Mavzu. Marketing tadqiqotlari va axborotlar


Tashqi sharoitlarining rivojlanishini



Download 102,98 Kb.
bet5/7
Sana25.06.2022
Hajmi102,98 Kb.
#701446
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
3 дарс Маркетинг тадқиқотлари ва ахборотлар тизими

Tashqi sharoitlarining rivojlanishini tavsiflaydigan materiallar, avvalo shu bilan qimmatliki ular bozor, holati uning infrastrukturasi, xaridorlar va vositachilarning xatti-xarakatlari, ta’minotchilar, raqobatchilar, shuningdek, davlat tomonidan tartiblashtirish chora-tadbirlari va hakozolar haqidagi axborotlarni beradi. Bu yerda quyidagi harakterdagi yo’nalishlar kuzatiladi:

  • tashqi muhit monitoringi (kon’yuktura jarayonlar va tendensiyalarni o’rganish);

  • muhitdan nusxa olish (mavjud axborotdlarni olish);

  • muhitni prognozlash (rivojlanish istiqbollarini baholash.)

Monitoring deb aniq belgilangan tor doiradagi ma’lumotlarni doimiy to’plash, izlash tizimiga aytiladi. Monitoring ommaviy axborot vositalarini o’rganishda eng ko’p tarqalgan. Ko’pgina monitoring obyekti bo’lib reklama va birinchi navbatda, uning radio va ayniqsa, televideniya kabi vositalari hisoblanadi.
Quyidagi batafsil yoritiladigan marketing tadqiqotlari bozor rivojlanishining tendensiyalari va jarayonlari, uning sig’imi, sotilishlar dinamikasi, raqobatchilarning xatti-harakatlari, shuningdek, iste’molchilar xatti-harakatlarining sabablari, mahsulotning raqobatbardoshligi, rag’batlantirish va reklamaning samaradorligi, taqsimlash kanallari va boshqalarga nisbatan qo’llaniladi.
Yig’ilgan marketing axborotiga ishlov berish maqsadida tegishli dastur asosida analitik marketing tizimi yaratiladi. U ma’lumotlar banki va modellari bankini o’z ichiga oladi. Prognozlash jarayonlarining tahlilini o’tkazishda o’rtacha miqdorlar, guruhlashlar, trendlar, regression va korrelyasion usullar, omili va klasterli tahlil, qarorlarini qabul qilish nazariyasi usullari, jarayonlarni o’rganish usullari, everistik usullar va shu kabi boshqa iqtisodiystatistik va iqtisodiymatematik usullar qo’shllanadi.


4. Axborot yig’ish usullari.
Birlamchi axborotni olish uchun marketing tadqiqotlarini o’tkazishning to’rtta uslubi mavjud: kuzatish, sinash, fokuslash va so’rov.
Kuzatish marketing tadqiqotlarining eng ko’p tarqalgan usullaridan hisoblanadi. Kuzatish bevosita yoki yashirin, strukturalashtirilgan yoki strukturalashtirilmagan turlariga bo’linadi.
Bevosita kuzatishga xaridorning do’konda biron-bir tovarni sotib olishdagi xatti-harakatini sotuvchilar tomonidan o’rganish kiradi. Bilvosita kuzatuv deganda esa, xatti-harakatning o’zi emas, balki ma’lum bir hatti-harakatning natijasi o’rganiladi. Masalan, axlat tashlanadigan yashiklarning ichidagi axlatlarning turiga qarab (butilkalar, bankalar va hokazolar) qaysi firma yoki ishlab chiqarish korxonasi atrof-muhitni ifloslantirayotganligi haqida xulosa qilish mumkin.
Kuzatishning ochiq usulida odamlar ularni kuzatib turganligini biladilar, yashirin turida esa bilmaydilar.
Kuzatish (observation) – ma’lum toifadagi insonlarning xulq-atvor modelini yaratish, voqyea-hodisalarning tizimli rivojlanishi haqida qiziqarli va muhim axborotlarni olishga qaratilgan tadqiqot usulidir. Kuzatish usullari – sifat usullari hisoblanadi. Bunda tadqiqotchi respondtent yoki ma’lum iste’molchilar bilan aloqaga kirishmaydi, ulardan hyech qanday ma’lumotlarni so’ramaydi. Axborotlar bevosita vaqt davomida ro’yxatga olinadi.
Kuzatish quyidagi usullarda olib boriladi:
Tizimli kuzatish (struktured observation) – tadqiqotchining xulq-atvor yoki vaziyat haqida to’liq ma’lumotga ega bo’lgan, kuzatilayotgan obektga eng samarali usullarni qo’llashi mumkin bo’lgan kuzatish turidir
Tizimsiz kuzatish (unstruktured observation) – kuzatish jarayonida barcha vaziyat va holatlarni ularga aniqlik kiritmasdan ro’yxatga olish tushuniladi. Masalan, kriminalistik kuzatuvda vaziyat va obektning barcha holatlari ro’yxatga olinadi.
Tabiiy sharoitlardagi kuzatuv (natural observation) – voqyea-hodisa va respontent xulq-atvorini yaqqol namoyon bo’ladigan tabiiy sharoitlarda kuzatishdir
Sun’iy sharoitlarda kuzatish (kontrieved observation) – voqyea-hodisa va respontent xulq-atvorini sun’iy yaratish orqali turli laboratoriya va sinov maydonlarida kuzatishdir.
Shaxsiy kuzatish (personal observation) – sodir bo’layotgan voqyea hodisalar shu zahotiyoq yozib olinadi.
Texnik vositalar ishtirokida kuzatish (mechanikal observation) – kuzatuv ishlarini turli axborot kommunikasion va boshqa texnik vositalar orqali olib borishdir.
Audit (audit) – respondentni kuzatish chog’ida u bilan bog’liq bo’lgan barcha ashyo va narsa buyumlarning miqdori, hajmi, soni va vaqtini aniq qayd etish.
Kontent-tahlil (kontent analysis) – voqyea hodisalar va obektning kommunikativ aloqalari haqida xolis, tizimli va miqdoriy ko’rsatkichlarga ega ma’lumotlarni to’plashdir. Kontent tahlil obektning voqyea hodisalar bilan o’zaro kommunikativ aloqasi mavjud bo’lganda amalga oshiriladi.
Dalillar tahlili (trake analysis) – voqyea hodisalar yoki obekt haqidagi axborotlar o’tgan davr yoki xronologik voqyealarga asoslanib olib boriladi.
Sinov - oldindan “holatni yaratish asosida olingan natijalarni o’lchash bilan biror jarayonni amalga oshirishdir”. Bu uslub asosan sabab-natijaviy aloqalarni o’rganishda ishlatiladi. Masalan, tovarlarni har xil o’ramlarda taklif etishga xaridorlarning munosabatini o’lchash, yoinki xususiyati o’zgartirilgan tovarlarning ana’naviy tovarlarga nisbatan sotilish miqdorini baholash va hokazo. Sinovning asosiy kamchiligi unga ketadigan xarajatlarning yuqoriligi, sharoitning sun’iyligi va marketing rejasiga ta’sir ko’rsatadigan hamma omillarni hisobga olishning imkoniyati yo’qligidadir.
Fokus-guruh - o’rganiladigan muammoni atroflicha maxsus tanlangan respondentlar tomonidan muhokama qilish va shu asosda qarorlar qabul qilish tushuniladi. Ko’pchilik hollarda fokus guruhining optimal soni 8-12 kishidan iborat bo’ladi. Fokus-guruhni shaklllantirishda ularning ish faoliyati, yoki oilaviy ahvollari bir xil bo’lishiga e’tibor qaratilishi maqsadga muvofiqdir. Ikkinchidan, guruh qatnashchilarini tanlashda marketing tadqiqotlarini o’tkazishdan maqsad nima ekanligini hisobga olish ham zarur hisoblanadi. Fokus-guruhning yutug’i ko’p tomonlama bu guruhni boshqaruvchisining bilimiga va samarali faoliyatiga ham ko’p darajada bog’liq bo’ladi. Fokus-guruhning afzalligi unda ishtirok etuvchilarning o’z fikr va mulohazalarini erkin bayon qila olishi, muzokaralarda buyurtmachining ham ishtirok etishiga sharoit mavjudligi va bu usulni turli yo’nalishlarda qo’llash mumkinligidadir.

Download 102,98 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish