Mavzu: Havola bo‘lakli qo‘shma gaplar. Ergashgan qo‘shma gaplarning an’anaviy tasnifi: ega, kesim, to‘ldiruvchi va aniqlovchi ergash gapli qo‘shma gaplar reja



Download 28,63 Kb.
bet3/7
Sana12.06.2022
Hajmi28,63 Kb.
#657384
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
10-ma\'ruza Qo‘shma gapning qismlari orasidagi funksional munosabatlarga ko‘ra turlari

1. Ega ergash gapli qo‘shma gaplar. Ega ergash gapli qo‘shma gaplarda ergash gap bosh gapdagi olmosh bilan ifodalangan yoki gapda qo‘llanmagan eganing ma’nosiga aniqlik kiritadi. Ega ergash gapda ega vaziyatidagi bo‘lak kim, nima, kimki, kimda-kim kabi olmoshli havola bo‘laklar bilan, bosh gapning egasi esa u, o‘sha, shu, o‘zi kabi olmoshlar tashkil topgan havola bo‘laklar bilan ifodalanadi. Masalan: Kim birovga chuqur qazisa, unga o‘zi yiqiladi. (Maqol.)
Ergash gapda ega vaziyatida qo‘llangan kim so‘roq olmoshining o‘rnida ma’noni kuchaytirish yoki unga diqqat jalb qilinganini ko‘rsatish uchun kimki, kimda-kim olmoshlari qo‘llanadi. Masalan: Kimda-kim mehnat qilsa, u maqsadiga etadi.
Ba’zan ergash gapning egasi har kim//ham kimki belgilash olmoshi bilan ifodalanadi: Har kimki vafo qilsa, u vafo topqusidir.
Ega ergash gap bosh gapdagi otlashgan egani izohlashi ham kuzatiladi. Masalan: Shunisi qiziqki, u bizni tanimadi.
Ega ergash gap bosh gapga -sa shart mayli shakli, -r +ekan, -mas + ekan, -ki, -mi, -ku vositalari orqali birikadi. Masalan: 1. Qozonga nima tushsa, o‘sha chiqadi. (Maqol.) 2. Esingizda bormi, yozgan xatlarimda sizdan hisob so‘rayman degan edim. (A.Q.)
Ega ergash gap va bosh gap qaysi grammatik vositalar orqali bog‘lanishiga qarab turlicha o‘rinlashadi. Fe’lning shart mayli, sifatdoshning to‘liqsiz fe’l bilan birikishidan hosil bo‘lgan shakllar orqali birikkanda, ergash gap avval, bosh gap keyin keladi. Ergash gap bosh gapga -ki, -mi, -ku vositalari orqali birikkanda, bosh gap oldin, ergash gap keyin keladi.
Ega ergash gapli qo‘shma gaplar havola bo‘lakning ishtirokiga ko‘ra bir havola bo‘lakli va ikki havola bo‘lakli gaplarga ajratiladi. Qiyoslang:
1. Bir havola bo‘lakli gap: Shunisi aniqki, biz g‘alaba qozonamiz. («Yoshlik».)
2. Ikki havola bo‘lakli gap: Musobaqada kim g‘olib chiqsa, o‘sha taqdirlanadi. («Yoshlik».)
Ega ergash gapli qo‘shma gaplarning bir havola bo‘lakli ko‘rinishida bosh gap ergash gapdan ajratib olinganda, ma’noga ega bo‘lmaydi, chunki uning tarkibida izohlanishi lozim bo‘lgan havola bo‘lak mavjud bo‘ladi. Biroq ergash gap doimo mazmunga ega bo‘ladi. Ega ergash gapli qo‘shma gaplarning ikki havola bo‘lakli turida esa bosh gap ham, ergash gap ham alohida olinganda mazmunga ega bo‘lmaydi.
Ega ergash gapli qo‘shma gaplarning bir havola bo‘lakli turida bosh gapdagi ega vaziyatidagi bo‘lak tushib qolishi mumkin. Bosh gapdagi eganing yo‘qligi faqat shaklan bilinib, mazmunan sezilmaydi. Masalan: Birdan esimga tushdiki, hozirgacha ismini so‘ramabman. (As.M.)
Ba’zan bosh gapning faqat kesimi saqlanib qolib, gapning boshqa bo‘laklari tushirib qoldiriladi. Bunday hollarda kesim vazifasidagi so‘zning modal ma’noni ifodalash xususiyati asosida bosh gap kirish so‘z maqomini oladi va qo‘shma gap sodda gapga aylanadi. Natijada qo‘shma gapdagi mazmuniy-sintaktik nomuvofiqlik yo‘qoladi. Masalan: Ma’lumki, gap muomala vositasining eng kichik birligi hisoblanadi.
Ikki havola bo‘lakli qo‘shma gaplarda ham bosh gapdagi ega qo‘llanmasligi mumkin. Biroq eganing ifodalanmaganligi faqat shaklan bo‘lib, uning qo‘llanmaganligi mazmunan sezilmaydi: Kimki alamlarini ichiga yutsa, (u) dardga chalinadi (S.Ahm.)

Download 28,63 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish