Maktabgacha ta’limni yangi bosqichga ko’tarish va tubdan isloh qilish



Download 24,04 Kb.
Sana23.01.2022
Hajmi24,04 Kb.
#403536
Bog'liq
m ISH




Maktabgacha ta’limni yangi bosqichga ko’tarish va tubdan isloh qilish

Maktabgacha ta’limni yangi bosqichga ko’tarish va tubdan isloh qilish bo’yicha O‘Zbekiston Respublikasi Prezidentining Maktabgacha ta’lim tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi qarori imzolandi.

Ushbu qarorga asosan o‘tgan davr mobaynida sog‘lom va har tomonlama rivojlangan o‘sib kelayotgan avlodning shakllanishini ta’minlashga qaratilgan samarali maktabgacha ta’lim tizimini tashkil qilish bo‘yicha kompleks tashkiliy-huquqiy chora-tadbirlar amalga oshirildi.

Shu bilan birga, mavjud tizimli kamchiliklar maktabgacha ta’lim sohasida davlat siyosatini to‘liq amalga oshirishga to‘sqinlik qilmoqda, xususan:

birinchidan, maktabgacha ta’limni boshqarishning amaldagi holati tizimli muammolarni o‘z vaqtida aniqlash va bartaraf etish, mazkur sohada, shu jumladan, nodavlat sektorda zamonaviy innnovatsion texnologiyalarni ishlab chiqish va joriy etish imkonini bermayapti;

ikkinchidan, maktabgacha ta’lim sohasiga investitsiyalarni jalb qilishga, shu jumladan, ijtimoiy-hammabop maktabgacha ta’lim muassasalarini tashkil etish, ularni moddiy-texnik jihatdan qayta jihozlash va ilg‘or pedagogik texnologiyalarni qo‘llashga qaratilgan davlat-xususiy sheriklik mexanizmlari joriy qilinmagan;

uchinchidan, maktabgacha ta’lim muassasalari infratuzilmasi va moddiy-texnik bazasining amaldagi holati bolalarni maktabgacha ta’lim muassasalari bilan to‘liq qamrab olishni ta’minlashga imkon bermayapti, mamlakatda aholi sonining o‘sishi ayrim maktabgacha ta’lim muassasalarining haddan tashqari bandligiga olib kelmoqda;

to‘rtinchidan, milliy madaniy-tarixiy qadriyatlarni aks ettiruvchi va bolalikdan kitob o‘qishga qiziqishni uyg‘otuvchi o‘quv-metodik, didaktik (shu jumladan, o‘yinlar va o‘yinchoqlar) materiallar va badiiy adabiyotlarni tayyorlash hamda maktabgacha ta’lim muassasalari faoliyatiga joriy etish ishlari zamonaviy talablarga javob bermaydi;

beshinchidan, kadrlarni tayyorlash va qayta tayyorlashning amaldagi tizimi maktabgacha ta’lim sohasini bolalarni tarbiyalash va har tomonlama rivojlantirish masalalarini professional darajada hal etishga qodir yuqori malakali mutaxassislar bilan ta’minlay olmaydi;

oltinchidan, maktabgacha ta’lim muassasalari xodimlarini moddiy rag‘batlantirish tizimining past darajada ekanligi malakali kadrlarni jalb qilish imkonini bermayapti;

ettinchidan, maktabgacha ta’lim muassasalarida bolalarga tibbiy xizmat ko‘rsatish bo‘yicha hududiy sog‘liqni saqlash organlari ishini tashkil etishdagi kamchiliklar bolalarning hayoti va sog‘lig‘ini himoya qilish, shu jumladan, sog‘lom ovqatlanishini ta’minlash bo‘yicha profilaktik chora-tadbirlar samaradorligining pasayishiga olib kelmoqda.

Maktabgacha ta’limni boshqarishning zamonaviy mexanizmlarini joriy etish, tarbiya va o‘quv jarayonini takomillashtirish, maktabgacha ta’lim muassasalarini yuqori malakali mutaxassislar bilan to‘ldirish, ularning infratuzilmasi va moddiy-texnik jihozlanishini yaxshilash maqsadida:

1. O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi, Sog‘liqni saqlash vazirligi, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, mahalliy davlat hokimiyati organlarining maktabgacha ta’lim sohasidagi faoliyati qoniqarsiz deb topilsin.

2. Belgilab qo‘yilsinki, 2018-yil 1-yanvardan boshlab Toshkent, Nukus shaharlarida, viloyatlar markazlarida eksperiment tariqasida davlat-xususiy sheriklik shartlarida, shu jumladan, quyidagilarni nazarda tutgan holda yangi maktabgacha ta’lim muassasalari tashkil etiladi:

zamonaviy ijtimoiy-hammabop maktabgacha ta’lim muassasalarini tashkil etish maqsadida investorlarga yer uchastkalari, bo‘sh turgan binolar, shu jumladan, faoliyat yuritmayotgan va tarbiyalanuvchilar soni kam bo‘lgan davlat maktabgacha ta’lim muassasalarini beg‘araz ajratish;

investorlarga maktabgacha ta’lim muassasalarini, ayniqsa shunday muassasalarga yuqori ehtiyoj mavjud va infratuzilmasi rivojlanmagan hududlarda tashkil etish uchun zarur bo‘lgan soliq imtiyozlari va boshqa preferensiyalarni, shuningdek, imtiyozli kreditlarni taqdim etish imkoniyati;

investorlar tomonidan vakolatli davlat organlari bilan 50-yil muddatga tuziladigan davlat-xususiy sheriklik to‘g‘risidagi kelishuv asosida loyihani amalga oshirish;

investorlar tomonidan davlat-xususiy sheriklik to‘g‘risidagi kelishuvda nazarda tutilgan shartlarga, maktabgacha ta’lim sohasidagi davlat talablariga, sanitariya-gigiyena normalariga qat’iy rioya etish, kelishuv amal qilishining butun muddati davomida faoliyat yo‘nalishini saqlab qolish bo‘yicha majburiyatlarni qabul qilish, shuningdek, maktabgacha ta’lim muassasalari xizmati narxining ijtimoiy hammabopligini ta’minlash;

davlat-xususiy sheriklik to‘g‘risidagi kelishuv shartlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish hamda ularni bekor qilish mexanizmlari.

O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi, Xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bilan birgalikda 2018-yilda o‘tkazilgan eksperiment yakunlari yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga respublikaning boshqa hududlarida maktabgacha ta’lim sohasida davlat-xususiy sheriklik mexanizmlarini joriy etish bo‘yicha takliflar kiritsin.

3. Toshkent shahrida joylashgan davlat maktabgacha ta’lim muassasalariga tadbirkorlik subyektlari bilan sifat talablariga va sanitariya-gigiyena normalariga javob beradigan oziq-ovqat mahsulotlari va tayyor ovqatlarni yetkazib berish bo‘yicha to‘g‘ridan-to‘g‘ri shartnomalar tuzishga eksperiment tariqasida ruxsat berilsin.

O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi Moliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Sog‘liqni saqlash vazirligi hamda Xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi bilan birgalikda 2017-yilda o‘tkazilgan eksperiment yakunlari yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga respublikaning boshqa hududlarida mazkur amaliyotni joriy etish bo‘yicha takliflar kiritsin.

4. O‘zbekiston Respublikasida maktabgacha ta’lim tizimini yanada takomillashtirish bo‘yicha “Yo‘l xaritasi” (keyingi o‘rinlarda “Yo‘l xaritasi” deb yuritiladi) 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.

Belgilansinki, vazirliklar, idoralar va boshqa tashkilotlar rahbarlari “Yo‘l xaritasi”da nazarda tutilgan tadbirlarning o‘z vaqtida, to‘liq va sifatli bajarilishiga shaxsan javobgardir.

5. Maktabgacha ta’lim tizimini tanqidiy o‘rganish va yanada takomillashtirish yuzasidan takliflar ishlab chiqish bo‘yicha komissiya (keyingi o‘rinlarda Komissiya deb yuritiladi) 2-ilovaga muvofiq tashkil etilsin.

6. Quyidagilar Komissiyaning asosiy vazifalari etib belgilansin:

maktabgacha ta’lim sohasidagi qonunchilikni undagi bo‘shliqlarni, korrupsiya va boshqa huquqbuzarliklarni yuzaga keltiruvchi normalarni aniqlash nuqtai nazaridan inventarizatsiya qilish va tahlil etish;

maktabgacha ta’lim sohasida davlat siyosatini samarali amalga oshirishga, shu jumladan, zarur infratuzilmani yaratishga, xodimlarning mehnatini moddiy rag‘batlantirishga, pedagogik kadrlarni sifatli tayyorlash va malakasini oshirishga, shuningdek, maktabgacha ta’limning xususiy sektorini rivojlantirishga to‘sqinlik qiluvchi tizimli muammolarni aniqlash hamda kompleks o‘rganish;

maktabgacha yoshdagi bolalarni uyg‘un rivojlantirish sohasidagi ilg‘or xorijiy tajribani hisobga olgan holda sifatli maktabgacha ta’limni tashkil etishga davlat talablarini qayta ko‘rib chiqish;

maktabgacha ta’lim muassasalariga bolalarni qabul qilishning amaldagi tartibini, vakolatli davlat organlari faoliyatiga zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarining joriy etilishi holatini tanqidiy o‘rganish;

mavjud amaliyot va ilg‘or xorijiy tajribani o‘rgangan holda, nodavlat maktabgacha ta’lim muassasalari faoliyatini litsenziyalashning soddalashtirilgan tartibini joriy etish, ularning tashkiliy-huquqiy shakllarini takomillashtirish bo‘yicha takliflar tayyorlash;

maktabgacha ta’lim muassasalarini o‘quv-tarbiyaviy adabiyotlar bilan ta’minlash tizimini tahlil qilish;

maktabgacha ta’lim muassasalarini oziq-ovqat mahsulotlari bilan ta’minlash tartibini o‘rganish hamda sifat talablariga va sanitariya-gigiyena normalariga javob beradigan oziq-ovqat mahsulotlari va tayyor ovqatlar yetkazib berishning shaffof hamda soddalashtirilgan tizimini yaratish bo‘yicha takliflar tayyorlash;

maktabgacha ta’lim sohasida qonun hujjatlari va huquqni qo‘llash amaliyotini yanada takomillashtirish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar ishlab chiqish belgilandi.

Maktabgacha yoshdagi bolaga singdirilgan bilim va qadriyatlar uning butun kelgusidagi hayotini belgilab berishi sababli maktabgacha ta’lim uyg‘un rivojlangan shaxsni shakllantirishda muhim ahamiyatga ega.

Shuni hisobga olgan holda, o‘tgan davrda O‘zbekiston Respublikasida maktabgacha ta’limni rivojlantirish va samarali faoliyat ko‘rsatishiga qaratilgan qator normativ-huquqiy hujjatlar qabul qilindi hamda kompleks chora-tadbirlar amalga oshirildi.

Hozirgi vaqtda respublikada 4 893 ta davlat maktabgacha ta’lim muassasasi faoliyat olib borayotgan bo‘lib, ularni moliyalashtirishga faqat 2016-yilda Davlat byudjetidan 1,6 trillion so‘m ajratilgan.

Ushbu sohada sog‘lom va har tomonlama rivojlangan o‘sib kelayotgan avlodni tarbiyalashga salmoqli hissa qo‘shib kelayotgan 57 mingdan ortiq mutaxassislar mehnat qilmoqda.

Shu bilan birga, maktabgacha ta’lim sohasida davlat siyosatini to‘liq amalga oshirishga ayrim tizimli kamchiliklar to‘sqinlik qilmoqda.

O‘rganish shuni ko‘rsatdiki, maktabgacha ta’limni boshqarishning amaldagi tizimi mavjud muammolarni o‘z vaqtida aniqlash va bartaraf etish, shuningdek, mazkur sohani yanada rivojlantirish uchun innovatsion qarorlarni ishlab chiqish va joriy etish imkonini bermayapti.

Maktabgacha ta’lim muassasalari infratuzilmasi va moddiy-texnik bazasining hozirgi holati bolalarni maktabgacha ta’lim bilan to‘liq qamrab olishni ta’minlashga imkon bermayapti.

Maktabgacha ta’lim muassasalari xodimlarini moddiy rag‘batlantirishning past darajasi bolalarni tarbiyalash va har tomonlama rivojlantirish masalalarini professional darajada hal etishga qodir malakali mutaxassislar bilan ta’minlay olmaydi.

Maktabgacha ta’lim muassasalarida bolalarning oziq-ovqat, moddiy ta’minoti va ularga tibbiy xizmat ko‘rsatishni tashkil etishda ham jiddiy kamchiliklar kuzatilmoqda.

Shu munosabat bilan, Davlat rahbari tomonidan 2017-yil 9-sentabrda qabul qilingan “Maktabgacha ta’lim tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaror bilan Xalq ta’limi vazirligi, Sog‘liqni saqlash vazirligi, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, mahalliy davlat hokimiyati organlarining maktabgacha ta’lim sohasidagi faoliyati qoniqarsiz deb topildi.

Qarorda maktabgacha ta’limni boshqarishning zamonaviy mexanizmlarini joriy etish, tarbiya va o‘quv jarayonini takomillashtirish, maktabgacha ta’lim muassasalarining infratuzilmasi va moddiy-texnik jihozlanishini yaxshilash bo‘yicha kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirish nazarda tutilmoqda.

Xususan, 2018-yil 1-yanvardan boshlab Toshkent, Nukus shaharlari va respublikaning viloyat markazlarida eksperiment tariqasida davlat-xususiy sheriklik shartlarida yangi maktabgacha ta’lim muassasalarini tashkil etish belgilandi.

Davlat rahbari tomonidan tashabbus qilingan davlat-xususiy sheriklik mexanizmi zamonaviy va hammabop maktabgacha ta’lim muassasalarini tashkil etish uchun investorlarga yer uchastkalari va bo‘sh turgan binolarni 50-yil muddatga beg‘araz ajratishni ko‘zda tutadi.

Investorlar tashkil etilayotgan maktabgacha ta’lim muassasalarida davlat ta’lim talablariga, sanitariya-gigiyena va boshqa normalarga rioya qilish, kelishuv amal qilishining butun muddati davomida faoliyat yo‘nalishini saqlab qolish, shuningdek, maktabgacha ta’lim xizmatini ko‘rsatish narxining maqbulligi va arzonligini ta’minlash uchun mas’ul bo‘lishi nazarda tutilmoqda. Bunda investorlarga keng soliq imtiyozlari va boshqa preferensiyalar, shuningdek, imtiyozli kreditlar taqdim etiladi.

Shuningdek, Toshkent shahridagi davlat maktabgacha ta’lim muassasalariga tadbirkorlik subyektlari bilan tegishli talablarga javob beradigan oziq-ovqat mahsulotlari va tayyor ovqatlarni yetkazib berish to‘g‘risida to‘g‘ridan-to‘g‘ri shartnomalar tuzishga eksperiment tariqasida ruxsat berildi.

Mazkur eksperimentlar yakunlari bo‘yicha respublikaning boshqa hududlarida davlat-xususiy sheriklik mexanizmlarini va maktabgacha ta’lim muassasalarida ovqatlanishni tashkil etish tartibini joriy etish masalasi ko‘rib chiqilishi nazarda tutilmoqda.

Qaror bilan ushbu sohadagi dolzarb muammolarni hal qilish bo‘yicha tadbirlarni amalga oshirishga qaratilgan O‘zbekiston Respublikasida maktabgacha ta’lim tizimini yanada takomillashtirish bo‘yicha “Yo‘l xaritasi” ham tasdiqlandi.

Maktabgacha ta’lim tizimini tanqidiy o‘rganish va yanada takomillashtirish yuzasidan takliflar ishlab chiqish bo‘yicha komissiya tashkil etildi. Komissiya tomonidan maktabgacha ta’lim sohasidagi qonunchilikni undagi bo‘shliqlar, korrupsiya va boshqa huquqbuzarliklarni yuzaga keltiruvchi normalarni aniqlash nuqtai nazaridan tahlil etish, shuningdek, maktabgacha ta’lim sohasida davlat siyosatini samarali ro‘yobga chiqarishga to‘sqinlik qiluvchi tizimli muammolarni aniqlash hamda kompleks o‘rganish ishlari amalga oshiriladi. Bunda zarur infratuzilmani yaratish va maktabgacha ta’limning xususiy sektorini rivojlantirishga alohida e’tibor qaratiladi.

Shu bilan bir qatorda, sifatli maktabgacha ta’limni tashkil etishga davlat talablari, shu jumladan, maktabgacha yoshdagi bolalarni uyg‘un rivojlantirish sohasidagi ilg‘or xorijiy tajribani hisobga olgan holda qayta ko‘rib chiqiladi.

Shuningdek, milliy madaniy-tarixiy qadriyatlarni aks ettiruvchi va bolalikdan kitob o‘qishga qiziqish uyg‘otuvchi o‘quv-metodik, didaktik materiallarni tayyorlash hamda joriy etish ishlari ham zamonaviy talablarga muvofiqlashtiriladi.

Qarorda vakolatli davlat organlari faoliyatiga zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish hisobiga maktabgacha ta’lim muassasalariga bolalarni qabul qilishni soddalashtirish ham o‘z ichiga olgan tashkiliy chora-tadbirlarni amalga oshirish nazarda tutildi.

Nodavlat maktabgacha ta’lim tizimini kengaytirish maqsadida Komissiyaga mavjud amaliyot va ilg‘or xorijiy tajribani o‘rgangan holda, nodavlat maktabgacha ta’lim muassasalari faoliyatini litsenziyalashning soddalashtirilgan tartibini joriy etish, ularning tashkiliy-huquqiy shakllarini takomillashtirish bo‘yicha takliflar tayyorlash topshirildi.

O‘tkazilgan o‘rganishlar natijasiga ko‘ra, maktabgacha ta’lim sohasida qonun hujjatlari va huquqni qo‘llash amaliyotini yanada takomillashtirishga qaratilgan kompleks chora-tadbirlar ishlab chiqiladi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Maktabgacha ta’lim tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorining amalga oshirilishi mamlakatda maktabgacha ta’lim tizimini sifat jihatdan yangi bosqichga ko‘tarish, maktabgacha ta’lim muassasalarining infratuzilmasi va moddiy-texnik jihozlanishini tubdan yaxshilash imkonini beradi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Koreya Respublikasiga davlat tashrifi doirasida Maktabgacha ta'lim vazirligi tomonidan 20ga yaqin uchrashuvlar o‘tkazilib, tajriba almashinuvi, O‘zbekistonda eksperimental tarzda bolalar bog‘chalarini ochish, birgalikda kadrlar tayyorlash va ilmiy izlanishlar olib borish imkoniyatlarini o‘rganib chiqish bo‘yicha kelishuvlarga erishildi.

Safar doirasida O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta'lim vazirligi tomonidan Koreyaning qator maktabgacha ta'lim va boshqa turdagi muassasalariga tashriflar uyushtirildi va ularning faoliyati o‘rganildi, jumladan bog‘chalarning o‘ziga xos jihatlari, qo‘llanilayotgan ta'lim berish uslublari, moliyalashtirish va to‘lov tizimlari, pedagogik xodimlarning malaka darajasi va xizmat sharoitlari, oziq-ovqat va moddiy-texnik ta'minot hamda sohalariga tegishli dasturlar va uslublar atroflicha o‘rganildi. 

Pedagoglar faoliyati uchun maksimal qulay sharoitlarning yaratilgani, pedagogning ijodiy erkinligi, katta hajmdagi hisobotlarning yo‘qligi, davlat bog‘chalari pedagoglari ijtimoiy statusining yuqoriligi, bolalar o‘zlarini namoyon qilishlari uchun yaratilgan ijodiy muhit, jumladan xonalarning hatto kichik detallarigacha qulay dizayni va jihozlangani, ular uchun boy adabiyotlar va rivojlantiruvchi o‘yinlarning mavjudligi, erta bolalikdan jamiyatda o‘zini tutish va shaxsiy gigiyena ko‘nikmalarini tarbiya qilish kabi alohida jihatlar Koreya maktabgacha ta'lim tizimi muvaffaqiyatining asosini tashkil etadi.  

Alohida e'tibor qaratish lozim bo‘lgan yana bir jihat, davlat jamiyatning eng himoyalanmagan qatlamlari, kam ta'minlangan oilalar va nogiron bolalarga, birinchi navbatda g‘amxo‘rlik ko‘rsatadi va bog‘chalarga qabul davomida ularga ustuvorlik prinsipini qo‘llaydi va shu sababli ham, Koreyada inklyuziv ta'lim prinsiplari tahsinga sazovordir. 

Koreyaning ta'lim tizimiga kadrlar tayyorlashga ixtisoslashgan va tasarrufida maktabgacha ta'lim muassalari bo‘lgan oliy ta'lim muassasalari bilan hamkorlikni rivojlantirish maqsadida Sanmyong Universiteti, (Sangmyung University) hamda Chung-Ang Universiteti (Chung-Ang University) bilan Hadli kelishuvlar imzolandi, shuningdek Chonnam Milliy Universiteti (Chonnam National University) bilan hamkorlik memorandumlari imzolandi. 

Kelishuvlar va Memorandum doirasida quyidagi sohalardagi hamkorlik nazarda tutilgan: talabalar, ilmiy-pedagogik va boshqaruv mutaxassislari o‘rtasida tajriba almashinuvlari, kadrlar tayyorlash, qayta tayyorlash va malaka oshirishga qaratilgan choralar, jumladan eng yangi dasturlar va uslublarni joriy qilish, hamkorlikda tadqiqotlar, konferensiyalar, ko‘rgazma va seminarlarni amalga oshirish, maktabgacha ta'lim mutaxassislarini tayyorlash bo‘yicha maxsus qo‘shma magistrlik va doktorlik dasturlarini tashkil etish, shuningdek O‘zbekistonda eksperimental ravishda Koreya tizimiga asoslangan eksperimental bog‘chalarni tashkil etish kabi muhim vazifalar nazarda tutilgan. 

Maktabgacha ta'lim vazirligi delegatsiyasining Koreya Respublikasiga tashrifi davomida bolalarning erta rivojlanishi va maktabgacha ta'lim tizimi sohasiga ixtisoslashgan nufuzli ilmiy-tadqiqot institutlari bilan uchrashuvlar ham o‘tkazildi. Jumladan, 2017 yilning 23 noyabr kuni Koreya bolalar parvarishi va va maktabgacha ta'lim masalalarini o‘rganish Instituti (KICCE) bilan Hadli kelishuv imzolandi. Kelishuv doirasida Maktabgacha ta'lim vazirligi va KICCE hamkorligida qo‘shma tadqiqotlar o‘tkaziladi, pedagogik kadrlarni tayyorlash orqali tajriba almashinuviga qaratilgan dasturlar amalga oshiriladi, seminarlar va konferensiyalar tashkil etiladi. Shu bilan bir qatorda hamkorlik asosida maktabgacha ta'lim tizimini rivojlantirish strategiyalarining ishlab chiqilishi, ta'lim dasturlari va standartlarining qayta ko‘rib chiqilishi, ta'lim statistikasini joriy qilish nazarda tutilgan. 

Seul bolalarni erta rivojlantirishga ko‘maklashish Instituti (Seoul Early Childhood Education Promotion Institute) bilan 2017 yilning 22 noyabr kuni o‘tkazilgan uchrashuv chog‘ida qo‘shma tadqiqotlarni o‘tkazish, tajriba almashinuvi, ilmiy tadqiqotlar natijalarini amaliyotga tatbiq qilish imkoniyatini beruvchi hamkorlikdagi ilmiy-amaliy tadqiqot muassasalarini tashkil etish, o‘quv-uslubiy materiallarni tayyorlash borasida kelgusida hamkorlik bitimlarini imzolash kelishib olindi.

Yana bir samarali uchrashuv – Maktabgacha ta'lim vazirligining eng muhim salohiyatli hamkori – Koreya Respublikasi Ta'lim vazirligining Maktabgacha ta'lim va bola parvarishi Departamentida bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuvda Koreya tomoni O‘zbekiston delegatsiyasiga Koreyada maktabgacha ta'lim va bola parvarishi bosqichlari, sohani rivojlantirish strategiyalarini ishlab chiqish prinsiplari, yangi NURI maktabgacha ta'lim Milliy dasturini joriy qilish jihatlari haqida ma'lumot berdilar. Shuningdek, to‘lov tizimlari, ta'lim muassasasi turidan kelib chiqqan holda narxlarni belgilash prinsiplari, Davlatning maktabgacha ta'limga yo‘naltirayotgan xarajatlari, shuningdek istiqboldagi rejalar, jumladan, maktabgacha ta'lim strukturasida Davlat bog‘chalari ulushini kengaytirish, elektron qabul tizimini joriy qilish, pedagoglar malakasini oshirish hamda sohani takomillashtirish tendensiyalari haqida ham ma'lumotlar berildi. 



Koreya Respublikasining tajribasi albatta e'tiborga molik va ishonamizki, O‘zbekistonda maktabgacha ta'lim tizimini isloh qilish jarayonlarida bu boradagi Koreya modeli elementlari albatta o‘z aksini topadi.
Download 24,04 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish