Mavzu: ishchi kuchi qiymati statistikasi reja: Ishchi kuchining qiymati tushunchasi va uning ko’rsatkichlari tizimi



Download 143,65 Kb.
bet1/4
Sana23.05.2022
Hajmi143,65 Kb.
#607059
  1   2   3   4
Bog'liq
7.Ishchi kuchi qiymati statistikasi.(1)
3. Kirxgoff qádelerin úyreniw, “HAYOT FAOLIYATI XAVFSIZLIGI” FANIDAN MUSTAQIL ISH MAVZULARI 026, Pustoy-WPS Office, ma\'lumotnoma, resources(5), Ҳужжат матни - 194763-(195562), Голубое и красное Маканин, Казаков Юрий На полустанке royallib ru, ICHAK TUTILISHINING NUR DIAGNOSTIKASIe, BYUDJET TAQCHILLIGI, 4-mavzu, aslam Iqlim pasporti, 13. Main body, IbragimovHISOBOT (1), bitiruv malakaviy ishini rasmiylashtirish boyicha uslubiy korsatma

MAVZU: ISHCHI KUCHI QIYMATI STATISTIKASI
REJA:
1. Ishchi kuchining qiymati tushunchasi va uning ko’rsatkichlari tizimi
2. Mehnatga haq to’lash ko’rsatkichlari
3. Narxlar indekslarini hisoblash
4. Ishchi kuchiga bilvosita xarajatlar statistikasining asosiy ko’rsatkichlari
Xalqaro mehnat bozori statistikasida markaziy o’rinni egallovchi ishchi kuchi qiymatining ko’rsatkichi geografik, tarmoq va kasbiy (professional) jihatlarda ishchi kuchining harakatchanligi (moyilligi)ga ta‘sir etishda muhim ahamiyatga ega ekanligi sababli ishchi kuchining talab va taklifi nisbatiga, shuningdek, mehnat bozorida shakllanadigan vaziyatga bevosita bog’liq bo’ladi.
Ishchi kuchining qiymati nafaqat ishchining shaxsiy ehtiyojlarini qondirish, balki ishchi kuchini takror ishlab chiqarish hamda uning sifatini oshirish jarayonlarini yetarli darajada ta'minlash uchun zarur bo'lgan barcha hayotiy ne'matlarning jami qiymatini o'z ichiga oladi. Ishchi kuchi qiymati o'zgaruvchan ko'rsatkich bo'lib, u turli omillar ta'sirida oshib yoki pasayib turishi mumkin.
Ishchi kuchi qiymatini pasaytiruvchi asosiy omil bo'lib moddiy ishlab chiqarish sohasidagi ijtimoiy mehnat unumdorligining o'sishi hisoblanadi.
Ishchi kuchi qiymatini oshiruvchi omillar qatoriga quyidagilarni kiritish mumkin
ishchi kuchiga bo'lgan ehtiyojlarning ob'ektiv ravishda o'sishi
mehnat intensivligining oshishi
o'qish va kasbiy bilimlar olishga sarflarning ko'payishi
Ishchi kuchi tovarining nafliligi uning kapital egasining foyda olishga bo'lgan ehtiyojini qondirish layoqati orqali namoyon bo'ladi.
Ishchi kuchi bozori o'zining maxsus tovari – ishchi kuchi xususiyatlaridan kelib chiqqan holda o'ziga xos o'rin tutadi. Ishchi kuchining bu bozordagi harakati esa bir qator ijtimoiy-iqtisodiy xususiyatlarga ega bo'ladi.
Birinchidan, ishchi kuchi bozori bozor iqtisodiyoti ikkita mustaqil subʼekti – kapital egasi va ishchi kuchi egasining uchrashish joyi hisoblanadi. Ular oʼrtasidagi savdo bitimi ishchi kuchi egasining oʼzi boʼyicha emas, balki u mehnat qilish layoqati, undan foydalanish shartlari va davomiyligi boʼyicha boradi.
Ikkinchidan, boshqa har qanday tovar bozorlarida boʼlgani singari, ishchi kuchi bozorida ham ishchilar oʼrtasida boʼsh ishchi oʼrnini egallash borasida raqobat kurashi vujudga keladi.
Uchinchidan, ishchi kuchi bozori ishchi kuchi yalpi taklifining unga boʼlgan yalpi talabdan doimiy ravishda koʼproq boʼlishi tendensiyasi bilan tavsiflanadi. Bu esa bozorda ishchilar band boʼlmagan qismi (ishsizlar)ning paydo boʼlishiga olib keladi.
Toʼrtinchidan, bozor iqtisodiyotining davriy rivojlanishi odatda inflyatsiya va ishsizlik bilan birga boradi. Bu ikkala jarayon oʼrtasida maʼlum oʼzaro bogʼliqlik mavjud boʼlib, u pirovardida ishchilar ommasi hayot darajasining ahamiyatli darajada pasayib ketishi (narxlarning oshishi, ish haqining qisqarishi, toʼlovga qodir talabning pasayishi va h.k.) orqali namoyon boʼladi.
Ishchi kuchi qiymati kategoriyasi faqat bozor iqtisodiyoti sharoitlarida mavjud bo’ladi. Markaziy rejalashtiriladigan iqtisodiyotda bu kategoriya o’rnida faqat mehnat haqi ko’rsatkichidan foydalanilgan. Sababi shundaki, mehnatga haq to’lash ish haqini belgilashning markazlashgan tizimi bo’yicha aniqlangan va amalda ishlab chiqarish natijalariga bog’liq bo’lmagan.
Ishchi kuchiga qo’shimcha sarflarning katta qismi taqsimlash tartibida davlat byudjeti orqali amalga oshirilgan. Oylik o’rtacha ish haqi korxonada bor bo’lgan (amalda-belgilangan)umumiy ish haqi fondi va xodimlarning o’rtacha soni asosida hisoblangan. Bunda faqat to’la oy ishlagan ishchi va xizmatchilar hisobga olingan, ya‘ni to’la ish haqi yoki kasalligi, haq to’lanmaydigan ta‘til yoki boshqa sabablar tufayli maosh olmaydiganlar hisobga olinmagan.
XMT ta‘rifiga ko’ra, ishchi kuchining qiymati (yoki ishchi kuchini saqlash xarajatlari) ish beruvchilarning ishchi kuchini saqlash va undan foydalanishga aloqador sarflari summasidir. Bu sarflar ikki guruhga:
  • bevosita
  • bilvosita sarflar guruhiga ajratiladi.


Download 143,65 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2023
ma'muriyatiga murojaat qiling

    Bosh sahifa
davlat universiteti
ta’lim vazirligi
axborot texnologiyalari
zbekiston respublikasi
maxsus ta’lim
guruh talabasi
nomidagi toshkent
O’zbekiston respublikasi
o’rta maxsus
toshkent axborot
texnologiyalari universiteti
xorazmiy nomidagi
davlat pedagogika
rivojlantirish vazirligi
pedagogika instituti
Ўзбекистон республикаси
tashkil etish
vazirligi muhammad
haqida tushuncha
таълим вазирлиги
toshkent davlat
respublikasi axborot
kommunikatsiyalarini rivojlantirish
O'zbekiston respublikasi
махсус таълим
vazirligi toshkent
fanidan tayyorlagan
bilan ishlash
saqlash vazirligi
Toshkent davlat
Ishdan maqsad
fanidan mustaqil
sog'liqni saqlash
uzbekistan coronavirus
respublikasi sog'liqni
coronavirus covid
covid vaccination
vazirligi koronavirus
koronavirus covid
qarshi emlanganlik
risida sertifikat
vaccination certificate
sertifikat ministry
haqida umumiy
o’rta ta’lim
matematika fakulteti
fanlar fakulteti
pedagogika universiteti
ishlab chiqarish
moliya instituti
fanining predmeti