Mavzu: Havola bo‘lakli qo‘shma gaplar. Ergashgan qo‘shma gaplarning an’anaviy tasnifi: ega, kesim, to‘ldiruvchi va aniqlovchi ergash gapli qo‘shma gaplar reja



Download 28,63 Kb.
bet1/7
Sana12.06.2022
Hajmi28,63 Kb.
#657384
  1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
10-ma\'ruza Qo‘shma gapning qismlari orasidagi funksional munosabatlarga ko‘ra turlari


MAVZU: Havola bo‘lakli qo‘shma gaplar. Ergashgan qo‘shma gaplarning an’anaviy tasnifi: ega, kesim, to‘ldiruvchi va aniqlovchi ergash gapli qo‘shma gaplar
REJA:

1. Ergashgan qo‘shma gaplarning formal talqini.


2. Ergash gap va bosh gapning lisoniy tabiati.
3. Ergashgan qo‘shma gap qismlarini bog‘lovchi vositalar.
4. Ergashgan qo‘shma gaplarda shakl va mazmun munosabati.
5. Formal sintaktik ta’limotda ergash gapli qo‘shma gaplarning turlari:
a) ega va kesim ergash gapli qo‘shma gaplar;
b) to‘ldiruvchi va aniqlovchi ergash gapli qo‘shma gaplar;
An’anaviy sintaktik ta’limotda hokim-tobe munosabatidagi sodda gaplarning o‘zaro birikuvidan tashkil topgan gaplar ergashgan qo‘shma gaplar atamasi ostida tekshirildi. Bunday turdagi qo‘shma gaplarga sintaktik qurilishi jihatidan qo‘shma gaplarning maxsus turi sifatida qaraldi. Quyida ergashgan qo‘shma gaplar, ularning turlari, bog‘lanishi usuli va vositalari bo‘yicha ana’anaviy sintaktik nazariyalarda qayd etilgan ilmiy xulosalarni umumlashtiramiz.
Ma’lumki, ergashgan qo‘shma gaplar boshqa turdagi qo‘shma gaplar bilan kamida ikki predikativ birlikdan tashkil topishi jihatidan umumiylik belgisiga ega bo‘ladi. Ergashgan qo‘shma gaplar bog‘langan va bog‘lovchisiz qo‘shma gaplarga qaraganda birmuncha murakkab semantik-sintaktik tuzilishga bo‘lib, bu murakkablik har ikki gap turida shakllangan mazmuniy-tarkibiy munosabat, bu munosabatni yuzaga keltiruvchi sintaktik qurilishda ko‘zga tashlanadi. Shuning uchun ham ergash gapli qo‘shma gaplarning mohiyatini belgilashda ko‘pincha jiddiy muammolarga duch kelinadi. Bu, ayniqsa, sifatdosh, ravishdosh, harakat nomi, shart fe’lili o‘ramlar mavjud bo‘lgan sintaktik birliklarni baholashda ko‘zga tashlanadi. Turkiy tillarda, xususan, o‘zbek tilida turli o‘ramlarni o‘z ichiga oluvchi o‘ziga xos gap tiplari mavjudki, ularni ba’zan qo‘shma gap, ba’zan murakkablashgan sodda gaplar tarzida talqin etish kuzatiladi. Bu holat ergashgan qo‘shma gaplarni o‘rganishda birmuncha qiyinchilik tug‘diradi.
О‘zbek tilidagi ergash gapli qo‘shma gaplarni ilmiy o‘rganishda G‘.Abdurahmonov, M.Asqarova, A.Berdialiyev, N.Mahmudov, R.Sayfullayevalarning tadqiqotlari diqqatga sazovor.1 Bu ishlarda ergashgan qo‘shma gaplar formal, formal-semantik, formal-funksional jihatdan tadqiq etildi, ergashgan qo‘shma gaplarning turlari ajratilib, har bir turning o‘ziga xos lisoniy tabiati tahlil qilindi.
Ilmiy manbalarda ko‘rsatilishicha, ergashgan qo‘shma gaplar biri hokim, ikkinchisi tobe munosabatdagi sodda gaplardan, ya’ni bosh va ergash gaplardan tashkil topadi.
Bosh gap mazmuni va tuzilishiga ko‘ra nisbatan mustaqil bo‘lib, ergash gap tomonidan izohlanadi, mazmunan to‘ldiriladi. Ergash gap esa bosh gapdagi biror bir bo‘lakning ma’nosiga oydinlik kiritadi, uni izohlab, to‘ldirib keladi. Bosh va ergash gap grammatik jihatdan hamda mazmunan bog‘lanib, yaxlit birlikni tashkil etadi va umumiy bir fikrni ifodalaydi. Masalan, «Qozonga nima tushsa, cho‘michga o‘sha chiqadi» (Maqol.) gapida «Cho‘michga o‘sha chiqadi» bosh gap, «Qozonga nima tushsa» gapi ergash gap vazifasida qo‘llangan. Bu ikki gap -sa shart mayli ko‘rsatkichi orqali o‘zaro bog‘langan.
Ergash gap bosh gapga tobelansa-da, ba’zan unga nisbatan mustaqillik xarakteriga ega bo‘ladi. Ergash gapdagi mustaqillik, ayniqsa, ega, kesim, aniqlovchi, to‘ldiruvchi ergash gapli qo‘shma gaplarda kuzatiladi. Masalan, «Shuni bilginki, seni Vatan kutadi» gapida «Seni Vatan kutadi» ergash gapi bosh gapga nisbatan shaklan mustaqil bo‘lib, u asosiy maqsadni ifodalash uchun xizmat qiladi. Demak, gapning shaklan mustaqillik kasb etishi bosh va ergash gapni farqlashda asos bo‘lib xizmat qila olmaydi.
Ergash va bosh gaplar sintaktik tuzilishi, mazmuni jihatidan o‘zaro farqlanadi. Ergash gaplarning kesimi aniqlik, shart, buyruq-istak maylidagi fe’llar, sifatdosh, ravishdosh, harakat nomili shakllar bilan ifodalanadi. Bosh gapning kesimi esa barcha so‘z turkumlari bilan ifodalana oladi.
G‘.Abdurahmonovning ko‘rsatishicha, ergash gaplar mazmuni va turiga ko‘ra darak yoki istak-shart bildiruvchi buyruq gaplar shaklida bo‘ladi. Ergash gaplarning so‘roq gap yoki boshqa xil shaklda bo‘lishi kam uchraydi.2 Ergash gaplar ayrim hollarda shaxsi umumlashgan va shaxssiz gap shaklida uchraydi. Masalan: Hozir qayoqqa qarasang, menga o‘xshashlar... (O.)
Bosh gaplar esa, asosan, ikki tarkibli, ba’zan bir tarkibli gap shaklida qo‘llanadi. Bosh gapning to‘liqsiz gap shaklida qo‘llanishi ko‘p uchraydi. Masalan: Trubkani olsam, Munira! (О‘.U.)
Ayrim hollarda bosh gaplar ko‘chirma gap shaklida ham qo‘llanadi. Masalan: Bir chol dediki, bu tomonlarda fritslar juda oz, katta yo‘llar yo‘q. (O.)
Ergash va bosh gapning o‘zaro birikuvida ergashtiruvchi bog‘lovchilar, nisbiy so‘zlar, fe’l shakllarini hosil qiluvchi morfologik ko‘rsatkichlar muhim o‘rin tutadi.
An’anaviy sintaktik nazariyalarda ergashgan qo‘shma gap qismlarini bog‘lovchi vositalarning quyidagi turlari ko‘rsatiladi:
1. Ergashtiruvchi bog‘lovchilar: shu sabali, chunki, shuning uchun, negaki, go‘yo, -ki.. Masalan: Qalandarov shunday baqirdiki, Saida o‘ng‘aysizlanib ketdi. (A.Q.) A’lamning qiyofasi, go‘yo bulut bosganday, o‘zgarib ketdi. (O.) Uyda mehmonlar ko‘p bo‘ldi, shu sababli qizlar yon qo‘shninikida bir xonani egalladilar. (O.)
2. Bog‘lovchi vazifasidagi yuklamalar: -ku, -chi, -mi. Masalan: Intizom buzildimi, ishda unum bo‘lmaydi. (U.) Bilasiz-ku, men Arslonbek Qalandarovman! (A.Q.)
3.Sifatdosh + to‘liqsiz fe’llar: -gan ekan//edi, -r (-ar) + ekan. Masalan: Chol-kampir oydinda uyga qaytar ekanlar, har ikkovi ham chuqur fikrga toldi. (S.Ahm.)
4. Fe’lning shart mayli shakli: -sa. Masalan: Qalandarov biroz sabr qilsa, ortiqcha so‘zga o‘rin ham qolmas edi. (A.Q.)
5. Fe’lning shart mayli shakli + kelishik (yuklama): -sa+ -da, -sa +ham (yam). Masalan: Do‘st bilan obod uying, Gar bo‘lsa u vayrona ham. (E.V.)
6. Fe’lning buyruq mayli morfologik ko‘rsatkichi: -ng//-ngiz, -sin//-masin. Masalan: Bu gaplar naqadar shirin, naqadar yoqimli bo‘lmasin, Qalandarov bularga harnechuk bolta deb qaradi. (A.Q.)
7. Bog‘lovchi vazifasidagi deb // deya // deyishib // deguncha yordamchilari. Masalan: Bir ishni qo‘liga oldi deguncha, ikkinchisi chokidan ketadi. (As.M.) ... Tog‘day og‘ir bilak berdim, yovlarni mushtlasin deb. (H.O.)
Ko‘rinadiki, formal yo‘nalishdagi sintaktik tadqiqotlarda ergashgan qo‘shma gap qismlarini bog‘lovchi vositalarning xilma-xil ko‘rinishlari qayd etiladi. M.Asqarova bu vositalarga qo‘shimcha tarzda nisbiy so‘zlarni ham bog‘lovchi vositalar sifatida ko‘rsatadi. Uning fikricha, nisbiy so‘zlar ko‘pincha ergash gaplarni bosh gapga bog‘lash vazifasini bajaradi. Olima nisbiy so‘zlarning shaxs, predmet, o‘lchov-miqdor, belgi-daraja, o‘rin bildiruvchi turlarini farqlaydi.3 Masalan: kim-u, qancha-shuncha, qanday-shunday, qayer -shu er kabilar qo‘shma gapda nisbiy so‘z vazifasida qo‘llanadi.
Ergashgan qo‘shma gaplarning qurilishida alohida o‘rin tutuvchi bu vositalar ko‘p vazifali hisoblanadi. Ular quyidagi vazifalarni bajarib keladi: a) komponentlarni o‘zaro biriktiradi; b) qo‘shma gap struktur modelining tipik ma’nolarini belgilaydi.4

Download 28,63 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish