KAZUS
Navoiy Viloyati Zarafshon shahar Bojxona posti xodimi D.Muzurov oʻz
xizmat vazifasini bajarish davomida tanasining oyoq qismiga zarar yetkazib qoʻydi
natijada uning maʼlum muddat davomida Bojxona postida ishlay olmasligi maʼlum
boʻldi. Shunda fuqaro D.Muzurov Navoiy Viloyati Zarafshon shahar Bojxona posti
boshligʻiga kirib uning davlat xizmatida ishlaganligini inobatga olib unga qilgan
xizmatlari va xizmat faoliyatida sogʻligiga zarar yetganligini hisobga olinishi hamda
mehnatiga yarasha taqdirlashini aytdi. Shunda Bojxona posti rahbari uning
xizmatlarini yuksak baholab, lekin davlat xizmatchilarining ragʻbatlanish tartibi
qonunchilikka muvofiq amalga oshirilishini va qonunchilikda fuqaro D.Muzurov
holatiga nisbatan hech qanday taqdirlash va ijtimoiy yordam koʻrsatilmasligini
aytdi. Ushbu holatdan norozi bulgan fuqaro D.Muzurov uni sudga berishini aytib
chiqib ketdi.
Vaziyatga huquqiy baho bering. Bojxona xodimlarini ragʻbatlantirish
tartibini huquqiy asoslang, qanday prinsiplarga muvofiq davlat xizmatchisiga
ijtimoiy yordam koʻrsatilishini taxlil qiling.
O`zbekiston Respublikasining maʼmuriy huquq sohasida - O`zbekiston
Respublikasi huquq tizimining mustaqil huquq sohasi, qonunchilik tarmogi xamda
ilmiy-nazariy tadqiqot predmeti sifatida - tub o`zgarishlar sodir bo`ldi. O`zbekiston
Respublikasida bozor iqtisodiyotiga asoslangan munosabatlarning shakllanishi va
chuqurlashib borishi, davlat hokimiyatining konstitutsiyaviy bo`linishi va samarali
ijro hokimiyatining tashkil etilishi, davlatchilikni mustaxkamlash zaruriyati,
zamonaviy huquqiy demokratik davlatni barpo etish, davlat boshqaruvi nazariyasi
va amaliyotining o`zgarishi - bularning barchasi siyosiy, ijtimoiy, iqtisodiy va
boshqaruv soxasidagi maʼmuriy-huquqiy va maʼmuriy- protsessual o`zgarishlarni
taʼminlashga qaratilgandir. Huquqshunos olim B.N.Gabrichidzening fikricha:
“Davlat xizmati o`quv kursini o`rganish jarayonida - falsafiy, iqtisodiy, ijtimoiy va
huquqiy fanlar (birinchi navbatda, konstitutsiyaviy va maʼmuriy xukuk fanlari)
buyicha bilimlarni, usul va shakllarni birlashtirish lozim buladi.”
1
Yuqorida bizga taqdim etilgan kazus davlat xizmati doirasida bo`lib, ushbu
kazusni yechish uchun, avvalo, undagi muammoli holatlarni aniqlab olsak, vaziyatni
to`la hajmda ochishimiz uchun ko`mak bo`ladi. Demak, quyidagilar:
Bojxona xodimlarini ragʻbatlantirish tartibini huquqiy asoslari
Qanday prinsiplarga muvofiq davlat xizmatchisiga ijtimoiy yordam