1-Variant
Moliyaviy tahlilning rivojlanish tarixi
va fan sifatida shakllanishi
Buxgalteriya hisobi bo‘yicha birinchi asar XV asrda Reguzda paydo bo‘lgan. Bunga misol qilib Vendrikt Katrulinning 1458-yilda nashr qilingan «Savdo va xususiy savdogar» nomli kitobini keltirish mumkin. Buxgalteriya hisobiga bag‘ishlangan ikkinchi asar 1494-yilda Venet- siyada nashrdan chiqqan bu Luka Pacholinning «Schotlar va yozuvlar haqida»gi kitobidir. Ushbu kitoblarda buxgalteriya hisobining savdo va kredit operatsiyalari yoritilgan. Bu fan xo‘jalik yuritishda asosiy dastak sifatida hamon takomillashib va zamonaviylashib kelmoqda.
Barcha fanlar qatori buxgalteriya hisobi ham o‘z tarixi davomida takomillashib, bir qancha boshqa fanlarning vujudga kelishi uchun metodologik asos bo‘lib
xizmat qildi, chunki, ishlab chiqarishning kon- sentratsiyalashuvi, korxonalarning yiriklashuvi, xo‘jalik faoliyatining kengayishi, iqtisodiy jarayonlarning murakkablashuvi hisob ishlarini takomillashtirish zaruratini tug‘dirdi.
Shu bois, XVI-XVII asrlarda bux- galteriya hisobiga bag‘ishlangan kitoblar Gollandiya, Fransiya, Angliya kabi mamlakatlarda chop etildi. Natijada buxgalteriya Yer kurrasining bir qismida emas, balki barcha mamlakatlarda keng yoyila boshladi.
Rossiyada buxgalteriya hisobiga bag‘ishlangan asarlar XVIII asrda paydo bo‘la boshlagan. Chet el adabiyotlari rus tiliga tarjima qilingan- dan so‘nggina, rus olimlari ham bu fanga bag‘ishlangan asarlarni chop etishga kirishganlar.
Rus olimlarining buxgalteriya hisobiga bag‘ishlangan asarlari XIX asrda paydo bo‘la boshlagan. Bunga V.S. Nemchinovning 1840-yilda
nashrdan chiqqan, ikki qismdan iborat «Hisob fani» asarini misol qilib keltirish mumkin. Bu kitobda savdo korxonalari hisobi tizimi batafsil yoritilgan. Shundan so‘ng, asta-sekinlik bilan buxgalteriya hisobining prinsiplari boshqa tarmoqlar bo‘yicha ham yozila boshlagan. 1861-yilda Klinchening «Qishloq xo‘jaligi buxgalteriyasi», 1863-yilda «Idora bo‘limi yo‘riqnomasi» kitoblari dunyoga kelgan. Bu asarlar safini F. V. Yezerskiy o‘zining «Uch tizimli buxgalteriya» (1870-yil), P.I. Reynbot
«Fabrika schotchiligi» (1875-yil), A.V. Prokofyev «Ikkiyoqlama buxgalteriya kursi» (1884-yil) kitoblari bilan kengaytirgan.
Shu davrdagi ishlab chiqarish taraqqiyoti iqtisodiy jarayonlarni to‘g‘ri va to‘liq hisobga olishni talab qiladi, ammo ishlab chiqarishning
takomillashib borishi, korxonalar o‘rtasida erkin raqobatning vujudga kelishi, buxgalteriya ma’lumotlarini chuqurroq o‘rganishni va uni to‘g‘ri tushuntirish zaruratini tug‘diradi. Bu esa, o‘z
navbatida, tahlil element- larining vujudga kelishini taqozo etdi, chunki «tijorat sirini» takomil- lashtirish borasidagi juda ko‘p savollarga buxgalteriya hisobi va statis- tika fani javob berishga qiynalib qolardi.
Korxonalarni to‘g‘ri, oqilona boshqarish, uning moliyaviy holatini yaxshilash, raqobatbardoshlik quvvatini oshirish xo‘jalik faoliyatini chuqurroq o‘rganishni talab qildi. Bu esa buxgalteriya balansi va boshqa hisobotlarda ifodalangan ba’zi ko‘rsatkichlarga
izoh berishni talab qildi, aynan shu hozirgi tahlil fanining vujudga kelishi uchun obyektiv asos bo‘lgan.
Tahlilning elementlari birinchi marta 1880-yildan chiqa boshlagan
«Счётoвoдствo» jurnalida paydo bo‘la boshlagan. Shunday qilib, tahlil- ning ba’zi elementlari mavjud bo‘lgan – «Balansshunoslik» fani paydo bo‘lgan. Fanning «Balansshunoslik» deb nomlanishiga esa asos bo‘lgan, chunki, o‘sha paytlarda xo‘jalik faoliyatining natijasi, asosan, buxgal- teriya balansida ifoda etilgan. Balans ma’lumotlariga korxonaning mab- lag‘i yoki ular manbayining ma’lum muddatda o‘zgarishi
aniqlanadi, lekin shu o‘zgarishlar nima evaziga sodir bo‘layotganligi, ularga qaysi omillar ta’sir ko‘rsatayotganligi korxona egalari uchun muhim bo‘lib boradi, bu esa balansdagi ko‘rsatkichlarni batafsil tahlil qilish zaruratini vujudga keltiradi.
Jamiyatda ishlab chiqarish taraqqiyotni rivojlantirish bilan bir qatorda iqtisodiy krizislar va raqobatni ham vujudga keltirdi. Bu borada mamlakatimiz Prezidenti I.A.Karimov quyidagi fikrlarni bayon etgan:
«...davom etayotgan jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozini va uning mamlakatimiz iqtisodiyotiga ta’sirini e’tiborga olgan holda, bank-moliya tizimining barqarorligini ta’minlash muhim ustuvor vazifa bo‘lib qolmoqda.
2010-yilda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishning eng muhim maqsadi va asosiy ustuvor vazifasi – bu islohotlarni davom
ettirish va chuqur- lashtirish, mamlakatimizni yangilash va modernizatsiya qilish, 2009- 2012-yillarga mo‘ljallangan. «Inqirozga qarshi choralar dasturi» ni so‘z- siz bajarish va shu asosda iqtisodiy rivojlanishning yuqori va barqaror sur’atlarini, samaradorligini hamda makroiqtisodiy muvozanatni ta’min- lashdan iboratdir».
1
Bunday sharoitda har bir korxona faoliyatining
moliyaviy barqa- rorligi, undagi «tijorat siri» muhim ahamiyat kasb etadi. Bu sharoitda buxgalteriya balansi ma’lumotlari yetarli bo‘lmay qoladi. Buxgalteriya balansi bilan birgalikda boshqa ko‘rsatkichlarni ifodalaydigan hisobotlar ham vujudga kela boshladi va tahlilning ko‘lami kengaydi. Shu vaqtgacha faqat buxgalteriya balansi tahlil qilingan bo‘lsa, endi unga boshqa hisobotlar tahlili ham qo‘shilib «hisobot tahlili» vujudga keldi. Shu tarzda tahlil shakllanib, rivojlanib bordi va mustaqil fan sifatida shakl topdi.
Moliyaviy tahlil fani mustaqil fan sifatida shakllangunga qadar o‘ziga xos bir qancha nomlarga ega bo‘ldi. Moliyaviy tahlilning vujudga kelishi tarixi bo‘yicha nashr etilgan adabiyotlar, uning fan sifatida shakllanishi va nomining ham takomillashib borganligidan dalolat beradi. Shu yo‘l bilan Moliyaviy tahlil shakllandi va mustaqil fanga aylandi. Tahlil fani rivojlangunga qadar bir qancha evolutsion yo‘llarni bosib o‘tdi. Mazkur evolutsion yo‘l orqali tahlil fani bugungi kungi holatga keldi. Ushbu fan o‘zining evolutsion rivojlanish yo‘li davomida bir qancha nomlar bilan atalgan. Dastavval, xo‘jalik subyektlarining, asosan, balans ma’lumot- larini tahlil etish maqsadiga qaratilganligi bois, tahlil fani «Balans- shunoslik» deb yuritila boshlangan, ya’ni balansni o‘rganuvchi, tahlil etuvchi fan deb qaralgan.
2.Tahlilning asosiy vazifalari
Moliyaviy tahlil oldiga qo‘yiladigan asosiy vazifalar: - xo‘jalik yurituvchi subyektlarning yaqin
va uzoq davriylikdagi reja, prognoz ko‘rsatkichlarini (ilmiy, iqtisodiy jihatdan) asoslash; - reja va prognoz ko‘rsatkichlarining bajarilishiga, natijaga erishish yuzasidan ularning ta’sirchanligiga baho berish; - xo‘jalik yurituvchi subyekt nazorat qilib turadigan iqtisodiy resurslarga, ularning samaradorligiga baho berish; - faoliyatning iqtisodiy ko‘rsatkichlariga, erishilgan natijalariga baho berish; - xo‘jalik yurituvchi subyektning pul mablag‘larini ko‘paytirish, ularning ko‘payish vaqtini hisob-kitob qilish va natijaga erishishga umid qilishdagi
qobiliyatini baholash; - xo‘jalik yurituvchi subyektning likvidligi, to‘lovga qobiliyati, ishlayotgan muhit o‘zgarishlariga munosabat bildira olishini moliyaviy holatga ta’sirini baholash. - iqtisodiy natijaviylikni o‘stirish, faoliyatning
tijorat hisobdorligi, daromadlarni orttirish va moliyaviy holatni yaxshilash yuzasidan ichki imkoniyatlarini aniqlash va ularni yo‘lga qo‘yish chora-tadbirlarini belgilash; - belgilangan chora-tadbirlarni tizimli ravishda amalga oshirishdan iborat. Moliyaviy-xo‘jalik faoliyatini tahlil etishda fanning muhim prinsiplari sifatida quyidagilar tarkiblanadi. Mazkur tamoyillar mikro ko‘lamdagi tahlilning barcha turlariga xosdir.
2-variant.
1 Moliyaviy tahlil uchun kerakli manbalarga qo’yiladigan talablar va ularning to’g’riligini tekshirish.
2.Korrelyatsion va regression usullar qo`llanilishi
Korrelyatsion (stoxastik) bog‘lanish. Bu juda ko‘p kuzatuvlardagina namoyon bo‘ladigan ko‘rsatkichlar orasidagi to‘liq bo‘lmagan, taxminiy bog‘lanishdir. Odatda, juft va ko‘p miqdorli korrelyatsiyalar farqlanadi. Juft korrelyatsiya – bu bitta omilli, boshqasi natijaviy bo‘lgan ko‘rsatkichlar orasidagi bog‘lanishdir. Ko‘p miqdorli korrelyatsiya esa natijaviy ko‘rsatkichlar bilan bir nechta omillarning o‘zaro ta’sirida ishlatiladi. Korrelyatsion tahlilni qo‘llash bir yoki bir nechta omillar ta’siri ostida bo‘lgan natijaviy ko‘rsatkichlar o‘zgarishini aniqlash (mutlaq o‘lchamda), har bir omildan natijaviy ko‘rsatkichning nisbiy bog‘lanish darajasini aniqlashda foydalaniladi.
Korrelyatsion tahlil uchun omillarni saralash – eng muhim hisoblanadi. Chunki tahlilning yakuniy natijalari omillarning qanchalik to‘g‘ri tanlanganligiga bog‘liq. Nazariya va tahlilning amaliy tajribasi omillarni tanlashda muhim ahamiyat kasb etadi. Bunda quyidagi qoidalarga bo‘ysunish kerak: 1. Birinchi navbatda, ko‘rsatkichlar orasidagi sababli bog‘lanishlarni hisobga olish zarur, negaki, faqat ulargina o‘rganilayotgan holat mohiyatini ochib beradi. Natijaviy ko‘rsatkichli matematik munosabatlarda joylashgan bu kabi omillarning tahlili unchalik ahamiyat kasb etmaydi. 2. Ko‘p omilli korrelyatsion model yaratishda amalda qilib bo‘lmaydigan barcha shart va majburiyatlarni o‘z ichiga olgan, natijaviy ko‘rsatkichlarga hal qiluvchi ta’sir o‘tkazadigan eng muhim omillarni tanlab olish zarur. Styudent bo‘yicha kam jadvalli, ishonchlilik mezoniga ega bo‘lgan omillarni hisobga olish tavsiya qilinmaydi. 3. Chiziqli turdagi korrelyatsion modellarga egri chiziqli xarakterga ega bo‘lgan natijaviy ko‘rsatkich bilan bog‘lanishli omillarni qo‘shish tavsiya etilmaydi.
4. Korrelyatsion modelga o‘zaro bog‘langan omillarni qo‘shish mumkin emas. Agar ikkita omil o‘rtasidagi juft korrelyatsiya koeffitsiyenti 0,85 dan ko‘p bo‘lsa, korrelyatsion tahlil qoidasiga ko‘ra bittasini chiqarib tashlash kerak, aks holda, natijaviy ko‘rsatkichni xau holda bo‘lishiga olib keladi. 5. Korrelyatsion modelga funksional xarakterdagi natijaviy ko‘rsatkichda bog‘lanishli omillarni korrelyatsion modelga qo‘shish tavsiya etilmaydi. Korrelyatsion model uchun omillarni saralashda analitik guruhlash, parallel va dinamik
qatorlarni solishtirish, chiziqli grafiklar katta yordam beradi. Ular yordamida o‘rganilayotgan ko‘rsatkichlar orasidagi bog‘lanish mavjudligi, shakli va yo‘nalishini aniqlash mumkin. Omillarni saralashni Styudent mezoni bo‘yicha qiymatlarni baholash asosida korrelyatsion tahlil masalasini yechish jarayonida ham amalga oshirish mumkin.
3-variant
1Tahlilning asosiy vazifalari
Moliyaviy tahlil oldiga qo‘yiladigan asosiy vazifalar: - xo‘jalik yurituvchi subyektlarning yaqin va uzoq davriylikdagi reja, prognoz ko‘rsatkichlarini (ilmiy, iqtisodiy jihatdan) asoslash; - reja va prognoz ko‘rsatkichlarining bajarilishiga, natijaga erishish yuzasidan ularning ta’sirchanligiga baho berish; - xo‘jalik yurituvchi subyekt nazorat qilib turadigan iqtisodiy resurslarga, ularning samaradorligiga baho berish; - faoliyatning iqtisodiy ko‘rsatkichlariga, erishilgan natijalariga baho berish; - xo‘jalik yurituvchi subyektning pul mablag‘larini ko‘paytirish, ularning ko‘payish vaqtini hisob-kitob qilish va natijaga erishishga umid qilishdagi qobiliyatini baholash; - xo‘jalik yurituvchi subyektning likvidligi, to‘lovga qobiliyati, ishlayotgan muhit o‘zgarishlariga munosabat bildira olishini moliyaviy holatga ta’sirini baholash. - iqtisodiy natijaviylikni o‘stirish, faoliyatning tijorat hisobdorligi, daromadlarni orttirish va moliyaviy holatni yaxshilash yuzasidan ichki imkoniyatlarini aniqlash va ularni yo‘lga qo‘yish chora-tadbirlarini belgilash; - belgilangan chora-tadbirlarni tizimli ravishda amalga oshirishdan iborat. Moliyaviy-xo‘jalik faoliyatini tahlil etishda fanning muhim prinsiplari sifatida quyidagilar tarkiblanadi. Mazkur tamoyillar mikro ko‘lamdagi tahlilning barcha turlariga xosdir.
2. Informatsion texnologiyalarga asoslangan boshqaruv tizimida tahlilni tashkil etishning zaruriy shart-sharoitlari.
Iqtisodiyotni globallashuvi, integratsion jarayonlar, innovatsion jadallik va kuchli raqobat muhitidagi talablar hisob-kitoblarga oid fanlar tizimini ham zamonaviy biznes qoidalariga mos tarzda takomillashtirishni talab etmoqda. Negaki, manfaatlar ustuni sifatida tan olingan bozor modeli avvalo, aniq hisob-kitoblar algoritmini, ularni baholashni va chuqur tahliliy yechimlarni talab etadi1.
Bugungi kunda korxonalar oldida juda keng imkoniyatlar ochilmoqda. Nafaqat xo‘jalik yurituvchi subyektlar jamoasi,
mulk egalari, investorlar balki butun bir davlatlar va jamoatchilik tizimi ham boshqaruvdagi o‘zgarish va rivojlanishdan manfaatdordirlar. Zamonaviy boshqaruvni: 2 - yaqin va uzoq davriylikni qamrab olgan – rejalashtirish; - mulk egalari va maqsadli foydalanuvchilarni moliyaviy va boshqa axborotlar bilan ta’minlovchi – buxgalteriya hisobi; - axborotlarni chuqur qayta ishlash, faoliyatga obyektiv baho berish, iqtisodiy va moliyaviy imkoniyatlarni aniqlash orqali tezkor, joriy va istiqboldagi boshqaruv strategiyasini belgilab beruvchi – iqtisodiy tahlil; - faoliyatni yo‘lga qo‘yish va maqsadli boshqarishning aniq yechimlari va natijaviyligini ta’minlovchi, innovatsion va aqlli iqtisodni ta’minlashga imkon beruvchi – ilmiy faoliyat; - faoliyat samaradorligi va natijaviyligidan kelib chiqqan holda munosabatlarni muvofiqlashtirishning muhim mezoni bo‘lgan – mehnatni munosib rag‘batlantirish; - va boshqa (ijtimoiy, ekologik, texnikaviy, tashkiliy) jihatlarni qamrab olgan – murakkab tizim deb qarash lozim. Xo‘jalik yurituvchi subyektlari oldida turgan muhim vazifalarni hal etilishiga albatta axborotlar oqimi va ularni tahliliy xulosalariga tayangan zamonaviy boshqaruvni yo‘lga qo‘yish va takomillashtirish orqaligina erishiladi.
Hozirgi vaqtda tahlil rivojlanishining yangi bir bosqichiga qadam qo‘ymoqda. Bu borada tahlilning
tubdan yangi nazariyasi, uslubiyoti, amaliyoti shakllanish jarayoni kechmoqda. O‘zbekiston va xorijlik olimlar tomonidan tahlilning boshqaruvda operativlikni ta’minlashga imkon beruvchi, joriy va istiqboldagi rivojlanishini belgilab beruvchi, iqtisodiy va moliyaviy axborotlar oqimining shakliga (moliyaviy, boshqaruv) mos tushuvchi, kommunikatsiya texnologiyalar, matematik modellar, statistik metodlarga asoslangan shaklini yo‘lga qo‘yishga harakatlar qilinmoqda.
Tahlilning boshqaruvdagi roli – boshqaruv subyektlariga boshqaruv obyektini (xo‘jalik jarayonlari va hodisalari, ularning samarasi va natijalari yuzasidan boshqaruvning) maqbul yechimlarini berish yuzasidan zaruriy axborotlar bilan ta’minlashdan iborat. Tahlilning boshqaruvdagi o‘rni – xo‘jalik yurituvchi subyektlarning xo‘jalik-tijorat-moliya faoliyatining joriy holatiga baho berish va uni kelgusida yanada rivojlantirish yuzasidan tizimli yechimlarni boshqaruv subyektlariga yetkazib berishdan iborat. Tahlilning boshqaruvdagi ahamiyatini – xo‘jalik yurituvchi subyektlar iqtisodiy, moliyaviy ahvoli,
uning kelgusidagi kutilishlari, pul mablag‘lari kirimi va chiqimidagi ijobiy farqlanishlar, kapital hajmini oshirishdagi kompleks o‘rganishlarning zaruriyligini ifodalaydi.
4-variant
1. Moliyaviy tahlil ishlarini tashkil etish
Moliyaviy tahlilni tashkil etish yuzasidan rasmiy jihatlarning belgilanmaganligi sababli uni tashkil etishda an’anaviy yo‘nalishlardan foydalanish mumkin.
Odatda, buxgalteriya hisobini va auditni (ichki, tashqi) tashkil etishdagi rasmiy jihatlar bilan belgilangan aniq tartib va qoidalar moliyaviy tahlilni tashkil etishda asos bo‘lib xizmat qiladi.
Tahlilni tashkil etish shakli sifatida ichki moliyaviy tahlilni tashkil etilishi va tashqi moliyaviy tahlilni tashkil etilishini tarkiblash maqsadga muvofiqdir.