3-dars. Kimyoviy reaksiyalarning sodir bo`lishi. Kimyoviy reaksiya tenglamalari.
Kimyoviy tenglama, bu kimyoviy reaksiyalarning kimyoviy formula yordamida ifodalanishidir.
Zarurat tug`ilsa, koeffisientlar yordamida tenglama tenglab olinadi.
2H2+O2= 2H2O
Kimyoviy reaksiya turlari:
1)Birikish reaksiyalarida ikki yoki undan ortiq moddadan bitta yangi modda olinadi:
A+B+…=C
2H2+O2=2H2O CaO+CO2=CaCO3 2Cu+O2=2CuO Na2CO3+CO2+H2O=2NaHCO3
2)Parchalanish reaksiyalarida bitta moddadan bir necha yangi moddalar hosil bo`ladi:
C=A+B+…
2H2O=2H2+O2 CaCO3=CaO+CO2 CaCO3∙MgCO3=CaO+MgO+2CO2
3)O`rin olish reaksiyalarida oddiy modda murakkab moddaning tarkibiy qimi o`rnini oladi,
natijada yangi oddiy va murakkab moddalar hosil bo`ladi:
C+AB=CB+A
Zn+HCl=ZnCl2+H2 Fe+CuSO4=FeSO4+Cu
4)Almashinish reaksiyalarida murakkab moddalarning tarkibiy qismlari o`zaro almashadi:
AB+CD=AD+CB
NaOH+HCl=NaCl+H2O BaCl2+Na2SO4=BaSO4+2NaCl
Kimyoviy reaksiyalarda ajralib chiqadigan energiya kimyoviy energiya deb ataladi.
Kimyoviy reaksiyada ajraladigan yoki yutiladigan energiya miqdori reaksiyaning issiqlik
miqdori (Q) deb ataladi.
Kimyoviy reaksiyalar davomida har doim issiqlik chiqadi yoki yutiladi.
a)Issiqlik(energiya) chiqishi bilan boradigan reaksiyalar ekzotermik(ekzo-tashqari) reaksiyalar
deb ataladi. Bu reaksiyalarda issiqlik miqdori <<+>> ishora bilan ko`rsatiladi:
Fe+S=FeS +96kJ ; S+O2=SO2 +297kJ ; C+O2=CO2 +393kJ
b)Issiqlik(energiya) yutilishi bilan boradigan reaksiyalar endotermik(endo-ichkari) reaksiyalar
deb ataladi. Bu reaksiyalarda issiqlik miqdori <<−>> ishora bilan ko`rstiladi:
N2+O2=2NO −181kJ ; 3O2=2O3−289kJ.
Kimyoviy reaksiyada faqat sof modda ishtirok etadi. Agar ichida qo`shimchalar bo`ladigan
bo`lsa, qo`shimchasini ajratib olib sof moddani o`zini reaksiyaga kirishtirish kerak.
Misol uchun:
a)20% qo`shimchasi bo`lgan 100 gr NaCl deb aytilsa, 20 gr qo`shimcha 80gr sof modda.
b)65% NaCl bo`lgan 100 gr tog` jinsi deb aytilsa, 65 gr sof modda 35 gr qo`shimcha.
Reaksiyaga moddaning qancha qismi kirishganini ko`rsatuvchi son reaksiya unumi deyiladi va %
da yoki ulushda bo`lishi mumkin.
Misol uchun:
a)Reaksiya unumi 70% degani sof moddaning 100% dan 70% i reaksiyaga kirishdi degani, 30% i
ortib qoldi yoki isrof bo`ldi degani.
b)Reaksiya unumi 0,7 degani sof moddaning 1 dan 0,7 si reaksiyaga kirishdi degani, 0,3 i ortib
qoldi yoki isrof bo`ldi degani.
c)100 gr 20% qo`shimchasi bo`lgan NaCl 60% unum bilan reaksiyaga kirishdi degani, sof 80 gr
NaCl ning 60 % i ya`ni 48 grami reaksiyaga kirishdi degani:
100gr____100%
x________80% x=80gr sof modda
80gr_____100%
x________60% x=48 gramm reaksiyaga kirishgani.
Nazariy savollar:
1)Kimyoviy tenglama deb nimaga aytiladi?
2)Kimyoviy reaksiya turlarini sanang?
3)Kimyoviy energiya deb nimaga aytiladi?
4)Issiqlik miqdori deb nimaga aytiladi?
5)Ekzotermik reaksiya deb nimaga aytiladi?
6)Endotermik reaksiya deb nimaga aytiladi?
7)Reaksiya unumi nima?
3-dars. Kimyoviy reaksiyalarning sodir bo`lishi. Kimyoviy reaksiya tenglamalari.
1. Kimyoviy tenglama deb nimaga aytiladi?
2. Kimyoviy reaksiyaning qanday turlari bor?
3. Quyidagi reaksiya tenglamalarini reaksiya turlariga ajrating, tenglashtiring.
1) Na+O2=Na2O; 2) N2+H2=NH3; 3) K+H2=KH; 4) S+O2=SO2 ;
5) CaCO3=CaO+CO2 ; 6) KHCO3=K2CO3+CO2+H2O; 7) Ca+H2=CaH2;
8) CuCO3∙Cu(OH)2=CuO+CO2+H2O;
9) Zn+HCl=ZnCl2+H2; 10) Ca+H2SO4=CaSO4+H2;
11) NaOH+H2SO4=Na2SO4+H2O;
12) Fe+CuSO4=FeSO4+Cu; 13) KMnO4=K2MnO4+MnO2+O2;
14) BaCl2+H2SO4=BaSO4+HCl;
15) H2+Cl2=HCl; 16) Fe+S=FeS; 17) Al+S=Al2S3; 18) NaNO3=NaNO2+O2;
19) Cu(NO3)2=CuO+NO2+O2
4. Na+O2=Na2O; Li+O2=…; K+O2=…; Rb+O2=…; Cs+O2=….
5. Be+O2=BeO; Mg+O2=…; Ca+O2=…; Sr+O2=…; Ba+O2=….
6. B+O2=B2O3; Al+O2=…; Ga+O2=…; In+O2=…; Tl+O2=….
7. C+O2=CO2; Si+O2=…; Ge+O2=…; Sn+O2=…; Pb+O2=….
8. P+O2=P2O5; As+O2=…; Sb+O2=…; Bi+O2=….
9. S+O2=SO2; Se+O2=…; Te+O2=…; Po+O2=….
10. CaCO3=CaO+CO2; MgCO3=…; BeCO3=…; BaCO3=….
11. LiHCO3=Li2CO3+CO2+H2O; NaHCO3=…; KHCO3=…;RbHCO3=….
12. 20 gr temir mis(II)sulfat bilan reaksiyaga kirishganda ajralib chiqqan misning massasini
aniqlang? Fe+CuSO4=FeSO4+Cu
13. 2 mol temir(III) gidroksid vodorod bromid bilan reaksiyaga kirishganda ajralgan
temir(III)bromidning massasini aniqlang? Fe(OH)3+HBr=FeBr3+H2O
14. 10 gr temir xlorid kislota bilan reaksiyasidan ajralib chiqqan gazning molini aniqlang?
Fe+HCl=FeCl2+H2
15. 3,01∙1022 ta kaliy gidrokarbonat parchalanganda hosil bo`lgan karbonat angidridning
massasini aniqlang? KHCO3=K2CO3+CO2+H2O
16. Azot va vodorod reaksiyasi natijasida 34 gr ammiak hosil bo`lgan bo`lsa, reaksiyaga
kirishgan vodorodning massasini va azotning molini toping? N2+H2=NH3
17. 2 mol bariy sulfat olish uchun necha gramm bariy xlorid sulfat kislota kislota bilan
reaksiyaga kirishishi kerak? BaCl2+H2SO4=BaSO4+HCl
18. 410 g aluminiy nitrid qizdirilgan suv bug’lari bilan reaksiyaga kirishganda, necha gramm
ammiak olish mumkin? AlN+H2O=Al(OH)3+NH3
19. 168g kaliy gidroksiddan qancha massada (g) bertole tuzi olinishini hisoblang.
6KOH+3Cl2=5KCl+KClO3+3H2O; KClO3 – bertole tuzi.
20. 4 g vodorod hosil qilish uchun necha gr. kaliy gidrid suv bilan reaksiyaga kirishishi kerak?
KH+H2O=KOH+H2
21. Vodorod sulfid bilan oltingugurt (IV)oksid reaksiyasi natijasida 96 g qattiq modda hosil
bo’lgan. Bu reaksiyada oltingugurt(IV) oksidning qancha moli qatnashgan?
H2S+SO2=S+H2O
22. 20 g natriy gidroksidni to’la neytrallash uchun massasi qancha bo’lgan vodorod xlorid talab
etiladi? NaOH+HCl=NaCl+H2O
23. Massasi 36,4 g bo’lgan kalsiy fosfiddan olingan fosforning to’la yonishidan hosil bo’lgan
fosfor(V) oksid massasini aniqlang. Ca3P2=Ca+P P+O2=P2O5
24. 62 g fosforning yonishi natijasida hosil bo’lgan P2O5 dan qancha massa ortofosfat kislata
olish mumkin. P+O2=P2O5 P2O5+H2O=H3PO4
25. 7,2 g uglerodning yonishidan hosil bo’lgan karbonat angidriddan qancha massa karbonat
kislota olish mumkin. C+O2=CO2 CO2+H2O=H2CO3
26. Massasi 4,6 g bo’lgan natriyning suv bilan o’zaro ta’siridan ajralib chiqqan vodoroddan necha
gramm vodorod sulfid olish mumkin. Na+H2O=NaOH+H2 H2+S=H2S
27. Massasi 75g bo’lgan ohaktoshning parchalanishidan hosil bo’lgan karbonat angidrid qancha
massa o’yuvchi natriy bilan reaksiyaga kirishib o’rta tuz hosil qiladi. CaCO3=CaO+CO2;
CO2+NaOH=Na2CO3+H2O
28. Massasi 12,25 g bo’lgan bertole tuzining katalizator ishtirokida parchalanishidan ajralib
chiqqan kaliy xlorid tarkibidagi atomlar sonini toping? KClO3=KCl+O2
29. Massasi 3,16 gr bo`lgan kaliy permanganatning parchalanishidan ajralib chiqqan K2MnO4
tarkibidagi kislorod atomlarini molini toping?
KMnO4=K2MnO4+MnO2+O2
30. 24 gr CuO olish uchun tarkibida nechta atom saqlagan malaxit kerak bo`ladi?
CuCO3∙Cu(OH)2=CuO+CO2+H2O
31. 8 g misni ajratib olish uchun tarkibida necha mol mis saqlagan mis(II) sulfat bilan temirni
o’zaro ta’sir ettirish kerak? CuSO4+Fe=FeSO4+Cu
32. Tarkibida 18 mol atom saqlagan kaliy permanganat parchalangan vaqtda necha mol kislorod
ajralib chiqadi? KMnO4=K2MnO4+MnO2+O2
33. 31,6 g KMnO4 parchalanishidan 2,56 g kislorod ajralgan bo’lsa, reaksiya unumini hisoblang.
34. 98 g KClO3 parchalanishidan 32,64 g kislorod ajralgan bo’lsa ,reaksiya unumini hisoblang.
35. 8,08 g KNO3 parchalanishidan 0,96 g kislorod ajralgan bo’lsa, reaksiya unumini hisoblang.
36. 25 g CaCO3 parchalanishidan 7,7 g karbonat angidrid ajralgan bo’lsa, reaksiya unumini
hisoblang.
37. 31,6 g KmnO4 parchalanishidan necha gramm kislorod hosil bo’ladi? Reaksiya unumi 60%.
38. 98 g KClO3 parchalanishidan necha gramm kislorod hosil bo’ladi? Reaksiya unumi 75%.
39. 8,08 g KNO3 parchalanishidan necha gramm kislorod hosil bo’ladi? Reaksiya unumi 65%.
40. 25 g CaCO3 parchalanishidan necha gramm karbonat angidrid hosil bo’ladi?
Reaksiya unumi 80%.
41. KMnO4 parchalanishidan 2,56 g kislorod ajralgan bo’lsa, dastlab reaksiya uchun necha
gramm KMnO4 olingan. Reaksiya unumi 70%.
42. KNO3 parchalanishidan 4,48 g kislorod ajralgan bo’lsa, dastlab reaksiya uchun necha gramm
KNO3 olingan. Reaksiya unumi 70%.
43. NaClO3 parchalanishidan 8,16 g kislorod ajralgan bo’lsa, dastlab reaksiya uchun necha
gramm NaClO3 olingan. Reaksiya unumi 85%.
44. NaNO3 parchalanishidan 8,96 g kislorod ajralgan bo’lsa, dastlab reaksiya uchun necha
gramm NaNO3 olingan. Reaksiya unumi 70%.
45. 19,5 g rux metali bilan 3,2 g kislorod reaksiyaga kirishib necha gramm oksid hosil qiladi?
46. 19,2 g mis metali bilan 4,48 g kislorod reaksiyaga kirishib necha gramm mis (II) oksid hosil
qiladi?
47. 10,35 g qo’rg’oshin metali bilan 1,6 g kislorod reaksiyaga kirishib necha gramm qo’rg’oshin
(II) oksid hosil qiladi?
48. 19,2 g mis metali bilan 3,2 g kislorod reaksiyaga kirishdi. Bunda qaysi moddadan necha
gramm ortib qolgan.
49. 89,6 g kadmiy metali bilan 11,2 g kislorod reaksiyaga kirishdi. Bunda qaysi moddadan necha
gramm ortib qolgan.
50. 16,2 g alyuminiy metali bilan 9,6 g kislorod reaksiyaga kirishdi. Bunda qaysi moddadan
necha gramm ortib qolgan.
51. Tarkibida 10% qo’shimchasi bo’lgan 50 g ohaktoshdan necha gramm karbonat angidrid olish
mumkin?
52. Tarkibida qo’shimchaning massa ulushi 0,15 bo’lgan 200 g ohaktoshning yuqori
temperaturada qizdirilganda qancha massa (g) CO2 olish mumkin?
53. Tarkibida 88% sof alyuminiy karbid bo’lgan 20 g texnik namunaga mo’l miqdorda suv ta’sir
ettirilgan. Reaksiya unumi 85% ni tashkil etsa, hosil bo’lgan gazning massasini toping.
54. Tarkibida 15% qo’shimchasi bo’lgan 25 g texnik kalsiy karbiddan reaksiya unumi 0,71
bo’lganda qancha massa (g) asetilen olish mumkin?
55. Tarkibida 20% qo’shimchasi bo’lgan texnik ohaktoshning 45 g miqdoridan, reaksiya unumi
0,75 ni tashkil etganda necha gramm CO2 olish mumkin?
56. Tarkibida 75% sof malaxit bo’lgan 200 g mineraldan qancha massa (g) mis (II) oksid olish
mumkin? Reaksiya unumi 0,9 ga teng.
57. Na2CO3·nH2O kristallogidratdagi suvning massa ulushi 62,94% ni tashkil etadi. n ni toping.
58. Na2CO3· nH2O kristallogidratdagi natriyning massa ulushi 16,084% ni tashkil etadi. n ni
toping.
59. Na2SO4· nH2O kristallogidratdagi oltingugurtning massa ulushi 11,94% ni tashkil etadi. n ni
toping.
60. Na2SO4· nH2O kristallogidratdagi suvning massa ulushi 47,0149% ni tashkil etadi. n ni
toping.
61. Fe2(SO4)3· nH2O kristallogidratdagi temir bilan oltingugurtning massa ulushi 37,0% ni
tashkil etadi. n ni toping.
62. Al(NO3)3· nH2O kristallogidratdagi azotning massa ulushi 0,1239 ni tashkil etadi. n ni
toping.
63. Na2B4O7· nH2O kristallogidratdagi borning massa ulushi 0,1606 ni tashkil etadi. n ni toping.
64. Na2CO3· nH2O kristallogidratdagi vodorodning massa ulushi 6,993% ni tashkil etadi. n ni
toping.
65. Na2CO3· nH2O kristallogidratdagi kislorodning massa ulushi 72,727% ni tashkil etadi. n ni
toping.
66. Fe2(SO4)3· nH2O kristallogidratdagi kislorodning massa ulushi 62,3376% ni tashkil etadi. n
ni toping.
67. Davriy sistemaning IV guruh elementi hosil qilgan yuqori valentli xloridi va oksidining
molekulyar massalari 17:6. Bu qaysi element?
68. Davriy sistemaning IV guruh elementi hosil qilgan yuqori valentli sulfidi va bromidining
molekulyar massalari 23:87. Bu qaysi element?
Do'stlaringiz bilan baham: |