Homo economicus



Download 0,83 Mb.
Pdf ko'rish
bet1/41
Sana08.06.2022
Hajmi0,83 Mb.
#644631
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   41
Bog'liq
Antropologiya



6-MAVZU: FALSAFIY ANTROPOLOGIYA (INSON FALSAFASI). 
FALSAFADA “HOMO ECONOMICUS”(IQTISODIY INSON) 
TUSHUNCHASI. 
 
Reja: 
1. Inson borligining uziga xos xususiyatlari. Ongning tabiati, strukturasi va 
funksiyalari. Ongsizlikning tabiati. 
2. Antrop tamoyil - inson borligiga oid zamonaviy metodologik vosita. 
3. Sharq va Garb falsafasida inson muammosi. Falsafiy antropologiyaning 
paydo bulishi va rivojlanishi,predmeti va vazifalari. 
4. Insonga introvertiv va ekstrovertiv yondashuvlar, biologizatorlik va 
sosiologizatorlik konsepsiyalari. Passionar, subpassionar va muvofiq odamlar 
haqidagi ta’limot. 
5. Xayotning mazmuni va unda insonning vazifasi. Xayotni tark etish 
boskichlari. Suisid va parasuisidning oldini olishda tarbiyaning roli. 
6. Inson borligida o’zlikni anglashning namoyon bulishi. Inson borligida 
faoliyatining tuzilishi va atributlari. 
7. Inson faoliyatini tartibga solish mexanizmlari va uning axamiyati. 
Faoliyatni tashkil qilishda xuquq va axloq uygunligi. 
 
1-
 
MASALA. Inson falsafiy muammo sifatida.
Falsafa tarixida 
insonga murojaat etmagan, inson moddiy va ma’naviy borlig’ining turli 
tomonlarini bevosita yoki bilvosita tahlil qilmagan faylasuf yoki falsafiy 
yo’nalishni topish deyarli mumkin emas. Aksariyat falsafiy va diniy tizimlar katta 
olam yoki makrokosmga zid o’laroq, insonga mikrokosm yoki kichik Koinot 
sifatida qarab, uni butun olamni tushunish kaliti deb hisoblaganlar. Faylasuflar 
inson sirining tagiga yetish borliq jumbog’ining tagiga yetish bilan barobar 
ekanligini qayta-qayta anglab yetganlar. Zero Forobiy aytganidek – “Odamlar 
o’zlarining xos xususiyatlariga va tabiiy ehtiyojlariga ko’ra jamiyat tuzadilar. 
Ularning harakat va fe’llarini dastavval bora-bora odatlarga aylanadigan tabiiy 
qobiliyatlar belgilaydi”
1
. O’z-o’zingni angla va shu orqali dunyoni anglaysan. 
Dunyoni insonning teran qatlamlariga kirmasdan sirtdan bilishga bo’lgan barcha 
urinishlar narsalar haqida faqat yuzaki tasavvur hosil qilish imkonini beradi. 
Insondan sirtga qarab yuradigan bo’lsak, narsalar mohiyatini hyech anglay 
olmaymiz, zero bu mohiyat insonning o’zida mujassamlashgan.
Bu fikr qadimgi mutafakkirlargayoq yaxshi ma’lum bo’lgan. Unga turli 
ko’rinishlarda Sharqda ham, yunon-rim falsafiy an’anasida ham duch kelish 
mumkin. Xususan, antik davrda Delfidagi Apollon ibodatxonasiga kiraverishda 
ustunga o’yib yozilgan, rivoyatlarga qaraganda Suqrot takrorlashni yaxshi ko’rgan 
«O’z-o’zingni angla», degan ibora ayniqsa mashhur bo’lgan. Ajablanarlisi 
shundaki, oradan ikki yarim ming yil vaqt o’tgach, hozir ham bu fikr o’z 
ahamiyatini yo’qotgani yo’q. U nafaqat narsalar dunyosini, balki inson borlig’ining 
mohiyatini, inson va ijtimoiy munosabatlarning asl tabiatini tushunishga harakat 
1
Ал-Фаробий Философия политики. – М.: 1989. – С.529. 


qilayotgan har bir odam uchun o’z-o’zini anglashga chorlovchi fikr bo’lib 
qolmoqda. Buni faqat shu bilan izohlash mumkinki, ayni holda har bir yangi avlod 
o’z davri hamda tabiiy-ilmiy va falsafiy tasavvurlarning tegishli darajasi nuqtai 
nazaridan yechishga harakat qiladigan o’ta murakkab, «boqiy» falsafiy 
masalalardan biri to’g’risida so’z yuritiladi.
Tarixga boshqa ko’p sonli iboralar ham ma’lum bo’lib, ular vaqt, madaniyat 
va diniy e’tiqoddan qat’iy nazar, inson barcha zamonlarda butun dunyo 
mutafakkirlarining diqqat markazida bo’lgani va hozir ham shunday ekanligi, 
tayanch nuqtasi va hatto bilish mezoni bo’lib xizmat qilishidan dalolat beradi. 
Xususan, qadimgi xitoy faylasufi Lao Szi fikriga ko’ra, «boshqalarni biluvchi – 
oqil, o’zini biluvchi – donishmanddir». Protagorning: «Inson barcha narsalar 
mezonidir», degan fikri ham juda mashhur. «Tangri saltanati bizning 
ichimizdadir», deb o’rgatgan Iso Masih. Buddaviylarning: «O’zligingga nazar 
tashla, sen Buddasan», degan chorlovi ham yuqoridagi fikr bilan hamohangdir. 
Islomda «Kimki o’zini bilsa, u o’z Allohni ham bilgaydir», deyiladi.
Demak, inson o’zini dunyodan oldinroq va ko’proq biladi, ayni shu sababli u 
dunyoni o’zidan keyin va o’zi orqali anglab yetadi. Falsafa dunyoni inson orqali 
ichdan bilishdir, fan esa insondan tashqaridagi dunyoni yuzaki bilish demakdir. 
Insonda mutlaq borliq, insondan tashqarida esa – nisbiy borliq namoyon bo’ladi.

Download 0,83 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   41




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish