Mavzu: Havola bo‘lakli qo‘shma gaplar. Ergashgan qo‘shma gaplarning an’anaviy tasnifi: ega, kesim, to‘ldiruvchi va aniqlovchi ergash gapli qo‘shma gaplar reja


To‘ldiruvchi ergash gapli qo‘shma gaplar



Download 28,63 Kb.
bet5/7
Sana12.06.2022
Hajmi28,63 Kb.
#657384
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
10-ma\'ruza Qo‘shma gapning qismlari orasidagi funksional munosabatlarga ko‘ra turlari

3. To‘ldiruvchi ergash gapli qo‘shma gaplar. To‘ldiruvchi ergash gap bosh gapdagi ko‘rsatish olmoshi bilan ifodalangan to‘ldiruvchini yoki qo‘llanmagan to‘ldiruvchining mazmunini aniqlab, izohlab, to‘ldirib keladi. To‘ldiruvchi ergash gaplar nutqda harakat obyektining ma’nosini kengaytirish yoki uning mazmunini to‘liqroq ochib berish uchun ishlatiladi.
Bosh gapning ergash gap aniqlab, izohlab kelgan to‘ldiruvchisi tushum, jo‘nalish, o‘rin-payt, chiqish kelishigidagi ko‘rsatish olmoshlari bilan ifodalanadi. Ba’zan bunday olmoshlar gapdan tushirib qoldiriladi. Masalan: Nimani eksang, shuni o‘rasan. (Maqol.)
To‘ldiruvchi ergash gapli qo‘shma gaplarda bosh gapda qo‘llangan to‘ldiruvchi vaziyatidagi havola bo‘lak ko‘makchili qurilma bilan ham ifodalanishi mumkin: Bu yigit boshqalardan shu bilan farqlanadiki, u juda xushmuomala va kamtarin.
To‘ldiruvchi ergash gap bosh gapga -ki, -sa, deb, -mi, -ku kabi til vositalari yordamida bog‘lanadi. Masalan:
-ki: Shuni unutmaginki, mehnat qilgan murodiga etadi.
-mi: Ishonasizmi, men usiz bir kun ham yasholmayman.
-ku: Bilasan-ku, mardning so‘zi bir bo‘lur.
-chi: Borib bil-chi, ular kimlar ekan?
-sa: Sen nimani so‘ragan bo‘lsang, hammasini olib kelishdi.
Misollardan anglashiladiki, ergash gap -ki, -ku, -mi, -chi yordamchilari orqali bosh gapga biriksa, bosh gap birinchi o‘rinda, ergash gap ikkinchi, -sa shart mayli qo‘shimchasi bilan biriksa, ergash gap birinchi, bosh gap ikkinchi o‘rinda keladi.
To‘ldiruvchi ergash gapli qo‘shma gaplar bir havola bo‘lakli va ikki havola bo‘lakli qo‘shma gaplarga ajratiladi.
Bir havola bo‘lakli to‘ldiruvchi ergash gapli qo‘shma gaplarda havola bo‘lak bosh gap tarkibida keladi. Bu havola bo‘lak ko‘pincha shu olmoshi orqali ifodalanadi. Masalan: Ahmadjon faqat shuni biladiki, nemislar bu tepalikni haddan tashqari o‘qqa tutdilar. (A.Q.) gapida havola bo‘lak vositasiz to‘ldiruvchi vazifasida kelib, mazmunan ergash gapda ifodalangan denotativ voqeaga ishora qiladi. N.Mahmudovning fikricha, bu qo‘shma gapda faqat bitta denotativ voqea ifodalangan, ikkinchi «voqea» esa bu voqeani tasvirlovchi modusdir. Modusning alohida ta’kidni ifodalash zarurati mazkur voqea ifodasi uchun sodda gap emas, balki qo‘shma gap shaklining tanlanishiga olib kelgan. Mazkur qo‘shma gapning mazmuni esa denotativ voqea bilan modus voqea o‘rtasidagi munosabatdan iborat. Agar modusni ta’kidli ifodalashga zaruriyat bo‘lmasa, denotativ voqea ifodasi modus voqea ifodasining ichiga shaklan kiritiladi va sodda gapga aylanadi19. Demak, tahlil etilgan gap aslida «Ahmadjon faqat nemislarning bu tepalikni haddan tashqari qattiq o‘qqa tutganligini biladi» tarzida bo‘lib, tildagi ortiqchalik tamoyili asosida tuzilgan. Natijada N. Mahmudov ta’kidlaganidek, mazkur qo‘shma gapda ham mazmuniy-funksional, ham mazmuniy-sintaktik nomuvofiqlik yuzaga kelgan.20
Ikki havola bo‘lakli to‘ldiruvchi ergash gapli qo‘shma gaplarda nimani-shuni, kimni -o‘shani//uni tarzidagi havola bo‘laklar qo‘llanadi. Masalan, «Ota nimani talab qilsa, shuni bajarib yurdi» gapida ikki denotativ voqea ifodalangan. Qo‘shma gapning mazmuni ana shu ikki denotativ voqea o‘rtasidagi munosabatdan iborat bo‘ladi. Ayrim hollarda bosh gapda havola bo‘lak ifodalanmasligi mumkin: Nimadan og‘iz ochilsa, to bilmaguncha qo‘ymaydi. (So‘zl.)
Ba’zan to‘ldiruvchi ergash gapdagi havola bo‘lak ega, bosh gapdagi havola bo‘lak esa to‘ldiruvchi vazifasida kelishi mumkin. Masalan: Kimki bo‘lsa dilozor, undan elu yurt bezor. (Maqol.)
Xullas, bir havola bo‘lakli to‘ldiruvchi ergash gapli qo‘shma gaplarda bosh gap ergash gapdan ajratib olinsa, mazmunga ega bo‘lmaydi, ergash gapda esa denotativ voqea ifodalanadi. Ikki havola bo‘lakli to‘ldiruvchi ergash gapli qo‘shma gaplarda esa har ikki qism ham biri ikkinchisisiz mazmunga ega bo‘lolmaydi.

Download 28,63 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish