3-MAVZU. MARKETING TADQIQOTLARI VA AXBOROTLAR
TIZIMI
1. Marketingda axborotlarning ahamiyati.
2. Marketing axborotlari turlari.
3. Marketing axboroti manbalari.
4. Axborot yig’ish usullari
1. Marketingda axborotlarning ahamiyati.
Mamlakatda iqtisodiyotni rivojlantirish, boshqarish tizimi mukammallashtirish axborotlarsiz amalga oshirib bo’lmaydi. Axborotlar milliy iqtisodiyotning barcha tarmoqlari, sohalari bo’linmalari (ish joyidan tortib vazirliklargacha) o’rtasida va ushbu korxona bilan o’xshash korxonalar va tashkilotlar o’rtasida uzluksiz axborot almashishdan iborat. Fan – texnika taraqqiyot o’sishi bilan birga chiqarilayotgan tovarlarning nomenklaturasi ham ortadi, ishlab chiqarishning txnika bazasi zamonaviy va murakkab mashinalar siste’masi bilan chiqarishni ixtisoslashtirish kengayadi va hakozo. Shuning uchun korxonada foydalanidagan axborotlarning miqdori keskin ortadi. Shuni aytish kifoyaki, hozirgi zamon mashinasozlik korxonasida boshqarish ehtiyoji uchun har soatda 100 mingdan ko’proq yoki kuniga bir milliongacha axborot belgilarni ishlab chiqarish talab qilinadi. Axborotlar yetishmasa, yoki ulardan to’la foydalanilmasa, boshqarishda xatoliklarga yo’l qo’yilishi mumkin. Chunki bunday holda rahbar ishlab chiqarishning ahvoli haqida to’la ma’lumotga ega bo’lmaydi. Bozor imkoniyatlarini yaxshiroq bilish va marketing muammolarini yechish har qanday tashkilot, korxona yoki firmaga to’liq va haqqoniy axborot zarur. Ular o’z xaridorlarini raqobatchilarini, vositalarini sotish va baholar ma’lumotlarga ega bo’lmasdan turib, har tomonlama tahlil, rivojlantirish va nazorat qilishni amalga oshira olmaydilar.
Mashhur amerikalik marketologlardan biri shunday degan edi: “Biznesni boshqarish – bu uning kelajagini boshqarish, kelajagini boshqarish – axborotga egalik qilishdir” . Haqiqatdan ham, axborot moliyaviy, xom-ashyo, asbob – uskunalar va ishchi kuchi kabi muhim boshqarish resursi va obyekti bo’lib qolmoqda. Shu bilan bir vaqtda, xo’jalik tadqiqotchilar ta’kidlaganidek, bozor to’g’risidagi axborotlardan to’liq qoniqqan korxonani topish juda mushkul. Ayrimlar aniq ma’lumotlarning yetishmasligdan nolisalar, boshqalar noaniq axborotning ko’pchiligidan noliydilar. Bundan tashqari, axborotning qanchalik haqqoniyligini aniqlash ham muammodir. Shuning uchun, hatto xorijda ham xaridor bozori sharoitida juda kamdan-kam irmalargina rivojlangan marketing axboroti tizimiga ega ekanliklari bilan maqtana oldilar. Ularning ko’pchiligi marketing tadqiqot bo’limlariga ega emaslar, boshqalar o’z tarkiblarida, sotishni istiqbollash va tahlil qilish biln shug’ullanuvchi kichiq bo’limlarga egadirlar. Endi bizdagi ahvolga kelsak. Bozorning ahvoli haqida axborot to’plash hali o’z rivojining ilk bosqichidadir.lekin yangidan-yangi talablarning shiddat bilan rivojlanishi, marketingning baynalminallashuvi, raqobatnning keskinlashishi samarali axborotlarga egalik qilishni kun tartibiga qo’ymoqda. Bunda yangi texnikalarning, yangi komp’ yuter, nusxa ko’chiruvchi mashinalar, videomagnitofonlar va boshqalarning keng ko’lamda ishlatilish keng imkoniyatlar yaratmoqda.
Do'stlaringiz bilan baham: |