Abdulla Qodiriy publitsistikasida hayot voqeligining badiiy aks etishi
Mundarija
Kirish……………………………………………………………………………3
I-BOB Abdulla Qodiriy publitsistikasinig o‘ziga xos xususiyatlar
I.1 Adib publitsistikasining individualligi………………………………………..7
I.2 Abdulla Qodiriy publitsistiksida hayot voqeligining aks etishi……………...15
II-bob.Abdulla Qodiriy publitsistikasining janriy rang-barangligi
II.1 Adib publitsistikasida hajv va yumorning sinkritlashuvi…………………..26
II.2 Abdulla Qodiriy publitsistikasida “xat”janri va “Mushtum”
jurnalining o‘rni……………………………………………………………..39 Xulosa…………………………………………………………………………….56
Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati…………………………………………….61
KIRISH
Tadqiqot mavzusining dolzarbligi. Publitsistikaning eng muhim vazifasi zamonning dolzarb muammolarini kun tartibiga qo‘yish, jamoatchilik fikrini uyg‘otish, qo‘zg‘atish, shakllantirish, bu orqali omma ongiga ta’sir ko‘rsatishdan iboratdir. Bu borada matbuot eng qulay vosita va muhim quroldir. Ayni shu jihatlarni e’tiborga oladigan bo‘lsak, jadidlar publitsistikasi ham shu jarayonda tashkil topdi, deb ayta olamiz.
Prezidentimiz “Yuksak ma’naviyat – yengilmas kuch” asarida ta’kidlanganidek: “Agar biz O‘zbekistonimizni dunyoga tarannum etmoqchi, uning qadimgi tarixi va yorug‘ kelajagini ulug‘lamoqchi, uni avlodlar xotirasida boqiy saqlamoqchi bo‘lsak, avvalambor, buyuk yozuvchilarni, buyuk shoirlarni, buyuk ijodkorlarni tarbiyalashimiz kerak”1. Bunday tarbiya vositalaridan biri o‘zbek adabiyoti namoyondalari asarlari, badiiy va publitsistik ijodi bilan yosh avlodni kengroq tanishtirib borish orqali amalga oshiriladi.
XX asr o‘zbek publitsistikasida Abdulla Qodiriyning o‘rni alohida ahamiyatga ega. U 1918 yilda Eski shahar Oziq qo‘mitasining sarkotibi, 1919 yilda «Oziq ishlari» gazetasining muharriri, 1920 yilda Kasabalar sho‘rosining sarkotibi, 1924-26 yillarda «Mushtum» jurnali tashkilotchilaridan va tahrir hay’ati a’zosi kabi ishlarda ishlagan.
Abdulla Qodiriy o‘zidan katta publitsistik meros ham qoldirgan. Bu meros, asosan, uning, adabiy-tanqidiy maqolalari, feletonlari, xatlari va hajviyalarida aks etgan. Mazkur publitsistik asarlarda adibning badiiy-estetik konsepsiyasi, o‘z davrining ko‘plab kamchilik va muammolariga bildirgan munosabati, badiiy ijod sir-asrorlari, davr siyostining mazmun-mohiyati, zamondonlarining hayoti va ijodiga doir qarashlari ifodalangan!
Adib publitsistikasining o‘ziga xos xususiyatlarini yoritish asosida XX asr o‘zbek adabiyoti bilan yanada yaqinroq tanishitirish, XX asr o‘zbek matbuoti haqida ma’lumotlar berish, ijodkor ma’naviy olamini tadqiq qilish, yozuvchi shaxsiyati, mahorati, jasorati va vijdoni masalalarini yoritish, publitsistikasining ba’zi bir xususiyatlarini o‘rganish va o‘zlashtirishdagi ahamiyati tadqiq qilishga harakat qilindi.
O‘zbek adabiyotida ulkan mavqeda turgan Abdulla Qodiriy publitsistikasi yosh jurnalist va ijodkorlar uchun o‘ziga xos maktab ekanligi, bu adib merosini tadqiq qilish shu jihati bilan ham dolzarb ekanligini hisobga olindi.
Bundan tashqari o‘zbek adabiyotshunosligida Abdulla Qodiriy publitsistikasini o‘rganish, o‘rganganda ham adib publitsistikasidagi hayot voqeligining badiiy aks etishini tahlil va tadqiq etish bitiruv malakaviy ishinining dolzarbligini belgilaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |