Moliyaviy tahlilning rivojlanish tarixi va fan sifatida shakllanishi



Download 1,9 Mb.
bet8/23
Sana28.11.2022
Hajmi1,9 Mb.
#873814
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   23
Bog'liq
Tahlil

16-variant
1. Nazariy o'yin usuli va tahlilda foydalanishning o'ziga xos tomonlari. Nazariy o'yin usuli o‘rganilayotgan voqelik tafsifiga ko‘ra undagi mavjud vaziyatlar ichida eng maqbul strategiyani topishni tadqiq qiladi. Bunda korxona uchun eng qulay va maqbul vaziyat strategiya qilib boshqaruv qarorlari asosida belgilab olinadi. Mazkur holatni matematik ko'rinishga keltirishda har bir vaziyatni alohida o‘yin ishtirokchisi deb belgilab olinadi. Har bir ishtirokchi esa o'zining manfaatini maksimallashtirishni boshqa ishtirokchilar hisobidan amalga oshirishga harakat qiladi. Nazariy o‘yin usulida masala aniq formulalashtirishni talab qiladi. Bunda o‘yin qoidasi va ishtirokchilar soni belgilanadi, ishtirokchilar imkoniyatidagi strategiyalar aniqlanadi, yutuqlar va yutqazishlar o‘rganiladi. Masalalami hal qilishda algebraning chiziqli tenglamalar va tengsizliklar tizimi usullari va boshqa shu kabilardan foydalaniladi. Nazariy o‘yin usulining mazmunini quyidagi misolda ko'rishimiz mumkin. Korxona mavsumiy ishlab chiqarish sikliga ega bo‘lib bolalar kiyimi ishlab chiqarishga ixtisoslashgan. Qishki mavsum uchun kurtka va palto ishlab chiqarish imkoniyati mavjud. Biroq, mahsulotlami qaysi birini qancha ishlab chiqarish qish mavsumidagi ob-havoga bog'liq. Agar, qish mavsumida o‘ta sovuq boiishi kutilayotgan boisa palto mahsuloti ko‘p ishlab chiqariladi. Basharti, qish mavsumi iliqroq kelsa kurtka mahsulotiga talab ko‘p bo‘ladi. Yana, bu yerda shu holatlar kuzatiladiki qishning оЧа sovuq bo‘lishi rejalashtirilgan bir paytda mavsum iliq kelishi mumkin, yoki aksincha. Bu esa, korxona ishlab chiqargan mahsulotlarini qaysi bir turini sotilmay qolishiga sabab boMadi. Demak, yuqorida ko‘rib chiqilgan vaziyatlarda korxonaning mahsulot sotishdan tushum, pirovardda esa foydasi (zarari) turlicha bo'ladi. Maksimal tushumga, uning natijasida foydaga erishish (yoki zarar ko'rish) korxona uchun eng ma’qul variant hisoblanmaydi.
 
 
 
 
 17 variant
1. Moliyaviy tahlil metodining o’ziga xos xususiyatlari.
2. Funktsional-qiymatli tahlilni qo’llashdagi xususiyatlar.
17/1
Moliyaviy tahlil metodining muhim xususiyati shundaki, unda faqat o'zgarish, rivojlanishning o‘zigina emas, balki uning sabab-oqibat  bog‘lanishlari ham o'rganiladi. Ko'rsatkichlar va ularning oczgarishiga ta’sir etuvchi birliklarni aniqlashga muhim ahamiyat qaratiladi. Moliyaviy tahlil metodining yana bir muhim xususiyati shundaki, ko‘rsatkichning nafaqat sabab-oqibat bogManishlaridagi natijalari balki ularning kelgusidagi kutilishlarini prognozlash imkoni ham tug6iladi. Ya’ni, moliyaviy tahlilda nafaqat real holat, balki uning kutilayotgan natijalari haqida ham ogoh boMinadi.
Moliyaviy tahlil metodining yana bir o‘ziga xos tomoni  o‘rganilayotgan ko‘rsatkichlami o‘zaro ta’sirini va bog4liqligini aniq  hisoblab ko4rsatib berishdir. Xulosa qilib aytish mumkinki, tahlil metodining muhim xususiyati ocrganiladigan muayyan iqtisodiy kocrsatkich alohida tarzda, boshqa omillardan ajratilgan holda tahlil qilinmaydi. Ularning o'zaro bog'liqligi doimo e’tiborda tutiladi.
Tahlilning usullari to4g‘ri tanlansa, ulardan ilmiy, ijodiy foydalanilsa, tahlil muvaffaqiyatli chiqadi. Bu esa o‘rganilayotgan  obyektga dialektik yondashuvni talab etadi. Tahlil qilishda dialektik usuldan foydalanish, korxona xo‘jalik faoliyatini o‘rganib chiqishda barcha bog‘Iiq tomonlarini hisobga olinishini talab etadi.
Moliyaviy tahlilning ocziga xos xususiyatlarida moliyaviy analitiklar quyidagi muhim jihatlarga ahamiyat berishlari lozim:
- operatsion jarayonning tashkil etilishiga;
- naqd mablagMarning harakatiga;
- boshqaruvning maqsadliligiga;
- tarmoq risklarini baholashga;
- bozomi o‘rganishga;
- faoliyat koiamini o'rganishga;
- yuridik maqomini o4rganishga.
17/2
FQTni qo’llashdan maqsad korxonaning xarajatlarini kamaytirish evaziga uning faoliyatida yuqorida samaradorlik va sifat ko’rsatkichiga erishishdan iboratdir. Bunga iqtisodiy hodisa, jarayon va faoliyatning sodir bo’lmasdan oldin sistemali ravishda tahlil qilish orqali erishiladi. Natijada mahsulotning yuqori sifati, ishning yuksak samaradorligi ta'minlanadi. Shu tufayli FQT iqtisodiy tahlilning eng samarali ilg’or shakllaridan biri bo’lib hisoblanadi. Tahlilning bu shakli asosan mikroiqtisodiyot darajasida qo’llanadi. Bunda ham aniq bo’g’inlarni, mahsulotni, jarayonni, faoliyatni ob'ekt qilib oladi. Masalan, biror mahsulotni ishlab chiqarish, tovar harakatini boshqarish yoki biror mutaxassis faoliyatini takomillashtirish kabilar. Demak, FQTning qo’llanish doirasi qisqa va aniq maqsadlarni ko’zda tutar ekan. Shunday qilib FQT deb ish faoliyat mehnatning samaradorligi va sifatini oshirish maqsadida, ularni sistemali ravishda, sodir bo’lmasdan oldin, mantiqiy (evristik) yo’l bilan tahlil qilish orqali mahsulotni ishlab chiqarishda unga sarflanadigan xarajatlarni va bajariladigan vazifalarni kamaytirish evaziga uning foydaliligi va rentabelliligini ko’paytirishga qaratilgan tadbirlarni amalga oshirish jarayoniga aytiladi. FQT o’ziga xos xususiyatlarga ega. Bular quyidagilardan iborat:
1.Tahlil qilinayotgan ob'ekt hali ishga tushmagan, faoliyat ko’rsatmayotgan, loyihalashtirish, rejalashtirish bosqichida bo’lishi mumkin. Shu tufayli FQT iqtisodiy jarayon sodir bo’lmasdan oldin o’tkaziladi.
2.har bir tahlil qilinayotgan ob'ektda birorta hodisa yoki iqtisodiy jarayonning to’liq sodir bo’lishi uchun u qanday vazifalardan iboratliligi aniqlanadi. Bunday tahlilda abstrakt tafakkur, evristik tahlillardan foydalanish mumkin.
3.FQTda barcha vazifalar ushga bo’lib o’rganiladi: asosiy, qo’shimsha, nokerak. Tahlil qilinadigan ob'ekt faoliyatini loyihalashtirishda nokerak vazifalarni bartaraf qilish yo’llari ishlab chiqiladi. Bu esa xarajatning o’z-o’zidan kamayishini ta'minlaydi.
4.har bir asosi va qo’shimsha vazifalarning qanday amalga oshishi belgilanadi. Imoni borisha bu vazifalar ham tejamli yo’llar bilan mahsulot (ish, xizmat) sifatini oshiradigan darajada bajarilishini ta'minlaydi.
5.FQT samaradorligi oldindan aniqlanadi. Chunki ta'kidlanganidek oldindan aniqlangan nokerak vazifalar sodir bo’lmasdan ularga mablag’, vaqt yo’qotilmasdan bartaraf qilinadi. Bu ham uning o’ta samarali iqtisodiy dastak ekanligidan dalolatdir.
6. Ushbu tahlilda axborot manbai bo’lib, o’tgan, sodir bo’lgan iqtisodiy jarayonni ifodalovchi hisobotlar emas, balki bajarilishi lozim bo’lgan, ko’proq ilmiy va mantiqiy yo’l bilan aniqlangan, qali sodir bo’lmagan vazifalar sistemasi hisoblanadi.
7.Faoliyat ko’rsatayotgan ob'ektlarda FQT biznes rejani to’zishda qo’llaniladi. Uning har bir ko’rsatkichini asoslash uchun vazifalarni tarkiblash (asosiy, qo’shimsha, nokerak) tamo-yiliga asoslanadi. Bu esa, iqtisodiy ko’rsatkichlarning ham yaxshilanishini, iqtisodiy o’sishini samarali yo’llar bilan ta'minlash imkonini beradi.
FQTda tahlilning ham tahlil qilinayotgan ob'ektning ham maqsadini, kutilayotgan natijasini, vazifasini mohiyatini ta'sirini va aloqasini aniqlab olishni taqozo qiladi. Ob'ektning maqsadida u orqali nimaga erishilishi ko’zda tutiladi. Natijada shu ob'ekt nimaga erishilganligi ko’rsatiladi. Uning vazifasida shu ob'ektning nima qilishi ko’zda tutilsa, mohiyatida shu ob'ekt nima qila olishini ko’rsatadi. Ob'ektning ta'siri deganda, ob'ektning nimani o’zgartira olishi tuchunilsa, uning aloqasida FQT boshqa ko’rsatkichlarga ta'sir qilish nimalar orqali amalga oshishi ko’rsatiladi. Shu tufayli FQTni amalga oshirish jarayonida ushbu iboralardan to’g’ri va aniq foydalanish lozimdir.
18 variant
1. Moliyaviy tahlil qilishning usullari, oddiy-an’anaviy hamda iqtisodiy-matematik usullari.
2. Kompleks Moliyaviy tahlil natijalari asosida xo’jalik faoliyatiga kompleks baho berish.
18/1
Tahlilning asosiy (umumiy) usullari sifatida quyidagilami tarkiblash lozim.
Taqqoslash - tahlilda eng ko'p qoMlaniladigan usul hisoblanadi. Uning gorizontal, vertikal, trendli usullari tarkiblanadi. Amalda taqqoslashning muhim shartlariga amal etish talab etiladi. Ular qatoriga oclchov birligi (hajm, qiymat, miqdor ko‘rsatkichlar), davriy oraliqlari, faoliyat shakli, ishlab chiqarish sharoitlari, ishbilarmonlik muhiti bir xilligi, hisob-kitoblaming metodik jihatdan yagonaligini kiritish mumkin.
Taqqoslashning mazmuni - qiyoslashdan iborat. Taqqoslash asosida  o'rganilayotgan obyektdagi o‘zgarishlar, ulaming rivojlanish tendensiyalari va qonuniyatlari o'rganiladi. 0 ‘rtacha miqdorlar deb, bir xildagi va bir turdagi hodisalami o'zgaruvchan belgilari asosida umumlashtirib xarakterlovchi, ta’riflovchi miqdorlarga aytiladi.
Balans usuli - o‘zaro bog‘langan va tenglashtirilgan ikki guruh iqtisodiy ko‘rsatkichlar tengliklarini aks ettirish usulidir. Bu metod buxgalteriya hisobi va rejalashtirish amaliyotida eng ko‘p  qo4llaniladigan metod hisoblanadi.Indeks so‘zi lotincha “Index” atamasidan olingan bo4ib belgi, ko‘rsatkich degan ma’noni bildiradi. Har qanday ko'rsatkich ham indeks ma’nosida bir xilda ishlatilmaydi. Tahlilda, statistikada indeks deganda - bevosita qo‘shib bo'lmaydigan boiaklardan tashkil topgan ikki
tocplamni taqqoslash tushuniladi.Zanjirli bog‘lanish usulida natijaviy ko‘rsatkichning o‘zgarishi va  uning o‘zgarishiga ta’sir etuvchi omillar tizimli almashtirishlar orqali hisob-kitob qilinadi. Biroq, tahlil qilinadigan ko‘rsatkichlaming ta’sir birliklari funksional bogMiqlikda boiishi talab etiladi.Matematik usullarning integral, logarifm, korrelyatsion, regretsion, matematik dasturlash, nazariy o‘yin turlarini tarkiblash mumkin. Integral usul. Multiplikativ, karrali va karrali-additiv ko‘rinishli  aralash modellari tarkiblanadi.Korrelyatsion (stoxastik) bog6lanish. Bu juda kocp kuzatuvlardagina namoyon bo4ladigan ko‘rsatkichlar orasidagi to‘liq  bo4lmagan, taxminiy bog‘lanishdir. Odatda, juft va ko‘p miqdorli  korrelyatsiyalar farqlanadi.
18/2
Moliyaviy tahiil subyektlari xo'jalik subyektlarining moliyaviy holatini kompleks (to‘liq) baholashlari ham mumkin. Bu borada auditorlik faoliyatida olib boriladigan tahliliy protseduralarni ham misol qilib keltirish mumkin. Qolgan hollarda analitiklaming va buyurtmachilarning maqsad, manfaatlaridan kelib chiqqan holda zaruriy bo4gan obyektlar bo'yicha xulosalar chiqarishga etadigan tahlillar o‘tkaziladi.
Moliyaviy holatning kompleks tahlili ko‘proq faqat ichki moliyaviy tahlilga hos jihatdir. Tashqi tahiil subyektlari odatda o‘zini qiziqtirgan  masala yuzasidan axborotlaming jozibadorligiga ahamiyat qaratadilar Moliyaviy holat tahlili subyektlarining keng qamrovliligi va ular manfaatlarining turlichaligi moliyaviy holat tahlilini o4tkazish bo4yicha aniq konseptual asoslami belgilashni talab etadi. Lekin xo4jalik yurituvchi subyektning moliyaviy holatini baholashning me’yoriy hujjatlarga tayangan rasmiy va norasmiy jihatlari mavjud. Rasmiy jihatlami xo‘jalik subyektlarining reyting bahosini chiqarishda, to‘lovga qobillik va kreditga qodirligini baholashda, iqtisodiy nochorlik va bankrotlik darajalarini belgilashda ko‘rish mumkin. Norasmiy jihatlar bo'yicha tahlilchi, analitiklar o'zlari uchun maqbul shaklda tartib va qoidalami belgilashlari va ularga mos analitik jarayonlarni tuzib chiqishlari mumkin.
19 variant
1. Tahlil (analiz) va sintez hodisa va jarayonlarni batafsil o’rganishning asosiy yo’li sifatida.
2. Tahlilni manbalar bilan ta’minlashni yaxshilash yo’llari.  
19/1
Tahlil so‘zi grekcha “analyzis” so‘zini o'zbek tilidagi tarjimasi bo‘lib, u “bo4laman” yoki “ajrataman” degan ma’noni bildiradi. Demak, tahlil deganda, tor ma’noda butunni qismlarga (unsurlarga) ajratish, bo‘laklarga boTish yo4i bilan uning tarkibiy qismini o‘rganish  tushiniladi.
“Tahlil” deganda o‘zi nimani tushunamiz? Tahlil o‘zi nimani o'rganadi yoki o‘rgatadi? Tahlil bu fanmi yoki metodmi? Bunday savollami biz juda ko‘p uchratamiz. Shuni alohida ta’kidlash lozimki, real voqelikda yuz berayotgan hodisa va jarayonlarni o‘rganishda faqat tahlilni o‘zi yetarli bo‘lmaydi. Inson tafakkuriga mos keluvchi boshqa usullardan ham foydalanishga zaruriyat tug‘iladi. Shu jihatda tahlilga muqobillikda “sintez” usuli ham tarkiblanib, uning yordamida o‘rganilayotgan to'plamning ayrim birliklari orasidagi aloqalar v a o ‘zaro bogiiqliklari aniqlanadi.
“Sintez” atamasi ham grekcha “syntezis” so‘zidan olingan bo'lib, “birlashtiraman”, “qo‘shaman” degan ma’noni bildiradi. Shunday qilib, tahlil deganda, keng ma’noda butunni tarkibiy qismlarga ajratish va ulami barcha o‘zaro aloqalari hamda bogcliqliklarini o‘rganishga asoslangan atrof-muhitdagi hodisa va predmetlami bilish usuli tushiniladi. Ma’Iumki, tahlil tushunchasi juda keng ma’noga ega boiib, u turli soha va yo‘nalishlarda qo‘llaniladi. Fan va amaliyotda tahlilni juda ko‘p  turlarini uchratish mumkin: iqtisodiy, moliyaviy, ximiyaviy, fizik, matematik, statistik va h.k. Ular albatta bir-biridan o ‘rganayotgan obyektlari, maqsadlari va o‘rganish uslublari bilan farq qiladi. Iqtisodiy jarayonlarni, ularning o‘zgarish tendensiyalarini, rivojlanishi va taraqqiyotini mavhum-mantiqiy tekshirish usullari orqaligina anglash mumkin. Bu borada mikroskoplardan, ximiyaviy reaktivlardan, oMchov vositalaridan foydalanib bo6lmaydi
19/2
Iqtisodiy tahlil jarayonida turli xil axborotlar hamda ma’lumotlardan foydalanish zarur bo‘ladi. Ularning to‘g‘ri, aniq, ishonchli bo‘- lishi hamda o‘z vaqtida olinishi tahlil natijalarining samaradorligini oshiradi.
Ichki va tashqi foydalanuvchilar uchun muayyan shakl va mazmun-ga ega iqtisodiy hodisa, voqea va xo‘jalik jarayonlarini qayd etish yoki qayta hisoblab tegishli manbalarda darak yoki ko‘rsatkich ko‘rinishida  aks ettirish iqtisodiy tahlil uchun ma’lumotlar hisoblanadi. Iqtisodiy tahlilda foydalanuvchilarga uzatiladigan xabar tavsifiga ega ma’lumotlar yoki ularning to‘plami axborot tushunchasini beradi. Tahlil uchun kerakli bo‘lgan ma’lumotlar hamda axborotlarni mazmuniga qarab quyidagi turlarga ajratish mumkin:
– iqtisodiy ma’lumotlar;
– huquqiy-me’yoriy ma’lumotlar;
– ilmiy-texnik ma’lumotlar;
– tabiiy-ekologik ma’lumotlar;
– benchmarking ma’lumotlari;
– boshqa ma’lumotlar.
Iqtisodiy ma’lumotlar ko‘lami kengligi jihatidan ikki yirik guruhga bo‘linadi. Birinchisi – ichki iqtisodiy ma’lumotlar. Ularni biznes-reja, hisob tizimi, budjet hisob-kitoblari, korxona dasturi ma’lumotlari, turli xil texnologik ma’lumotlar va shu kabilar tashkil etadi. Ikkinchisi – tashqi iqtisodiy ma’lumotlar. Misol uchun, tovar-xomashyo bozoridagi ma’lumotlar, qimmatli qog‘ozlar bozoridagi ma’lumotlar, raqobatdosh korxona ma’lumotlari, tarmoqdagi o‘rtacha ko‘rsatkichlar va shu kabilar. Bu manbalar tahlilda eng ko‘p foydalaniladi. Huquqiy-me’yoriy ma’lumotlar xalqaro va mamlakatda amal qila- yotgan barcha qonunlar, hukumat qarorlari, me’yoriy hujjatlar hamda aktlarda rasmiylashtirilgan axborotlar, korxona pasporti, ustavi, korxona a’zo bo‘lgan turli uyushmalardagi shartnomalar va shu kabilardan iborat bo‘ladi. Ilmiy-texnik ma’lumotlar esa eng yangi taraqqiyot, ilm-fandagi o‘z- garishlar, fan va texnika yutuqlarini o‘zida mujassam etgan axborot- lardir. Bu axborotlar tahlil uchun muhim ahamiyat kasb etadi. Tabiiy-ekologik ma’lumotlar tabiat, yer, suv, havo, iqlim va boshqa ekologik omillarni mujassamlashtirgan axborotlardan iborat bo‘ladi. Benchmarking ma’lumotlari ro‘y berishi mumkin bo‘lgan, biroq eh- timoliy ma’lumotlardir. Mazkur ma’lumotlar barcha ma’lumot va ax- borotlarni qayta ishlash yo‘li bilan yoki voqealar rivoji bilan evristik usulda shakllantiriladi. Boshqa ma’lumotlarga esa, iqtisodiy, huquqiy, ilmiy-texnikaviy, ta- biiy-ekologik, benchmarking kabi manbalarda aks etmagan ma’lumotlar tushunilib, ularga ommaviy-axborot vositalari, gazeta va jurnallardagi, radio va televideniyedagi keltirilgan axborotlar kiradi.
Turli axborot va ma’lumotlarni tahlil jarayonlarida qo‘llash natijalarning mazmunini boyitishga, boshqaruv qarorlarining xolisona bo‘li- shiga asos sanaladi.  Iqtisodiy axborotlar boshqa turdagi axborotlardan quyidagi jihatlari bilan ajralib turadi:
• Hujjatlashganligi. Barcha iqtisodiy hodisa va jarayonlar sodir bo‘- lishi bilan tegishli boshlang‘ich hujjatlarda qayd etiladi hamda axborot sifatida rasmiylashadi.
• Turli xil bo‘lishi. Hodisa va voqealar ko‘p manbalarda qayd etilishi, hajmi, mazmuni, shakli jihatidan bir-biridan farqlanadi.
• Ommaviyligi va hajmining kengligi. Ko‘pgina iqtisodiy axborotlar tegishli shaklga ega bo‘lganligi, hisobot shakllarining yuqori organlar tomonidan tasdiqlanganligi ularni tushunishni, bilishni osonlashtiradi.
• Davr oralig‘ida takrorlanib turishi. Tasdiqlangan me’yoriy hujjat- lar muntazam to‘lg‘azilib tegishli yuqori tashkilotlarga belgilangan davr- da topshiriladi. Hisobot davrlari – choraklar, yarim hamda yillik mud- datlarga bo‘linib axborotlar tuziladi.

  •  Qonunlashganligi va chegaralanganligi. Barcha yuqori organga topshiriladigan yoki ochiq e’lon qilinadigan iqtisodiy axborotlar davlat

20-Variant
1. Tashqi tahlilni bajaruvchilar tomonidan moliyaviy tahlilni o’tkazishning xususiyatlari.
Korxona ichidagi rejalar va biznes rejalarni ishlab chiqish dastlabki tahlil usullarini ishlab chiqish, korxonaning ishlab chiqarish, xo'jalik va moliyaviy faoliyatini prognozlash bilan uzviy bog'liqdir. Bozor iqtisodiyoti sharoitida korxonalar (shu jumladan, davlat korxonalari) ham qisqa, ham uzoq muddatlarda texnik echimlar va rejalarni iqtisodiy jihatdan asoslashlari kerak, bu esa tahlilning roli va ahamiyatini keskin oshiradi, bu holda ichki va tashqi omillarni xolisona baholash mumkin emas. korxonaning ishlab chiqarish-xo'jalik va moliyaviy faoliyatiga ta'sir ko'rsatadi. Texnik-iqtisodiy tahlilning maqsadi korxona va uning bo'linmalarining texnik, tashkiliy va iqtisodiy darajasini o'rganish, uning ishlab chiqarish, xo'jalik va moliyaviy faoliyati natijalarini baholash, shuningdek, uning bankrotligi diagnostikasi. Ushbu maqsad sifatni baholash, foydalanilmagan imkoniyatlar va ishlab chiqarish zaxiralarini ochish, standartlardan chetga chiqish sabablarini aniqlash, ta'sirni aniqlash kabi bir qator aniq vazifalarni hal qilishni nazarda tutadi. ba'zi turlari boshqaruvning umumiy natijalari bo'yicha faoliyat, faoliyatning kutilayotgan natijalarini prognozlash va boshqaruv qarorlarini qabul qilish uchun ma'lumotlarni tayyorlash va boshqalar. Moliyaviy tahlilning asosiy maqsadi korxonaning moliyaviy holatini baholashdir. Korxonaning moliyaviy holati uning moliyaviy resurslarini shakllantirish va ulardan foydalanish jarayonini aks ettiruvchi ko'rsatkichlar yig'indisi bilan tavsiflanganligi sababli, bozor iqtisodiyoti sharoitida u korxona faoliyatining yakuniy natijalarini aks ettiradi. Binobarin, moliyaviy tahlil korxonada moliyaviy boshqaruvning ham, uning hamkorlar, moliya-kredit tizimi, soliq organlari bilan iqtisodiy munosabatlarining ajralmas elementi bo'lib, moliyaviy barqarorlik, tadbirkorlik faoliyati, rentabellik va rentabellik kabi ko'rsatkichlarni hisobga olishni o'z ichiga oladi. Korxona va uning bo'linmalarining ishlab chiqarish, xo'jalik va moliyaviy faoliyati bilan tavsiflanadi muayyan tizim o'zaro bog'liq ko'rsatkichlar.Tashqi moliyaviy tahlilning maqsadi Korxonaning moliyaviy-iqtisodiy tahlili: maqsadlar Har qanday korxonaning uzoq muddatli rivojlanishi rahbariyatning paydo bo'lgan muammolarni o'z vaqtida aniqlash va ularni malakali ravishda zararsizlantirish qobiliyatiga bog'liq. Ushbu maqsadga erishish uchun moliyaviy tahlillar qo'llaniladi, uning maqsadi kompaniyaning boshqaruv vositalaridagi barcha muammoli elementlarni aniqlashdir.
 
2. Firma va kompaniyalarning mahsulotlar ishlab chiqarish va ularning sotilishini muhim ko’rsatkichlarini tahlil qilish
Mahsulot ishlab chiqarish hajmini kompleks tahlili ikki yo‘nalishda olib boriladi:
a) mahsulot ishlab chiqarish rejasining bajarilishini baholash;
b) bir necha yillar bo‘yicha mahsulot ishlab chiqarish dinamikasini tahlili.
Hisobot davridagi mahsulot ishlab chiqarish hajmini reja ma’lumotlari bilan taqqoslash orqali rejaning bajarilishi, rejadan farqlanishi mutloq summada, o‘tgan yil bilan taqqoslash orqali esa mahsulot hajmini o‘sish sur’ati aniqlanadi. Korxonaning ishlab chiqarish tahlili - bu mehnat samaradorligini aniqlash bo'yicha barcha bo'limlarning ish faoliyati natijalarini baholash bo'yicha chora-tadbirlar majmuidir. Qoida tariqasida, u maxsus avtomatlashtirilgan dasturlar yordamida amalga oshiriladi, ularning afzalligi ishlab chiqarish korxonasini puxta va tezkor tahlil qilishdir. Bundan tashqari, ishlab chiqarish korxonasini tahlil qilish siz uchun qulay bo'lgan har qanday usul yordamida amalga oshirilishi mumkin, bu juda ko'p funktsiyalarni o'z ichiga olishi mumkin, masalan, korxona xarajatlari tahlili yoki o'simliklarning faoliyati tahlili. Ishni batafsil baholash samaradorlik va ishning oshishiga yordam beradi.
Katta hajmdagi ishlar va vazifalarning murakkabligi korxona mahsulotlarini ishlab chiqarishni tahlil qilishda avtomatlashtirilgan dasturiy ta'minotning ishlashiga hech qanday ta'sir qilmaydi, bu ham ushbu operatsiyani bajaradigan barcha funktsiyalarni nazarda tutadi. Ishlab chiqarish korxonasining moliyaviy tahlili va natijada ishlab chiqarish korxonasi daromadlarini tahlil qilish kompaniyaning tijorat muvaffaqiyatini baholashda, muammoli yo'nalishlarni va ularni yo'q qilish yo'llarini aniqlashda yordam beradi.
 
21-Variant
1.Moliyaviy tahlilning rivojlanish tarixi va fan sifatida shakllanishi.
Iqtisodiy tahlil fani Iqtisodiy fanlar tarkibiga kiradi. Iqtisodiy tahlil fani ko’p asrlik tarixga ega. Ushbu fan buxgalteriya hisobi va statistika fanlari asosida vujudga kelgan . Buxgalteriya hisobining paydo bo’lganiga 550 yildan, Iqtisodiy tahlilning vujudga kelganiga esa 130 yildan oshgan. Buxgalteriya hisobi bo’yicha birinchi asar xv asrda paydo bo’lgan. Bunga misol qilib Vendrixt Katrulinning 1458 yilda nashr qilingan “Savdo va xususiy savdogar“ nomli kitobini ko’rsatish mumkin2. 1880- yillarda Rossiyada "Schetovodstvo" jurnali chiqaboshlagan . Ushbu jurnalda tahlilning birinchi elementlari paydo bo’lgan . Shu davrda «Balansshunoslik» fani yuzaga kelgan . Shu fan tarkibida tahlilning bazi bir elementlari o’z aksini topaboshlagan. Shu davrdan boshlab , “ Iqtisodiy tahlil" fani vujudga kelgan deb hisoblanadi.
Iqtisodiy tahlil fani mustaqil fan sifatida shakllangunga kadar o’ziga xos tarixga va birqancha nomlarga ega buldi.
O’zbekistonda iqtisodiy tahlil faniga 20-asrning 60 yillaridan boshlab ahamiyat beraboshlandi.Unga qadar oliy va o’rta maxsus o’quv yurtlarida darslar boshqa fanlar kabi sobiq ittifoqning markazi shaharlarida yaratilgan iqtisodiy tahlil fani bo’yicha olib borilar edi. Bu fanlarda va shu jumladan iqtisodiy tahlil fanida ham O’zbekistonga xos bo’lgan hodisa va jarayonlar va ularning natijalari o’z aksini topmas edi.Shunga qoramasdan darslar o’tilib kelar edi.Ushbu nuqsonlarni tugatish maqsadida O’zbekistonlik olimlar 20-asrning 60 yillaridan boshlab, barcha fanlar va shu jumladan iqtisodiy tahlil fani bo’yicha ham jasurlik bilan ijod qilishga kirishdilar.
O’zbekistonda iqtisodiy tahlil fanining yaratilishini taxminan quyidagi besh davrga bo’lish mumkin. Har bir davrda O’zbekistonda iqtisodiy tahlil fani bo’yicha qilingan ishlarning lo’nda mazmuni M.Q. Pardayevning “Iqtisodiy tahlil nazariyasi”,A.V.Vahobov va boshqalarning “ Moliyaviy va boshqaruv tahlili”darsliklarida bayon qilingan . Biz shulardan foydalanib, ularning qisqacha mazmunini bayon qildik.
 
2.Material boyliklardan foydalanish tahlilining uslubiy asoslari
 


22-variant
1. Moliyaviy tahlilning metodi va uning o’ziga xos xususiyatlari
Raqobatdosh iqtisodiyot xo‘jalik yurituvchi subyektlar boshqaruvini tubdan takomillashtirish, uning sifat jihatidan yangi tuzilmasini shakllantirish va samaradorlikni o‘z-o‘zidan ta’minlaydigan mexanizmemas. Birinchi navbatda, ishlab chiqarishga yangi texnika va texnologiyalami joriy etish, innovatsion mahsulotlami yaratish orqali raqobatdoshlikni ta’minlash, tarkibiy o^zgarishlami talab etadi. Bu jarayonlar albatta ishdagi unum va samarani, natijaviylikdagi ijobiylikni ta’minlashning muhim garovi hisoblanadi. Ishdagi unum va samara, natijaviylikda ijobiy o‘zgarishlar xo‘jalik yurituvchi subyektlaming faoliyatini keng qamrovli va tizimli shaklda doimiy o‘rganishni, baholash va tahlil qilishni talab etadi. Xo‘jalik yurituvchi subyektlar faoliyati, uni yoiga qo‘yishdagi kafolatlangan erkinliklari hamda ma’lum bir dastaklar asosida tartiblanuvchi birliklari doimo tahliliy yechimlar asosida boshqarib boriladi. Xuddi shu boshqaruv oddiydan murakkabga, maydadan yirikka, sabab-oqibat bog'lanishlaridagi iqtisodiy, moliyaviy tahlilni yoiga qo‘yishni talab etadi. Tahiil fanining predmeti - turli mulkchilik shaklidagi xo‘jalik yurituvchi subyektlarning moliyaviy-xo4jalik faoliyatini, uning samaradorligi va natijaviyligini ko‘rsatkichlar tizimida, uzviylik va aloqadorlikda, omillarga bog‘liq ravishda turli axborot manbalaridan foydalangan holda davriy o‘rganishga aytiladi. Moliyaviy-xo 'jalik faoliyati: - ishlab chiqarilgan va sotilgan mahsulot (ish, xizmatlar) hajmining, quvvatlardan foydalanish darajasining, resurslar naqdligi va ulardan samarali foydalanishni, xodimlaming tarkibi va mehnat unumining, mahsulot tannarxining, foyda hajmi va rentabellik darajasining, moliyaviy holatning murakkab tuzilmasidir; - tashkil topishdan likvidlik jarayonigacha bo4lgan davrda korxonani iqtisodiy-ijtimoiy rivojlantirishning resurslar bazasini shakllantirish va ulardan foydalanishning maqsadga yo‘naltirilgan faoliyatidir;
2)Tezkor (operativ), joriy va istiqbolli tahlil turlarining ahamiyati.

Download 1,9 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   23




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish