon uchun intilish uyg’onadi. Bulutchalarni imkon qadar yo’qotish uchun harakat qilishadi. Guruh bilan ishlash ko’nikmasini oshiradi va sog’lom raqobat qilishni o’rganadi.
O’yin davomida rag’batlantirish ham muhim ahamiyatga ega. Yutqazgan jamoa ham imkon boricha osmonni bulutlardan xalos etadi. Demak o’quvchi uchun bu yutqazish emas biroz kech qolish yoki ulgurmaslik deb qabul qiladi va keyingi safar chaqqonroq harakat qiladi. Demak maqsadimizga erishdik. Chunki maqsad o’quvchini intilishini uyg’otish.
Fizika o’qitish metodikasi-pedagogika fanining tarmog‘i sifatida shakllangan yaxlit fandir, «Fizika o‘qitishning nazariy asoslari» maxsus kursi ham o‘z ob’yekti, vazifasi va tadqiqot metodlariga ega. Fizika ta’limi jarayoni, shu jarayonning hamma jihatlari: o‘quv materialining mazmuni, o‘qitish metodlari, ta’lim oluvchilarning bilish faoliyati, o‘qitish natijalari va boshqalar o‘rganish ob’ekti hisoblanadi. Pedagogika fanining tarmog‘i sifa-tidagi fizika ta’limi va mazmuni oldiga quyidagi asosiy tadqiqot vazifalari qo‘yiladi.
1.Fizika ta’limi vazifalarini asoslash, ularning tarbiyaviy ta’limiy ahamiyatini ochib berish.
2.O‘quv materiali mazmunini asoslash.
3.Ta’lim jarayonini tashkil etish.
Dasturlarida fizika o‘qitishning vazifalari quyidagicha ta’kidlab berilgan:

  • -ta’lim oluvchilarni fizika fanining asosiy bilimlaridan, eksperimental faktlaridan, tushunchalaridan, qonunlaridan, nazariya va ularning amaliy qo‘llanilishidan xabardor qilish;

  • -fizika fanining asosiy metodlari hisoblangan nazariy va eksperimental usullar bilan tanishtirish;

  • -eksperimentlar o‘tkazish qobiliyatlarni shakllantirish-asbob va uskunalardan foydalanish;

  • -mustaqil bilimlar olish, kuzatish va fizik hodisalarni tushuntirish qobiliyatlarini shakllantirish.

Fizika o‘qitish jarayonida o‘quvchilarning ilmiy dunyoqarashini shakllantirish metodlariga quyidagilar kiradi:

  • -fizikaviy hodisalar tabiatining moddiyligini va moddiy dunyoning birligini ko‘rsatish;

  • -tabiat hodisalari va ular orasidagi qonuniy bog‘lanishning bilish mumkinligini isbotlash.

XULOSA


Download 0,53 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish