Maruzalar matni
1-
Mavzu;
Ranglarni optik aralashmalari va ranglarning fazoviy
aralashmalari. Ranglarning mexanik aralashuvlari. Uchta asosiy
rang haqida. Ranglarni aralashtirishning uslubi hamda ranglarni
aralashtirish
Reja:
1.Rangshunoslik asoslari
2.Asosiy ranglar ular bilan ishlash
3.Spektr ranglari.
Rangshunoslikning nazariy asoslari
Rangshunoslik asoslari kursi
bo‘lajak mutaxassislarning
rangshunoslik borasida
bilim malaka va ko‘nikmalarini yanada yaxshi rivojlantirishga qaratilgan. Rangtasvirning
asosini rangshunoslik fani tashkil qiladi. Bo‘lajak rassom o‘qituvchilariga ranglarning
tabiatida hosil bo‘lishi va t
arqalishi masallarini, ularning atrof-
muhit ta’sirida o‘zgarib
ko‘rinishini, bo‘yoqlarni tayyorlash va ulardan foydalanish yo‘llarini o‘rgatadi.
O‘rta Osiyoda ranglar haqidagi ta’limot qadimdan kitob miniatyurasi, naqqoshlik
va devorlarga freska pannolar i
shlash bilan bog‘liq holda rivojlanib kelgan. Chunki
musavvirlik hunari rang tanlash va ularni tayyorlay bilishni talab etgan. Shuning uchun
har bir shogird, avvalo, rang tayyorlash sirlarini va shu ishga bog‘liq
kimyoviy
jarayonlarni o‘rgangan.
Ranglarnin
g tabiatda qanday hosil bo‘lish va tarqalish hodisalari qadimdan olimlar
va rassomlarning diqqatini tortgan. Uyg‘onish davri buyuk rassomlari va nazariyachilari
Leon Batista Alberti, Leonardo da Vinchi va boshqa rangtasvir haqidagi asarlarida
ranglarning xususiyatlari haqida yozganlar. Atoqli va mashhur olimlar Nyutus,
Lomonosov, Gelmgolslar ranglarning mohiyatini ilmiy asosda tekshirganlar.
Nyutus ranglarni fizika fani nuqtai nazaridan o‘rgangan bo‘lsa, nemis shoiri va
san’atshunos olim I.V.Gyoteni ko‘proq
ranglarning kishi organizmiga ko‘rsatadigan
ta’siri qiziqtirgan Gyote «ranglar haqida ta’limot» nomli asarida ranglarni iliq (sarg‘ish
-
qizil) ranglar kishida kayfi chog‘lik tuyg‘usini uyg‘otish haqida yozgan.
XIX asrda nemis tabiatshunos olimi G.L.Gelmgols
rangshunoslik nazariyasida
muhim yangilik yaratgan. Ko‘p yillik tajribalari asosida xromatik ranglarni uchta asosiy
alomat
–
rang tusi (nomi), rangning och-
to‘qligi va to‘yinganligi asosida turkumlash
kerakligini ko‘rsatgan.
Rang muammolarini o‘rganish
ga yapon olimlari hamisha jiddiy qarashgan. Hozir
ham dunyoda yagona bo‘lgan Tokio rang institutida inson qalbiga ta’sir etadigan tabiat
hodisasi bo‘yicha –
rang atroflicha o‘rganiladi.
Ranglarning nomini ifodalovchi, ya’ni ularning birini qizil, ikkinchisini ko‘k,
uchunchisini binafsha va hokazo deb atalishiga asos bo‘lgan belgisi rang tusi deyiladi.
Biror xromatik rangga ozroq kul rang qo‘shsak, uning sho‘xchanligi pasayib,
nursizlanadi. Bu xol rangning kam to‘yinganligidan, ya’ni uning tarkibida sof bo‘y
oqning
kamayganligidan darak beradi. Demak, rangning to‘yinganligi deganda,
uning kul
rangga nisbatan rangdorlik darajasini, tozaligini tushunish kerak.
Yuqorida aytilganlardan ma’lum bo‘ldiki, xromatik ranglar bir
-biridan uchta asosiy
xossasi-rang tusi (r
angning o‘zi), rangning och
-
to‘qligi va to‘yinganligi bilan farq qilar
ekan. Spektrni sinchiklab kuzatsak, uning eng chekkasidagi qizil va binafsha ranglari
orasida o‘xshashlik alomatlarini sezamiz. Ikkala rang bir
-
biri bilan qo‘shilsa,
ularning
oralig‘ida
qirmizi ranglar hosil bo‘ladi
-
yu, bu hosil bo‘lgan rangni qizil rang bilan
binafsha rangning o‘rtasida joylashtirib spektr tutashtirilsa ranglar doirasi deb
yuritiladi.
Ranglar doirasida qizil, qizg‘ish zarg‘aldoq, sariq sarg‘ish yashil, yashil sifat
zang
ori,
havo rang, ko‘kimtir havo rang, ko‘k, ko‘kimtir binafsha, qirmizi ranglarning
har xil tuslari ko‘rinadi.
Ranglar doirasida rang tuslari juda ko‘p bo‘lishi mumkin. Lekin ko‘zlarimiz ularnnig
150 taga yaqinini ajratishga qodir. Ranglarning doira bo‘ylab
joylanish tartibi muayyan
saqlanadi.
Rang doirasi ikki teng bo‘lakka bo‘linsa, birinchi yarmida qizil, zarg‘aldoq, sarg‘ish
yashil (pistoki) ranglar, ikkinchi
yarmida esa yashil havo rang, feruza, zangori, ko‘k,
binafsha ranglar joylashadi. Doiraning birinchi yarmidagilar iliq ranglar, ikkinchi
yarmidagilar esa sovuq ranglardir. Bunday nomlanishga sabab - qizil ranglar olovni,
qizigan temirni, cho‘g‘ni eslatsa, havo rang, zangori, yashil ko‘klar esa muzning, suvning
rangini eslatadi. Bu farqlanish nisbiy b
o‘lib, har qanday iliq ham o‘ziga nisbatan iliqroq
rang yonida sovuq bo‘lib ko‘rinishi va aksincha, sovuq rang o‘zidan
sovuqroq rang
yonida iliqroq tuyulishi mumkin.