Mundarija Kirish i-bob abdulla Qodiriy publitsistikasinig o‘ziga xos xususiyatlar


II.BOB ABDULLA QODIRIY PUBLITSISTIKASINING JANRIY RANG BARANGLIGI



Download 192 Kb.
bet5/7
Sana26.09.2022
Hajmi192 Kb.
#850323
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Abdulks etishi

II.BOB ABDULLA QODIRIY PUBLITSISTIKASINING JANRIY RANG BARANGLIGI
II.1 Adib publitsistikasida hajv va yumorning sinkretlashuvi

20-yillarning murakkab ma’naviy muhitiga shakllangan zamonaviy adabiyotshunoslik va adabiy tanqidchilik matbuotda kо‘zga kо‘rina boshlagan yosh ijodkorlarga, shuningdek, alohida nashrdan chiqqan badiiy asarlarga e’tibor berdi. Abdulla Qodiriy toifasidagi 20-30-yillarning murakkab ma’naviy muhitida qalam tebratgan yozuvchilarni ham shaxs, ham ijodkor sifatida goh u, goh bu qirg‘oqqa uloqtirmasdan, fikrni jamlab, eng muhimi, barcha asarlarini jiddiy о‘rganish lozim. Chunki ularning milliy ma’daniyatimiz xazinasiga qо‘shgan ulushlari katta. Abdulla Qodiriy ijodini 30-yillarda M.Sheverdin, Sotti Husayn, Miyon Buzruk kabi adabiyotshunoslar biryoqlama talqin qildilar.


Jumladan, yuksak iste’dod sohibi Abdulla Qodiriy haqida dastlab Mixail Sheverdin chiqdi. Uning 1928 yili yozilgan “Birinchi о‘zbek romani” maqolasida jiddiy ilmiy talqindan kо‘ra ijtimoiy-siyosiy yondashuv va maslahat ohangi kuchli edi. Qanday bо‘lmasin romanni zamonaviy siyosatga moslash, bepoyon badiiyat dengizini tor bir kо‘lmakka aylantirishga urinishi seziladi. Bundan kо‘rinadiki, adabiyot siyosat yо‘rig‘i bilan xarakat qilgan, bu holat esa, talqinchilarga asarni dastlab zamonaviy siyosat talablariga javob beradimi – yо‘qmi manna shu jihati muhimdir. 20-30-yillarda ma’lum bir adibning ijodini talqin etuvchi maqolalarni ham, alohida olingan badiiy asa ryoki lirik tо‘plamga tegishli taqriz xarakteridagi chiqishlar, bahs-munozara va umumtavsifiy maqolalarni ham uchratish mumkin. Ular jiddiy tekshirilsa, adabiy jarayon holati, nisbatan erkin ijodiy muhit va beg‘araz dastlabki taliinlar holati namoyon bо‘ladi.
«Abdulla Qodiriyning ijodiy yо‘li» risolasiga qadar va undan keyin ham uzoq yillar hech kim Qodiriyning san’atkorligini Oybek darajasida nozik his etgan, teran ochib bergan emas. Oybek bu risolasida, ulug‘ adib romanlaridagi bosh qahramonlar tasviri, talqini xususida ayrim tanqidiy mulohazalar bildirgani holda, yondosh personajlar ifodasiga juda yuksak baho beradi. Chunonchi, «О‘tkan kunlar»dagi О‘zbek oyimni «eng jonli, realistik chiziqlar bilan kо‘rsatilgan shaxs» deb ataydi; “Mehrobdan chayon”dagi Solix maxdum obrazini ta’riflab “asardagi hamma personajlar orasida eng jonli, eng yorqin, eng tipik figura” deb yozadi. Nihoyat, “Obid ketmon”ga kelganda undagi Xatib domla bilan mulla Muhsin adibning mana bunday tahsiniga sazovor bо‘ladilar: “Domlalarning obrazini chizishga yozuvchi – sa’atkor. Domlalarning yurish-turishi, sо‘zlari, fikr yuritishi, xalqni aldash va hakazo butun sifatlari о‘quvchining kо‘z oldida jonlanadi. Asarda domlalarni yozuvchi yetaklamaydi, ular о‘z sо‘zlarini tiqmaydi, ular о‘zlaricha sо‘zlaydilar...” deya ijobiy fikrlar bildiradi.
Abdurahmon Sa’diy “Oktabr о‘zgarishi va о‘zbek adabiyoti” maqolasida: “Julqunboy kо‘pdan yozib keladilar, bunda hajvga iste’dod va bu tо‘g‘rida uning qalamiga quvvat yaxshi kо‘riladir”, deb yozadi. Shu kabi sanoq va mulohazalar Ali ismoilzodaning “Adabiyot g‘avg‘osi”, Ne’mat Hakimning “О‘zbek adabiyotida tanqid va adabiy muhokamalar”, kabi maqolalarida xam kuzatiladi.
20-yillar boshidagi jadid publitsistikasining muhim jihatlaridan biri shundaki, u jadid adabiyotining mazmuni yangilanib borayotganidan dalolat beradi. Masalan, avvalgi davrlarda asarlar mavzuining torligi sezilardi, ko’p hollarda bevosita tasvir o’rnini didaktizm, quruq nasihat egallardi, aytilmoqchi bo’lgan fikrni kitobxonning og’ziga chaynab solib qo’yishga intilish kuchli edi. Endi bo’lsa, ular kamayadi, badiiyat kuchayadi va mazmundagi hayotiylik yangi bosqichga ko’tariladi.
“Oyina” jurnalida Mahmudxo’ja Behbudiy ijtimoiy mavzularda, ilmiy-ommabop, ma’rifiy maqolalar e’lon qildi. Uning “Millatni kim isloh etar?”, “Oh, bonglar bizni barbod etdi”, “Yoshlarga murojaat”, “Mayda qarz, mulkiy kredit kabi maqolalari ijtimoiy-iqtisodiy mavzularda yozilgan bo’lsa, “Turkiston”, “SHerdor madrasasi”, “Ulug’bek rasadxonasi”, “Tarixi ixtiroiy bashar”, “Tanqid saralamoqdur”, “Til masalasi”, “Sart so’zi majhuldur”, “Tarix va jug’rofiya”, “Hifzi sihati oila” kabi maqolalari ilmiy-ommabop ma’rifiy xususiyatga ega.
Mahmudxo’ja Behbudiy ham ayrim xodisalarning ijtimoiy mohiyatini ochib berishga intilgan. Uning “Tiyotir nadur?” sarlavhali maqolasida buni yaqqol ko’rish mumkin. Muallif “Tiyotir nadur?” deya savol bergach “Tiyotir ibratnamodur”, “Tiyotir vazxonadur, tiyotir taziri adabiydir”, deya unga timsolli ta’rif beradi. Ayni paytda, teatrning jamiyat a’zolariga saboq beruvchilik xususiyatini ham qayd etadi: “Teatrxona sahnalarinda qo’yulatturg’on sarlar fojea, ya’ni qayg’ulik, mazahga ya’ni kulgu drama, ya’ni hngomalik bir voqea va hodisani tasvir etib haloyiqg’a ko’rsatilur. Ul voqeadagi yomonlik va yaxshilikni paydo bo’lgani va sababini har kim ko’rub, anglab, ibrat olur va yamonlikdan qo’shib, yaxshilik va harakat qilmoqg’a, tiyotirda ko’rsatilg’on voqealar sabab bo’lur”.
XX asr boshlarida jadid matbuotida keng o’rin olgan mavzular orasida ahloq, qoloqlik, ma’rifatsizlik masalalari ham yetakchilik qiladi. Jumladan, «Taraqqiy», «Sadoi Turkiston», «Ulug’ Turkiston», «Turon», «Xurshid» singari gazetalarda e’lon o’ilingan hajviy va publitsistik asarlarda o’sha davr boylarining qoloqligi, chor ma’muriyatining to’rachiligi, paranjining yangi zamonga mos kelmayotgani, talabalarga 5 so’m iona (ehson) qilish o’rniga, besh yuzlab so’mni restoranlarda fohishalarga sochayotgan ahloqsiz sarmoyadorlar qattiq tanqid ostiga olinadi. Mahmudxo’ja Behbudiy, Munavvar qori Abdurashidxonov, Hamza, Ubaydullaxo’ja Asadullaxo’jaev, Abdurauf Fitrat, Abdulla Qodiriy, Abdulhamid Cho’lpon kabi Uyg’onish davrining buyuk namoyandalari o’z badiiy asarlarida ahloq muammolarini dadil ko’tarib chiqdilar va yuqoridagi nashrlarda o’z publitsistikasi bilan ham faol ishtirok etdilar.
Jadidlar maqolalarining mavzu ko’lami keng: ma’naviyat, ma’rifat, tuzum, siyosat bilan birgalikda. Ta’kidlash joizki, ekologiya, tabiat va boshqa shu kabi masalalarga ham alohida o’rin ajratgan. Jumladan, “Turon” gazetasi o’z sahifalarida tozalik, sanitariya-gigiena masalalariga ham yo’lini topib jamoatchilikning e’tibori qaratilgan
Abdulla Qodiriyning yirik asarlari to‘liq yetib borgunga qadar ham Julqunboy nomi xalq orasida mashhur bo‘lganligini keltirdik.
Xo‘sh, uning "Mushtum", "Inqilob" jurnallari, "Ishtirokiyun", "Qizil bayroq" gazetalarida chiqqan hajviy asarlari, tanqidiy maqolalari nimasi bilan xalqqa yoqar edi degan savol tug‘iladi. O‘qib-o‘rganishimizda guvoh bo‘ldikki, mazkur nashrlarda har xil imzolar bilan yozilgan birorta asar yo‘qki, unda kulgi, tanqid va yo bittagina bo‘lsa-da, qalampirta’m so‘z, qochirim ibora topilmasa! Xalq tilida bo‘lgan va bo‘lmagan (ya’ni, faqat Qodiriyga xos) g‘aroyib jumlalar, tesha tegmagan iboralar, maqol va matallar bu jajji asarlarga yanada jozibadorlik bag‘ishlagan deyish mumkin. Eng qizig‘i shundaki, sizu bizning og‘zimizdan chiqsa ot hurkadigan "kalomi muborak" - so‘kish va haqorat so‘zlari ham, Ovsar yo Dumbul felyetonlarida o‘zining dag‘al ma’nosini andak o‘zgartirgandek, qulog‘ingizga yoqimli eshitiladi. Masalan, "qornini yorg‘anda alif o‘rniga loaqal kaltak chiqmayturg‘an dardisar" deb ta’riflaydi yozuvchi "Eshonlarimiz"27 sarlavhali felyetonida bir qahramonini. Uning savodsiz bir nodon ekanligini bu qadar obrazli tasvirlash uchun uncha-muncha qalam ojizlik qila edi.
1924-yili "Maskov xatlari" turkum hajviyalarining xatlarida Moskva hayoti, o‘zi ko‘rgan bilgan, unga qiziq bo‘lgan voqealar hajv orqali beriladi. U yerga o‘qishga kelganlarning holini, “ona suti og‘zidan ketmagan”ligini, “yig‘lama yorim”ni kuylab yuribdi deb yumor qiladi.
"G‘idi-bidi gaplar"28 hajviyasida esa bir so‘fi haqida: "Ko‘zining yoshidan soqolig‘a marvarid munchoq osibdir", deb yozadi.
Bir vaqtning o‘zida ko‘p ishlarga unaydigan bir zamondoshi qiyofasini "Olti yillik bazm"29 maqolasida shunday chizadi:
"To‘rt tomong‘a yugurib tili bir yarim qarich osilg‘an; bir ko‘zi Mag‘ribda, bir ko‘zi Mashriqda; serharakatu bebarakat..."
Qodiriy madrasa ko‘rgan, ham rus-tuzem maktabida o‘kiganligi bois, arab, fors va rus tillarini bilgan. Lekin u birinchi galda o‘z ona tilining bor latifligiyu boyligini nozik jihatlarigacha his kilar, bilar edi. Shuning uchun so‘z qo‘llash, jumla tuzish borasida uning asarlaridan kamchilik topish qiyin. Faqat bir-ikkita so‘z uning ayrim asarlarida imloviy tomondan har xil yozilganligini aytish joiz. Bu ham Qodiriyning aybi bo‘lmay (ehtimol, musahhihlar adashgandir), balki o‘sha davrda adabiy til meyorlarining hali bir sistemaga solinmaganligidan, deyish to‘g‘riroq bo‘lsa kerak. Misol uchun, "yomg‘ir" so‘zi "Toshkand xabarlari" va "Biz kim va nimalardan qo‘rqamiz?"30 maqolalarida "yog‘mur", "Bozor surishtirmaydir"va "Haqiqat – ochib so‘zlashdadir" maqolalarida "yomg‘ur" tarzida yozilgan.
Julqunboy asarlarining xalqqa tez yetib borishi va uning sevimli mulkiga aylanishida maqol va matallarning o‘rni beqiyos.
"Ishtonsizning cho‘pdan xadugi bor", deydi adib "Biz kim va nimalardan qo‘rqamiz?" maqolasida. (Sarlavha bilan maqol o‘rtasidagi ma’no uyg‘unligiga e’tibor bering!) "It suyak chaynamasa, tishi qichiydir" - "O‘rgangan ko‘ngil o‘rtansa qo‘ymas" maqolasida. "Osh tegsa - to‘y, tegmasa tafarruj" (ya’ni, tomosha), "Avatiga chavati, misqozonga loytuvoq", "Eshagiga yarasha tushovi" - "Kelinni kelganda ko‘r, sepini yoyg‘anda ko‘r" maqolasida.
"Ko‘z bo‘lmasa, qoziqning o‘rni", "Miya bo‘lmasa, shaloq arava ham miyaga hisoblanur emish", "Quvondiq sassiq o‘z aybini bila qolsa, yuragi yorilib o‘lar ekan", "Bordan yuqar, yo‘qdan nima chiqar?" - 22 qatorli mitti "Uzr" hajviyasida shuncha ibora!
"O‘quvchi o‘rtog‘im, ma’luming bo‘lsinki, man har vaqt saning ko‘nglingga qarab jinnilik qila bermayman; qalam degan narsa ham o‘qlog‘i emas". Bu so‘zlar Julqunboyning "Bir chimdim bildirishluqmasidan olindi. Chindan, bo‘lar-bo‘lmas mavzularni qalamga olaverish, o‘zining iborasi bilan aytganda, “har kimga o‘xshab bekorga kuchana berish” adib maslagiga yot bir ish edi. Ammo millat sha’ni, yurt obro‘si kabi masalalarda u o‘zini sovuqqon yoxud, menga baribir, qabilida loqayd va beparvo tutgan deyolmaymiz. Xususan, o‘sha paytdagi "Oq jo‘l" gazetasining vaqtincha muharriri Nazir To‘raqulovning "O‘zbek qarindoshlarimizning diqqatlariga" sarlavhali maqolasiga javob yozgan "Haqiqat – ochib so‘zlashdadir" maqola xatida bu hol yaqqol ko‘rinadi. Gap shundaki, Nazir To‘raqulov gazetaning ayrim sonlarida turkistonliklar sha’niga tegadigan maqolalar e’lon qilingani, bundan qon-qardoshlar orasida ziddiyat kelib chiqmasligi uchun mazkur maqolasini yozadi.
Qodiriy muammolarni hal etishda samimiylik, to‘g‘ri so‘zlilik bo‘lmog‘i zarur, deb hisoblaydi. Ichda qolib ketgan birgina so‘z bora-bora illatga aylanib, mojaro ustiga mojaro yasashi mumkinligiga ishora qilib deydi: "O‘rtoklar bizga chin do‘st bo‘lsalar kashf etdiklari, haqiqatni ichda saqlab emas, garchi achchig‘ bo‘lsa ham ochib-chochib so‘zlasunlar. Mana shundagina riyosizlik, chin og‘alik maydong‘a kelur..."
Darhaqiqat, uning asarlarini o‘qir ekansiz, bironta qochirim ibora, maqol, o‘xshatish tugul, yarimta so‘z ham bemavrid tiqishtirilgan, pardoz sifatida qo‘llangan o‘rinni ko‘rmaysiz. So‘zlar, jumlalar (ular orasida biroz tarashlansa ham bo‘ladigan, chapanichasiga aytilganlari ham yo‘q emas!) shunchalik o‘rnida ishlatilganki, mutolaa kilayotib, e, manavi so‘zni bunday qo‘llasa ham bo‘lardi-ku, deyolmaysiz.
Abdulla Qodiriy ijodiy merosida qariyb saksondan ortiq katta-kichik hajviyalar o‘z mavzui, janri jihatdan bir-birini to‘ldirib, o‘zbek milliy hajviyasi zaminini yaratadi. Hususan, “Tinch ish”, “Kalvak Maxzumning xotira daftaridan”, “Toshpo‘lad tajang nima deydi?” kabi hajviy hikoyasi, qissalari adib ijodida ham, umumadabiyotimiz rivojida ham muhim hodisadir. To‘g‘ri, adib hajviyachiligi osmondan yaralmadi. Eng avvalo boy xalq ijodi, ming yillik mumtoz adabiyotimiz va yana G‘arb va Sharq adabiyotlarining noyob hajviy namunalari mahorat maktabi vazifasini yaratdi, deyish mumkin. Zero, adibning “Kalvak Maxzumning xotira daftaridan”, yoki “Toshpo‘lad tajang nima deydi?” kabi hajviy qissalari ruhida, xarakterlar nutqi va muomilasida mashhur Afandi latifalari, xalq kitoblari, ertak va dostonlariga xos tasvirlash usullari va uslubi omuxta bo‘lib ketgan. Shuningdek, Sharq hamda G‘arb adabiyotlarining bu boradagi an’analaridan bahramand bo‘lgan. Xususan, Tatar va ozar hajvchiligi maktablarida darslik – qo‘llanma vazifasini o‘tagan deyish mumkin. Ammo adib kimdan nimadan o‘rgangan yoki foydalangan bo‘lmasin, o‘z ovozi va sozi bilan milliy o‘zbek realistik hajvchiligi an’analarini yangi pog‘onaga ko‘tardi. Hech bo‘lmaganda u yaratgan Sharif Oxund, Shirvon xola, Kalvak Mag‘zum, Toshpo‘lad tajang kabi xarakterlarni eslash o‘rinlidir.
Abdulla Qodiriyning “Tinch ish” (hikoya dastlab “Tong” jurnalining 1920 yil 2-sonida 56-64 betlarda berilgan) hikoyasi ko‘p qodiriyshunoslar hajviy asarga kiritishni istamaydi. Ammo Sharif Oxund obraziga kelganda undagi hajviy xususiyatdan ko‘zlarini yashira olmaydilar.
Sababi, Shariy Oxund o‘z ma’no-mohiyati bilan hajviy obraz. Zero, u oddiy kulgudan ko‘ra, achchiq, kinoyali kulguga mansub. Mazkur hikoya o‘z tuzilishiga ko‘ra yetti ihcham lavhalardan tashkil topgan. Har bir lavha asar qahramoni Sharif Oxund xarakteri yechimida o‘ziga xos bosqichlarni yaratadi. Agar birinchi lavhada qahramon xarakteri va holatiga xos portret yaratilsa, ayni chog‘da uning ikki muhim belgisi, islomiyligi va siyosiyligi qayd etilsa, ikkinchi lavhada oq podsho Nikolayning taxtdan tushish oqibati, buning qahramon ruhiyatiga ta’siri ifoda etiladi. Uchinchi bo‘limda bo‘lsa, Nikolayning taxtdan ag‘darilishi oqibatida Sharif Oxundda paydo bo‘la boshlagan mayuslik, umidsizlik va ayni chog‘da mudaris sifatida tayin etgan “Ukaz”dan g‘ururlanish holati qarama-qarshi qo‘yilib tasvirlanadi. Shu bilan birga “Hurriyat”, “Saylov” tushunchalarini ha deganda ham ma’no-mazmuniga yeta olmasligi ham hajv etiladi. To‘rtinchi lavhada “din buzg‘uvchi daxriy yoshlar”ga qarshi kurashda g‘olib kelib, endi Nikolay zolim, Kerenskiy – odil degan hukmga keladi. Beshinchi bo‘limda “yangi hukumat qarshisiga bolsheviklar qo‘zg‘ol”lishidan xabar topib, Kerenskiy hukumatining abadul-abad ag‘darilmasligi duosini qiladi. Oltinchi lavhada esa, birinchi bor bir miltiq tovushini eshitib, surobi to‘g‘ri bo‘lib qoladi, uzlatga chekina boshlaydi. Va nihoyat, yettinchi lavhada hamma narsadan voz kechib tinch ish imomgarchilikka o‘tib oladi.
Hikoyaning dastlabki jumlasiga e’tibor bering: “Endi bu zot ham ulamodan biri edi”31. Ana shu piching, kinoya bilan boshlangan hikoya bayoni aytilganidek, bosqichma-bosqich o‘z poyoniga ko‘tarilib, “bu zot” madrasa tuprog‘ini o‘ttiz yil yalagan “Domla Sharif Oxund” ekanligi ayon bo‘ladi.
Yana bu zot diniy olim bo‘lish ustiga siyosatdan ham xabarsiz emas edi...”32. Ma’lum bo‘ladiki, Sharif Oxund haqidagi tasvir tobora quyuqlashib, o‘z maromiga ko‘tariladi. Oqibatda na dinda, na siyosatda qo‘lidan tayinli bir ish kelmaydi, hamma intilishlari harakatlari, kulguli bir holatda sarobga aylanadi. Eng muhimi, adib Sharif Oxundlar taqdiri, xarakteri tasviri vositasida inqilobiy o‘zgarishlar davriga dosh berolmagan, iztirob o‘tida kuyayotgan, kelajagini yo‘qotgan ayanchli shaxslarning umumlashma tipini yaratadi. Zero, bunday majrux, manqurt tiplarning dunyoga kelishi o‘lkaning mustamlakachilik siyosati oqibatida vayronlikka, qashshoqlik va savodsizlikka duchor etilishi edi, degan g‘oya ilgari suriladi. G‘aflatdan, qoloqlikdan qutqarishnig bosh yo‘li o‘z xalqini uyg‘otish, ma’rifatga, istiqbolga yetaklash edi.
Xullas, Abdulla Qodiriy yaratgan deyarli barcha hajviy asarlarda ana shunday ijtimoiy-siyosiy fikr u yoki bu tarzda o‘z ifodasini topgan. Bi jihatdan adib yaratgan “Kalvak Maxzumning xotira daftaridan” hamda “Toshpo‘lad tajang nima deydi?” kabi hajviy qisalari muhimdir. Har ikkisi ham kompozitsion qurilishiga ko‘ra o‘ziga xos bo‘lib bir-birini takrorlamaydi. Agar “Kalvak Maxzumning xotira daftaridan” qissasi qariyb yigirmaga yaqin hajviyalardan tarkib topgan bo‘lsa, “Toshpo‘lad tajang nima deydi?”33 qissasi o‘ndan ortiq turkum asarlardan tarkib topgan. Har ikki asarda ham bosh qahramon o‘sha alohida-alohida turkum maqomida hajviyalarni bir-biriga bog‘lab turadi. Va asarga yaxlitlik bag‘ishlaydi. Shuningdek, hayot illatlaridan kulish, ijtimoiy illatlar, nuqsonlarni bartaraf etishga qaratilgan tanqid ruhi bo‘laklarini uzviy bog‘laydi, g‘oyaviy-badiiy birlik yuzaga keladi. Ba’zi qodiriyshunoslar bu
Zero hajviy adabiyotning asosiy xususiyati, belgisi mavjud hayotiy illatlarni, insondagi nuqsonlarni hajv etishga shu asosda obyektni yo tasdiqlash, yo inkor etish maqsadlarini ilgari suradi. Albatta unda kulgu, mashara, tanqidiy ruh ustuvorlik qiladi. To‘g‘ri felyetonda ham shu holat yetakchi ammo, u aniq shaxsga, aniq davrga, aniq obyektga qaratilganligi bilan farqlanib turadi. Binobarin, felyeton janrida badiiy umumlashtirish, individuallashtirish hajviy hikoya yoki qissaga nisbatan chegeralanganligi bilan farqlanadi. Modomiki, shunday ekan, mavjud har ikki qissani faqat felyetonlar yig‘indisi, turkumi yoki to‘plami deb baholash mavjud qissalar xususiyatini va hajviy individualligini anglamaslikka olib boradi. Agar adib o‘zining “Tinch ish” hikoyasida Sharif Oxund kabi dinda ham, siyosatda ham o‘zini o‘ta bilimdon qilib ko‘rsatishga intilgan, aslida esa har ikkisidan ham chalasavod shaxs hatti-harakatidan kulsa va kuldirsa, endi Kalvak Maxzum qiyofasida boshida savat yanglig‘ salla-yu, egnida zarvaraq to‘n va qo‘lida yuz bittalik tasbeh bilan salobat to‘kkan chiranchiq, har bir narsani o‘z qarichi bilan o‘lchaydigan, “oxir zamon ishlari”dan jar solgan, hammani aqlsiz-u o‘zini aqilli qilib ko‘rsatadigan takasaltanglar ustidan kulgu uyg‘otadi. Zero, Maxzum bu holatga to‘satdan tushib qolgan emas. Uning ildizi u tarbiyalanib voyaga yetgan ijtimoiy muhitda, ma’naviy axloqiy tuban va johil oilada voyaga yetganidan edi. Adib mahorati shundaki, ana shu fikrni asoslash va unga o‘quvchida ishonch uyg‘otish uchun qissa o‘rtalarida Maxzum tarjimai xolini berishdir. Go‘yo shu holat asarga yaxlitlik, qahramonga to‘la-to‘kislik bag‘ishlaydi. Adib yaratgan hajviy xarakterlar orasida Kalvak Maxzum o‘ta murakkab ko‘rinishga ega. Bu jihatdan “Tinch ish”dagi Sharif Oxundga yaqin turadi.
Xuddi shuningdek, Maxzum nutqida ham shu holatni ko‘rish mumkin. Agar Tshpo‘lat tajang, Shirvon xola va xatto Sharif Oxund nutqi oddiy so‘zlashuv tiliga yaqin bo‘lganligi bilan bir-biriga hamoxang bo‘lsa, Kalvak Maxzumda esa eski qadimgi murakkab, kitobiy nutqning o‘zginasi ekanligi bilan ajralib turadi. Shu bois Maxzum nutqi, dabdabali, burama, murakkabdir. Zero, kalvak Maxzum adib yaratgan realistik hajviy obrazlar orasida ana shu jihati bilan ajralib turadi. U ham kulgili ham fojeali obrazdir. Shu sababli kitobxonda goh nima tabassum, goh achchiq kinoyali, goh fosh etuvchi kulgu almashib turadi. Agar Maxzum hayotining yangilanishi, o‘zgarishi tufayli vasvasa holatlariga tushishi, dunyo xabarlarini naql qilishi yoki it urishtirayotgan bolalarga munosabati va militsiya bilan uchrashuvlarda yumshoq, mayin kulgu yumor ustuvor bo‘lsa, uning o‘quvchi bilan muomilada bo‘lishi, madrasadagi harom ishlari, oilaviy hayotdagi no‘noqlik yoki loqaydlik, qaynatasidan kaltak yeb qochishi holatlari zaxarhanda, beshafqat masharalovchi kulgu bilan yo‘g‘rilgandir.
Adibning “Toshpo‘lad tajang nima deydi?” turkumida esa boshqacha manzara ko‘zga tashlanadi. Unda o‘z davrining yangi bir ijtimoiy tabaqasi- jaholat va qoloqlik muhiti yaratgan chapanilar ustidan kulgu ustuvordir. Faqat chapana-takasaltanglar ustidangina emas, ular xatti-harakatlari, so‘zlashuv va imo-yashoralariorqali nobop boylaru bayonlar, hokimu hakamlar ustidan ayovsiz kulgu, ayovsiz masharalash ham ilgari surilgan. Asar qahramoni Toshpo‘lad tajang yoki Toshpo‘lad tog‘a adib yaratgan Sharif Oxund, Shirvon xola yoki Kalvak Maxzumlardanalohida xususiyatlari, asarda tutgan o‘rni va ahamiyati jihatidan ajralib turadi. U avvalo ba’zi insoniy fazilatlari, odamiyligi bilan ham, nuqsonlari bilan tabiiy odam sifatida namoyon bo‘ladi. Shu sifatlari bilan Oxundlar kabi manqurt, tekinxo‘r, tovlamachi va maqtanchoq emas. Kezi kelganda hech narsani ayamay fosh etadi. Adib bu o‘rinda endi tasvirning turli usullaridan foydalanadi. Toshpo‘lad go‘yo taftishchi-yu hayotning hamma qatlamlarini ko‘zdan kechirish huquqini qo‘lga kiritgan. Uning dastidan na bozor qoladi, na mardikor faoliyati, na nalogchi-soliqchilar-u na nashavand, ichkilikchilar qoladi.
Agar biror joyda anqov lapashang nalog boshlig‘ini dovdiratib qo‘ysa, yana bir o‘rinda loqayd, dangasa mardikorning yeb turgan oshini og‘zidan ham oldirib qo‘yishini qoralab o‘tadi. Ayni chog‘da kambag‘alchilikka tushirib qo‘ygan “Nikolay zolim”ga nafrat bildiradi. “...Tunov kuni bozorga tushgan edim,-deb hikoya qiladi Toshpo‘lad tajang,-quling qarasam ketmon ko‘targan xumsalaring arofat. Quling ham qatorg‘a kirib o‘turdum. Haytovur mardikor bozorini ijaraga olgan humsa yo‘q. Sanga yolg‘on xudog‘a chin, odamzotning yuztasi-to‘qqiz pul:...fe’lim aynadi, “voy kambag‘alchilikni chiqorg‘ani!”-dedim. Ketmonni tegimga qo‘yib o‘tirdim. Yonimda bir bezgak: rangini qarasang, sariq sumalak, bening ustiga “ehi-ehi” qilib yo‘talib ham qo‘yardi. “Ha”,-dedim kasalingni mardikor bozoriga sotasanmi, uka?-dedim. “Ey uka”,-dedi. “Yo‘qchiligi qursin, jo‘javurdek odamman”-dedi. O‘zi dehqon farzandi ekan...”. Ana shu dehqon mardikor farzandi bilan muloqot oqibatida Toshpo‘lad tajangda ham unga nisbatanbir insoniy rahm-shavqat uyg‘ona boshlaydi. “San ket, aka”-dedim: “Ana shu kun bo‘yi qancha ishlasam, saniki bo‘lsin. Kasalingni uyingda tort”-dedim. Shunda Toshpo‘lad tajang qaddi-qavmatiga uchib, bir xujayin kelib savdolashadi, o‘n ikki tangaga kelishadi. Tajang esa o‘sha “bezgak” mardikorni ham olib ketishni mo‘ljallaydi.
Ammo “...juda ham pixini yorgan tullak xo‘jayin” bezgakning ahvolini ko‘rib ijirg‘anadi. Arang bir so‘lkavoyga olib ketadi. Oqibat mardikor egasi bozorga ketganidan foydalanib, zo‘r berib, Tajang yer chopadi. “Bezgak”ni dam oldirib yotqizdirib qo‘yadi. Kechqurun o‘sha olgan o‘n ikki tanganing o‘n birini “bezgak” mardikorga berib yuboradi. O‘zi esa och qolib ketmonini ham olti tangaga sotib yuboradi. Yana bir misol: Tajang bo‘zaxonada o‘tirib xayol suradi. Mashoyihlar aytgan quyidagi g‘azalni xirgoyi qiladi.
Bir odil podsho bo‘lsa
Har kim suyganin olsa...
Ammo, betavfiq zamon “suyganini”gina emas, bir burdagina nonga zor qilib qo‘ygan. Tajang davrasida o‘tirganlardan biri: “Qornim och besh oq tanga ber”deydi. Bittasi “galavam aynadi bitta aroqqa uzatib tur”-deydi. Nima qilay yonimda bo‘la turib, xumsalik qilaymi, odamgarchilik qo‘ymaydi, axir!... Choyxonada ko‘kchoyni shopurib o‘tirsam, bir kampir: “Bolam och”,-deydi, “qizim kasal, erim o‘lgan”-deydi. Yig‘i –sig‘i xuday haqqi yuraging achiydi. O‘zing odam farzandimisan”34.
Зеро, “Шу замоннинг ҳезалакларига тушунмадим-да”,- деб бошланган ҳажвий қисса оғзи шалоқ чапани ва тажанг Тошпўлад тилида ҳикоя қилинади. Бундай мураккаб нутқ шаклини қўллаш ижодкордан катта маҳорат талаб қилади. Чиндан ҳам истеъдодли адиб Мурод Муҳаммад дўст алоҳида қайд этгандек, адиб ҳикояларида “...кулгунинг беозор жилмайишидан тортиб, ўлдирадиган захархандага Ko‘rinadiki, adib Toshpo‘lad tajang hatti-harakati va xarakterida faqat ijtimoiy illatlarni, odamlardagi nuqsonlarni fosh etish bilan chegaralanmaydi, balki imkon qadar shu nuqsonlarni, kamchilik va yetishmovchiliklarni bartaraf etish maqsadlarini ham ilgari suradi
Kambag‘alchilik, yo‘qchilik va qashshoqlik oqibatida dovdirab qolgan ayrim kishilarga madadkorlik yo‘lini ham izlaydi. Agar “silliq to‘n kiygan boyvachchalar” muhtojlik va noilojlikdan cho‘zilgan qo‘llarga: “Xudoy bersin” deb o‘tib ketsalar Tajang: “Beri kel opa, “Ma”, “Olib bor”, “Duo qil ona” -deydi”. Kezi kelganda dovdir, ma’suliyatsiz nalogchi-soliqchi boshliqlarni esa toza masharalaydi. Kulgu o‘tida yondiradi. Kunlarning birida choyxonada o‘tirganda “Komissiya chaqiryapti”, -deyishadi. “Ha”,-dedim. “Nalog boshing qaysi xumsa o‘zing”,-dedim. U stolchada o‘tirgan bittasiga to‘g‘irlashdi. Lippamdagini olib, qo‘lig‘a berdim. “Beni dodig‘a yet, Pajaliska”,-dedim. “Otingiz nima?”- “Toshpo‘lad”, “Otangizning oti”, “Eshmurod”. So‘rab nima qildi degin: “Ha”-deydi. Siz Toshpo‘lad Eshmurod o‘g‘li besh so‘m to‘lar ekansiz. “Chaqasi bo‘lmasachi?”,-dedim.
– Nima ish qilasiz?
– Bekorchilik.
Shundan keyin daftarini ochib: “Toshpo‘lad Eshmurod o‘g‘li, tegirmonchi.”
-Siz ko‘rgan tegirmonning toshi sinib qolg‘an dedimqadar hamma turidan topiladi. Qodiriy satirasi juda kuchli. Parodiya usulini qo‘llashda Rable yoki Sviftdan qolishmaydi. Qodiriy satirasida yana bir nuqta borki bu – xolislik. Go‘yo yozuvchi befarqday turadi. Qahramonning o‘zi gapiradi. To‘yib to‘yib so‘ziga mast bo‘lib gapiradi”35. Abdulla Qodiriy mahorati ham shundaki u birinchi shaxs “men”i orqali hayotiy fojeliklarni qoyilmaqom tarzda ummulashtirib berdi. Shuningdek, adib yaratgan va biz ko‘rib turgan barcha hajviy asarlari konfliktga qahramon bilan tushib qolgan sharoit zaminida tug‘ilishi bilan xarakterlanadi. Binobarin, o‘zaro qarama-qarashi kuchlar, qutblar orasida emas, balki qahramonlarning ichki, ruhiy olami tarzida, kolliziya ko‘rinishida namoyon bo‘ladi. Shuning oqibatida adib qahramonlarning tashqi holati, qiyofasidan ko‘ra, ichki, ruhiy qiyofasini ochishga erishadi. Bu hol asarni o‘qimishli, ma’noli bo‘lishini ta’minlaydi. Kosa ostidagi nima kosa sir asrorini ham ochishga erishadi.
Xullas, Abdulla Qodiriy yaratgan nasriy, hajviy asarlari adibning bu boradagi ham yetuk iste’dod sohibi ekanligini yana bir bor amaliy samarasi edi. Qatlamdor hajv, serjilo kulgi vositasida o‘z davrining ijtimoiy, siyosiy va oilaviy illatlarini ro‘yi rost fosh etdi, qoraladi. Faqat qoraladigina emas, undan qutulish poklanish sari borib, nurli kelajak, istiqlol chirog‘ini yoqmoqchi bo‘ldi. Bunda realistik adabiyotga xos tasvirda betaraflik, xolislik usulidan keng foydalandi. Pirovardida, bu bordada o‘z adabiyotida ustozlik maqomiga ko‘tarildi. Adibning she’riyatda, dramada, hikoya va hajvda orttirgan tajribasi yirik epik ijodida juda-juda qo‘l keldi, mahorat pillapoyasi bo‘lib xizmat qildi. Uning asarlari mudom e’zozda ekanligi, ulug‘ligi sabablaridan biri ham shu bo‘lsa kerak.

Download 192 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish