Maktabgacha ta’limni tizimli va vaziyatli boshqaruv tamoyillari.
Harqaysi sohani samarali idora etish, avvalambor, boshqarish tamoyil va mezonlari, usul va uslublarinin]' ilmiy asoslangani, qay darajada takomillashgani bilan belgilanadi. SHu bois ularning har birini tavsiflash, moxiyatini ifodalashga extiyoj tugiladi.
Tamoyil - biror-bir sohada, jumladan, ta’lim sohasida ilmiy-amaliy jihatdan asoslangan xulosalar, erishilgan natijalar.
Boshqarish usuli — boshqaruv sub’ektining (bizning xolatimizda bu - xalq ta’limi boshqaruvi idoralari, muassasa raxbariyati va h.k.) muayyan maqsadlarga erishishni nazarda tutgan xolda boshqaruv ob’ektiga (bizning xolatimizda bu - maktabgacha ta’lim muassasasi, tarbiyalanuvchilar va h.k.) ta’sir etish usul hamda vositalarining majmui.
Boshsarishning psixologik uslublari - bu shaxsning mustaxkam psixologik xislatlari - diqqat, idroq tafakkur, sezgi, ong orqali boshqarish uslublari majmui.
Bu tushunchalar o’zaro bir-birlari bilan o’zviy bog’liqbulib, bularning barchasi kishilar urtasidagi munosabatlarda ko’zatiladi.
Bugungi kunda jamiyat xayotining barcha sohalarida, shu jumladan, boshqarish jarayonida zamonaviy axborot-kommunikatsiya va innovatsiya texnologiyalari tatbiq etilib, ularga tayangan yondashuvlar qaror topmoqia. Boshqarish usulining eng muxim belgilaridan biri uning ilmiy yondashuvga tayanishida namoyon bo’ladi. Zero, bugun boshqaruv jarayonini ilmiy asosda tashkil etmasdan uning izchilligi va samaradorligini tasavvur etib bo’lmaydi.Albatta, raxbar shaxe muayyan sohani, korxona yoki tashkilotni samarali boshqarishi uchun, avvalo, etarli malaka va bilim, raxbarlik saloxiyati, kutatab ma’naviy-axloqiy xislat va fazilatlar soxibi bulishi darkor. Ta’lim sohasi, jumladan, maktabgacha ta’lim muassasalarini boshqarish ham bundan istisno emas. Ushbu muassasalardagi boshqaruv faoliyatida nazariybilim va amaliy tajriba va kunikmalarni o’zaro uygun xolda qo’llash ta’lim-tarbiya bilan bog’liq masalalarni talab darajasida xal etish, bu jarayonda foydalaniladian usul va uelublarni o’zluksiz takomillashtirib borish, umuman olganda, maktabgacha ta’lim-tarbiya tizimini yanada rivojlantirishga xizmat kiladi.
SHu ma’noda, kadrlarni tanlash, tayyorlash, malakasini oshirish barobarida ularning rahbarlik saloxdyati va ma’naviyatini yuksaltirish goyat mudim ahamiyat kasb etadi. M asalaning ana shu jihatiga e’tibor qaratib, birinchi Prezident Islom Karimov «Buyuk maqsad yo’lidan ogishmaylik» asarida: «Kadrlar tanlashda — vatanparvarlik xalqparvarlik tuygusi bugun juda katta ahamiyatga egadir», deb ta’kidlaydi.
Nazorat uchun savol va topshiriqlar
Boshqaruv deb nimaga aytiladi?
O‘zbekiston Respublikasida maktabgacha ta’lim muassasalari qay tartibda boshqariladi?
Maktabgacha ta’lim to'g'risidagi Nizom qachon qabul qilingan?
Maktabgacha ta’lim to'g'risidagi Nizomning boiimlari va ularning mazmunini yoritib bering.
Maktabgacha ta’lim muassasasining Ustavi haqida ma’lumot bering.
Maktabgacha ta’lim muassasasida pedagogik kengash, uning maqsad va vazifalarini yoritib bering.
Mavzu yuzasidan testlar
1.Menejment so‘zini ingliz tilidan tarjima qilganda qanday m’noni anglatadi?
Boshqaraman
Rahbarlik qilish
Boshqaruvni tashkil etish va rahbarlik qilish
Tashkilotchi
Maktabgacha ta’lim muassasalari qaysi varizlik tasarrufida ish olib boradi?
Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi
Moliya vazirligi
Maktabgacha ta’lim vazirligi
Xalq ta’limi vazirligi
“Maktabgacha ta’lim to‘g‘risidagi” Nizom Vazirlar mahkamas- ining nechanchi yildagi, nechanchi sonli qarori asosida tasdiqlangan?
2008-yil 20-oktabrdagi 220-sonli qarori
2005-yil 25-oktabrdagi 215-sonli qarori
2007-yil 25-oktabrdagi 225-sonli qarori
2017-yil 9-iyo’ldagi 5-mh sonli qarori
Maktabgacha ta’lim muassasasi Ustavi qanday hujjat hisoblanadi?
Muassasa faoliyatiga rahbarlik va boshqarish tizimini aniqlovchi hujjatdir
Muassasa faoliyatini moliyalashtirishni tartib soluvchi hujjatdir
Muassasaning huquq va burchlarini belgilab beruvchi hujjatdir
Muassasa rahbari faoliyatini tartibga soluvchi huijatdir
Do'stlaringiz bilan baham: |