Mundarija Kirish i-bob abdulla Qodiriy publitsistikasinig o‘ziga xos xususiyatlar


II. 2 Adib publitsistikasida xat janri va ”Mushtum”jurnalining o‘rni



Download 192 Kb.
bet6/7
Sana26.09.2022
Hajmi192 Kb.
#850323
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Abdulks etishi

II. 2 Adib publitsistikasida xat janri va ”Mushtum”jurnalining o‘rni
Ma’lumki janr – shakl va mazmun jihatdan o‘ziga xos belgilarga ega bo‘lgan san’at asari turidir. Publitsistika janrlari ham shakl va mazmun jihatdan o‘ziga xos xususiyatlarga egadir, ular ham xuddi adabiyot va san’atdagi janrlar singari kichikdan kattaga, yagonadan umumiyga, oddiylikdan mukammallikka o‘sib boradi. Publitsistikaning badiiy turiga oid janrlar lavha, ocherk, esse, felyeton va pamfletdan iboratdir. Mazkur janrlarda hayot voqealari, muammolari keng tarzda yoritilishi sababli ularda xabardor etish, tahlil qilish bilan birgalikda badiiy tasvir vositalaridan ham keng foydalaniladi hamda ularda obraz va obrazlilik keng qo‘llaniladi. Ammo mazkur janrlarda ham obraz va obrazlilik bu janrlarga oid hayot voqealari, ya’ni ularning mavzusi hamda jamoatchilik fikrini uyg‘otish uchun chiqariladigan publitsistik xulosalarga xizmat qilishi lozimdir. Shulardan kelib chiqqan holda, jadidlar publitsistikasining yetakchi janrlaridan hisoblangan felyeton, xat, ocherk hamda maqolalar haqida, mazkur janrlarning o‘ziga xos xususiyatlari, ulardagi obraz va obrazlilik darajasi va boshqa badiiy publitsistik vositalarning qo‘llanilishi, ularda ko‘tarilgan davr mavzusi va dolzarbligi xususida to‘xtalib o‘tish orqali jadidlar publitsistikasida janrlar taraqqiyotini tahlil qilamiz.
Jadid adabiyotining yorqin namoyandalaridan bo‘lmish Cho‘lpon "yangi adabiyot qanday bo‘lmog‘i lozim?" degan savolni birinchilardan bo‘lib o‘rtaga tashlagan va unga baholi qudrat javob berishga intilgan edi. "Adabiyot nadir?"36 nomli maqolasi adibning adabiy-estetik qarashlari haqida tasavvur beruvchi ilk manbadir. "Adabiyot,- deb yozadi u mazkur maqolasida,- har bir millatning hisli ko‘ngil tarxining eng qorong‘u xonalarida maishat(tirikchilik)ning ketishiga qarab har xil tusda va rangda yetishgan, fayzli til birla taqdir etula olmaydirg‘on bir guldir. Ushbu yashadigimiz muhit doirasinda aning to‘lquni odamning har xil maishatiga qarab o‘zgaradir".37 Ko‘ramizki, Cho‘lpon adabiyotga ta’rif berarkan, bir tomondan, uning ko‘ngil olamiga tegishliligini, ikkinchi tomondan, ijtimoiy hayot ("maishatning ketishi") bilan bog‘liqligini ta’kidlaydi. Aytish kerakki, muallif adabiyotni ijtimoiy hayotning illyustratsiyasi yoxud ijtimoiy hayot bilan adabiyot munosabatini "bazis-ustqurma" tarzida tushunmaydi. O‘ylashimizcha, adibning "maishatning ketishi"ga alohida urg‘u berishining sababi o‘zgacharoqdir. Zero, Cho‘lpon bu o‘rinda boshqa masalaga diqqatni jalb qiladi: adabiyot va o‘quvchi omma munosabatini anglashga intiladi. Muallifning fikricha: "Har sinf xalqning o‘ziga maxsus ohangi, o‘ziga ta’sir qiladigan zori bo‘lur". Ko‘ramizki, adabiyotni qabul qilish muammosiga qiziqayotgan adibning "maishatning ketishi"ga alohida urg‘u berishi bejiz emas. Sababki, xalqning "zori"(dardi, orzu-intilishlari, ijtimoiy-ma’naviy ehtiyojlari va h.) istasak-istamasak shu ijtimoiy hayot muammolari bilan bog‘liq; xalqqa "maxsus oxang"(deylik, shakl masalasi) ham bilvosita ijtimoiy turmushga — xalqning umumiy madaniy-ma’rifiy saviyasiga bog‘liq.
Cho‘lpon badiiy adabiyotning tushunilishi, o‘quvchiga estetik ta’sir o‘tkazishining ijtimoiy-psixologik asoslarini tubandagicha tushuntiradi: "Mana shul muhit bo‘shlig‘inda bo‘lg‘on qat’iy to‘lqunning birlashmagindan har odamga har xil shodlik va yo ko‘b achchiq ta’sir etmagindan odamning ko‘nglida o‘zi bilmasdan o‘rnashub qolg‘on va har vaqt, umrining oxiriga qadar saqlanaturg‘on qayg‘ulanmak va yo ko‘krak kerib ko‘b dam olurday oh urmaklar — hammasi ko‘ngilda har xil rangda, har xil kayfiyatda to‘lub yotqon adabiyot xosasidan sanalur". 38Demak, Cho‘lponning fikricha, kundalik hayotda odamning "ko‘nglida o‘zi bilmasdan o‘rnashub qolg‘on" his-tuyg‘ular adabiyotni tushunishning asosidir. Shunga ko‘ra, yozuvchidan "maishatning ketishi"ni, xalqqa "ta’sir qiladigan zor"ni juda yaxshi bilish va xalqning o‘ziga "maxsus ohang"da ayta bilishlik talab qilinadi. Ko‘ramizki, adabiyot xalqqa xizmat qilishi lozim, degan e’tiqod bilan yashagan (to‘g‘rirog‘i, millatga xizmat qilish niyati bilan adabiyot maydoniga kirgan) Cho‘lpon uning shu xalqqa mos bo‘lishi, shu xalq tushunadigan bo‘lishi zarurligini ta’kidlaydi.
Sirasi Cho‘lponning fikrlari muayyan ijtimoiy-tarixiy sharoitlarda adabiyot ahli oldida ko‘ndalang bo‘lguvchi "adabiyot ommaviy bo‘lishi kerakmi yoki elitarmi?" degan savol tegrasida aylanadi. Ko‘rib o‘tganimizdek, Cho‘lpon adabiyot xalqchil bo‘lishi kerak, deb hisoblaydi. Adib tushunchasidagi "xalqchillik" ikki jihat bilan belgilanadi: birinchidan, adabiyot xalqning ijtimoiy-ma’naviy ehtiyojlariga xizmat qilishi lozim; ikkinchidan, adabiyotning ifoda vositalari xalqqa tushunarli bo‘lishi kerak. Cho‘lponning bu xil qarashi keyinroq yozilgan teatr taqrizlarida ham ko‘zga tashlanadi. Xususan, "Abo Muslim" spektakliga yozgan taqrizida tubandagicha so‘zlarga duch kelamiz: "Xalq teatrga yurmaydi", degan gap to‘g‘ri emas, xalk yuradir. Lokin teatr-tomosha ismida bo‘laturg‘on qurchoq o‘yunlariga, o‘z ruhiga yot bo‘lg‘on, unga anglashilmaydirg‘on tarjimalik "g‘arbiy" asarlarga yurmasa haqi bordir. Yo‘q esa o‘zini qiziqtiraturg‘on zaminlarda yozilg‘on va yaxshi o‘ynalaturg‘on tomoshalarga xalq yuradir".1 Demak, Cho‘lponning fikricha, sahna asari (jumladan, adabiy asar ham) xalq ruhiga yaqin bo‘lishi, milliy zamindan, baski, uning tashvishu muammolaridan uzilmasligi lozim. Biroq xalqni o‘ziga jalb qilish uchun mazkur shartlar bajarilishining o‘zi kifoya emas: sahna asari yaxshi o‘ynalishi (adabiy asar yaxshi yozilishi) ham zarurdir. Cho‘lponning "xalqchillik" masalasiga ayricha e’tibor berishi, ravshanki, uning adabiyotni millatni "uyg‘otish" vositasi deb bilgani bilan bog‘liqdir. Adib 1914 yilda yozgan "Vatanimiz Turkistonda ziroat va dehqonchilik" nomli maqolasida: "bu to‘g‘rida "Oyna", "Sadoi Farg‘ona"larimiz, mumkin bo‘lsa, qishloq tilida ko‘broq yozib anglatsalar... xalq turmushini yengillik tarafiga bir necha odum otlatqon bo‘lur edilar"1, – deb yozgan edi. Ko‘ramizki, ma’rifat yoyish ("xalqqa anglatish") uchun ko‘p yozishning o‘zi kamlik qiladi, avvalo, xalq tushunadigan tilda ("qishloq tilida") yozishlik zarur. Yosh Cho‘lponning adabiy-estetik qarashlaridagi muhim jihat shuki, u badiiy adabiyotni maqsad yo‘lida jo‘nlashtirish, "xalqchillik" va tushunarlilik talabi bilan uni quruq informatsiyaga aylantirish fikridan yiroq. Shu bois ham adib "Adabiyot nadir?"da: "to‘b-to‘g‘ri aytganda ul qadar ta’sir qilmas, adabiyot bilan aytganda albatta ta’sir qilar..."- deb yozadi. Ko‘ramizki, Cho‘lpon adabiyotning asosiy xossasi — obrazlilikni nazardan qochirmaydi, "adabiyot bilan aytmoq" deganida u obrazli ifoda, obrazli fikr yuritishni nazarda tutadi.
Felyeton fransuzcha “Feuilleton” so‘zidan olingan bo‘lib, varaq degan ma’noni beradi. Boshda gazetaga ilova qilingan varaqni yoxud gazetaning ostki qismida, matbuot termini bilan aytganda, podvalda beriladigan material felyeton deyilganda hozirgidek muayyan janr ko‘zda tutilmagan: rang-barang materiallar, suhbatu hisobot, spektakl taqrizi, munaqqid maqolasi, hatto podvalda terilgan adabiy asar - felyeton, deya nomlangan.
Xat, ocherk, felyeton jadidlar publitsistikasining yirik va murakkab janrlaridan hisoblanadi. Xat publitsistikasi janr xususiyatlari jihatidan. Bir tomondan, ijtimoiy-analitik publitsistika (korrespondensiya, maqola, reportaj...) bilan, ikkinchi tomondan badiiy publitsistika (ocherk, felyeton...) bilan bog‘liqdir. Informatsion-analitik hamda badiiy emotsionallik xususiyatiga ega bo‘lgan xat janrini hayot haqida tushuncha va tasavvur hosil qiluvchi ocherk va felyeton janrlari bilan birga ilmiy-nazariy tadqiq etish, badiiy publitsistik mahoratnnig rang-barang tomonlarini nazariy hamda amaliy jihatdan kengroq o‘rganish maqsadini ko‘zda tutadi. Shuningdek, bu janrlar spetsifik xususiyatlarining mufassal tekshirilishi boshqa publitsistik janrlar nazariy muammolarini oydinlashtirishga yordam beradi.
Xatda avtor shaxsiyati, individual insoniy ruhiy holati, kechinmalari xolisona aniq ifodalanadi. Bu mulohazalar mehnatkashlar tomonidan yoziladigan “xalq publitsistikasi” deb atalgan xat janrining bosh xususiyatini aniqlashda nazariy asos bo‘lib xizmat qiladi. Xat janrining o‘ziga xos xususiyati uni xabar bilan solishtirib ko‘rganimizda yanada namoyon bo‘ladi. Xat bilan xabar janrlarining bir-biridan muhim farqi shundaki. Agar xabarning bosh muddaosi yangi, muhim faktlarni gazetxonga ma’lum qilishdan iborat bo‘lsa, xat hayotda, ijtimoiy faoliyatda sodir bo‘lgan fakt va faktlarga munosabat bildirishni o‘z oldiga maqsad qilib qo‘yadi. Agar xabarda fakt asosiy va birinchi o‘rinda tursa, xatda faktga nisbatan munosabat bildirishni o‘z oldiga maqsad qilib qo‘yadi. Aniqrog‘i, xabarning o‘zagini fakt tashkil etsa, xatning tub mohiyatini, uning yuragini faktning o‘zi emas, avtorda mazkur fakt tufayli tug‘ilgan shaxsiy fikr-o‘ylar, kechinmalar, individual his-tuyg‘ular tashkil etadi. Xabarda qayerda, qachon, nima voqea sodir bo‘lganligi haqida ma’lumot berilsa, xatda ham shunga o‘xshash qaerda, qachon, nima voqea sodir bo‘lganligi haqida gapiiladi. Biroq xatda shu faktlarni ma’lum qilish asosiy muddao emas. Xatdagi faktlar shu holicha gazetada, ayniqsa, respublika siyosiy gazetalarida e’lon qilishga munosib muhim fakt emas. Bunday xatlarning respublika gazetasi uchun muhim tomoni avtorning shu faktlarga bo‘lgan munosabatini gazetxonlarga etkazishdir.
Xullas, xat jadid matbuotining tipik janrlaridan biridir. Xat janri matbuotda tashviqot, targ‘ibot hamda tashkilotchilik funksiyasini bajaradi.
Jadidlar publitsistikasida ochiq xatlar ham ko‘plab chop etilgan. Eslatib o‘tish kerakki, ochiq xat janr sifatida yozuvchilar, jurnalistlar ijodida shakllandi va rivojlandi. Yuqorida ko‘rib o‘tganimiz xat janrining xususiyatlari ochiq xatda yanada takomillashadi va chuqurlashadi. Ochiq xat uch asosiy elementdan iborat bo‘ladi:
avtor shaxsiyati;
situatsiya;
adresat shaxsiyati.
Ba’zi ochiq xatlarda avtor shaxsiyati keng o‘rin olsa, boshqalarida adresat shaxsiyati talqiniga alohida e’tibor qilinadi. Boshqa bir xil xatlarda esa situatsiya tahlili xatning g‘oyaviy yo‘nalishini belgilaydi. Ba’zi xatlarda bu uch element chambarchas qo‘shilib ketadi.
“...Oyog‘inga qarab yur!..Kechagi gazetada haqimda aljiganingni bu galcha bola-chaqang hurmatiga kechirdim. Yo‘qsa bitta kallakesarga zakas berilgan edi...Imzo...!”
“Rezolyutsiya: o‘zim ham jondan to‘yganman!”
Ushbu xat orqali matbuotning kuchi, jurnalistning holati kulgu orqali tasvirlanadi. Xalqning uydurma va g‘ayrioddiy voqealarga o‘chligini esa quyidagi xat orqali aks ettiradi: “Birodar! Qo‘sqor podachining sigiri teskari tug‘ubdir. Shuni o‘xshatub gazetanga yozmaysanmi? O‘zi juda qiziq gapda!
Imzo...”
“Rezalyutsiya: saniki ham ma’qul!”
Bundan ko‘rinib turibdiki, ijodkor xat janridan bu chiqishlarida, hangomalarida ustalik bilan foydalangan.
Ayniqsa, uning publitsistikasida “Moskov xatlari” alohida e’tiborga va qiymatga molik. Abdulla Qodiriy 1924 yilning yozida Moskvaga ketadi, jurnalistika institutida o‘qiydi. Mazkur xatlarni o‘sha yerdan redaksiyaga yo‘llaydi. Bu xatlar “Mushtum” jurnalining 1924 yildagi 7 (27), 8 10, 11, 12, 18- sonlarida e’lon qilinadi. Ushbu xatlar Moskva hayotnini, u yerda o‘qish va savdo ishlari bilan yurgan vatandoshlarning hayoti, qilib yurgan ishlari haqida birmuncha qimmatli ma’lumotlar beradi. Shu bilan birga bu xatlar jurnalning rang-barang chiqishida ham muhimdir. Bu xatlarning deyarli hammasi jurnalning ikkinchi betida, yetib kelganidanoq bosiladi.
Mazkur xatlarning tahliliga to‘xtalishdan oldin, uning jurnal faoliyatidagi o‘rni xususida to‘xtalsak. Qodiriy ishtiroki jurnal faoliyatida juda muhim hisoblangan. Chunki, Qodiriy jamiyatdagi muammolarni, kamchiliklarni, o‘ziga xos obrazlar, kulgu-yumorlar orqali aks ettirgan. Jurnalning ommabop bo‘lishida uning ishtiroki muhim ekanligini yuqorida asoslab o‘tdik. Bu haqda jurnal muharriri G‘ozi Yunus kesatiq bilan bo‘lsa ham “Tanqidmi, tosh otish” maqolasida keltirib o‘tadi: “Mushtum”ni boshlab chiqarishda biz Julqunboy kabi kulguchilarimizga inonib chiqardik...
...Qancha qiyinchiliklar bilan “Maskov maktublari”ni olib bosdiq...”
Bundan ko‘rinib turibdiki, nafaqat xatlarning maqola felyetonlarning ham o‘rni alohida ahamiyatga ega.
“Maskov xatlari I” bu xat orqali jurnalist Moskva odamlarining o‘ziga xosligi, tabiati, kibor va oliftaligi to‘g‘risida to‘xtalib o‘tadi. Xatning diqqat markazida esa Turkiston o‘lkasidan kelib “turalikka o‘qib yotgan og‘a-inilar”ning ahvoli, o‘zini tutishi, o‘qish bahonasida qilib yurgan ishlari, sarf-harajatlari turadi. Bundan tashqari savdo masalasida kelgan vatandoshlarimizning nomaqbulchiliklari ham o‘ziga xos tarzda tasvirlangan: ...undan bunga sovdo-sotiq uchun kelib, qayoqdagi tuturuqsiz shipingpocha go‘zallardan shatta yeb, Maskov ko‘chalarida chalang‘lashib yurgan kamersant akalarimizning hayotidan yozaymi”.
“Maskov xatlari II” xati mantiqiy ravishda birinchi xatning davomi bo‘lib, birinchi xatda ko‘tarilgan muammolarni davom ettiradi. Ayniqsa, bu yerga mehmon bo‘lib kelgan va o‘zini musofir sanab, “qo‘ltug‘idag‘i jajmondekkina bir xotun”ni olib kechki sayirga chiqqan “ham vatan” lariga nisbatan nafrat tasvirlanadi: “Ey, o‘qug‘an besh vaqt namozing jigaringdan ursun-dedim va davom etdim: - Ey, tutkan ro‘zang, o‘girgan tasbehing muchchangdan ursun -dedim”
Bundan tashqari shahar ko‘chasini to‘ldirib yurgan, Turkiston bayonlari, ularning o‘zlarini tutishi xam xatda juda go‘zal, aniq haqqoniy tasvirlab berilgan.
Bundan ko‘rinib turibdiki, birinchi va ikkinchi xatlar yangi sharoitga moslashish, yangi odamlarni o‘rganish va kuzatish samarasidir. Aynan, birinchi bo‘lib ko‘zga “g‘alati” ko‘ringan va qiynagan voqealargina qalamga olingan. Qodiriy bu holni keyingi xatlarida ham davom ettiradi.
“Maskov xatlari III” esa asosan Turkiston o‘lkasida nashr etilayotgan va Chor Rossiyasi bo‘ylab tarqalgan matbuot nashrlari qalamga olinadi. Matbuot faoliyati tahlili asosan uch gazeta misolida olib boriladi. Birinchi bo‘lib “Turkiston” gazetasiga to‘xtaladi. Gazetaning 327-sonida Elbekning “Tekinxo‘rlarg‘a” degan she’ri chop etiladi. Va bu she’rga Abdulla Qodiriy parodiya yozadi. Shundan keyin G‘ayratiy otliq yosh shoir imzosidagi maqolaga to‘xtalib o‘tiladi. “...Bu imzo ustidagi gapni she’r vazniga solib ko‘rmakchi bo‘lgan edim, lekin uddasidan chiqib bo‘lmadi”. Jurnalist matbuot tahlilini davom ettirar ekan, “Farg‘onam gazetasining 194-soniga to‘xtalib o‘tadi. Gazetaning bosh maqolasini tushunish, tahlilni jo‘nligi, tili haqida batafsil o‘z xulosalarini beradi.
Bundan tashqari Shokir Sulaymonning “So‘zim” she’rini, unda ko‘tarilgan muammoni, she’rning badiiy jozibasini tahlil qilib o‘tadi. Tahlil so‘ngida esa “Zarafshon ” gazetasi faoliyati, unda e’lon qilingan maqolalar taftishi o‘rin oladi. Ayniqsa, bu xatida gazeta tili, o‘zbek adabiiy tili muammolarini atroflicha, gazetadan misollar bilan tahlil qiladi: ...Undan keyin “skidka”ni “guzasht” deydir, “chechirish” degan bilan tili kesilib qoladir”39
Abdulla Qodiriyning bu xatlaridan keyin “kichkina bildirish” va “Mushtum” jurnaliga deb nomlangan hangomalari ham Moskvaga yo‘llangan bo‘lib, jurnalning 2 va 17 sonlarida e’lon qilinadi.
“Maskov xatlari 4” turkum xatlarining to‘rtinchisida esa o‘ziga xos tasvirlash usulidan foydalanib ba’zi muammolar o‘rtaga tashlanadi. Xatni uch qismga bo‘lib yozadi. Birinchi qismni “Madhal”. Tumov va uchuniq falsafasi” deb nomlaydi va bu qismda Moskvadagi Buxoro bilim yurti bilan bog‘liq masalalarga to‘xtaladi, aniqrog‘i kirish qiladi.
Ikkinchi bo‘limda esa yotoqxona hayoti, klapa va burga muammosi, namgarchilikning ta’siri, bilim yurti o‘quvchilarining ahvoli tasvirlanadi. Uchinchi qismda ham shu muammolar davom etadi va imkon darajasija batafsil yoritishga intiladi:
–Bular qayerda tug‘ilg‘an bolalar, Buxorodami, Moskvadami?
–Buxoroda.
–Qachon kelganlar?
–Yo‘rgaklarida.
–Nima qilmakchilar?
–O‘qimoqchilar.
–Onalari ham birgami?-dedim va oyog‘im ostida chuvalashib yotqan bolalarni aldab suldab chetlagach, ilgari yurdim. Eshik oldig‘a yotishim bilan shu orada o‘lturgan yetti-sakkizta qiz birdan tovushlarini qo‘yib, “Yig‘lama yorim”ni kuylab yubordilar”40
To‘rtinchi xati orqali Abdulla Qodiriy o‘qish uchun kelgan vatandoshlarini bosh mavzu qilib oladi va ularning “ona suti og‘zidan” ketmaganligini, bu holatda bilim olishi dushvor ekanligini tasvirlaydi. Uni qiynagan bu dardlar beshinchi xatda ham davom etadi.
“Maskov xatlari V” turkumning so‘ngisi esa tom ma’nodagi xat janri namunasi bo‘lib, aynan janr qoidalariga asoslanib yozilgan. Xat salom-alik, sog‘lik salomatlikdan so‘ng o‘qish bahonasida kelib oshiq o‘ynab, it urishtirib, ko‘ylak-ishton yirtib yurgan bolalarga to‘xtalib o‘tiladi. Shu bilan birga Moskvaga yuborilgan “ba’zi bir”lar ahvoli tasvirlanadi. Shundan keyin ashulachi Muhiddin Qori “ahvoli ruhiya”si bayon qilinadi.
Bundan tashqari xatda Moskvaga ko‘chib kelganlar va pochtada tunu-kun pul kutayotgan och bolalar holati quyidagicha tasvirlanadi: “Ha, aytgandek, shu kecha kunduzlar bolalaringizning ovqat vajhidan ahvollari juda tang bo‘lib, ko‘b umrlari Turkpredsedatelingizning eshigida o‘ta boshladi” Bu tasviri orqali Abdulla Qodiriy o‘qishga kelgan bolalarning umri behuda o‘tayotganligi ko‘rsatadi va pul jo‘natishning o‘ziga xos usulini taklif etadi: “Ha, deya uch-to‘rt qanor paxta-maxtadan sotib bo‘lsa ham shularingizni tinchitib qo‘ying, dada! Paxta pishib qoldi-ku, axir!”
Moskvadan jo‘natilgan xatlardan yana biri “Maslaki maqsaddan shammai izhor”41 bo‘lib, bu xati orqali jurnalist kishilar, fe’l atvoridagi manmanlik kasalini ko‘tarib chiqadi. Xat qahramoni yozuvchilikni tashlab pul topishning yangi yo‘llarini, dang‘illama uy qurishning choralarini izlaydi. Kasb tanlaydi. Zamon nozikligi uchun aksariyat kasb yaroqsiz sanaladi. Va qanday bo‘lmasin bir yildan keyin dang‘illama uyga kelish so‘raladi: “Zamonamiz zamon bo‘lsin, Manmanlari omon bo‘lsin!”
Abdulla Qodiriyning so‘nggi xatlaridan biri “Lug‘at pudratchiligi va quruq rasmiyat” “SHo‘ro yozuvchisining xati” nomi bilan “Qizil O‘zbekiston” gazetasining 1934 yil 184-sonida e’lon qilinadi. Bu xat Abdulla Saidovga ochiq xat bo‘lib, ijodkor unda “Ruscha-o‘zbekcha to‘la so‘zli lug‘at” tuzish bo‘yicha qilgan mehnatiga haq olmayotganligini yozadi. “Ish xizmat meniki, O‘z nashr arxivida saqlangan asl qo‘lyozma meniki, ammo bu mehnat baravariga haq olish “vijdonli” Saidovniki!”
Abdulla Qodiriy xatlari orqali o‘z davrining muhim masalalarini yoritadi. Uning xatlarini o‘rganishda asosiy sabab esa ijodkor shaxsiyatidir. Aynan, xatlardagina ijodkor shaxsiyati namoyon bo‘ladi.
Ijodkor shaxsiyatiga to‘xtalganda uning iste’dodi, zabardastligi, qomusiy bilimlar sohibi, o‘tkir mushohada, teran aql egasi, badiiy saviyasi yuksak ekanligi, botiniy tuyg‘ular egasi, kuzatuvchan vijdonli, iymonli o‘z ona tilining bilimdoni dunyo ko‘rgan insonligi namoyon bo‘ladi. Ijodkor shaxsiyati tom ma’noda aynan xatlarida bo‘y ko‘rsatadi.
Mushtum” jurnali 1923 yil 18 fevralda “Turkiston” gazetasiga ilova tarzda 1-son uch ming nusxada nashr etildi. 1924 yildan esa “Qizil O‘zbekiston” nashri sifatida chop etilgan. Bu haqda Abdulla Qodiriy quyidagilarni yozadi: “23-yilning fevral oyida, shekilli, “Turkiston” gazetasiga o‘rtoq Abdulxay Toji muharrir belgilanadi va shu o‘rtoq bir kulgi jurnali chiqaringiz, deb men bilan G‘ozini chaqirdi. (Bu vaqtda G‘ozi gazetaning muharriri edi). Biz ikkovimiz ishga kirishdik-da, natijada sakkiz soncha “Mushtum” chiqdi”.42
Jurnalning birinchi sonida jurnal tashkilotchilaridan biri bo‘lgan adibning “Mushtum ta’rifida” deb nomlangan bosh maqolasi e’lon qilindi: “Bu “Mushtum” zo‘rlik mushtumi emas, xaqlik mushtumidir, bu “mushtum” zolimlar mushtumi emas mazlumlar mushtumidir. Shuning uchun uning ma’nosi boshqachadir...”
Mazkur maqola jurnalning yo‘nalishini belgilash bilan birga “Mushtumizo‘r” (baquvvat musht) jamiyatda ehtiyoj borligini aytib o‘tadi.
“Tumshug‘ingiz ustiga yangi mehmon muborak bo‘lsin, afandilar” deb ijodkor jamiyat va turmushdagi kamchilik va nuqsonlarni ko‘taruvchi, uni yuzaga keltirayotganlarga “musht” o‘qtaluvchi yangi jurnal bilan qutlaydi.
Abdulla Qodiriyning o‘sha davr matbuotida, ayniqsa, “Mushtum” jurnalida e’lon qilingan felyetonlari, publitsistik va adabiy-tanqidiy maqolalari o‘sha davr jurnalistikasining nodir namunalariga aylandi.
1920-1925 yillarda uning matbuotda 300 dan ortiq turli mavzulardagi hajviyalari, ocherklari Qodiriy, Qulqunboy, Ovsar, Dumbul, Shig‘oy, Kalvak Maxsum kabi imzolar bilan bosilib chiqadi. Yozuvchining bunday faoliyati haqida Xabibullo Qodiriy quyidagilarni yozadi: “Mushtum” 1924 yil sonlaridan birida dadamning suratini o‘rtoqlik hazili tariqasida masharalab bosishgan va tagiga shu so‘zlarni yozib qo‘yishgan edi: “Felyetonlar qiroli Julqunboy: yig‘latib kuldiradi, kuldirib yig‘latadi” Farg‘ona gazetasining muharriri Lutfullo olimiy Abdulla Qodiriyning “Mushtum” jurnalidagi faoliyati haqida shunday yozadi: “Mushtumning topgan e’tibori va ko‘p tarqalishi Julqunboyning o‘tkir qalami bilan”.
1923-1926 yillar davomida “Mushtum” jurnalining qiyofasini belgilovchi, hajviy qissa janrining yetuk namunalari e’lon qilinadi.
Ijodkorning “Toshpo‘lat tajang nima deydi?” hajviy turkumida o‘ziga xos voqea tasvirlanadi. Unda o‘z davrining yangi bir ijtimoiy tabaqasi jaholat va qoloqlik muhiti yaratgan chapanilar ustidan kulgu ustuvordir.
Ijodkorning har bir maqolasi, felyetoni, hajviyalari “Mushtum” faoliyatida alohida ahamiyatga egadir.
“Mushtum” faoliyati, qamrovi, yo‘nalishi, uslubi, o‘ziga xosligi, istiqboli – bularning hammasi jurnal tashkilotchilaridan biri bo‘lgan Abdulla Qodiriyni diqqatiini tortib kelgan. Shu bilan birga jurnal faoliyatidagi kamchilik va nuqsonlar, uzulishlar to‘g‘risida ham maqolalar e’lon qilib turgan: “Mushtum oqsoqlang‘an emish” maqolasida jurnalning iqtisodiy ahvoli, nashrdagi uzulishlari haqida ma’lumot beriladi. “Mushtum”ning ikkinchi yoshi bilan tabrik ham unga birmuncha “pand va nasihat” maqolasi orqali nashrni ikki yoshi bilan qutlash bilan birga 18-songacha bo‘lgan faoliyati birmuncha tahlil qilinadi, yutuqlari sanab o‘tiladi, jurnalning keyingi faoliyatiga “pand-nasihat”lar orqali yo‘l-yo‘riqlar keltiriladi. Jurnalning ijodiy xodimlari faollikka da’vat etiladi.
“26-yilda kuldurguchilarimiz” (ijodiy) maqolasida esa umuman hajv va yumor borasida mufassal to‘xtalib o‘tadi. Bundan tashqari, “Mushtum” jurnalining bu boradagi ahamiyati, faoliyatidagi kamchiliklar, ijodiy jamoaning (hajvchilar) chiqishlari, ba’zi hajviyalar tahliliga e’tibor qaratadi. O‘sha davr hajvchiligi borasida o‘zining asoslangan fikrlarini bayon etadi:
“Uzun so‘zning qisqasi, biz hajviyotda kundan-kunga ilgarilab boramiz. Bu sohada muvaffaqiyatlarimiz ta’min etilgandir.
“Mushtum” jurnali 26- yilda quyidagi kuldurguchilarimizga ishonib ish ko‘rsa bo‘ladir: ”
“...Yozg‘uchilar ichida bulardan boshqa ahyonda bir yozib qo‘ysa-da, amma qalami umidlik bo‘lg‘an o‘rtoqlar ham yo‘q emaslar”
1925 yilda yozuvchining “Mushtum” nomini olgan jiddiy maqolasi “Qizil O‘zbekiston” gazetasida bosiladi. Maqolada jurnalning o‘sha kezlardagi faoliyati istiqboli ancha chuqur tahlil qilinadi. Jurnalning tili xususida, ayniqsa, shakillanayotgan hozirgi zamon o‘zbek adabiy tili xususida to‘xtalib o‘tadi va jurnalning tilini asosli ravishda tanqid qiladi: “...yana “Mushtum”ning tiliga to‘xtalsak!
1 – Tilsizlik (duduqlik va soqovlik)
2 – Bo‘g‘oz-qisirlik (dag‘allik)
3 – Uslubsizlik
4 – so‘zda iqtisodsizlik va boshqa siz-sizlik yana uning xususiyatlaridan biri bo‘lib chiqadi”...
“...bu til tuzatish emas buzish! Yana bittasi: “Rad bo‘ling, fakillarimizga tushgan shung‘iyalar!...” esa ma’lumotsizlik ustiga yana til bilmaslikdir!
1 – “Falak” emas –“palak”dir;
2 – “Shung‘iya” palakka tushmaydir, balki palakning ildizidan ko‘karib chiqadir.
3 – O‘rtoq “Oqpadar” o‘ylag‘an palakka tushadirg‘on narsa shakar qurtidir. Qisqasi, o‘zbekchada chiqmoq bilan tushmoq ma’nosi bir emas...
“Mushtum”o‘zining tilsizligi ustiga yana bo‘g‘oz –qusurlik (dag‘allik) kasalligiga ham mubtalodir”.
Bundan tashqari, mazkur maqolada jurnalda e’lon qilinayotgan karikaturalarga ham alohida to‘xtalib o‘tadi. Berilgan karikaturalarni o‘ziga xos sharhlash bilan birga, kam-ko‘stini, saviyasini, milliy mentalitetga mos emasligini ham ta’kidlab o‘tadi va kuyunchaklik bilan shunday deydi: “Undan so‘ng hayotimizning lavhalariga chin libos kiydirguvchi o‘z kishimiz, o‘z suratkashimiz yo‘q, bu yo‘qlik ham tilni tishlatadir”.
Umuman olganda mazkur maqolada jurnalning o‘sha kunlardagi faoliyati, kelajagi haqida chuqur tahlil beradi. “Mushtum” jamoasining anada faolroq bo‘lishiga da’vat etuvchi, hajviy jurnalning qiyofasini belgilovchi ushbu maqolani g‘arazgo‘ylik deb qabul qiluvchilar ham bo‘ldi. Bu hol jurnalning muharri G‘ozi Yunusning “Tanqidmi, tosh otishmi?! javob maqolasida ko‘zga tashlanadi. Keyinchalik javob tariqasida yozilgan “Shallaqi” maqolasida ham jurnal va bosh muharrir faoliyati borasidagi o‘z fikr-mulohaza, taklif va tahlillarini yana davom ettiradi.
Abdulla Qodiriy 1919-1925 yillar oralig‘ida matbuotda uch yuzdan ortiq hajviya, felyeton va maqolalar yaratdi. Uni yozuvchi sifatida ilk bor elga tanitgan narsa uning hajviy asarlari, ya’ni “Kalvak Maxzumning xotira daftaridan” va “Toshpo‘lad tajang nima deydi?” kabi hajviy qissalaridir. Yozuvchi bu asarlarida odamlar tabiatidagi muayyon salbiy hodisalarni sof mafkuraviy nuqtai nazardan turib, nuqul biryoqlama qoralash, fosh etish yo‘lidan bormay, xarakter va hodisalarni xolis turib, murakkabligi ziddiyatligi bilan ko‘rsatib berdi.
O‘z vaqtida mushtumxonlarni yaxshigina kuldirgan Qodiriy asarlaridan biri “Kalvak Maxzumning xotira daftaridan” hajviy qissasidir. Bu asar 1923-1926-yillar mobaynida “Mushtum” jurnalida “Mushtum”ning bordi-keldisi rubrikasi ostida 21-sonda davomli bosilgan.
– Mening kulgilikda ishlatadigan necha turlik imzo, ya’ni qahramonlarim bor: Kalvak Maxzum, Toshpo‘lad, Ovsar, Dumbul, Shilg‘ay va boshqalar. Agar siz shu imzolar bilan yozilgan kulgiliklarni tekshirib chiqsangiz, munda asli yozuvchining shaxsini tamoman ko‘rmaysiz. Faqat so‘zni imzo egasining o‘z og‘zidangina eshitasiz. Kalvak Maxzum obrazi orqali-da ko‘pdan haqiqiy hayot bilan aloqasi uzilgan xolis bir mahalla imomini ko‘rasiz, - deb yozadi Qodiriy “Kulgu haqida” nomli maqolasida.
Albatta, bunday uslubda hajv yozish birmuncha qiyin va mas’uliyatli. Axir yozuvchi asarga o‘zidan biror og‘iz so‘z qo‘shishga haqsiz, u (yozuvchi) artist qabilida boshdan-oyoq rolga kirishi shart-da!..
Asar boshdan-oyoq qahramon – Kalvak Maxzum tilidan tarjimai xol –sarguzasht tarzida hikoya qilinadi. U jiddiy ravishda eskirgan domlalar tili va talaffuzida odob bilan o‘z ota-onasining qanday “ulug‘ zotlar” bo‘lganini, otasining Toshkent muzofotida tutgan “beqiyos obro‘sini, ilmini va urfonini, o‘zining ana shunday zotlardan dunyoga barq urib kelganini, nihoyatda avaylanib tarbiya topganini, madrasada “zo‘r” muvaffaqiyat bilan o‘qiganini, uylanishini va ko‘rgan kechirganlarini erinmay hikoya qilib, o‘zining almisoqdan qolgan sodda fikr-aqidalari bilan o‘z o‘quvchilarni kuldirab boraveradi.
Bu asarni yozishga sabab birgina: inqilobgacha va inqilobdan so‘ng ham xalqimiz orasida mutaassiblik kuchli bo‘lgani, bunda asosiy rolni ana shu Kalvak Maxzumlar o‘ynagani hammaga ayon.
Umuman olgan, “Mushtum” jurnalining ma’naviy qiyofasini ommalashishida, istiqbolini belgilashda Abdulla Qodiriyning o‘rni alohida ahamiyatga ega. Nafaqat “Mushtum”, o‘sha davr matbuotining faoliyatida “Felyetonlar qiroli”ning ishtiroki, chiqishlari muhimdir. Jurnalist – yozuvchi o‘zining “Matbuot kuni” maqolasida matbuotning jamiyatda tutgan o‘rnini, ahamiyatini tahlil qilib ko‘rsatadi: “Mehnatkashlar matbuotiga xususiy shaxslarning ham, ma’murlarning hiyonatlarini va shu firqa ham jamoat tashkilotlarining xato va nuqsonlarini ochib ko‘rsatmak huquqi beriladir”43 – deb matbuotning o‘rni va vazifasini tushuntirib o‘tadi. “Mushtum” jurnaliga alohida to‘xtalib, boshqa matbuotlarning ham faoliyat maqsadini ifodalaydi: “Demak, matbuotimiz yana keng huquqli yasovul bo‘ladir; demak, “Mushtum” sir ochish, haqiqatni aytish yo‘lida yana kattakon amr ya’ni farmoni xumoyun” oladir va bo‘ynig‘a tumor qilib osadir. Pichoq moy ustida!..Yashasun mehnatkashlar huquqini himoya qilg‘uchi ozod sho‘rolar matbuoti! Bitsin, eng so‘ngg‘i yovimiz bo‘lg‘an mustamlakachi va hiyonatchi o‘g‘rilar
Abdulla Qodiriy “Mushtum” jurnalining 1923-1926 yillar oralig‘idagi har bir sonida maqola, felyeton, hajviya, “bildirish”lari bilan muntazam ishtirok etib turdi. Uning har bir chiqishida jamiyat va turmushdagi, kishilar fe’l atvoridagi kamchilik va nuqsonlar, ba’zi bir siyosiy o‘yinlar o‘zining butun bo‘y-basti bilan namoyon bo‘ldi: “Siyosat maydonlarida (2-son), “It urushtirish ishlari” (2-son); “Nima qayoqqa ketadir” (3-son), “Po‘skallasi” (3-son), “Naxs bosgan ekan” (4-son), “SHo‘x baytal” (5-son), “Yomon ko‘z” (6-son), “Biz kim va nimalardan qo‘rqamiz” (7-son), “Aralash” (8-son), “Bo‘tqa” (13-son), “Toshkent boylari” (23-son), “Hoy yeryutkur” (24-son), “O‘rgangan ko‘ngil o‘rtansa qo‘ymas” (25-son), “Tarjumai hol (eshonlarimiz)” (25-27-sonlar), “G‘idi-g‘idi gaplar” (26-son) “Matbuot kuni” (27, 28, 30, 35-38-sonlar), “Yozishg‘uchilarimizg‘a” (37-son), “Ay xuday urg‘anlar urg‘anlar” (39-40 sonlar), “Echkining oti Abdilkarim” (39-40 sonlar), “Bir yil” (42-son), “Yig‘indi gaplar” (27-son), “Bo‘sun-bo‘lmasun” (44-son), “Anov-manov” (48-son), “Shirvon xola nima deydi” (44-son)”. Bu keltirilgan ayrim maqola va hajviyalar davrni, zamon ruhini o‘zida aks ettirgan. Bu maqolalardan ko‘rish mumkinki, Abdulla Qodiriy o‘z zamonasining, millatining kuyunchak vakili, shu bilan birga nodir iste’dod egasi, ulug‘ so‘z san’atkoridir.
Abdulla Qodiriy “Mushtum” jurnali faoliyatida alohida ahamiyatga ega ekanligini tahlil qilib o‘tdik. Lekin shunisi ham ma’lumki, yozuvchi 1926-yilda “Mushtum”da bosilgan “Yig‘indi gaplar” maqolasi, hajviyadagi tanqidiy mulohazalari uchun “aksilinqilobiy harakat qilinganlik” deb ayblanadi, qisqa muddat hibsga olinadi. Maqola hajv tariqasida yozilgan bo‘lsada, unda bir necha kishilar, arbob kimsalar haziltomuz tanqid qilib o‘tilgan edi.
Bu maqola o‘sha paytda ko‘p gap-so‘z va turli mulohazalarga sabab bo‘ladi. Adib O‘zbekiston Jinoyat Qonunlari majmuasining “Rahbar xodimlarni obro‘sizlantirish" degan moddasi bilan qoralanadi. Qariyb uch oylik so‘roq-tergovdan so‘ng, yozuvchi sudda o‘zining haqligini isbotlovchi yozma nutqini o‘qib beradi: “Manim 27 nchi son "Mushtum" jurnalidagi "Yig‘indi gaplar" sarlavhalik kulgi maqolam ham shu asoslarga solinib yozilg‘on sajiyaviy chin kulgi edi. Mazkur maqoladagi maqsadim, kulgi mezoni bilan harfat jadidga oling‘onda, quyidagi mazmunlar har kimga, har bir go‘dakka oshkora bo‘ladur: Maqolaning birinchi ustun to‘rtinchi yo‘lidagi...”
"...O‘zbekning ishchisi, dehqoni, ma’orifi, shaltay-baltayi alh uxlaydi" (alh - hammasi barchasi) jumlasi faqat mubolag‘a maqomida qo‘llang‘on bir gapdir. Mundan boshqa ma’nolar chiqarish xayolot yoki vasvasadir. Zero, boshida bir oz muhokamasi bo‘lg‘on har bir kishi O‘zbekistonning Ulug‘ O‘ktabr inqilobig‘acha bo‘lg‘on holi bilan, O‘ktabrdan keyingi to‘qqiz yil ichidagi intiboxini (uyg‘onish), (ijtimoiyatda, ilm va madaniyatda, xulosa har bir jabhada) chiqishdirib ko‘rsa, o‘zini tamoman boshva bir olamda xis etadir.”
“...Birinchi ustunning 25 nchi yo‘lidan boshlab, ikkinchi ustunning 4 nchi yo‘ligacha bo‘lg‘on o‘rtoq Oxunboboyev to‘g‘risidagi gaplar yolg‘iz uning shu sifatidan kinoyadir. Masalan, faqat ko‘cha sasitib, og‘zaki g‘ishg‘ish qilib yurgan anavi xasratchilar qarshisida o‘rtoq Oxunboboyev aktivniy ravishda majlis va gazetalarda kamchiliklarni chertib otadir.”
“..."Ovsar" qo‘yilgan, demak undagi ko‘b ta’bir ifodalar ovsarona, daliyonadir. Tentakni tentak tinglaydir deganlaridek, kulgulikdagina emas, umuman sajiyaviy adabiyotga yaqin turg‘on kishilar bu maqolani shu nuqtadan qarab tekshirsalar yana ham haqiqat ochiladu.”
“..So‘zim oxirida odil sudlardan so‘rayman: Garchi men turlik bo‘xton, shaxsiyat va sohtalar bilan, ham anglashilmovchiliklar orqasida, ikkinchi oklanmaydurg‘on bo‘lib qoralandim. Loaqal ularning, qoralovchi qora ko‘zlarning ko‘ngli uchun bo‘lsa ham, menga eng oliy bo‘lg‘on jazoni bera ko‘ringiz. Ko‘nglida shamsi g‘uboroti, teskarichilik maqsadi bo‘lmog‘on sodda, go‘l, vijdonlik yigitga bu qadar xo‘rlikdan o‘lim tansiqroqdir. Bir necha shaxslarning orzusicha, ma’naviy o‘lim bilan o‘ldirildim. Endi jismoniy o‘lim menga qo‘rqinch emasdir. Odil sudlardan men shuni kutaman va shuni so‘rayman!
