Jismoniy rivojlanishning ko’rsatkichlari.
Yangi tug’ilgan go’dak nisbatan kalta qo’l- oyoqlari, tanasi va boshining kattaligi bilan farqlanadi. Uning kallasining uzunligi tanasi uzunligining- 1/4qismini, ikki yashar bolada- 1/5 qismini, olti yashar bolada- 1/6 qismini, o’n ikki yashar bolada- 1/7 qismini, voyaga yetgan odamda- 1/8 qismini tashkil etadi.
Yosh kattalashgan sari kallaning o’sishi sekinlashadi, oyoq- qo’llarning o’sishi esa kuchayadi. Jinsiy yetilish davrining boshlanishiga qadar tana proporsiyalaridagi farq bo’lmaydi va ular pubertat davrida yuzaga chiqadi.
Tananing bo’yi va eni o’rtasidagi proporsiyalarni turlicha bo’lishini uchta bosqichini ajratish mumkin:
-4 yoshdan 6 yoshgacha;
-6 yoshdan 15 yoshgacha;
-15 yoshdan to voyaga yetguncha qadar
Tananing bo’yiga o’sishining notekisligi quyidagicha namoyon bo’ladi:
- yangi tug’ilgan bolaning bo’yi 48-52 sm bo’ladi;
- bola hayotining birinchi yilida uning bo’yi 25 sm o’sadi va 75 sm ni tashkil etadi;
- ikkinchi yilida 10 sm o’sadi;
- kichik maktab yoshida bola bo’yi 6-10 sm;
- bola 8-10 yoshga yetganda 3-5 smga o’sadi.
Tana o’sishining eng ko’p ortishi qiz bolalarda 12 yoshga kelib, o’g’il bolalarda esa 15 yoshda kuzatiladi. Bo’yning o’sishi asosan qiz bolalarda 19 yoshga kelib, o’g’il bolalarda esa 20 yoshga kelib tugallanadi. Yangi tug’ilgan davrdan to voyaga yetgunga qadar insonning bo’yi- 3 marotoba, tanasi- 3,5 marotoba, qo’llari- 4, oyoqlari- 5 marotoba uzunlashadi.
Tana vazni yoshga qarab quyidagicha o’zgaradi:
- yangi tug’ilgan qiz bolalarning o’rtacha vazni 3,0 kg, o’g’il bolalarniki esa 3,4 kg bo’ladi;
- bolaning vazni tug’ilgandan keyin birinchi oyda 600 gr, ikkinchi oyda 800 gr ortadi;
- bir yashar bolaning vazni tug’ilganidagi vaznidan 3 marta ortib 9-10 kg ga yetadi;
- 2 yoshli bolaning vazniga 2,5-3,5 kg qo’shiladi;
- 4,5,6 yoshli bola vazniga har yili 1,5-2,0 kg vazn qo’shilib boradi.
7 yoshdan boshlab ularning vazni tez ortib boradi. 10 yoshgacha o’g’il bolalar bilan qiz bolalar vazni bir xil o’zgaradi. Jinsiy yetilish boshlanishi bilan qizlarning vazni 4,5-5,0 kg dan 14-15 yoshda har yili 5- 8 kg ortadi. O’g’il bolalarda esa 13-14 yoshdan vazni 7-8 kg ortadi, 15 yoshdan boshlab esa ularning vazni qizlarning vaznidan ortib ketadi
Do'stlaringiz bilan baham: |