3-mavzu. Marketing tadqiqotlari va axborotlar tizimi (2 soat)
Reja:
3.1. Marketing tadqiqotlari va marketing tadqiqotlari tizimi.
3.2. Marketingda axborotni o‘rni. Axborot tizimi.
3.3. Axborot turlari va ularni turkumlash.
3.4. Axborotlarni to‘plash uslublari.
3.5. To‘plangan axborotlarni tahlil qilish va qayta ishlash.
3.6. Marketing tadqiqotlarining yo‘nalishlari va uslublari.
Qo‘llaniladigan pedagogik texnologiyalar: “Blis so‘rov”, “Aqliy xujum”, insert, diskussiya usullari, slaydlar, mashg‘ulotlar matni, tarqatma materiallar, kompyuter texnologiyasi.
3-mavzu bo‘yicha tavsiya etilgan adabiyotlar
Gary Armstrong, Philip Kotler, Michael Harker, Ross Brennan. Marketing an introduction. England, 2016, Paperback: 720 pages, Pearson
Ergashxodjaeva Sh.Dj., Qosimova M.S., Yusupov M.A. Marketing asoslari. - O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi - T.: Iqtisodiyot, 2019. - 305 b.
Paramonova T.N. Marketing. Uchebnoe posobie. – M.: KNORUS, 2010.–190s.
Ergashxodjaeva Sh.Dj., Qosimova M.S., Yusupov M.A. Marketing.- O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi - T.: Iqtisodiyot, 2018. - 315 b.
Ergashxodjaeva Sh.Dj., Qosimova M.S., Yusupov M.A. Marketing asoslari. - O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi - T.: Iqtisodiyot, 2019. - 305 b.
Abdullaev I.S. Marketing O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan tavsiya etilgan. Darslik, -T.: “Innovatsion rivojlanish nashriyot matbaa uyi”, 2020, 324 bet.
3-mavzu. Marketing tadqiqotlari va axborotlar tizimi
Topshiriqlar
1-guruh
1. Kompyuterni qanday xarid qilganingizni eslang. Siz qilgan tanlov jarayonini, murojaat qilingan axborot manbalarini va shu muammoni hal qilishda foydalanilgan yondashuvni qayta tiklashga harakat qiling. Bunda quyidagi bilimlardan foydalaning:
anglanadigan to‘plam;
ko‘rib chiqish, qabul qilish, baholash uchun axborot xarajatlari;
axborotning o‘rinliligi;
qo‘shimcha axborotga ehtiyoj nima bog‘liqligi;
axborot manbalari.
2.Quyida keltirilgan jadval har xil turdagi sovunlar ishlab chiqaradigan kompaniyaning oylik sotuv miqdorini ko‘rsatadi.
Sovun nomi
|
Oy
|
I
|
II
|
III
|
IV
|
V
|
VI
|
VII
|
VIII
|
IX
|
X
|
XI
|
XII
|
«Yubileynoe»
|
-
|
-
|
-
|
4
|
5
|
7
|
9
|
12
|
11
|
10
|
11
|
11
|
«Krasnaya Moskva»
|
20
|
19
|
19
|
12
|
12
|
11
|
10
|
7
|
5
|
3
|
2
|
-
|
«Xvoynoe»
|
22
|
24
|
21
|
21
|
20
|
19
|
10
|
19
|
20
|
6
|
4
|
3
|
Jami
|
42
|
43
|
40
|
37
|
37
|
37
|
29
|
38
|
36
|
19
|
17
|
14
|
Savol va topshiriqlar:
a) Yuqorida keltirilgan jadvaldan foydalanib, har xil sovun navlari sotuvi xaqida qanday axborot olishingiz mumkin?
b) «Krasnaya Moskva» sovuni sotuvi qisqarishining sabablarini aytib o‘ting.
v) Firma kelajakda sotuv hajmini oshirshii mumkin bo‘lgan harakatlar ikki xil variantini taklif qiling.
3. Taklif etilgan elementlardan foydalanib, MATda axborot harakatlanish bosqichlarini tiklang. 1-sxemaning bloklarini to‘ldiring.
Elementlar:
marketing tadqiqotlari tizimi;
hal etilayotgan vazifalar xarakteri, ob’ektlar va boshqaruv darajalari bo‘yicha axborotni bir tizimga keltirish;
tashqi axborot tizimi;
tadqiqot natijalarini tahlil qilish;
firmaning ichki va tashqi marketing muhiti;
marketing axboroti to‘plash maqsadida kommunikatsiyalar;
chiquvchi axborot oqimlarini bir tizimga keltirish;
marketing qarorlarini tahlil qilish, rejalashtirish, tashkil qilish va nazorat qilish;
axborotni qayta ishlash va tahlil qilish tizimi;
marketing tadqiqoti jarayonini boshqarish;
foydalanuvchilar uchun kommunikatsiya tizimi;
ichki axborot tizimi.
Taklif etilgan elementlardan qaysi biri sxemada foydalanilmaydi?
Do'stlaringiz bilan baham: |