Mumtoz sharq filologiyasi



Download 77.3 Kb.
bet9/11
Sana08.09.2021
Hajmi77.3 Kb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Ahmad al-Farg‘oniy.Bayt ul-hikma”da faoliyat ko‘rsatgan olimlardan yana biri buyuk astronom, matematik va geograf Abul Abbos Ahmad ibn Muhammad ibn Kasir al-Farg‘oniy (797–865). U Farg‘ona vodiysining Quva shahrida tavallud topgani uchun Sharqda Al-Farg‘oniy, Yevropada esa Alfraganus taxallusi

bilan shuhrat topgan. U astronomiya, matematika va geografiya fanlari bilan shug‘ullandi.Qator ilmiy va amaliy asarlar yozib qoldirdi.Damashqdagi rasadxonada osmon jismlari harakati va o‘rnini aniqlash, yangicha zij (astronomic jadval) yaratish ishlariga rahbarlik qildi. 832–833-yillarda Suriyaning shimolida Sinjor dashtida va ar-Raqqa oralig‘ida yer meridianining bir darajasi uzunligini o‘lchashda qatnashdi.

Ma’muniylar akademiyasi Xorazmda X asrning oxiri – XI asrning boshlarida faoliyat ko’rsatgan mashxur ilmiy dargox bulib, uning tarixi Ma’muniylar davlati (992-1017) tarixi bilan bevosita boglikdir. Siyosiy, iqtisodiy, harbiy kudratga erishgan xorazmshohlar davlati mamlakatni birlashtirish, unda tartib o’rnatish buyicha tadbirlarni boshlab yubordi. Kun tartibida davlat ichki va tashki siyosatini olib borishda mafkuraviy masalalarni xal kilish ishlari gurar, bunda Ali ibn Ma’mun (997-1010) dono va zukko maslaxatchilarga muhtoj edi. Uning baxtiga togasi Abu Nasr ibn Iroq o’z davrining nihoyatda bilimdon olimi bulgan.

1004 -yilning boshida Ibn Iroqning taklifi bilan Beruniy Gurganjga kaytib keldi. Ma’mun saroyida ilm ahli uchun yaxshi sharoit yaratib berildi. Bu ikki shaxs Yaqin va O’rta Sharqdagi kuilab olimlar bilan shaxsiy yozishmalar olib borishdi. Ularning taklifi bilan Nishopur, Balx, Buxoro va Iroqdan kuplab olimlar Gurganjga kelishdi.6

Shu tarika 1004 yildan boshlab Gurganjda «Dorul xikma val maorif» (ba’zi bir manbalarda «Majlisi ulamo») nomini olgan ilmiy muassasa tuda shakllandi. Bu ilm muassasada xuddi Afinadagi «Platon», Bag’doddagi «Baytul Hikmat» akademiyalaridagi kabi ilmning barcha sohalarida tadkikot va izlanishlar olib borilgan, juda kup manbalar tuplangan, tarjimonlik ishlari bajarilgan;x,ind, yunon, arab olimlarining ishlari o’rganilgan;

Xorazmiy,Fargoniylarning ulmas asarlari, ilmiy ishlari -dan foydalanilgan va tadkik kilingan. Ilmiy muassasa tarixchi olimlar tomonidan har tomonlama urganilgan va uz faoliyati nuktai nazaridan bu dargoh, uz davrining akademiyasi bulganligi isbotlanib, unga «Ma’mun akademiyasi» nomi berilgan.

Xorazm Ma’mun akademiyasi asosini quyidagi olimlar tashkil etgan: Abu Nasr Mansur ibn Aliy ibn Irod Ja’diy (vafoti 1034 yil), Abulxayr ibn Xdmmor (941-1048),Abu Saxd Iyso ibn Yaxyo Masihiy Jurjoniy (970-1011),Abu Rayxon Muxammad ibn Axmad Beruniy (973-1048), Abu Aliy Xusayn ibn Abdullox ibn Sino (980-1037), Abu Axmad ibn Muxammad ibn Ya’kub ibn Miskavayx (vafoti 1030 yil), Abu Mansur Abdulmalik ibn Muxammad ibn Ismoil Saolibiy Naysoburiy (961-1038), Axmad ibn Muhammad as-Sahriy (vafoti 1015 yil), Abu Aliy al-Hasan ibn X,oris Xububiy Xorazmiy (X-X1 asrlar), Abu Abdullox Muxammad ibn HAmid Xorazmiy (X-X1 asrlar) va boshqalar... Xorazm Ma’mun akademiyasi olimlari Yunoniston, Yaqin va O’rta Sharq,Hindiston ilm-fan yutuqdarini ijo- diy, tanqidiy urganib, uni yanada yuksak bosqichga ko’targanlar. Akademiya a’zolarining aksariyati olim sifatida Markaziy Osiyoda shakllanganlar. Ularning ilmiy faoliyati, asarlari tufayli qadimgi Xorazm badiiy san’ati, adabiyoti, astronomiyasi, matematikasi, sug’orish madaniyati yutuklari jahon tamaddun xazinasiga kirgan va butun insoniyat manfaatlariga xizmat kila boshlagan.

Akademiya rax,bari Abu Rayx,on Beruniy fanning deyarli barcha sohalari bilan shugullangan. Uning geodeziya va matematika sohalari buyicha yozgan asarlari bugungi kunda xam dolzarbligini yo’qotmagan. Beruniy O’rta Osiyoda (»birinchi bo’lib tibbiyotga oid «Kitob us-saydala fit-tib» («Tabobatda dorishunoslik kitobi») asarini yozgan. Beruniy Amerika qit’asi mavjudligini yevropalik olimlardan taxminan 450 yil oldin aytib o’tgan. Uning «Qadimgi xalqlardan qolgan yodgorliklar» asarida kadimiy xalqlar - yunonlar, forslar, so’g’diylar, xorazmiylar va boshqalarning yil hisoblari, bayramlari va mashxur kunlari,urf-odatlariga oid kimmatli ma’lumotlar tuplangan.Xorazm Ma’mun akademiyasining yana bir zabardast qomusiy olimi Ibn Sino jaxon fani tarakdiyotiga ulkan xissa

qo’shgan. Xususan, uning «Tib qonunlari» asari butun dunyoga mashxur bulgan. Xorazmda Ibn Sino asosan matematika na astronomiya bilan shugullangan. Olimning Aristotel ta’limoti xususida Beruniy va o’zining shogirdi Baxmanyor

bilan yozishmalari tarixda mashxur dir. Bu yozishmalar savol-javob tarzida bulib, unda Beruniy va Ibn Sino fazo, issiqlikning tarqalishi, jismlarning issiqdan kengayishi,n urning aks etishi va sinishi kabi masalalarda ilmiy munozara olib borganlar. Ibn Sino xorazmshoxlar vaziri Abul Husayn Saxdiy bilan dustlashib, unga atab kimyoga oid «Risolai iksir» («Iksir xavdda risola») asarini yozgan.

Xorazm Ma’mun akademiyasi olimlari Xorazm tabiati, iqlimi, sugorish tizimi, mineralogiyasi, erosti suvlari,Amudaryo deltasining tarixi, korizlar yerosti suvlardan tortib ketuvchi zovurlar qurish orkali tuproqni tozalash bo’yicha tadshshotlar kilishgan. Akademiya a’zolaridan Abu Bakr Xorazmiy, tabib Abul Faraj ibn Hindu she’riyatda yuksak mahoratga erishganlar.

2.2-MAVZU. Zamonaviy o’zbek jamiyati hayotida din instituti o’rni.


Zamonaviy O’zbekistonda jamiyat ijtimoiy-siyosiy barqarorligini ta’minlashga eng ustuvor masala sifatida qarab kelinmoqda. Bunda jamiyatning barcha sotsial

institutlari o’z ijtimoiy funktsiyalarini jamiyat a’zolarining faol faoliyati asosida bajarib kelmoqda. Bu haqda O’zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti I.A.Karimov quyidagilarni ta’kidlagan edi:« Ma’lumki, chet ellik investorlar va investitsiyalar o’z faoliyatlari uchun qonunchilik asoslari yaratilibgina qolmasdan, balki barqaror faoliyat ko’rsatish uchun real shart-sharoitlar mavjud bo’lgan, ijtimoiy-siyosiy barqarorlikta’minlangan, siyosiy xavf-xatarlar eng kam darajaga

keltirilgan, millatlararo va fuqarolararo nifoqlar bo’lmagan mamlakatgagina keladi»7.

Jamiyatdagi ijtimoiy-siyosiy barqarorlikni saqlash masalalarida boshqa omillar bilan bir qatorda islom dinining tolerantlik tamoyili bu jarayonda o’ziga xos o’ringa

ega bo’lishi kundalik va ijtimoiy hayotimizda yaqqol namoyon bo’lmoqda, degan fikrni ildam ilgari surishimiz mumkin.Tolerantlik hodisasi esa ko’p millatli va ko’p konfessiyali jamiyatlardagi o’ta nozik masalalar turkumiga tegishlidir.Shu jihatdan qaraganda, bunday murakkab sotsial tarkibga ega jamiyatda ijtimoiy-siyosiy barqarorligini ta’minlash o’ta mushkul vazifadir. Lekin bunda diniy omil rolini e’tiborgaolmay turib, ushbu barqarorlikni ta’minlab bo’lmaydi.

O’zbekistonda xavfsizlik, diniy bag’rikenglik va millatlararo totuvlikni ta’minlash masalalari mamlakatimiz Prezidenti Sh.M.Mirziyoev tomonidan ilgari surilgan «2017-2021 yillarda O’zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo’nalishi bo’yicha harakatlar strategiyasi»100da davlat siyosatining ustuvor yo’nalishlari darajasiga ko’tarilgan.Rasmiy ma’lumotlarga qaraganda milliy tarkib bo’yicha o’zbeklar mamlakat aholisining ¾ qismini tashkil etadi. Yurtimizda turkiy va forsiy millatlarga taalluqlilar –qozoq, tatar, qirg’iz, uyg’ur, tojik va boshqa etnik guruhlarning a’zolari o’zbeklar bilan o’zaro hamjihatlik hamda ahil-inoqlik asosida istiqomat qilib kelmoqdalar. Diniymansublik masalasida esa jamiyatda islom son jihatidan eng ko’p e’tiqod qiladiganlar dini hisoblanadi, aholining ma’lum bir qismi esa xristianlik, buddaviylik, yahudiylikva boshqa dinlarga e’tiqod qiladi8.

Shuningdek, boshqa dinga e’tiqod qiluvchilar bilan muomala qilish tartib-qoidalari va odobi Qur’oni karim oyatlarida qat’iy belgilangan. Ayniqsa, o’z diniy e’tiqodini boshqalarga zo’ravonlik va majburiylik asosida singdirishga intilish islom dinida keskin qoralanadi.

Ushbu fikrlarimizga Quroni karim suralaridagi bir qator oyatlardan asos topishimiz mumkin. Masalan, «Baqara» surasining 256-oyatida «Dinda majbur qilish yo’q», degan hukm ilgari surilgan.Yuqoridagi hukm keyingi suralarda yanada kengaytirilgan holda bayon qilinganligini kuzatishimiz mumkin9.Jumladan, «Mumtaxana» surasining 8-oyatida esa quyidagi xitob yangraydi: «Alloh sizlarni diniy urush qilmagan va diyorlaringizdanquvib chiqarmaganlarga yaxshilik va adolat qilishdan qaytarmas.Albatta, Alloh adolat qiluvchilarni yaxshi ko’radi»10.

Hadislarda ham musulmonlarni boshqa e’tiqod kishilariga qanday munosabatda bo’lishi kerakligi aniq va ravshan belgilangan: «Kimki zimmiga ozor bersa, men unga dushmandirman. Mening dushmanligim qiyomat kuni bo’lur»11.

Mamlakatimiz aholisining islom dini manbalari bilanyaqindan tanishib borishi tufayli jamiyatimizda boshqa dinga e’tiqod qiluvchilarga nisbatan haqiqiy, beg’araz bag’rikenglik hodisasini shakllanishi sodir bo’ldi. Bu ijtimoiy hodisa

yurtimizda konfessiyalar o’rtasidagi o’zaro hamjihatlik hamda ahillikning ishonchli va mustahkam poydevori bo’lib xizmat qilmoqda. Aynan ushbu fenomen tufayli o’zbek jamiyatining barcha sohalari rivoji uchun muhim shart-sharoitlar bunyod

bo’ldi.


Movarounnahrga islomni kirib kelishi va uni taraqqiy etishi tufayli muhtoj kishilarga ijtimoiy ko’mak ko’rsatish ko’lami ham oshib bordi, chunki jamiyat borgan sari yangi madaniy va ruhiy qadriyatlarga ega bo’la boshladi. Vaholanki,

bu hududda davlat boshqaruvi dunyoviy mazmunga ega bo’lsada, biroq, islom dini ulamolarining ijtimoiy hayotdagi roli ahamiyatli ma’no kasb etardi.

Bunda islomdagi beshta farz amallaridan biri bo’lgan – zakot hodisasiga alohida

e’tibor qaratish maqsadga muvofiqdir. Islom olaminin taniqli ulamolaridan bo’lgan, fiqh ilmining bilimdoni,buyuk vatandoshimiz Burhonuddin Marg’inoniy o’zining mashhur asari –«Hidoya»da ushbu farz amalining mazmunini quyidagicha izohlaydi: «Zakot tushunchasi kishilarga xayr- ehson qilishning qonuniy tarzda yuklanishini anglatib, u o’z mazmuniga ko’ra sadaqa amaliga ziddir, chunki sadaqa muhtoj fuqarolar foydasiga ixtiyoriy tarzda yordam

ko’rsatilishini anglatadi»12.

Shariat ahkomlariga muvofiq zakotdan tashqari fitr sadaqasi ham mavjuddir. Yana «Hidoya»ga murojaat qiladiganbo’lsak, shunga amin bo’lamizki, bu amal ramazon oyi ichida o’ziga to’q kishilar tomonidan kambag’allar foydasiga qilinadigan sadaqani anglatadi. Lekin uning moliyaviy hajmi zakotnikidan ancha pastdir.Zamonaviy O’zbekistonda ijtimoiy ko’makning bunday shakllari bugungi kunda ham faol darajada mavjud. Zakot uchun nisob darajasi O’zbekiston musulmonlar idorasi (muftiyat) tomonidan belgilanadi. Albatta, davlat institutI bu ishlarga aralashmaydi, chunki u dunyoviy xususiyatga egadir.

Shuning uchun mamlakatimizning zakot berishga qodir bo’lgan musulmon-fuqarolari bu amalni sidqidildan chiqarib,beg’araz tarzda bajarishga harakat qiladilar.Mamlakatimizda davlat institutining jamiyatda bosh islohotchi vazifasini muvaffaqiyati bajarayotgan bir sharoitlarda, aholining kam ta’minlangan qatlamlarini ijtimoiy himoya qilishga mamlakatimiz byudjetidan juda katta hajmda mablag’lar ajratmoqda. Shu bilan birgalikda jamiyatning badavlat qatlami a’zolari aholining kam ta’minlangan qatlamiga beg’araz ijtimoiy ko’magini barqaror tarzda, yanada kengroq miqyosda ko’rsatsa, davlat, diniy va boshqa nodavlat tashkilotlari tomonidan olib borilayotgan ijtimoiy ish mamlakatimiz fuqarolari hamda turli millatlari o’rtasidagi hamjihatlik, ahil-inoqlik holatini yanada mustahkamlashga xizmat qilishi bundan ham yuksaladi.

Albatta, «O’zbekistondagi ijtimoiy ishning tarixiy ildizlarini faqat diniylik xususiyati tashkil etadi» deyish haqiqatdan yiroq fikrdir. Qadimgi Turonda hasharlar ham

ijtimoiy ishning tarkibiy qismi sifatida mavjud bo’lgani ma’lum. Hashar bu – xalq an’analari va urf-odatlarga asoslangan beg’araz ko’mak bo’lib, u yordamga muhtoj kishilarga ko’rsatiladi.Azaldan odamlar uy-joy, ko’priklar va dambalar qurilishi,

ariqlar hamda kanallar qazish maqsadida bir-birlariga yaqindan yordamlashganlar. Bunday turdagi ko’ngilli yordamlar kishilar o’rtasidagi ijtimoiy birdamlikni mustahkamlashga xizmat qilgan. Ammo, hashar uchun ob’ektiv sharoit mavjud

bo’lishi lozim, ya’ni u katta miqyosdagi qo’shimcha ishchi kuchizarur bo’lganda o’tkaziladi va odatda bir-ikki kun davom etadi. Ayrim favqulotdagi holatlarda, masalan, agar hashar ob’ekti umummilliy xususiyatga ega bo’lsa, unda u uzoqroq

muddatga chuzilishi ham mumkin.

Urushning o’ta og’ir va murakkab yillarida ko’plab o’zbek oilalari patronatlik xususiyatini namoyon etishdi, ya’ni qarovsiz qolgan bolalarni o’z oilalariga ixtiyoriy tarzda qabul qilishdi. Jumladan, Toshkentning Ko’kcha dahasidagi «Jarariq» mahalasida istiqomat qilgan Sh.Shomaxmudov oilasi urush tufayli g’irt etim bo’lib qolgan o’n uchta, urushdan keyin esa yana uchta bolani o’z tarbiyalariga oldi. Ular orasida rus, ukrain, moldavan va boshqa millatlarning farzandlari bor edi. Sharqona, o’zbekona mehr-sahovatning ushbu ta’sirchan manzarasi «O’zbekfilm» tomonidan suratga olingan «Sen yetim emassan» nomli badiiy filmning mazmunini tashkil etdi. Yuqorida keltirilgan fikrlar va amaliy misollardan ma’lum bo’layaptiki, O’zbekistonda ijtimoiy ish sohasi shakllanishi va rivojlanishining tarixiy ildizlari o’zining ko’p asrlik asosiga ega. Aynan ushbu sohadagi faoliyatning muvaffaqiyatlarida xalqimizning boy tarixiy- madaniy merosi muhim amaliy ahamiyat kasb etadi.

XULOSA

Din jamiyat hayotida muhim o‘ringa ega. U kishilarda ezgulikka intilish, o‘zini ruhan va jismonan poklash, atrofdagilarga manfaat yetkazish, hayotni qadrlash kabi ijobiy xislatlarni shakllantiradi. Dinlar kishilarni hamisha yaxshilikka, ezgu ishlarga chorlab kelgan. Dunyo xaritasidagi deyarli har bir mamlakatda yashovchi xalq muayyan dinga e'tiqod qiladi, uning o‘z urf-odat va an'analari mavjud. Dunyo xalqlari tarixini o‘rganishda ularning diniy qarashlari, e'tiqodlari va diniy amaliyotlarini e'tibordan chetda qoldirish mumkin emas. Din madaniyat rivojiga ham katta ta'sir ko‘rsatib kelmoqda. Bundan tashqari, u umuminsoniy va milliy qadriyatlarni saqlab qolish hamda avloddan avlodga yetkazish borasida ham muhim ahamiyatga ega. Din insoniyatning ruhiy dunyosi bilan chambarchas bog‘liq bo‘lib, hayotda doimo u bilan birga bo‘lib kelgan. Bugungi kunda ba'zi kuchlar dinning jamiyatdagi vazifalaridan g‘arazli maqsadlarda foydalanishga urinishlarini ham kuzatish mumkin. Natijada minglab kishilar dinsizlikda ayblanib, qonlari to‘kilmoqda. Turli diniy shiorlarning noto‘g‘ri talqin qilinishidan ham begunoh insonlar jabr chekmoqda. Ana shunday salbiy holatlarning oldini olishda dinning turli xalqlar o‘rtasida muloqot o‘rnatishi, ularni ma'naviy va ruhiy jihatdan yaqinlashtirishi, zulm va zo‘ravonlikka qarshi birgalikda kurashga chaqirishi alohida ahamiyat kasb etmoqda. Barcha dinlar ezgulikni targ‘ib qiladi. Din va ilm-fan bir-birini to‘ldirib turadi.



O’rtaOsiyoga islom dinining kirib kelishi bilan mintaqada ijtimoiy-ma'naviy soha rivojlana boshladi.O‘lkada iqtisodiy yuksalish yuz berdi, dunyoviy va diniy fanlar tez sur'atlar bilan rivojlandi.O’rta Osiyo xususan O’zbekistonda aholining aksariyati Islom diniga e’tiqod qiladi va bu e’tiqod asrlar osha yetib kelgandir.Musulmon ajdodlarimiz o’z davrida jahon ilm-faniga ulkan ijobiy xissalarini qo’shib,buyuk ilmiy meros qoldirishgan.

Bu merosdan yurtimiz ravnaqi uchun keng ko’lamda foydalanishimiz muhim ahamiyatga egadir.Jumladan,Abu Ali ibn Sino,Al-Beruniy,Al-Xorazmiy,Al-Farobiy,Imom Buxoriy,Imom Termiziy,Imom Moturudiy,Burhoniddin Marg’iloniy,Naqshbandiy kabi ulug’ ajdodlarimiz ilm karvonida yetakchilardan bo’lishgan.Ularning yozgan asarlarini o’rganish hozirgi davrda dolzarb vazifamizdir. Aynan ushbu sohadagi faoliyatning muvaffaqiyatlarida xalqimizning boy tarixiy- madaniy merosi muhim amaliy ahamiyat kasb etadi. Mustaqilikka erishganimizdan so’ng Islom dini muqaddas manbalarini xalqqa o’zbek tilida yetkazish ishlari boshlab yuborildi. Qur'oni karimning ilk bor to‘liq ravishda zamonaviy o‘zbek tilidagi tarjimasi Alouddin Mansur tomonidan amalga oshirildi. Mazkur tarjima 1990-1992-yillarda «Sharq yulduzi» jurnalida e'lon qilingan bo‘lsa, 1992-yili alohida kitob shaklida ko‘p nusxada nashr etildi. 1991-yildan boshlab Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf (1952- 2015) tomonidan yozilgan «Tafsiri Hilol» nomli tarjima-tafsirning avval 27, 28, 29, 30-poralari nashr qilindi. Aytish kerakki, ushbu tafsir zamonaviy o‘zbek tilidagi keng izohli va sharhlarga boy asarlardan biridir. Ushbu tafsir 2005-yilda olti jildda to‘liq nashr etildi, so‘ngra uning tuzatilgan va to‘ldirilgan nashri 2011-2016-yillarda olti marta qayta chop qilindi. 2013-2014-yillarda tafsirning 1 va 2-juzlari rus tiliga ham tarjima qilinib, bosmadan chiqdi. Shayx Abdulaziz Mansur tomonidan amalga oshirilgan Qur'oni karim ma'nolarining tarjimasi va tafsiri «Toshkent islom universiteti» nashriyot-matbaa birlashmasi tomonidan 2001, 2004, 2006, 2007, 2009, 2012, 2014, 2016-yillarda qayta-qayta nashr qilindi. Ushbu asarning boshqa tarjima-tafsirlardan o‘ziga xosligi shundaki, unda Qur'oni karim ma'nolari arabcha matn atrofida o‘zbek o‘quvchisiga o‘z ona tilida ravon va tushunarli qilib, kerakli izohlar bilangina cheklanib, iboralarning ta'sirchanligiga katta e'tibor bergan holda taqdim etilgan. Shamsiddinxon Boboxonov tomonidan tayyorlangan Qur'oni karimning 30-porasiga qilingan tarjima mustaqillikning dastlabki yillarida xalqimiz qo‘liga yetib bordi. Unda kishilarga yaxshi tanish bo‘lgan va ko‘p o‘qiladigan suralar borligi hisobga olinib, 30-poraning arabiy matni ham berilgan. Toshkent Davlat Sharqshunoslik instituti Abu Rayhon Beruniy nomidagi Sharq qo‘lyozmalari markazida professor Mutallib Usmonov mas'ul muharrirligida Qur'oni karim o‘n besh porasining («Fotiha» surasidan «Isro» surasigacha) akademik tarjimasi tayyorlanib nashr etilgan. Unda Qur'oni karimning nozil bo‘lish davri tarixi ham qisqacha yoritilgan Muftiy Usmonxon Alimov tomonidan ham hozirgacha Qur'oni karimning o‘n besh porasi tafsir qilinib chop etildi. «Tafsiri Irfon»ning boshqa tafsirlardan ajralib turadigan xususiyatlari shundaki, unda oyatlar ma'nosi zamondoshlarimiz uchun tushunarli, sodda va ravon bo‘lishiga harakat qilingan. Hadisi shariflarni O‘zbekistonda o‘rganish XX asrning o‘rtalariga borib taqaladi. 1968-yildan chop etila boshlagan «Sovet Sharqi musulmonlari» jurnali sahifalarida muhaddislar va hadislar haqidagi ayrim maqolalar berilar edi. Mustaqillik davrida bu jurnal «Movarounnahr musulmonlari» va keyinchalik «Hidoyat» nomi bilan chop etila boshladi. Jurnal hozirgi kunda ham o‘z sahifalarida hadis va muhaddislarga oid maqolalarni muntazam berib bormoqda. Mustaqillik davrida hadis bo‘yicha chop etilgan ilk kitoblardan biri Shamsuddin Boboxonov, shayx Abdulaziz Mansur kabi olimlar tomonidan odobaxloq, maishiy hayot masalalariga oid hadislarni o‘z ichiga olgan «Ming bir hadis» kitobidir.Oxirgi yillarda Toshkent islom universiteti qoshidagi Islomshunoslik ilmiy-tadqiqot markazi tomonidan samarqandlik mashhur Imom Dorimiyning «Sunani Dorimiy» hadislar to‘plami hamda Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf tomonidan «Oltin silsila» rukni ostida Imom Buxoriyning «Sahih al-Buxoriy» asari o‘zbek tiliga tarjima qilinib, nashr etildi.

Bu qilinayotgan ishlar natijasida xalqimiz o’zbek tilida muqaddas Islom manbalaridan bahramand bo’lishdi.O’zbek jamiyati uchun diniy qadriyatlarimizni tiklashda bu kabi ijobiy ishlar katta ahamiyatga egadir.




Download 77.3 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling

    Bosh sahifa
davlat universiteti
ta’lim vazirligi
maxsus ta’lim
O’zbekiston respublikasi
zbekiston respublikasi
axborot texnologiyalari
o’rta maxsus
guruh talabasi
nomidagi toshkent
davlat pedagogika
texnologiyalari universiteti
xorazmiy nomidagi
toshkent axborot
pedagogika instituti
haqida tushuncha
rivojlantirish vazirligi
toshkent davlat
Toshkent davlat
vazirligi toshkent
tashkil etish
matematika fakulteti
ta’limi vazirligi
samarqand davlat
kommunikatsiyalarini rivojlantirish
bilan ishlash
pedagogika universiteti
vazirligi muhammad
fanining predmeti
Darsning maqsadi
o’rta ta’lim
navoiy nomidagi
haqida umumiy
Ishdan maqsad
moliya instituti
fizika matematika
nomidagi samarqand
sinflar uchun
fanlar fakulteti
Nizomiy nomidagi
maxsus ta'lim
Ўзбекистон республикаси
ta'lim vazirligi
universiteti fizika
umumiy o’rta
Referat mavzu
respublikasi axborot
таълим вазирлиги
махсус таълим
Alisher navoiy
Toshkent axborot
Buxoro davlat