4-Mavzu: Metodik boshqaruv asosiy boshqaruv funksiyalari, boshqaruv qarorlari. Rejalashtirish
Reja:
Xalq xo‘jaligini ilmiy asosda rejalashtirish-iqtisodimizning asosi ekanligi.
Rejalashtirishning asosiy prinsiplari, ilmiyliq
Rejalarning direktiv harakterda ekanligi va joylarning tashabbuslari bilan qo‘shib amalga oshirilishi.
O‘zbekistonda maktabgacha ta’lim xalq xo‘jaligi yagona davlat tizimining tarkibiy qismi sifatida.
Maktabgacha ta’lim bo‘yicha davlat xo‘jalik rejalari loyihalarining to’zish tartibi, bu rejalarni to’zishda xalq ta’limi bo‘limlari, reja komissiyalarining ishtiroki.
Reja loyihalarini to’zishda xalq ta’limi bo‘limlarining, qaramog‘ida maktabgacha ta’lim muassasalari bo‘lgan vazirlikning va tashkilot, korxonalar bilan aloqa o‘rnatish.
Tayanch tushunchalar:
Jamoat muassasalari — axolining iqtisodiy-ijtimoiy, madaniy-maishiy, ta’lim-tarbiyaviy va boshqa sohalardagi talab-extiyojlarini qondirishga yo‘naltirilgan davlat tomonidan tashkil etiladigan muassasalar.
Tarmoq normativlari — tarmoq, doirasida ishlab chiqilgan me’yorlar.
Istikbol reja — o’zoq muddatga muljallab to’ziladigan reja.
Smeta — muassasa va tashkilot xarajatlari aks ettirilgan moliyaviy xuyasjat.
Mavsumiy maktabgacha ta’lim muassasasi — yilning muayyan mavsumida tashkil etiladigan maktabgacha ta’lim muassasasi.
Xalq xo’jaligini ilmiy asosda rejalashtirish - iqtisodiy taraqqiyot asosi
Maktabgacha ta’lim muassasalarini loyihalashtirish, rejalashtirish ishlari respublika xalq xo’jaligi rejasi asosida amalga oshiriladi. Maktabgacha ta’lim muassasasi shu asosda iqtisodiy va ijtimoiy rivojlanish rejasini ishlab chiqadi. Unda maktabgacha ta’lim muassasasi yo’nalishi bo’yicha faoliyat natijalarini aks ettiruvchi va bolalarning urtacha yillik sonini aniqtash uchun asos bulib xizmat qiladigan nazorat raqamlari, ko’rsatkichlari, byudjet va tarmoq moliya me’yorlari orqali muassasani saqlab turish va rivojlantirishga ajratilgan mablaglardan foydalanishda:
— mablag bilan ta’minlashning byudjet va tarmoq me’yorlari;
— ish haqi jamgarmasi daromadlarini tatssimlash me’yorlari;
— ishlab chiqarish va ijtimoiy rivojlanish jamgarmasi me’yori;
— valyuta ajratmalari jamgarmasi me’yorlari;
— maktabgacha ta’lim muassasasi reja, moliya, moxnat intizomiga qat’iy rioya qilishga majburdir.
Maktabgacha ta’lim muassasalarini loyihalashtirish, rejalashtirish ishlari respublika xalq xo’jaligi rejasi asosida amalga oshiriladi. Maktabgacha ta’lim muassasasi iqtisodiy va ijtimoiy rivojlanish rejasini ishlab chiqishda soihaga oid me’yoriy-xhukushy huj-jatlar: qonunlar, qarorlar, farmoyishlar, buyruqlar, yo’riqnomalar va boshha qonunosti hujjatlarga asoslanib ish yuritadi. Maktabgacha ta’lim muassasasi uzluksiz va vakolatlari doirasidan tashqariga chiqadigan boshqa masalalarni, xususan, yer va suvdan foydalanish, tabiatni muhofaza qilish, qurilish ishlarini amalga oshirish, mehnat resurslaridan foydalanish, xalq deputatlari mahalliy kengashlari bilan kelishgan holda hal etishlari lozim.
Maktabgacha ta’lim muassasalarini iqtisodiy-ijtimoiy rivojlantirish rejasi hamda byudjet yoki tarmoq moliyaviy me’yorlari Xalq ta’limi, Sog‘liqni saqlash, Moliya, iqtisodiyot vazirliklari, boshqa respublika tashkilot va idoralari hamda ilmiy-tadqiqot institutlarining ilmiy jihatdan asoslangan metodik tavsiyalari asosida ishlab chiqiladi. Maktabgacha ta’lim muassasalarini mablag’ bilan ta’minlashda hisob birligi sifatidan o’rtacha yillik hisobda bir bola olinadi.
Maktabgacha ta’lim muassasasi o’z huquq va vakolatlari doirasidan tashqariga chiqadigan boshqa masalalarni, xususan, yer va suvdan foydalanish, tabiatni muhofaza qilish, qurilish ishlarini amalga oshirish, mehnat resurslaridan foydalanish borasidagi rejalarini xalq deputatlari mahalliy kengashlari o’zaro kelishgan holda hal etishlari lozim.
Davlatga tegishli maktabgacha ta’lim muassasasi byudjet yoki tarmoq moliyaviy manbalari asosida faoliyat yuritadi.
Maktabgacha ta’lim muassasasining qo’shimcha pul mablag’lari quyidagi manbalardan shakllanadi:
1) bajarilgan ish, ko’rsatilgan xizmat uchun olingan mablag’lar;
2) bo’sh xonalar, inshootlar, uskunalarni ijaraga berishdan tushgan mablag’lar;
3) ixtiyoriy badallar, davlat, jamoat va xayriya tashkilotlaridan, shuningdek futsarolardan tushgan mablaglar, moddiy ne’matlar;
4) boshqa manbalar.
Maktabgacha ta’lim muassasasida quyidagi jamgarmalar shakllantirilishi mumkin;
a) ish o’taqi va ijtimoiy rivojlanish jamrarmalari;
b) ishlab chiqarish jamgarmasi;
v) valyuta jamgarmasi.
Do'stlaringiz bilan baham: |