Tabiatshunoslik o’qitish metodikasi
4-topshiriq
1-sinf
Mavzu: Suv
Darsning maqsadlari:
Ta’limiy: Suv va havo yer yuzida yashashning asosiy shartlari ekanligini anglatish. (O’quvchilar mavzu haqida aniq ma’lumotlar olishlari kerak. O’quvchilarga yangi mavzuni tushuntirish asnosida ularga suv haqida nazariy bilimlarni berish ko’zda tutiladi. Ular berilgan nazariy bilimlarni amaliyotda qo’llay olsagina maqsadga erishilgan bo’ladi.)
Tarbiyaviy: Obi hayot – suv nima maqsadlarda ishlatilishi, “suvni muhofaza qilish”, “suvni tejash” tushunchalarining mohiyati bilan tanishtirish. (O’quvchilarga suvning hayotimizdagi ahamiyati, undan oqilona foydalanish, suvni ifloslantirmaslik haqidagi bilimlarni berishdan maqsad ularda ekologik tarbiyani shakllantirishdir. Ularni kelajakda tabiat muhofazachilari qilib tarbiyalash fanning oldiga qo’ydan asosiy maqsadidir.)
Rivojlantiruvchi: O’quvchilarda suv va uning inson hayotidagi ahamiyati haqidagi bilimlarni rivojlantirish. ( O’quvchilarda suv haqidagi bilimlarni rivojlantirish ularni tabiatda ehtiyotkorona munosabatda bo’lishga, uning ne’matlaridan unumli foydalanishga, ularni kelajak avlodlarga ham yetkazib berishda barchamiz mas’ul ekanligimizni o’rgatadi.)
2-sinf
Mavzu: Tabiatdagi jism va moddalar
Darsning maqsadlari:
Ta’limiy: O’quvchilarni yangi atama va tushunchlar bilan tanishtirish, ularni modda va jism bilan tanishtirish, ularga modda va jism nima ekanligini, ularni qanday paydo bo’lishi yoki yaratilishi haqida tushuncha berish. ( O’quvchilarga mavzu haqida nazariy bilimlar berish, ularni jism va moddani farqlay olishga o’rgatish, ularga nazariy bilim berish bilan birga amaliy tajribalar orqali mavzuni yanada chuqurroq tushuntirish, mavzu yuzasidan berilgan bilimlarni amaliy hayotda qo’llay olishlariga erisish.)
Tarbiyaviy: O’quvchilarda tabiatga g’amxo’rlik hissini uyg’otish, ularga tabiatdagi jism va moddalardan oqilona foydalanish va isrof qilmaslikni o’rgatish.( O’tiladigan har bir mavzu o’quvchiga ta’lim berish bilan birga tarbiya ham berishi kerak. Yuqoridagi mavzu yuzasidan o’quvchilarda tabiatni asrash, undagi narsalardan oqilona foydalanish, tabiatdagi har bir narsa bir kun kelib tugashi mumkinligini o’rgatish, tabiat ne’matlaridan maqsadli foydalanishga o’rgatish, ehtiyotsizlik tufayli ma’lum bir jism va moddalarning yo’q bo’lib ketishi mumkinligini bu esa nafaqat tabiatda balki insonlarga ham ta’sir etishini tushuntirish.)
Rivojlantiruvchi: O’quvchilarning o’zlari yashab turgan va foydalanayotgan tabiat boyliklari haqidagi bilimlarini rivojlantirish, suvni isrof qilmaslik haqidagi dastlabki ko’nikmalarni shakllantirish. ( O’qituvchi ma’lum bir mavzu yuzasidan qo’yilgan ta’limiy maqsadga erisha olsa, u o’quvchilarni bilimini rivojlantira oladi, o’quvchilar olingan bilimlarni mustaqil rivojlantirishi mumkin. Masalan, yuqoridagi mavzu yuzasidan berilgan vazifani bajarish orqali o’quvchilar tabiatda moddalarning uch xil holda uchrashi mumkinligini bilib olishadi va buni mustaqil ravishda bajarib bilimlarini rivojlantirishadi.)
3-sinf
Mavzu: Foydali qazilmalar qayerdan olinadi?
Darsning maqsadi:
Ta’limiy: O’quvchilarda yer osti boyliklari haqida tasavvurlar hosil qilish, O’zbekiston hududidagi asosiy foydali qazilmalarni xaritadan topish ko’nikasini shaklantirish, foydali qazilmalar va ularning hosil bo’lishi haqida ma’lumotlar berish. (O’quvchilar yer usti va yerosti boyliklari va ular orasidagi o’xshahs va frqli jihatlari, foydali qazilmalar, O’zbekiston hududidagi foydali qazilmalar olinadigan konlar haqida, foydali qazilmalarni qanday hosil bo’lishi va ularni qanday maqsadlarda ishlatilishini o’rgatish, o’quvchilarni xarita bilan ishlash ko’nikmalarini hosil qilish.)
Tarbiyaviy:
O’quvchilarda O’zbekiston hududi foydali qazilmalarga boy ekanligi haqida ma’lumotlar berish orqali Vatanimizga bo’lgan iftixorini oshirish.(O’quvchilarga mavzu yuzasidan ma’lumot berish bilan birga ularda milliy g’urur va iftixor tuyg’ularini shakllantirish, yurtimizda deyarli barcha foydali qazilmalar olinishi va bu orqali jahonda sanoqli davlatlar orasida ekanligini bu esa davlatimizning jahon hamjamiyatida o’rni beqiyos ekanligini va bu bilan faxrlanishimiz kerakligini o’rgatish.)
Rivojlantiruvchi: Yer osti boyliklari, O’zbekiston hududidagi foydali qazilmalarhaqida o’quvchilarning bilimlarini rivojlantirish.(O’quvchilarda xarita bilan ishlash orqali ularni bilimini rivojlantirish, mavzuda keltirilgan amaliy mashg’ulotni bajarish ularning bilimini rivojlantirish bilan birga ko’nikma hosil qilishlariga ham yordan beradi.)
4-sinf
Mavzu: Sirdaryo, Jizzax va Samarqand viloyatlari tabiati
Darsning maqsadlari:
Ta’limiy: O’quvchlarga Sirdaryo, Jizzax va Samarqand viloyatlarining joylashgan hududi, o’ziga xos tabiati, aholisi, sanoati haqidagi ma’lumotlar bilan tanishtirish, viloyatlarning tabiati, aholisining yashash tarzi hamda xo’jaligining bir-biridan farq qilishini tushuntirish.
Tarbiyaviy: O’quvchilarda Sirdaryo, Jizzax va Samarqand viloyatlarining o’ziga xos tomonlari, tabiati, sanoatining yirik korxonalari, mashxur tarixiy obidalari borligidan g’ururlanish hissini uyg’otish.
Rivojlantiruvchi: Viloyatlardagi joy nomlari va geografik ob’ektlar, o’simlik va hayvonlarning nomlarini bilishni rivojlantirish.
Do'stlaringiz bilan baham: |