10 – sinf O’zbekiston tarixidan umumiy takrorlash (30 ta) … 3-2-daracha test…



Download 45,5 Kb.
Sana15.02.2020
Hajmi45,5 Kb.
#39820
Bog'liq
10 - SINIF O'zb tarix takrorlash umumiy 30 ta

10 – sinf O’zbekiston tarixidan umumiy takrorlash (30 ta) … 3-2-daracha TEST…

1. Quyidagi voqealarni ular sodir bo'lgan yillari bilan to'g'ri muvofiqlashtiring.

1. Ijodkor ziyolilardan 12 kishi sovetlarga qarshi millatchilik faoliyati olib borganlikda ayblanib qamoqqa olindi

2. O'zSSR Kompartiyasi MK ning mafkuraviy masalasiga bag'ishlangan X plenumi bo'lib o'tdi

3. KPSS MK Bosh sekretari va SSSR Ministrlar sovetining raisi Iosif Stalin vafot etdi

4. O'zSSR Kompartiyasi Markaziy Komiteti byurosi O'zbekiston SSR Fanlar Akademiyasining ishi to'g'risidagi masalani ko'rib chiqdi

a) 1953-yil 5-mart b) 1951-yil

c) 1950-yil 1-sentabr d) 1952-yil fevral

A) 1-b, 2-d, 3-a, 4-c B) 1-b, 2-d, 3-c, 4-a

C) 1-d, 2-b, 3-a, 4-c D) 1-b, 2-a, 3-d, 4-c
2. Ittifoqqa bo‘ysunuvchi va “yopiq shaharlar” deb ataluvchi shaharlarni aniqlang?

A) Jizzax, Zarafshon va Uchquduq

B) Navoiy, Yangiyo’l va Uchquduq

C) Yangiyo’l, Chirchiq va Uchquduq

D) Navoiy, Zarafshon va Uchquduq
3. O'zSSR Kompartiyasi Markaziy Komiteti byurosi O'zSSR Fanlar Akademiyasining ishi to'g'risidagi masalani ko'rib, akademiya olimlaridan sharqshunos va tarixchi ... (a), adabiyotshunos va faylasuf ... (b), iqtisodchi ... (c), tilshunos ... (d) va boshqalarni nohaq ravishda qoraladi.

A) a- Vohid Zohidov, b- Olim Aminov

c- Abdusamad Boboxo'jayev, d- Olim Usmonov

B) a-Abdusamad Boboxo'jayev, b-Vohid Zohidov

c- Olim Usmonov, d- Olim Aminov

C) a-Abdusamad Boboxo'jayev, b-Vohid Zohidov

c-Olim Aminov, d-Olim Usmonov

D) a-Abdusamad Boboxo'jayev, b- Olim Aminov

c- Vohid Zohidov, d-Olim Usmonov
4. Jarqo‘rg‘on, Qorovulbozor, Sariqtosh tabiiy gaz konlari qachon ochilgan?

A) XX asr 50-yillari boshlarida

B) XX asr 50-yillari o’rtalarida

C) XX asr 60-yillari boshlarida

D) XX asr 50-yillari oxirida
5. Quyidagi voqealarni xronologik ketma-ketlikda joylashtiring.

1. KPSS XX syezdining yopiq majlisida KPSS MK birinchi sekretari Nikita Xrushchev shaxsga sig'inish va uning oqibatlari to'g'risida maruza qildi

2. O'zbekiston Kompartiyasi Markaziy Komitetining birinchi sekretari Usmon Yusupov o'z vazifasidan ozod qilindi

3. Amin Niyozov O'zSSR Oliy Soveti Prezidiumi raisi lavozimiga tayinlandi

4. Usmon Yusupov O'zSSR Ministrlar soveti raisi bo'ldi

A) 3, 4, 1, 2 B) 3, 2, 4, 1

C) 4, 3, 1, 2 D) 1, 4, 3, 2
6. O'zbekiston Kompartiyasi Markaziy Komitetining birinchi sekretari lavozimida ishlagan quyidagi shaxslarni ular faoliyat olib borgan yillar bilan muvofiqlashtiring.

1. Nuriddin Muhitdinov

2. Amin Niyozov

3. Sobir Kamolov

a) 1957-yil dekabr- 1959-yil mart

b) 1955-1957-yillar

c) 1950-1955-yillar

A) 1-b, 2-c, 3-a B) 1-c, 2-b, 3-a

C) 1-b, 2-a, 3-c D) 1-a, 2-c, 3-b
7. . Ikkinchi jahon urushidan keyingi to'rtinchi besh yillik (a) va beshinchi besh yillik (b) boshlangan yillarni aniqlang.

A) a-1948-yil, b-1952-yil

B) a-1946-yil, b-1951-yil

C) a-1947-yil, b-1951-yil

D) a-1946-yil, b-1953-yil
8. Quyidagilardan beshinchi besh yillik davri oralig'ida sodir bo'lmagan voqealarni aniqlang.

1. KPSS XX syezdining yopiq majlisida KPSS MK birinchi sekretari Nikita Xrushchev shaxsga sig'inish va uning oqibatlari to'g'risida maruza qildi

2. O'zbekiston Kompartiyasi Markaziy Komitetining birinchi sekretari Usmon Yusupov o'z vazifasidan ozod qilindi

3. Amin Niyozov O'zSSR Oliy Soveti Prezidiumi raisi lavozimiga tayinlandi

4. Usmon Yusupov O'zSSR Ministrlar soveti raisi bo'ldi

A) 1, 3 B) 2, 4 C) 2, 3, 4 D) 1, 4
9. Quyidagi malumotlarni ularga taalluqli bo'lgan shaxslar bilan to'g'ri muvofiqlashtiring.

1. ... toshkentlik bo'lib, u atigi 15 oy davomida respublika partiya tashkilotini boshqargan.

2. U Marg'ilonda tug'ilgan bo'lib, o'z hamyurti Yo'ldosh Oxunboboyev vafotidan keyin oradan ko'p vaqt o'tmay 1947-1950-yillarda O'zbekiston SSR Oliy Soveti Prezidiumi raisi lavozimida ishlagan edi

3. Uning davrida O'zbekistonda kadrlarni mahalliylashtirish

jarayoni ommaviy ravishda amalga oshirila boshlandi, islom diniga erkinliklar berildi. Bu holat Markaz rahbariyatiga yoqmay, u o'z lavozimidan olib tashlandi

4. U o'zbek ziyolilari oqlanishida tashabbuskorlik ko'rsatdi. Paxta xarid narxini oshirishni Markaz oldiga qo'yib buni uddaladi

5. Uning davrida ziyolilarga nisbatan qatag'onchilik siyosati olib borildi

a) Amin Niyozov

b) Sobir Kamolov

c) Nuriddin Muhitdinov

A) a-2, 5, b-1, 3, c-4 B) a-1, 5, b-2, 3, c-4

C) a-2, 5, b-1, 4, c-3 D) a-2, 5, 1 b- 3, c-4
10. Sobir Kamolov qilyotgan ishlari ...ga yoqmadi va uni ishdan oldilar?

A) I. V. Stalin va Georgiy Malenkov

B) N. Xrushchev va U. Yusupov

C) N. Xrushchev va M. Suslov

D) M. Suslov va I. V. Stalin
11. Quyidagilardan Navoiy shariga asos solingan (a) va Navoiy viloyati tashkil qilingan (b) yillarni aniqlang.

A) a-1958-yil, b-1982-yil

B) a-1956-yil, b-1984-yil

C) a-1958-yil, b-1986-yil

D) a-1954-yil, b-1982-yil
12. O‘zbekiston havo yo‘llarida ... boshlab yuksak tezliklar va parvozlar davrini ochib bergan TU-104 rusumli yo‘lovchi tashuvchi samolyotlar paydo bo‘ldi.

A) XX asr 50-yillari boshlaridan

B) XX asr 60-yillari oxiridan

C) XX asr 40-yillari oxiridan

D) XX asr 50-yillari o‘rtalaridan
13. Orolbo‘yi mintaqasida vujudga kelgan og‘ir ekologik vaziyatda, ayniqsa, dengizga yaqin bo‘lgan qaysi shaharlari va atrofidagi ovullar aholisi ko‘p aziyat chekdi?

A) Mo‘ynoq, Taxta , Chimboy

B) Mo‘ynoq, Qo‘ng‘irot, Chimboy

C) Mo‘ynoq, Qo‘ng‘irot, Taxta

D) Xo’jayli, Qo‘ng‘irot, Chimboy
14. Navoiy kon-metallurgiya kombinatiga qachon poydevor qo‘yilgan?

A) 1958-yil 3-sentyabr

B) 1959-yil 7-oktyabr

C) 1956-yil 2-sentyabr

D) 1958-yil 12-sentyabr
15. O'zbekiston SSR Oliy Soveti Prezidiumi raisi lavozimlarida ishlagan quyidagi shaxslarni ular faoliyat ko'rsatgan yillari bilan muvofiqlashtiring.

1. Nazar Matchonov

2. Yodgor Nasriddinova

3. Inomjon Usmonxo'jayev

a) 1959-1970-yillar

b) 1978-1983-yillar

c) 1970-1978-yillar

A) 1-c, 2-a, 3-b B) 1-a, 2-c, 3-b

C) 1-c, 2-b, 3-a D) 1-b, 2-a, 3-c
16. Quyidagi O'zbekiston Ministrlar Sovetining raisi lavozimida ishlagan shaxslarni ular faoliyat ko'rsatgan yillar bilan muvofiqlashtiring.

1. Orif Alimov

2. Normuhammadi Xudoyberdiyev

3. Rahmonqul Qurbonov

a) 1971-1984-yillar

b) 1959-1961-yillar

c) 1961-1971-yillar

A) 1-c, 2-a, 3-b B) 1-a, 2-c, 3-b

C) 1-c, 2-b, 3-a D) 1-b, 2-a, 3-c
17. 1917-yil 8-aprelda Xivada tuzilgan Majlis (a) va Nozirlar Sho'rosi (b) raislarini aniqlang.

A) a-Bobooxun Salimov, b-Husaynbek Matmurodov

B) a-Polvonniyoz Yusupov, b-Ishoqxo'ja Xo'jayev

C) a-Bobooxun Salimov, b-Ortiq Oxun

D) a-Husaynbek Matmurodov, b-Bobooxun Salimov
18. Quyidagilardan bir yilda sodir bo'lgan voqealarni aniqlang.

1. Butunxorazm xalq vakillarining IV qurultoyi XXSRni Xorazm Sovet Sotsialistik Respublikasiga aylantirish to'g'risida qaror qabul qilinadi

2. Afg'onistonga qozikalon Bobooxun Salimov boshchiligida elchilik hayati jo'natilgan

3. Xorazmda qizil askarlar uyushtirgan harbiy davlat to'ntarishidan so'ng P. Yusupov hukumati ag'darib tashlandi

4. Xivada xalq dorilfununi ochildi

5. XXSR va BXSR Markaz tomonidan tugatildi

A) 2, 3 B) 2, 4, 5 C) 1, 3 D) 2, 4
19. Quyidagi voqealarni xronologik ketma-ketlikda joylashtiring.

1. O'zbekiston SSRda ilk bor mamuriy-hududiy bo'linish o'tkazildi

2. Junaidxon qo'shinlari Porsu shahri va uning atroflarini qizil askarlardan ozod qildi

3. Anvar Posho Kavkazdan Buxoroga keldi

4. Junaidxon o'zining 20 nafar hamrohi bilan Afg'onistondagi Hirot shahriga yetib keldi

5. I. V. Stalinning taklifi bilan O'rta Osiyo respublikalarini milliy-hududiy chegaralash to'g'risida qaror qabul qilindi

A) 3, 2, 5, 4, 1 B) 2, 4, 3, 1, 5

C) 3, 2, 4, 5, 1 D) 2, 3, 1, 5, 4
20. Quyidagi tarixiy shaxslarni yashagan yillari bilan to'g'ri muvofiqlashtiring.

1. Abdurauf Fitrat 2. Fayzulla Xo'jayev

3. A. Burhonov 4. Madaminbek

5. Sayid Olimxon

a) 1892-1920 b) 1886-1938 c) 1875-1934

d) 1881-1944 e) 1896-1938

A) 1-b, 2-e, 3-c, 4-a, 5-d

B) 1-b, 2-e, 3-c, 4-d, 5-a

C) 1-e, 2-b, 3-c, 4-a, 5-d

D) 1-b, 2-c, 3-e, 4-a, 5-d
21. Buxoro shahrida O'zbekiston Kommunistik partiyasining I ta'sis syezdi bo'lgan yili ...

A) Dushanbeda bo'lib o'tgan I tasis syezdida Tojikiston ASSR tuzilganligi haqida deklaratsiya qabul qilindi

B) O'zbekiston kasaba uyushmalarining I tasis syezdi bo'lib o'tdi

C) Fayzulla Xo'jayev raisligida O'zbekiston SSR Muvaqqat inqilobiy komiteti (Markaziy Revkom) tashkil topdi

D) Turkiston ASSR, Buxoro SSR va Xorazm SSR MIKlari maxsus qo'shma qaror qabul qildilar
22. Xorazm Kompartiyasi Markaziy Komiteti masul kotibi Qalandar Odinayev o'z vazifasidan olib tashlangan (a) va O'rta Osiyoda milliy-hududiy chegaralanishning ikkinchi bosqichi boshlangan (b) yillarni aniqlang.

A) a-1923-yil, b-1925-yil

B) a-1924-yil, b-1925-yil

C) a-1923-yil, b-1926-yil

D) a-1922-yil, b-1924-yil
23. 1917-yil 5-aprelda Xiva xoni Asfandiyorxon manifest imzolashga majbur bo'ladi. Manifestda quyidagi qaysi bandlar ko'zda tutilmagan edi?

1. Yangi usul maktablarinig ochilishi

2. Maorif vazirliginig tuzilishi

3. Mamlakatda temiryo'l, pochta, telegraf barpo etilishi

4. Davlat xazinasining nazorat ostiga olinishi

5. Barcha amaldorlarning saylanishi

6. Katta yer egalari tortib olgan yerlarning dehqonlarga qaytarilishi

7. Butun aholining shariat oldida tengligi

8. Majlis va Nozirlar sho'rosining tashkil etilishi

A) 2, 6 B) 1, 3, 4 C) 2, 6, 8 D) 1, 4, 5
24. XXSR MIK II sessiyasi bo'lib o'tgan (a) va Turkistondagi istiqlolchilik harakati mag'lubiyatga uchragan (b) yillarni aniqlang.

A) a-1923-yil, b-1936-yil

B) a-1924-yil, b-1935-yil

C) a-1922-yil, b-1936-yil

D) a-1926-yil, b-1938-yil
25. BXSR hukumati tuzilgan tuzilgan vaqtda unga kiritilgan quyidagi shaxslarni ular bajargan vazifalar bilan to'g'ri muvofiqlashtiring.

1. Fayzulla Xo'jayev 2. Muxtorjon Saidjonov

3. Qori Yo'ldosh Po'latov 4. Najib Husainov

5. Usmonxo'ja

a) ichki ishlar vaziri

b) rais va tashqi ishlar vaziri

c) moliya vaziri

d) maorif vaziri

e) davlat nazorati vaziri

A) 1-a, 2-b, 3-e, 4-d, 5-c B) 1-b, 2-a, 3-d, 4-e, 5-c

C) 1-b, 2-a, 3-d, 4-c, 5-eD) 1-b, 2-d, 3-a, 4-e, 5-c
26. 1917-yil sentabrda ...

A) Ulamochilar va sho'royi islomchilar o'zaro birlashib, Ittifoqi muslimin siyosiy partiyasini tuzdilar

B) Xo'qand tarixining eng daxshatli kuni edi. Armanilar ayricha faoliyat korsatgan edilar deb xabar bergan gazeta Ulug' Turkiston edi

C) Rossiyadagi Muvaqqat hukumatga Georgiy Lvov boshchilik qilgan

D) Turkiston o'lkasini boshqarish uchun 9 kishidan iborat Turkiston Komiteti tuzildi
27. Turkiston Muxtoriyati tarkibidagi lavozimlarini ular egallagan shaxslar bilan to’g’ri muvofiqlashtiring.

1. Obidjon Mahmudov 2. A. O’rozayev

3. M. Cho’qayev 4. Ubaydulla Xo’jayev

a) harbiy vazir

b) ichki ishlar vaziri o’rinbosari

c) tashqi ishlar vaziri

d) oziq-ovqat vaziri

A) 1-d, 2-b, 3-c, 4-aB) 1-b, 2-d, 3-c, 4-a

C) 1-d, 2-b, 3-a, 4-cD) 1-d, 2-c, 3-b, 4-a
28. Quyidagi qaysi shahardada ”Sho’roi Ulamo” ning shu’basi bo’lmagan?

A) Marg’ilon B) Qo’qon

C) Toshkent D) Samarqand
29. Quyidagi tashkilotlar va ularning tuzilgan davri to’g’ri ko’rsatilgan javob variantini aniqlang.

1. Turkiston ASSR Markaziy Ijroiya Komiteti

2. Musulmonlar byurosi (MusByuro)

3.Turkiston Kompartiyasi

4. Ocharchilikka qarshi Markaziy komissiya

5. Turkiston o’lka Xalq Komissarlari Soveti

6. Turkiston o’lka musulmonlar kengashi

a) 1919-yil mart b) 1918-yil 20-noyabr

c) 1918-yil 20-aprel – 1-may

d) 1918-yil 17-25-iyun

e) 1917-yil 16-23-aprel

f) 1917-yil 15-22-noyabr

A) 1-c, 2-d, 3-a, 4-b, 5-e, 6-f

B) 1-c, 2-a, 3-d, 4-b, 5-f, 6-e

C) 1-f, 2-a, 3-b, 4-d, 5-c, 6-e

D) 1-f, 2-a, 3-e, 4-b, 5-c, 6-d
30. Madaminbek vafot etgan (a) va Turkiston mintaqasida istiqlolchilik harakatining birinchi davri yakunlangan (b) yillarni aniqlang.

A) a-1920-yil, b-1924-yil

B) a-1921-yil, b-1923-yil

C) a-1920-yil, b-1923-yil

D) a-1921-yil, b-1925-yil
Musannif :

Ramazon Boqiyev !!!

+99893 307 09 30
Download 45,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish