M A V Z U Nurlanish manbalari va ularning turlari. Gaz razryadli nurlanish manbalari. Lazerlar Ixtiyoriy spektral qurulmaning asosiy qismlaridan biri bu nurlanish manbai xisoblanadi. Qo‘yilgan vazifaga va asbobning turiga qarab nurlanish manbalari turlicha bo’lishi mumkin. - Ixtiyoriy spektral qurulmaning asosiy qismlaridan biri bu nurlanish manbai xisoblanadi. Qo‘yilgan vazifaga va asbobning turiga qarab nurlanish manbalari turlicha bo’lishi mumkin.
- Nurlanishlar turli xil bo’ladi. Masalan, oksidlanayotgan fosforning nurlanishi, gazlardan elektr toki o’tish jarayonida vujudga keladigan nurlanish, qattiq jismlarni elektronlar bilan bombordimon qilish natijasida vujudga keladigan nurlanish, qizdirilgan jismning nurlanishi, yani issiqlik nurlanish va hokazo.
- Bu nurlanishlar bir-biridan o’zlarining vujudga kelishining tabiati bilan farq qiladi.
- Lekin har qanday nurlanish jarayonida ham energiyaning biror turi nurlanish energiyasiga aylanadi.
- Xususan, issiqlik nurlanishda nurlanayotgan jism zarralarining xaotik issiqlik harakat energiyasining bir qismi elektromagnit to’lqin tarzida nurlanadi.
- Bu nurlanish absolyut noldan farqli barcha temperaturadagi jismlarda kuzatiladi va temperaturaga kuchli bog’liq bo’ladi.
-
- Lekin har qanday nurlanishda ham energiyaning biron turi nurlanish energiyasiga aylanadi. Agarda jismga energiya qizdirish yo‘li bilan uzatilsa, jism nurlanishi issiqlik yoki temperaturaviy nurlanish deyiladi.
- Issiqlik nurlanish manbalari
- Turli quvvatdagi issiqlik nurlatgich yorug‘lik manbalari fan va texnika xamda xalk xujaligining boshqa soxalarida keng qo’llaniladi. Oddiy misol sifatida cho‘glanma lampalar va elektr isitgichlarni keltirish mumkin.
- Ideal issiqlik nurlanish manbai bo‘lgan absolyut qora jismning nurlanish qonunlari Eynshteyn, Plank, Reley, Jins, Vin va boshqalar tomonidan chuqur o‘rganilgan.
- Issiqlik nurlanish qonunlarini o‘rganishda jismlarning nurlanishi absolyut qora jism nurlanishi bilan taqqoslanadi.
- Barcha chastota va tempiraturalarda yutish qobiliyati birga teng bulgan jismlar absolyut qora yoki absolyut yutuvchi jism deyiladi.
- Qora quya, shuningdek platina qurumi absolyut qora jismga yakin keladi. Amalda volfram, po‘lat oksidi va shunga o‘xshash materiallardan foydalaniladi.
- Tabiatda absolyut oq jism ham absolyut qora jism ham uchramaydi.
- Har qanday jism tushayotgan nurlanishning bir qismini yutsa qolgan qismini qaytaradi. Ularning bir-biridan farqi shundaki, bazi jismlar nurlanishning ko’proq qismini yutsa, boshqa jismlar kamroq qismini yutadi.
- Shuning uchun birinchi xil jismlarni ikkinchilariga nisbatan qoraroq deyish mumkin. Masalan, tabiatda mavjud bo’lgan eng qora qorakuya uchun ko’rinuvchan yorug’lik =0,40-0,75 mkm sohasida, nur yutish qobiliyati 0,99 ga yaqin. Lekin u infraqizil nurlarni kamroq yutadi.
- Odatda, o’zining xususiyatlari bilan absolyut qora jismdan kam farqlanadigan modeldan foydalaniladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |