2-guruh 1. Qanday qilib uyali telefon sotib olganingizni eslang. Siz qilgan tanlov jarayonini, murojaat qilingan axborot manbalarini va shu muammoni hal qilishda foydalanilgan yondashuvni qayta tiklashga harakat qiling. Bunda quyidagi bilimlardan foydalaning:
anglanadigan to‘plam;
ko‘rib chiqish, qabul qilish, baholash uchun axborot xarajatlari;
axborotning o‘rinliligi;
qo‘shimcha axborotga ehtiyoj nima bog‘liqligi;
axborot manbalari.
2. Quyida keltirilgan jadvalda har xil turdagi kir yuvish kukunlari ishlab chiqaradigan kompaniyaning oylik sotuv miqdori ko‘rsatilgan.
Kir yuvish kukuni nomi
Oy
I
II
III
IV
V
VI
VII
VIII
IX
X
XI
XII
«Dosya»
5
9
10
12
17
20
9
12
11
10
9
-
«Mif»
-
-
9
15
17
19
20
7
5
3
2
1
«Veta»
12
20
21
21
20
19
13
19
20
9
7
-
Vsego
17
29
40
48
54
58
42
38
36
22
18
1
Savol va topshiriqlar:
a) Yuqorida keltirilgan jadvaldan foydalanib, har xil kir yuuvish kukuni navlari sotuvi xaqida qanday axborot olishingiz mumkin?
b) «Mif» kukuni sotuvi qisqarishining sabablarini aytib o‘ting.
v) Firma kelajakda sotuv hajmini oshirshii mumkin bo‘lgan harakatlar ikki xil variantini taklif qiling.
3. Quyidagi elementlardan foydalanib, kuzatuv usuli bilan axborot to‘plash jarayonining mantiqiy zanjirini tiklang:
kuzatuv shaklini tanlash;
kadrlar tanlash va kuzatuvchilarga ko‘rsatma berish;
kuzatuv maqsadlari, vazifalari, ob’ekti va predmetini aniqlash;
dala sharoitlarida kuzatuvni tashkil qilish, kuzatuv ustidan nazorat;
kuzatuv blanki shaklini ishlab chiqish;
ijrochilar uchun yo‘riqomalar tayyorlash;
marketing axboroti to‘plash maqsadida kommunikatsiyalar;
hisobot tayyorlash.
Tuzilmaviy-mantiqiy sxema ko‘rinishida ifodalang.
3-guruh 1. Avtomobilni qanday xarid qilganingizni eslang. Siz qilgan tanlov jarayonini, murojaat qilingan axborot manbalarini va shu muammoni hal qilishda foydalanilgan yondashuvni qayta tiklashga harakat qiling. Bunda quyidagi bilimlardan foydalaning::
anglanadigan to‘plam;
ko‘rib chiqish, qabul qilish, baholash uchun axborot xarajatlari;
axborotning o‘rinliligi;
qo‘shimcha axborotga ehtiyoj nima bog‘liqligi;
axborot manbalari.
2. Quyida keltirilgan jadvalda har xil turdagi tish yuvish pastasi ishlab chiqaradigan kompaniyaning oylik sotuv miqdori ko‘rsatilgan.
Tish pastasi navining nomi
Oy
I
II
III
IV
V
VI
VII
VIII
IX
X
XI
XII
«Lesnaya»
-
-
3
5
7
7
9
10
12
12
11
11
«Fruktovaya»
19
19
20
15
15
11
10
7
6
4
2
-
«Xvoynaya»
22
24
20
20
19
18
15
17
20
7
5
3
Jami
41
43
43
40
41
36
34
34
38
23
18
14
Savol va topshiriqlar:
a) Yuqorida keltirilgan jadvaldan foydalanib, tish pastasi navlarini sotish xaqida qanday axborot olishingiz mumkin?
b) «Fruktovaya» tish pastasi sotuvi qisqarishining sabablarini aytib o‘ting.
v) Firma kelajakda sotuv hajmini oshirshii mumkin bo‘lgan harakatlar ikki xil variantini taklif qiling.
3. Quyidagi elementlardan foydalanib, eksperiment o‘tkazish bosqichlari ketma-ketligini tiklang:
eksperiment natijalari ichki va tashqi ishonchliligini aniqlash;
mustaqil va bog‘liq o‘zgaruvchilar va ularni baholash ko‘rsatkichlarini tanlash;
aniqlangan o‘zaro bog‘liqliklar tahlili;
eksperiment g‘oyasining isbotlar mantiqiy tuzilmasini aniqlash;
tadqiqot ob’ekti mavjudligi va eksperiment o‘tkazish shartlari xaqida axborot ko‘rsatiladigan eksperiment o‘tkazish xaqida hisobot tuzish;
eksperimentning maqsad va vazifalarini aniqlash;
eksperimental tadbirlar o‘tkazish va ko‘rsatkichlarni o‘lchash;
eksperiment g‘oyasining isbotlar mantiqiy tuzilmasiga muvofiq eksperiment ob’ektini shakllantirish.