“Mushtum”ning tom ma’noda “Mushtum” bo‘lishida Abdulla Qodiriyning ishtiroki, o‘rni nihoyatda katta. Ayniqsa, hajviy jurnal bo‘lgan “Mushtum”ning hajv borasida o‘sha davr matbuotining yetakchisiga aylanishida Julqunboyning hangoma, felyeton va hajviyalari salmoqli o‘rin egallaydi. Bu haqda jurnal muharri G‘ozi Yunus “Tanqidmi, tosh otish” maqolasida quyidagicha munosabat bildiradi: “Mushtum”ning davomi va kengayishi, til tomonining soddalanib, avom fahm bo‘lishi uchun Julqunboy kabi kulguchi yozuvchilarning tanqidi quruq tanqid emas, birgalashib ishlab borish va hatto “Mushtum”ning jilovini qo‘lga olishi bilan bo‘ladir”
Umuman olganda “Mushtum” faoliyati Qodiriyning doimo diqqat markazida bo‘lgan va eng yaxshi hangoma, felyeton, maqola va hajviyalarini aynan shu jurnalda nashr ettirgan. Bunga oddiy misol sifatida o‘zbek hajviy publitsistikasining nodir namunalaridan bo‘lgan “Toshpo‘lad tajang nima dedi”, “Kalvan Maxzum xotira daftaridan”, “Yig‘indi gaplar”, “Tarjimai hol (Eshonlarimiz)” va “Shirvon xola nima deydi” kabilarni keltirishimiz mumkin.
Aynan “Mushtum”dagi faoliyati bilan jurnalist-publitsist – Abdulla Qodiriy 20 yillardan keyingi o‘zbek matbuotining shakllanishi va rivojlanishida, o‘zbek hajvchiligining yuzaga kelishida juda katta rol o‘ynaydi.

XULOSA

XX asr o‘zbek milliy adabiyotining eng yirik namoyondalaridan biri, o‘tkir jurnalist, mohir publitsist Abdulla Qodiriyning o‘zbek madaniy va ma’rifiy hayotida tutgan o‘rni beqiyosdir. Uning boy ijodiy merosini kuzatar ekansiz adabiy janrlarning aksariyatida nodir asarlar yaratganiga guvoh bo‘lasiz. Abdulla Qodiriy ijodi o‘zbek adabiyotida katta o‘rin egallashi, hech kimga o‘xshamaydigan, o‘ziga xos, butun bir davr, zamon bor bo‘y-basti bilan namoyon bo‘lgan publitsistikasi borligiga ishonch hosil qilasiz. Abdulla Qodiriy ijodiga qayta-qayta murojaat qilinayotganligiga, o‘qib, o‘rganilayotganligiga ham asosiy sabab ham shu.


Abdulla Qodiriy ijodini tahlil qilar ekanmiz, u nafaqat shoir, dramaturg, romannavis bo‘lib qolmay u mohir maqolanavis, publitsist va munaqqid ham bo‘lganini anglaymiz. Uning bu boradagi asarlari mavzu, yo‘nalish jihatidan ko‘rib chiqilsa, adib asosan olti yo‘nalishda qalam tebratganligi ma’lum bo‘ladi:
Uning milliy teatr san’ati faoliyati, teatr bilan bog‘liq bahs-munozaralar, kamchilik va nuqsonlar aks etgan, o‘zbek qo‘shiqchilik san’atiga bag‘ishlangan quyidagi ba’zi maqolalarni keltirish mumkin: “Bizda teatru ishining borishi”, “Azob bog‘chasida yig‘i-sig‘i kechasi”, “Eski shahar teatru havaskorlariga”, “Tilak”, “Xususiy maktublardan”, “Milliy ashulachimiz”, “Maskov xatlari V”. Bu turdagi maqolalarida ijodkor ta’lim-tarbiya masalasiga jiddiy e’tibor qaratish zarurligini va undagi kamchilik va nuqsonlarni, bundan tashqari kitob va kitobxonlik masalalarini ham tasvirlaydi. Kino san’atiga bag‘ishlangan maqolasida esa milliy kino san’atiga nazar solinadi va ba’zi filmlar tahlil qilinadi.
Misol tariqasida ushbu maqolalarini keltirish mumkin: “Tarbiya ishlariga diqqat”, “Qiroatxonalarimiz”, “Huquq”, “Tilak”, “Ma’orif sho‘rosi diqqatig‘a”, ”Bildirishlar”, “Layli va Majnun”, “Maskov xatlari” 1 ,2, 3, 4, 5, “Ravot qashqirlari”.
Bu turdagi maqola va chiqishlarida milliy matbuotimiz faoliyat, unda kechayotgan jarayonlar, matbuot orqali bahs-munozaralar, noshirlik ishlari, milliy matbuotsiz umumiy madaniyat va ma’rifatga erishib bo‘lmasligi kabi masalalar yoritilgan.
Adib milliy matbuot orqaligina ham iqtisodiy, ham siyosiy, ham madaniy-ma’naviy islohotlar o‘tkazishni samarali ekanligini anglab, matbuot tiliga, adabiy til normalariga, muharrir mas’uliyati, qog‘oz iqtisodi, til va uslub ifodaligiga e’tibor qaratadi. “Olti yillik bazm”, “Matbuot kuni”, “Mushtum ta’rifida”, “Jasorat – ayb emas”, “Haqiqat – ochiq so‘zlashdadir”, “Tilak”, “Mushtum”, “Maskov xatlari IV”, “Mushtum” oqsoqlang‘an emish”, “Shallaqi” kabi maqolalarda shu masalalar keng yoritilgan.
Bu turdagi asarlarga adibning badiiy til va adabiyotga oid qarashlari, so‘zdan foydalanish, so‘z ishlatish mahorati, so‘z qo‘llay olish san’atiga bag‘ishlangan maqolalari o‘rin olgan. Ayniqsa, G‘ozi Yunus bilan bo‘lgan matbuot bahsida bu narsa yaqqol ko‘zga tashlanadi. Bu guruhga quyidagi maqolalarni misol tariqasida keltirish mumkin: “Mushtum”, “O‘rtoq Elbekning til haqidagi tushunchalari”, “Cho‘lponning “Tong sirlari” she’riy to‘plamiga so‘zboshi”, “O‘quvchi va yozuvchilarimizning diqqatig‘a”, “Yozishg‘uvchilarimizg‘a”, “O‘qish-o‘rganish”, “O‘tkan kunlar” tanqidi ustida ba’zi izohlar”, ”Yozuvchi o‘z ijodi to‘g‘risida”, “O‘rgangan ko‘ngil o‘rtansa qo‘ymas”.
Milliy qadriyatlar, din va madaniyat borasida din va dindorlik, xurofot va bid’atning bir-biridan farqi, muomala madaniyati, milliy o‘ziga xoslik masalalari adibning har bir chiqishida, publitsistik va badiiy asarlarida keng o‘rin olgan. “Qurbonlik o‘g‘rilari”, “Sart og‘a-inilarga”, “Huquq”, “SHo‘h baytal”, “Nafsi shayton”, “Toshpo‘lad tajang nima deydi?”, “Kalvak Maxzum xotira daftaridan”, “Shirvon xola nima deydi”, “Qurbon bayrami”, “Bo‘tqa” kabi chiqishlarda bu masalalar o‘ziga xos tarzda tasvirlangan.
Bu turdagi asarlarda jamiyatdagi muhim jarayonlar, o‘zgarishlar, burilishlar, yuzaga kelgan kamchilik va nuqsonlar, iqtisodiy holat, xalqning moddiy ahvoli, maosh va ishga to‘lanadigan haqlar kabi masalalar aks ettirilgan va “Otam va bolshevik”, “Qimmatchilik hasrati”, “Bozor surushtirmaydir”, “Yo‘lda”, “Ijmoli sayosiy”, “Saylovmi bosqunlik”, “G‘irvonlik Mallavoy aka”, “Mochalov”, “Siyosiy maydonlarda”, “Solnoma”, “Birinchi may”, “Yig‘indi gaplar”, “Sakkiz yil”, “Ulug‘ ayyom”, “Naxs bosqan ekan”, “Da’vosiz dardlar”, “” kabi maqola va felyetonlar bunga misol bo‘la oladi..
Abdulla Qodiriy milliy madaniyatimizning, xalqimiz hayotining qaysi bir sohasi, masala yoki muammosi haqida fikr yuritmasin, hamisha va hamma holatda faqat yagona va buyuk bir maqsad, orzu bilan yashadi. YA’ni o‘z xalqini jahondagi eng taraqqiy etgan madaniyat va ma’rifatli xalqalar kabi kamolotga ko‘tarilishini istadi, da’vat qildi.
Abdulla Qodiriy ijodini, publitsistikasini kuzatib, tahlil qilar ekanmiz quyidagi xulosalarga keldik:
Birinchidan: Bugungi kunda hozirgi o‘zbek nasri mazmun va janrlar jihatidan nihoyatda yuksaklikka erishdi. Bularning hammasida Abdulla Qodiriy ijodining ahamiyati, Qodiriy nasri maktabining ta’sirini ko‘rish mumkin. Abdulla Qodiriy XX asr o‘zbek adabiyotidagi eng yirik yozuvchidir. Chunki, u nasrning hamma janrlarida badiiy jihatdan yetuk bo‘lgan asarlar yaratdi.
Ikkinchidan: Abdulla Qodiriy o‘z ijodida ijtimoiy muammolarni, turmushdagi kamchilik va nuqsonlarni, madaniy hayotni, siyosiy voqealarni hajv va yumor orqali yoritadi. Uning e’tiboridan hech bir muammo chetda qolmaydi. Eng asosiysi u har bir ijtimoiy muammoni hajv orqali ko‘tarar ekan, aksariyat hollarda uning yechimiga ham aynan hajv va yumor bilan ishora qilib o‘tadi. Bu hol Abdulla Qodiriy publitsistikasining ajralib turadigan o‘ziga xos xususiyatlaridan biridir.
Uchinchidan: Abdulla Qodiriy yaratgan nasriy, hajviy asarlar adibning bu boradagi yetuk iste’dod sohibi ekanligini yana bir bor amaliy samarasi edi. Qatlamdor hajv, serjilo kulgi vositasida o‘z davrining ijtimoiy, siyosiy va oilaviy illatlarini ro‘yi rost fosh etdi, qoraladi. Faqat qoraladigina emas, undan qutulish poklanish sari borib, nurli kelajak, istiqlol chirog‘ini yoqmoqchi bo‘ldi. Bunda realistik adabiyotga xos tasvirda betaraflik, xolislik usulidan keng foydalandi. Pirovardida, bu bordada o‘z adabiyotida ustozlik maqomiga ko‘tarildi. Adibning she’riyatda, dramada, hikoya va hajvda orttirgan tajribasi yirik epik ijodida juda-juda qo‘l keldi, mahorat pillapoyasi bo‘lib xizmat qildi.
To‘rtinchidan: Abdulla Qodiriy xatlari orqali o‘z davrining muhim masalalarini yoritadi. Uning xatlarini o‘rganishda asosiy sabab esa ijodkor shaxsiyatidir. Aynan, xatlardagina ijodkor shaxsiyati namoyon bo‘ladi.
Beshinchidan: “Mushtum” jurnalidagi faoliyati va ishtirokidan shuni anglash mumkinki, “Mushtum”ning tom ma’noda “Mushtum” bo‘lishida Abdulla Qodiriyning ishtiroki, o‘rni nihoyatda katta. Ayniqsa, hajviy jurnal bo‘lgan “Mushtum”ning hajv borasida o‘sha davr matbuotining yetakchisiga aylanishida Julqunboyning hangoma, felyeton va hajviyalari salmoqli o‘rin egallaydi. Aynan “Mushtum”dagi faoliyati bilan jurnalist-publitsist – Abdulla Qodiriy 20 yillardan keyingi o‘zbek matbuotining shakllanishi va rivojlanishida, o‘zbek hajvchiligining yuzaga kelishida juda katta rol o‘ynaydi.
Ko‘ramizki Abdulla Qodiriy qisqa umr ko‘rgan, qisqa bir davrda ijod qilgan bo‘lsa ham o‘z xalqi va adabiyoti uchun nihoyat katta, salmoqli, ayni chog‘da muhim ma’naviy-ma’rifiy, badiiy estetik ahamiyatga molik ijodiy meros qoldirib ketgan. U bir vaqtning o‘zida shoir, hikoyanavis, hajviyotchi, qissanavis, dramuturg, eng muhimi, buyuk va takrorlanmas romannavis sifatida xalqimiz ma’naviy-badiiy rivojida o‘ziga xos o‘rin tutadi.
So‘nggi so‘z o‘rnida aytadigan bo‘lsak, adibning kichik maqola va asarlarida ilgari surilgan milliy madaniyatga xos fikr va mulahazalari, qarashlari nihoyatda boy, rang-barang va keng ko‘lamli ekanligi bilan xarakterlanadi. Zero, bu boradagi qarashlarini o‘rganish va tahlil etish esa qodiriyshunoslikning yangi qirralarini ochib bersa ajab emas. Qolaversa, istiqlol ma’naviyati va mafkurasi rivojiga xizmat etadi.
O‘zbekiston Respublikasi amalga oshirilayotgan tub islohotlar, mamlakatimizning istiqlol davri taraqqiyoti, milliy qadriyatlarning qayta tiklanishi ilm – fanimizning rivojlanishiga ijobiy ta’sir ko‘rsatmoqda.
Mustaqillik yillariga kelib Abdulla Qodiriy haqiqiy qadrini topdi. Mustaqil mamlakatimiz Prezidentining “O‘zbek xalqining ma’naviy va ma’rifatini, milliy qadriyatlari va ongina yuksaltirish yo‘lida u zotning qilgan xizmati beqiyosdir.... U faqat o‘zbeklarning emas, balki Turkiston xalqlarining ham sevimli adibi, ozodlik va istiqlol kuychisidir” degan bahosiga sazovor bo‘ldi
Prezidentimiz farmoniga ko‘ra safdoshlari Cho‘lpon, Fitratlar qatori Mustaqillik ordeni bilan taqdirlandi. Istiqlol davri hayotimizdagi yangilanishlarni keng yo‘l ochib berdi. Bir o‘zi tariximzni real tushuna boshladik, milliyligimizni anglab yetdik. Bu borada hukumatimiz tomonidan katta ishlar amalga oshirilmoqda.
Mustaqillik yillari adabiyotshunoslik sohasida katta o‘zgarishlar ro‘y berdi. Adabiyotshunoslikning barcha sohalari bo‘yicha yangi tadqiqotlar yaratildi va yaratilmoqda. Jumladan, o‘zbek adabiy tanqidchilik sohasi bo‘yicha talaygina ilmiy ishlar, monografiyalar yaratildi.
O‘zbek adabiyoti tarixida o‘chmas iz qoldirgan adiblarimizning asarlarini ilmiy nuqtai nazardan o‘rganish adabiyotshunoslik uchun shakllanish va rivojlanish omili hisoblanadi.
Shu ma’noda Qodiriyshunoslik o‘zining yangi maydoni va bosqi chiga kirar ekan, tabiiyki, aytilajak ayrim yangi fikrlarni avvalo mavjud manbalarga munosabatdan keltirib chiqarishi kerak edi. Adabiyotshunoslik sohasida qatag‘onga uchragan ijodkorlar merosi qayta baholana boshladi.
Abdulla Qodiriy ijodi bu davrda ham ko‘pincha mavjud ijtimoiy –siyosiy tuzumga moslab talqin qilindi. Adibni sotsialistik jamiyat xizmatkori ekanligiga, ba’zan uni asrab –avaylash uchun ataylab urg‘u kuchaytirilishini tadqiqotchilar tahlilida o‘rgandik. Adabiyot va san’at ustidagi mustabid tuzumning siyosiy hukmronligi san’atkor-ijodkorlar asarlir estetik mohiyatining to‘liq namoyon bo‘lishiga yo‘l qo‘ymadi.
Abdulla Qodiriy ijodi juda ko‘p nazariy fikr-mulohazalar uchun maba bo‘ldi. Ayniqsa, uning romanlri mazkur yirik janr xususida o‘zbekona fikrlash, romanga xos tafakkur ko‘lamlarini chamalash uchun imkon berdi.

Download 192 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish