Borliq shakllarining. Borliq falsafasining fundamental kategoriyasi r e j a



Download 109,5 Kb.
bet1/2
Sana31.12.2021
Hajmi109,5 Kb.
#218348
  1   2
Bog'liq
Borliq falsafasi


Borliq shakllarining. Borliq falsafasining fundamental kategoriyasi


R E J A:

1. Borliqni falsafiy tushunish.



2. Borliqning darajalari va asosiy shakllari.

3. Substantsiya muammosi. Monizm, dualizm va plyuralizm.

4. Moddiylik va ma‘naviylik dialektikasi: materiya va ruh.

5. Harakat. harakatning asosiy shakllari va ularning o’zaro

aloqadorligi.

6. Makon va zamon.

Kirish


Falsafa o’rganadigan qaysi bir masalani olmaylik, u borliq muammosi bilan bog’liq ekanligini ko’ramiz. haqiqadan ham borliq unga munosabat masalasi falsafiy qarashlarda markaziy o’rinni tashkil etadi. Bu bejiz emas, albatta. Chunki, borliq muammosi falsafadagi har qanday dunyoqarash va metodologik muammolarning asosi hisoblanadi. Darhaqiqat, turli dunyoqarashlar o’rtasidagi bahslar borliq muammosi atrofida yuzaga kelayotgan tortishuvlarga, ya‘ni borliq azaldan mavjudmi yoki u mutlaq ruh tomonidan yaratilganmi degan masalaga borib taqaladi.

Xush borliq o’zi nima? Nima uchun borliq tushunchasi falsafa paydo bo’lganidan biri faylasuflar e‘tiborini o’ziga jalb qilib keladi? Bu savolarga javob berish uchun biz borliq muammosining inson va insonlar hayoti bilan bog’liq real ildizlarini yoritishimiz lozim.

Ma‘lumki, qadim-qadim davrlardan beri kishilar o’zlarini qurshab turgan tabiat va jamiyat, inson va umuman insoniyat haqida, xususan, o’zlari haqida ham o’ylay boshlaganlar. Ular tabiat va jamiyat, o’z hayotlarida sodir bo’lib turgan turli-tuman o’zgarishlarni kuzatganlar, bu narsalar ular ko’z o’ngida ob‘ektiv reallik sifatida gavdalangan: ya‘ni ular bor, mavjad lekin vaqt o’tishi bilan yo’q bo’ladi, ya‘ni mavjud bo’lmay qoladi, aksincha, ba‘zi yo’q narsalar paydo bo’ladi. Shular asosida kishilarda muvjudlik va yo’qlik haqida qarashlar paydo bo’la boshlagan.

Kishilar o’zlarining ham duyonga kelishi (paydo bo’lishi), yashashi va nihoyat yo’qliga aylanish jarayonlarni kuzatganlar, ular haqida ham uylay boshlaganlar. Shular asosida dinlarda “bu dunyo” va “u dunyo” (narigi dunyo), ya‘ni kishilarning real hayotlari kechadigan dunyo to’g’risida tasaavurlar poydo bo’la boshlagan.

Kishilar o’zlarining kundalik tajribalari asosida fikr yuritib, o’zlari yashaganyotgan aynan hozir mavjudligiga, uning o’zlaridan ham oldin mavjud bo’lganligiga, o’zlaridan keyin ham mavjud bo’lishiga, o’zlarining esa o’tkinchi, vaqtincha yashab so’ng dunyodan o’tib ketishiga ishonch hosil qila boshlagan. Bu ishonchlar asosida ularni “Borliq” va “yo’qliq” haqidagi qarashlari paydo bo’ladi.

Kundalik hayotimiiz va faoliyatimizda biz shubha to’g’dirmaydigan fikrlarga tayanishga harakat qilamiz. Bunday fikrlarni eng birinchisi olamning “hozir” va “shu yerda” mavjudligi haqidagi qarashlardir. Aminmizki, tabiat va jamiyachtdagi o’zgarishlardan qa‘tiy nazar olam yaxlit bir butunlik sifatida saqlanib qoladi.

Ana shunday universal vazifani o’tavchi fikrimiz shubha ostida qolganida borliq muammosi yuzaga keladi. Shubha uchun asos yetarli: Tabiat va jamiyat taraqqiyoti shunday masalalarni to’g’diradiki, bu masalalar hayotning anglab yetilmagan tomonlari haqida fikr yuritishga undaydi. Ayniqsa jamiyatda ziddiyatlarga to’la vaziyat yuzaga kelganda borliq va yo’qliq haqida uyga tolamiz.

Borliq haqidagi mulohazalarimiz olamning “hozir” va “shu yerda” mavjudligini aniqlash bilan intihosini topmaydi. Olam “hozir” mavjud ekan “avval” ham, “bunday keyin” ham mavjud bo’ladi. Olam “shu yerda” majud ekan, “boshqa yerda” ham mavjud bo’ladi. Demak, olam jamisha va hamma joyda mavjud bo’ladi.

Darhaqiqat olam “shu yerda” mavjud, deb ta‘kidlashning o’ziyoq olamning o’tmishi yoki kelajagi haqidagi masalani kun tartibiga quyadi. Shubu masalaning muhakamoa qilgan faylasuflarning bir guruhi chek-chegarasi yo’q olamning abadiy ekanligining uqtirib o’tadilar. Boshqa bir guruh faylasuflari esa olamning o’tmishda va bugun mavjudligini, bunday keyin ham mavjudligini tan olsalarda, uning makonda tubi, zamonda cheki borligini ta‘kidlaydilar. Xullas, falsafada olamning majudligi haqidagi mulohzalar uning chekli-cheksizligiga doir muammolarga borib taqaladi. haqiqatdan ham olam abadiy bo’lsa, nega uning tashkil etgan narsalar o’tkinchi? Bu va bunga uxshash savollar janjiri borliq muammmosini yuzaga keltiradi.

Olamning “hozir” va “shu yerda” mavjudligini isbotlash mumkin emas, chunki bunga real fakilarga, hayotiy tajribalarga asoslansa bo’ladi. Biroq olamning abadiyligi xususida fikr yuritayotganda qator muammolarga duch kelamiz. Zero bunday ko’zatish va tajribalarga asoslanib xulosa chiqarib bo’lmaydi. Aksincha koinotning cheklagan makonida cheklangan umr ko’rishga mahukum etilgan inson uchun abadiy olamning o’ziga xos xususiyatlarini anglab yetish nihoyatda mushkul. Shu sababdan cheksiz va tubsiz abadiy borliqning tushunish mashaqatli kechadi. Borliqning abadiyligi va undagi narsalarning o’tkinchiligini angalb yetish uchun yuksak darajada qobiliyatga ega bo’lishi kerak.

Xullas borliq muammosining birinchi aspekti bir-biriga aloqador savollar javobidan iborat. Nima mavjud? Olam qaerda mavjud? “SHu yerda” va “hamma joyda”, olam qancha vaqt mavjud bo’ladi? “hozir” va “hamisha”, olam abadiydir, u bo’lgan, bor va bunday keyin ham bo’ladi. Uning tashktil etgan narsalar esa o’tkinchidir. Borliq muammosining mazmuni ham abadiy olam bilan uni tashkil etgan o’tkinchi narsalarning dialektik birligi va aloqadorligini tashkil etishdan iborat.

Ushbu xulosadan ko’rinib turibdiki, borliq muammosi o’z mantig’iga ega bu mantiqqa asossan fikr yuritgan faylasuflar borliq mavjudligining ziddiyatli tomoniga, ya‘ni olamning abadiy bo’lgani hamda undagi narsa va holatlarning o’tkinchiligiga e‘tibor beradilar. Olam borlig’i narsalar borligi bilan chambarchas bog’liqdir. Demak, ular orasida ma‘lum aloqadorlik mavjud. Boshqacha aytadigan bo’lsak, olam mavjudlik orqali yaxlit bir butunlikni tashkil etadi. Borliq muammosining ikkinchi aspekti ham shu mulohazadan kelib chiqadi. Bu aspekt olamning birligi masalasi bilan bog’liq.

Olam inson ongiga bog’liq bo’lmagan abadiy yaxlitlikdir. Kishilar o’z faoliyatlarida abadiylikni o’tkinchilik bilan bog’laydilar, ushbu qarama-qarshiliklar birligini anglab yetishga intiladilar. Darvoqe, odam bolasi hamisha turli narsalarni yaxlit bir butunlikka, sinflarga birlashtirishga intilib kelgan.

z hayoti davomida inson tabiat, jamiyat, boshqa kishilar bilan birligini hamnafasligini tushunib yetishga intiladi. Ayni paytda u moddiylik va ma‘naviylik tabiat va jamiyat, o’zi va o’zgalar o’rtasida ma‘lum tafovut mavjudligini ham his qiladi. Shunga qaramasdan, inson hatto ana shu tafovutdan ham yaxlitlik, birlik izlaydi.

Xuddi ana shu sabalarga ko’ra insoniyat amaliyotida qarama-qarshiliklar, turli-tumanliklar birligi muammmosi bir kunmas, bir kun yuzaga kelishi tabiiy hol edi. Falsafada ushbu masala “umumiylik muammosi” nomini oldi. Mazkur muammoni tahlil etgan faylasuflar qo’yidagi xulosaga keladilar: tabiat, jamiyat, inson va ideal ne‘matlar mavjudlik orqali yaxlitdirlar.

SHunday qilib borliq muammosining ikkinichi aspekti qo’yidagicha ifodalanadi: tabiat, jamiyat, inson, fikrlar, g’oyalar mavjuddir: ular turli shaklda mavjud bo’lsalarda o’z mavjudliklari orqali abadiy, yaxlit olamni tashkil etadilar.

Borliq haqida mulohaza yuritib ushbu ikkinchi xulosani chiqarar ekanmiz yana bir fikrni tan olmay ilojimiz yo’q. Tabiat yaxlit universal sifatida bo’lgan, bor va bunday keyin ham bo’ladi, inson va jamiyat qachondir vujudga kelgan, bor hali uzoq muddat mavjud bo’ladi. Demak olam va uni tashkil etgan narsalar inson ongiga nimsbatan ob‘ektiv reallikdir.

Ob‘ektiv reallik qo’yidagilarni o’z ichiga oladi.

- insoniyat tomonidan o’zlashtirilmagan narsalar va tabiat jarayonlari;

- insoniyat tomonidan tabiat materiallaridan yaratilgan narsalar;

- ijtimoiy hayot.

Ob‘ektiv reallik o’z mantig’iga ega, buni e‘tibordan chetda qoldirmasloik darkor. Ayniqsa reallikni tubdan o’zgartirishga qo’l o’rganimizda ushbu tezisga alohida ahamiyat berishimiz kerak. biroq afsuski tarix ob‘ektiv reallikning ichki mantig’iga, qonuniyatlariga ahamiyat bermaslan unga volyuntaristik munosabatda bo’lganlar va shu pozitsiyadan voqelikni o’zgartirishga intilganlar. Bisyorligidan dalolat beradi. Ob‘ektiv reallik esa u bilan hisoblashmaganlardan shafqatsiz o’ch oladi.

Ob‘ektiv reallikdan farqli o’laroq, o’zga bir reallk ham mavjudki, u g’oya va ideallarda, fikr va mulohazalarda o’ziga xos sub‘ektiv reallik sifatida namoyon bo’ladi. Ob‘ektiv reallik bilan hisoblashish zarurligi kabi sub‘ektiv reallikni ham nazardan nari tutish bema‘nilikdir. /oya ham qudrat-uning bilan hisoblashmasalik aksariyat hollarda misli ko’rilmagan falokatlarga sabab bo’ladi.

Alqissa, borliq muammosining uchinchi aspekti qo’yidagicha talqin etiladi, olam va undagi narsalarning barchasi o’z ichki mantig’ig’a ega bo’lgan va inson ongiga nisbatan reallik hisoblanadigan voqelikdir. Borliq muammosining uch aspekti “borliq” kategoriyasining mazmunini to’liq ochib berish imkonini beradi.

Falsafa borliq muammosini tahlil etar ekan, insonning amaliy, gnesoelogik va ma‘naviy-axloqiy faoliyatiga tayanadi. Ushbu muammo “borliq” kategoriyasi, shuningdek uning bilan aloqadlor bo’lgan “yo’qliq”, “mavdujlik”, “materiya”, “ruh”, “harakat”, “makon”, “zamon” kabi tushunchalar yordamida anglanadi.

Biz tilga olgan tushunchalar kundalik turmushimizda til yordamida ifodalanadi. Biroq falsafa kategoriyalarining ularni ifodalovchi so’zlar bilan aloqadorligi o’ziga xos xususiyatga ega. Bir tomondan, ko’p asrlik amaliyot tegishli so’zlarning mazmunini boyitib boradi, natijada mazkur so’zlar falsafiy kategoriyalarning mohiyatini yoritishda qo’l keladi. Ikkinchi tomondan esa, shuni ham unutmaslik lozimki, odatiy so’zlar yordamida ifodalangan falsafiy tushunchalar o’ziga xos mazmunga ega, har qanday kategoriyaning (xususan “borliq” tushunchasining) mazmuni haqida mulohaza yuritar ekanmiz, yuqorida izohlangan xususiyatlarni e‘tiborda tutishimiz darkor.

Falsafiy kategoriyalar tg’risida fikr yuritgan va ularni bir sistemaga jamlashga intilgan buyuk faylasuflar har bir tushunchani shartli ravishldagina joriy qilish mumkin deb hisoblaydilar. Falsafada har qanday kategoriya alohida mazmun kasb etadi, shu bois bir tushuncha mazmuni ikkinchisining mazmuniga mos tushmaydi. Albatta bunday biror bir kategoriyaning mazmunini ochib berish uchun boshqasidan foydalanmaslik kerak, degan xulosa kelib chiqmaydi. Aksincha, kategoriyalarning dialektik tabiati bir tushunchaning mazmunini ikkinchi orqali ochib berishni shart qilib qo’yadi.

Ushbu mulahazalarga asoslanadigan bo’lsak, “borliq” kategoriyasini joriy etishda bildirilgan ikki e‘tirozning o’rinsiz ekanligiga amin bo’lamiz.

Birinchi e‘tiroz: “borliq” kategoriyasi narsalarning aniq belgilari haqida ma‘lumot bermaydi, shu boisdan undan foydalanish maqsadga muvofiq emas. Bu e‘tiroz asossizdir, chunki har qanday falsafiy kategoriya olamning umumiy aloqadorligini ifodalamog’i lozim, bunda narsalarning aniq belgilari e‘tibordan chetda qoldiriladi. Ikkinchi e‘tiroz: borliq ibtidoda, “mavjudlik” kategoriyasi orqali anglanar ekan, undan foydalanmasa ham bo’ladi. Biroq “borliq” kategoriyasi narsalarning mavjudligini ifodalash bilan cheklanmasdan, kenroq mazmunga ham ega.

Falsafa borliq muammosini tahlil etar ekan olamning shaksiz mavjudligiga asoslanadi. Lekin falsafa nafaqat narsalarning mavjudligini nazarda tutadi, balki ular orasida umumiy aloqadorlik borligini ham ochib beraldi, narsalar va ularning xossalari mavjuddir va majudligi orqali boshqa narsalar bilan birga yaxlit olamni tashkil etadi.

Ko’rinib turibdiki, “borliq” kategoriyasi nihoyatda boy mazmunga ega. xuddi shuning uchun ham anglab yetishda qator qiyinchiliklar, yanglishishlar yuzaga keladi. Ularning ba‘zilariga to’xtalib o’tsak.

qiyinchiliklar asosan qo’yidagi holatlar bilan bog’liq. Odatiy hayotda biz narsalarni aniq xossalariga qarab bilamiz. Borliq haqida mulohaza yuritish uchun esa predmetlarning aniq va hatto eng umumiy xossalarini ham e‘tibordan chetda qoldirmog’imiz lozim. Bir qaraganda, bunday chekinish amri mahaldek tuyuladi. Biroq chuqurroq fikr yuritsak, borliq haqidagi mulohazalarimiz aniq predmet to’g’risidagi fikrlarimizdan tubdan farq qilishga amin bo’lamiz. Axir, borliqni yaxshi yoki yomon, katta yoki kichik deb harakterlab bo’lmaydi-bunday xususiyatlar narsalargina xosdir.

Demak, falsafada borliq kategoriyasi dunyo, tabiat, inson, jamiyat inson ongi, uning individuallashgan va moddiylashgan o’rinishlarining shunchaki mavjudligini emas, balki ulardagi umumiy xarakterga ega bo’lgan reallikka xos eng umumiy aloqadorlikni ifodalaydi. Binoborin, dunyo undagi narsa va hodisalar o’zlarining barcha xususiyatlari va xossalari bilan mavjud bo’lib ular o’z realliklari bilan umumiy birlikka egadir, ular o’rtasidagi umumiy aloqadorlik borliq kategoriyasida ifodalanadi.

Borliq tushunchasi falsafiy kategoriya sifatida bilishning yuqori bosqichi-abstrakt tafakkurgagina xos bo’lib, fikrlash jarayonida kishilar bu tushuncha orqali dunyodagi alohida narsalar, ularning konkret bilgilari va xossalari haqida emas, balki dunyodagi barcha narsalar, voqea va hodisalar, jarayonlar o’rtasidagi eng umumiy tomon-ularning reallik haqida fikr yuritadilar.

Borliq kategoriyasi va uning o’ziga xos xususiyatlaridan hamda uning falsafada tutgan o’rnidan kelib chiqib, to’g’ri fikr yuritish bizni bir qator sohalarda xatolarga yo’l qo’yishimizning oldini oladi. Masalan borliqni narsalarga yoki fikrning mavjudligiga o’xshatish unchalik to’g’ri bo’lmaganidek, uni faqat moddiy narsalarga nisbatan qo’llash yoki aksincha, uni faqat ma‘naviy narsalar sof fikr, g’oyalar, faqat ong va uning mahsullariga nisbatan ishlatish ham xatodir.

Xulosa qiladagan bo’lsak, borliqni falsafiy tushunish uchun borliq muammosining qo’yidagi uch aspektini yaxshi anglab olishimiz darkor a)borliq abadiy, u hamisha mavjud uni tashkil etgan narsalar esa o’tkinchidir; b)tabiat, jamiyat, inson, fikr va g’oyalar mavjuddirlar, ular o’z mavjudliklari orqali yaxlit olamni tashkil etadilar; v)olam va unda mavjud narsalar ob‘ektiv reallikdir. Borliq muammosini tahlil etish orqali “borliq” kategoriyasining mazmunini tushunib yetamiz. Borliq -olamning integral xarakteristikasini ifodalovchi kategoriya bo’lib, narsa va jarayonlarning mavjud bo’lgani tufayli yaxlit ekanligini, ular orasida umumiy aloqadorlik borligini ko’rsatadi.

2. Borliqning darajalari va asosiy shakllari

Bizni kurshab turgan yaxlit, bir butun dunyo, eng umumiy borliq bo’lib, u ko’pdan-ko’p real mavjud narsalardir.

Bu narsa va hodisalarning har biri o’ziga xos, boshqalarida mavjud bo’lmagan tomonlar xususiyatlarga ham ega. Narsa va hodisalar, imkoniyat va voqelik sifatida mavjuddirlar. Darvoqe, shuni ham e‘tiborda tutishimiz lozimki, imkoniyat aslo yo’qlik degani emas, u potentsial borliqdir. Voqelikni esa aktual borliq sifatida qabul qilish mumkin. Potentsial va aktual borliq falsafada borliq darajalari deb yuritiladi.

Dunyodagi barcha mavjud narsa va hodisalarni ular borlig’ining ko’rinishlariga ko’ra, turli shallarga ajratish va birlashtirish kishilarning kundalik hayotidagi oddiy jarayonlardir, chunonchi ular o’z amaliy faoliyatlarida o’zlari anglamagan yoki anglangan holda, borliqning turli shakllari o’rtasidagi umumiylik va farqlarga, albatta e‘tibor berdilar. Borliq shakllarini bilishda ularni farqlash ajratish kishilarning amaliy faoliyatida, dunyoni tushunishida muhim ahamiya kasb etadi. Shuning uchun falsafiy muammolarni o’rganish borliqning asosiy shakllarini tahlil qilishdan boshlanadi.

hozirgi falsafiy adabiyotlarda faylasuflar borliq shakllarini dastlab bir-biridan farq qiluvchi va ayni vaqtda bir-biri bilan o’zaro aloqadorlikda bo’lgan qo’yidagi turlarga ajratmoqdalar.

Insondan uning ongidan tashqarida ob‘ektiv reallik sifatida mavjud bo’lgan narsalar, hodisalar, jarayon-lardan iborat moddiy borliq.

Faqat inson, uning ongi bilan bog’liq sub‘ektiv reallik sifatida mavjud bo’lgan fikrlar, g’oyalar, qarashlar tarzidagi ma‘naiy borliq.

Borliqning bu turlari o’rtasidagi farq nisbiydir, chunki ular bir-birlariga o’tib turishadi. Shu bilan birga, ularning har biri o’z navbatida yana bir qancha shakllar, ko’rinishlarga bo’linadi.

Insonni qurshab turgan tabiat, tabiatni tashkil qilgan turli narsa va hodisalar, barcha nooganik va organik moddalar olami, o’simliklar va hayvonot dunyosi, insoniyat, kishilarning o’zi va ularning o’zaro ijtimoiy munosabatlaridan tashkil topgan jamiyat-bularning barchasi moddiy borliq ko’rinishla-ridir. Shunga ko’ra moddiy borliqni qo’yidagi konkret turlarga ajratish mumkin.

Tabiat borlig’i; borliqning ushbu shakli tabiatdagi narsalar, hodisalar va jarayonlar borlig’i hamda inson qo’li bilan yaratilgan narsalar va jarayonlar borlig’ini o’z ichiga oladi.

Jamiyat borlig’i; borliqning ushbu shakli individual va ijtimoiy borliqqa bo’linadi.

Inson borlg’i; borliqning ushbu shakli insonning narsa sifatidagi borlig’i va insonning o’ziga xos borlig’idan iborat.

Moddiy borliqning bu turlarining har biri o’z tabiatlari jihatidan yana bir necha ko’rinishlarga bo’linadi. Ularni bunday ko’rinishlarga bo’lishning o’zi nisbiydir, chunki ularning hech biri sof holda emas, biri ikkinchisi bilan, ikkinchisi uchinchisi bilan va haqazo aralashib ketgandir.

Ma‘naviy borliq inson ongi bilan bog’liq barcha ma‘naviy hodisalar: fikrlar, g’oyalar, qarashlar, ijtimoiy ong shakllari, inson va jamiyatning bir butun ma‘naviy-madaniy hayotidir. Shu jihatdan ma‘naviy borliqning qo’yidagi ikki ko’rinishi farq qilinadi.

Individuallashgan ma‘naviy borliq.

Ob‘ektivlashgan ma‘naviy borliq.

Borliqning bu yuqorida ko’rib o’tgan turlari va shakllari, ularga xos xususiyatlarni tushunib olish uchun ularning har biri ustida alohida-alohida to’xtalib o’tmoq maqsadga muvofiqdir. Tabiiy borliq o’zaro bog’liq, lekin bir-biridan farq qiluvchi qo’yidagi ikki ko’rinishdan iboratdir:

Tabiatdagi narsa va hodisalarning, jism va jarayon-larning asl tabiiy borlig’i

Tabiatdagi narsa va hodisalar asosida inson tomonidan yaratilgan narsalarning tabiiy borlig’i.

Tabiiy borliqning birinchi ko’rinishi insongacha, insondan va uning ongidan tashqarida, unga bog’liq bo’lmagan holda mavjud bo’lgan narsa va hodisalar, jarayon va holatlarni o’z ichiga olgan tabiatdir. Bu ba‘zi adabiyotlarda “birlamchi tabiat” deb ham ataladi. “Birlamchi” tabiat moddiy borliqning shakli sifatida insongacha mavjud bo’lgan, insondan va uning ongidan tashqarida, unga bog’liq bo’lmagan holda mavjud bo’lgani uchun ham alohida reallik ko’rinishidagi borliq hisoblanadi. Tabiiy borliqning bu shakli inson faoliyatining dastlabki sharti sifatida insongacha ob‘ektiv mavjud bo’lgan tabiatdagi narsalar, hodisalar va jarayonlarga xosdir.

Birlamchi tabiat borliqning alohida o’ziga xos real shakli sifatida, avvalo u insongacha, undan tashqarida, unga borliq bo’lmagan holda mavjud, deb ta‘riflanar ekan, bu ta‘rif ko’yidagilardan kelib chiqadi.

Birinchidan, inson tabiat to’g’risidagi fikr yuritar ekan, uning insongacha, oldin ham real mavjud bo’lganini inson va unng ongi tabiat taraqqiyoti va jamiyatning paydo bo’lishi bilan paydo bo’lgandan keyin ham abadiy va azaliy bo’lishi to’g’risidagi fikrlar ko’pdan-ko’p faktlar, tajriba va ilmiy dalillar asosida qolaversa qachonlardir yashagan hozir yashayotgan kishilarning shaxsiy-amaliy tajribalari, hayotiy ko’zatishlari va nazariy xulosalari tomonidan isbotlangan-ligidir.

Ikkinchidan “birlamchi tabiat insondan tashqarida va unga bog’liq bo’lmagan holda mavjud bo’lib, inson esa uning mahsuli ekanligi, inson usiz yashay va faoliyat ko’rsata olmasligi, hatto “birlamchi” tabiatsiz biron bir narsa yarata olmasligidir.

“Birlamchi” tabiatni tashkil etuvchi narsa va hodisalar ob‘ektiv reallik sifatida, insonga bog’liq bo’lmagan o’z qonunlari asosida o’zgaradi, taraqqiy etadi, o’z-o’zini yaratadi. Bu birlamchi tabiat makonda cheksiz, zamonda abadiydir, u hamma yerda doimo mavjud. Inson shu birlamchi tabiat materiallari asosida amaliy faoliyati va ongi bilan ikkilamchi tabiatni yaratadi.

“Ikkilamchi” tabiatning vujudga kelishi insonga birlamchi tabiatga undagi narsa hodisalarga va jarayonlarga ularning qonuniyatlarini insonning bilishga bog’liqdir. “Ikkilamchi tabiat” o’z mavjudlik shakllari va realli sharoitlariga ko’ra uning yuzaga kelishida asos bo’lgan birlamchi tabiatga uxshaydi. Lein shu bilan birga “ikkilamchi tabiat” o’zining vujudga kelishi, yashashida inson mehnati va bilimi bilan bog’liqligi jihatdan birlamchi tabiatdan farq ham qiladi. Aniq qilib aytsak, ikkilamchi tabiat inson paydo bo’lgandan keyin inon tomonidan yaratiladi, shu jihatdan u inson faoliyati va ongining mahsulidir.”Ikkilamchi tabiat” narsa va hodisalari ijtimoiy hayotda inson ehtiyojini qondirish zaruriyati. Ijtimoiy turmushda biron bir funktsiyani bajarish zarurati tufayli yaratiladi. Masalan, bizning asosiy yozu qurolimiz bo’lgan ruchkani olaylik. Ruchka o’z materialiga ko’ra birlamchi tabiat resurslariga oid. Uni qayta ishlab unga o’z mehnati va ongini sarflab inson uni ikkilamchi tabiatga aylantirib zining yozuv qurolini yaratgan.

Umuman ikkilamchi tabiat narsa va hodisalari birlamchi tabiat materiallari, inson mehnati ongi, bilimi, hamda shular asosida yaratilgan narsa va hodisalarning ijtimoiy funktsiyalarining ajralmas birligidan iboratdir.

“Birlamchi” va “ikkilamchi” tabiatlar borlig’i haqidagi fikrlarimizni qo’yidagicha yakunlash mumkin ular o’zaro aloqadorlikda bo’lib bir tomondan bir-biri bilan umumiylikka o’xshashlikka birlikka ega bo’lsa ikkinchi tomondan bir-biriga nisbatan ma‘lum farqlarga ham ega.

Birlamchi tabiat makonda cheksiz zamonda abadiy va doimiy borliq bo’lsa ikkilamchi tabiat inson mavjudligi bilan uning faoliyati va ongi bilan bir butun jamiyat bilan bog’liq holda mavjud bo’ladi, u fazo va vaqtda ibtidoga va intihoga ega.

Birlamchi tabiat inson unda yashab uni bilib borayotgan bitmas-tuganmas cheksiz dunyo (olam) bo’lsa ikkilamchi tabiat esa inson tabiat qonunlarini bilish olishi tufayli ular asosida yaratgan narsa va hodisalar, jarayonlar dunyosidir.

Ikkilamchi tabiat bir tomondan birlamchi tabiat kabi ob‘ektiv real borliq bo’lib u inson ongidan tashqarida mavjud bo’lsa, ikkinchi tomondan u insonga bog’liq hamdir, chunki unda kishilarning maqsadlari, g’oyalari, bilim va mehnatlari mujassamlashgan bo’ladi. Ikkilamchi tabiat birlamchi tabiat va kishilar (inson) borlig’ini bog’lovchi, ular chegarasidagi borliq bo’lib tabiiy borliqning o’ziga xos shakli sifatida birlamchi tabiat borlig’iga nisbatan ham inson borlig’iga nisbatan ham nisbiy mustaqil borliqdir.

hozirgi zamon faylasuflarining aksariyat qismi jamiyatni kishilar va ijtimoiy munosabatlar yig’indisi sifatida tasavvur qiladilar. Xuddi shu boisdan ham jamiyat borlig’i ikki tomonga ega u ham ijtimoiy borliqni, ham indivning jamiyatdagi borlig’ini o’z ichiga oladi.

Biz individlar borlg’ining o’ziga xos xususiyatlari va ijtimoiy munosabatlarning tabiati haqida maxsus ma‘ruzalarimizda batafsil to’xtalamiz, bu ma‘ruzada asosiy tushuncha berish bilan kifoyalansak bo’ladi.

Ijtimoiy borliq individual, yakka shaxs va jamiyacht borlig’ining birligidan iborat borliqdir. Ijtimoiy borliq deyilganda individual yakka shaxs va jamiyat hayotining hamma tomonlari emas, balki ularning faqat moddiy hayoti tushuniladi. jamiyat moddiy hayoti esa kishilarning o’z hayotlari jarayonida ularning irodalariga bog’liq bo’lmagan ishlab chiqarish munosabatlaridan bu ishlab chiqarish munosabatlarining jamiki o’z ichiga olgan jamiyatning iqtisodiy tizimi, real bazisidan iborat bo’ladi. Jamiyatni ilmiy tushunishiga ko’ra ijtimoiy borliq ya‘ni moddiy hayotni ishlab chiqarish usuli jamiyat hayotining sotsial (ijtimoiy) siyosiy va ruhiy jarayonlariga sababchi bo’ladi. Demak ijtimoiy borliq deganda falsafada bir butun jamiyatning moddiy hayotini, moddiy ne‘matlar ishlab chiqarish hamda ishlab chiqarish jarayonida kishilar kirishadigan moddiy munosabatlarni tushunamiz. Ijtimoiy borliq ijtimoiy ong bilan chambarchas bog’liqdir, ular bir butun jamiyat hayotining ikki moddiy va ma‘naiy tomonlarini tashkil qiladi.

Atrofimizdagi qaysi narsaga nazar tashlamaylik, inson qo’li bilan yaratilgan. Insonning qaysi fazilati xususida gapirmaylik uning jamiyat ta‘siri ostida shakllanganini ko’rsatib utmay ilojimiz yo’q. Zero ijtimoiy borliq va individ borlig’i o’zaro dialekti aloqadorlikdir.

Jamiyat insonda namoyon bo’lgani kabi insonning hohish irodasi ham jamiyatda namoyon bo’ladi, unda o’z izini qoldiradi. Insonlar o’rtasidagi munosabatlarda vosita rolini o’taydigan har qanday narsa eng avvalo inson hohish-irodasining mahsulidir. Bu vositalarning barchasini (masalan, pul, til boshqa abstraktsiyalar) inson o’z hayotini yengillashtirish jamiyatni o’z ehtiyojlariga mos ravijda o’zgartirish maqsadida vujudga keltirgan. Demak ijtimoiy borliq individ borlig’iga qanday qudratli ta‘sir o’tkazsa individ borliqg’i ham ijtimoiy borliqqa shunday aks ta‘sir ko’rsatib turadi. Jamiyat borlig’ining ikki tomoni o’rtasidagi dialektik aloqadorlik ham ana shundan iborat.

Inson borlig’i. Inson borlig’i alohida kishi borlig’i va butun insoniyat borlig’i ko’rinishlarida mavjud bo’lishi jihatdan o’ziga xosdir. Biroq bu inson borlig’ida tabiat va jamiyatdagi hamma narsalar uchun umumiy bo’lgan tomonlar xususiyatlar ham mavjuddir. Bu jihatdan inson borlig’i o’z tabiati va mohiyatiga ko’ra eng murakkab borliq shaklidir, u hamma borliq shakllarining ma‘lum tomonlarining dialektik birligini namoyon etadi.

Inson borlig’i avvalo insonning tabiat taraqqiyotining mahsuli sifatida tabiiy borliqning har iki shakliga oid tomonlar bilan birga ijtimoiy-tarixiy taraqqiyot mahsuli sifatida unda ijtimoiy va ma‘naviy borliqning ham barcha shakllariga oid tomonlarning yig’indisi mujassamlashgandir.

Falsafiy nuqtai nazardan qaraganda inson dastavval taibatning eng oliy tirik mavjudotidir. Inson mavjudligining asosini inson tanasidagi hayot tashkil qiladi. Insonning tanasi bunda tabiiy jism sifatida boshqa tabiiy jismlar bilan bir xil ular ega bo’lgan barcha xususiyatlarga egadirlar ya‘ni u ham paydo bo’lish o’sish, rivojlanish, ulg’ayish bir holatdan ikkinchi holatga o’tish va shu kabi xususiyatga ega. Bu tanada ham birinchi navbatda hayot jarayoni ya‘ni oqsil tanachalarining yashash usuli-moddalar almashish jarayoni kechish lozim.

Inson tanasi bunda tabiatdagi barcha notirik va tirik jismlarda amal qiladigan qonunlarga bo’ysunadi. Lekin bu insonning jonli tanasining o’zi hali inson borlig’ini tashkil qilmaydi. Chunki inson borlig’i avvalo alohida kishining individual borlig’i va bir butun insoniyat borlig’i shakllarida mavjud bo’ladi.

Alohida kishining individual borlig’i esa dastlab tana va ruhning birligidan iborat bo’lib, u shu alohida kishining individual hayoti va faoliyatini uning moddiy va ma‘naviy ehtiyojlari yashashi, his-tuyg’u va fikrlari maqsad va istaklari, umid va orzulari, o’z-o’zini anglashi dunyoni bilishi individual ongi va tafakkuri narsalarga kishilarga tabiatga va jamiyatga alohida munosabatlarining jaminini o’zida qamrab oladi.

Bir butun insoniyatning borlig’i esa kishilik jamiyatning butun hayoti uning o’tmishi, hoziri va kelajagiga oid moddiy va ma‘naviy turmushi, ishlab chiqarishi ijtimoiy munosabatlari, ijtimoiy ong va haqazolardan iboratdir.

Inson tabiatdan tashqarida mavjud bo’lmaydi lekin bu mavjudlik faqat tabiiy-jismoniy xaraktergagina ega eams. Unda borliqning uch turli o’lchovi ja‘mdir.

Real holda alohida inson yoki fikrlovchi, his etuvchi narsagina (jism) mavjud. Bu inson mavjudligining birinchi o’lchovi. Biroq shu bilan bir qatorda inson Homo Sapiens turiga mansub individual zot hamdir. Bu-inson borlig’ining ikkinchi o’lchovi. Nihoyat inson-ijtimoiy-tarixiy mavjudot (uchinchi o’lchov) hisoblanadi.

Inson borlig’ida aql-zakovatning ahamiyati nihoyatda katta. Buni isbotlab o’tirishning hojati yo’q bo’lsa kerak. shu sababdan ma‘naviy borliqning xususiyatlarini ham yaxshi tushunishimiz unng asosiy komponentlarini chuqur anglashimiz shart.

Ma‘naviy borliq Ma‘naviy borliq aslida inson borlig’ining bir ko’rinishi bo’lib, u individual va ijtimoiy ong jarayonlarini o’z ichiga oluvchi ma‘naviylik, ma‘naviy qadriyatlar va ma‘naviy boyliklardan iboratdir.

Ma‘naviylik-bu ko’p qirrali ong va ongsizlik jarayonlarini o’z ichiga oladigan insonning kundalik hayot tajribalari, uning tabiat atrofdagi kishilar va jamiyat bilan bo’lgan munosabatlarida hosil qilgan malakalari, ko’nikmalari, uning shaxs sifatida shakllanishi davomida egallagan axloqiy, siyosiy, huquqiy, diniy, falsafiy qarashlari, shuningdek fanlarni o’rganish asosida olgan bilimlari, badiiy, texnik va ilmiy ijodlarining yig’indisi hisoblanadi.

Ma‘naviylikni ya‘ni ma‘naviy borliqni uning mavjudli shakllaridan kelib chiqib ikki turga bo’lib o’rganish mumkin. Ularning birinchisi –individ ongi va ruhiyati bilan bog’liq bo’lgan individuallashgan ma‘naviy borliq bo’lgan individuallashgan ma‘naviy borliq bo’lsa, ikkinchisi-individ ongi va ruhiyatidan tashqari, ularga bog’liq bo’lmagan ob‘ektivlashgan ma‘naviy borliqdir.

Individuallashgan ma‘naviy borliqning tashuvchisi bu indiid ongi va ruhiyatidir. Ular individ-alohida kishi miyasining xossalari bo’lib, inson borlig’ining ajralmas qismlaridir. Konkret kishining his tuyg’ulari ichki ruhiy kechinmalari, orzu-istaklari, xotirasi, taassurotlari, fikrlari, xayollari, qarashlari, g’oyalari, individual ong osti va ongsizlik jarayonlari individuallashgan ma‘naviy borliqning elementlaridir. Individuallashgan ma‘naviy borliqning o’ziga xos xususiyati shundaki, unda sodir bo’ladigan jarayonlarning mavjudligini bevosita tashqaridan turib sezish, kuzatish, bilish mumkin emas. Ularni ilg’ash, his qilishning birdan-bir yo’li individning o’z ongida, o’z ruhiyatida yuz berayotgan jarayonlar to’g’risida o’z-o’ziga hisob berishidir. Fan sohasida hali kishi miyasida sodir bo’ladigan ong faoliyati va ruhiy jarayonlarni butunlay to’laligicha bilish qayta tiklash yoki qayd qilib qo’yishga hozircha erishganimiz yo’q. Biz shu paytgacha odatda ularning sub‘ektiv taassuroti biz uchun qoldirgan tabiiy yoki ijtimoiy ahamiyatga ega bo’lgan ayrim qismlari, ko’rinishlarini ajratib olib qayd qilib kelamiz xalos. Individuallashgan ma‘naviy borliqning o’ziga xos xususiyati yana shundaki, unga xos jarayonlar individning dunyoga kelishi bilan paydo bo’ladi va olamdan o’tishi bilan birga yo’qoladi.

Ma‘naviy borliqning ikkinchi ko’rinishi-bu ob‘ektiv-lashgan ma‘naviy borliqdir. Bu borliqda individ ongida paydo bo’lgan g’oyalar, qarashlar, fikrlar undan tashqariga chiqib ob‘ektivlashadi, reallashadi, moddiylashadi. Natijada, ular individual ongdan tashqarida yashay boshlaydi. Ob‘ektivlashgan ma‘naviy borliqning o’ziga xos xususiyati shundaki, u sub‘ekt ongidan individual ongdan chiqib unga bog’liq bo’lmagan holda ob‘ektivlashgandan so’ng, tabiiy va sun‘iy tillar materiallarida, ijtimoiy ong va uning shakllarida, masalan, muayyan san‘at asarlari va madaniyat obidalarida ifodalangan g’oyalar, qarashlar nazariya va ta‘limot shakllarida tarixiy taraqqiyot davomida riojlanib takomillashib boradi va asrlar osha insoniyatga xizmat qilib saqlanib turadi.

Ob‘ektivlashgan ma‘naviy borliqning bir ko’rinishi bu til (nutq)dir. Tilda ong faoliyatining bir qismi reallashadi. Chunki til reallashgan ongdir. Tilda ong mahsuli fikr moddiylashadi: u tovushlar va so’zlar, gaplar va bayon qilingan nutqlarda ifodalanadi.

Insoniyat yaratgan barcha moddiy va ma‘naviy madaniyat yodgorliklari, kitoblar, formulalar, loyihalar, modellar, ranglar, kuylar, notalar, raqslar-hamma hammasi individual ma‘naviylikning ob‘ektivlashgan, modiylashgan ko’rinishi ob‘ektivlashgan ma‘naviy borliqdir.

Borliqning darajalari va asosiy shakllari xususidagi mulohazalarimizga xulosa yasar ekanmiz qo’yidagilarga e‘tibor berish zarur deb hisoblaymiz; borliqning ikki darajasi mavjud: potentsial borliq va aktual borliq. Mavjudlik usuliga qarab esa uni moddiy olam ruhiy-ma‘naviy olamga bo’lish mumkin. Ushbu usullar kombinatsiyasi natijasida borliqning turli shakllari, xususan tabiat borlig’i, jamiyat borlig’i, inson borlig’i va ma‘naviy borliq vujudga keladi.

3. Substantsiya muammosi. Monizm,

dualizm va plyuralizm.

“Borliq” kategoriyasi turli narsa va predmetlar, hodisa va voqealar, jarayon va holatlarni mavjudlik belgisiga qarab bir butunlikka jamlaydi. Barcha mavjud narsa va jarayonlar bizni o’rab turgan olamni tashkil etadilar.

Borliqning asosiy shakllarini (tabiat, jamiyat, inson, ma‘naviyat) tahlil etar ekanmiz, narsa va predmetlar, hodisa va voqealar turli tuman bo’lsada, barchasi uchun poydevor vazifasini utaydigan asosga ega bo’lishi kerak, degan xulosaga kelamiz. Shu munosabat bilan xilma-xil, abadiy olamning yaxlitligi, birligi haqidagi muammo yuzaga keladi.

Borliqning birligi g’oyasi subtantsiya haqidagi tasavvur-larga eltadi. Falsafada buni “substantsiya” muammosi deyiladi. Substantsiya-lotin tilida “asos” ma‘nosini anglatib, falsafada turli tuman, xilma-xil bo’lgan olamning yaxlitligini ifodalash uchun qo’llaniladi.

Substantsiya muammosi barcha faylasuflarning e‘tiborini tortgan masalalardan biridir. Falsafiy tafakkur tarixida bu xususda ko’plab ahamiyatli fikrlar tilga olingan.

qadimgi davr materialist faylasuflar suvni, havoni, olovni, atomlarni, ya‘ni moddalarning biron turini substantsiya deb tushunganlar. rta asr Sharq falsafasi namoyondalari al-Kindiy, ar-Roziy, Farobiy, Ibn sino, Ibn Rushd o’z falsafiy qarashlarida substantsiya hamma narsalarning moddiy asosi, ularning mohiyati deb qaraganlar.

Xulosa

Ayrim faylasuflar substantsiya deb butun mavjudlikning asosi bo’lgan mutlaq g’oyani ruhni yoki sub‘ekt ongi va shu kabilarni tushunishadi. Masalan, qadimgi Yunon mutafakkmrlaridan Pifagor substantsiya deb sonlarni tushushungan. Platon substantsiya deb g’oyani, g’oyalarni substantsiya deb qaraydi. Nemis klassik falsafasining vakili I.Kant substantsiyani u shunday bir doimiy narsani faqat unga nisbatangina hamma vaqtli hodisalarni aniqlash mumkin deydi. I.Kant fikricha, substantsiya-tajriba ma‘lumotlarini sintezlashtiruvchi tafakkurning aprior shaklidir.

Hegel esa “mutlaq g’oya” , “mutlaq ruh”ni substantsiya, deb qarab, uni narsalarning muhim zgaruvchan, rivojlanuvchi tomonlarining yaxlitligidir, mazkur tomonlarda bu yaxlitli ularning mutlaq inkor etilishi, ya‘ni mutlaq quvvat va shu bilan birga, har qanday mazmunning boyligi sifatida ochiladi”,-deydi. U substantsiyani “mutlaq g’oyaning rivojlanish jarayonida muhim bosqich”, “har qanday haqiqiy taraqqiyotning negizi” deb ta‘riflaydi. hegelda substantsiya ayni bir vaqtda ham rivojlanuvchi g’oya-ibtido, ham sub‘ekt, ya‘ni o’z-o’zini tug’diruvchi asos, ham shu rivojlanishning momenti sifatida qaraladi.

Faylasuflarning yagona asos to’g’risidagi qarashlari monizm ta‘limotini keltirib chiqargan. Monizm- yunon tilidi “yakka”, “bir” ma‘nosini anglatib, dunyoning asosini bitta deyuvchi ta‘limotdir. Shunga ko’ra, olamning yaxlitligini moddiylika asoslanib tushuntirgan falsafiy ta‘limotlarni materialistik monizmga yo’ysak, substantsiyani ruhdan izlagan falsafiy ta‘limotlarni idealistik monizm deb ataymiz.

Faylasuflar orasida dunyoning asosini bir narsa emas, balkki ikki narsa: ham g’oya (ruh), ham materiya tashkil qiladi deyuvchilar ham mavjud bo’lgan. Masalan, yangi zamon falsafasida frantsuz faylasufi Rene Dekart substantsiya muammosini qarab chiqar ekan, u dunyoning asosida moddiy reallikni birlashtiruvchi, jipslashtiruvchi qudrat materiya bo’lsa, ruh-ma‘naviylikning yaxlitligini ta‘minlovchi feno-mendir, deb uqdiradi.

Bunday qarash dualizm deb ataladi. Dualizm –lotin tilida “ikki” ma‘nosini anglatib, bu ta‘limotning tarafdorlari dunyoning asosida bir-biriga bog’liq bo’lmagan ham materiya, ham ruh (g’oya) yotadi, ular o’rtasida hech bir umumiylik yo’q deyishadi.

Substantsiya muammosini hal qilishda monistik va dualistik qarashlardan farqli o’laroq plyuralistik qarashlar ham majud. Ushbu falsafiy pozitsiya taraftorlari bir-biriga aloqador bo’lmagan ko’plab ibtidolar borligini ko’rsatib o’tadilar. Mazkur terminni 1712 yilda nemis faylasufi X.Volf kiritgan. Plyuralizm chor unsur falsafasidan kelib chiqadi. Unda tuproq, suv, havo va olov olmadagi barcha narsalarning ibtidosi deb uqdirilgan edi. Yigirmanchi asrga kelib, shaxsning takrorlanmasligini isbotlashga harakat qiluvchi personalizm, ekzistentsializm tarafdorlari plyura-lizm voqelikni anglashning o’ziga xos kontseptsiyasiga aylan-tirdilar.

Plyuralizm-lotin tilida “kutlik” ma‘nosini anglatib, bu ta‘limot nuqtai nazaricha dunyoning asosini yakka bir narsa eams, balki ko’p narsalar tashkil qiladi. Dunyodagi butun mavjudotlar yagona bir ibtidoga ega bo’lmagan ko’pdan-ko’p, har xil asoslardan tashkil topgandir.

Xulosa qilib aytadigan bo’lsak, olam nafaqat bor, mavjud, balki bir, yaxlit hamdir. Uni jipslashtirib turgan ibtido substantsiyadir. Borliqning substantsiyasi materiya deb hisoblovchi ta‘limotlar materialistik monizm deyiladi. Dualizm tarafdorlari olamning birligini ta‘minlab turgan ibtido materiya va ruhdir, deb talqin qilsalar, plyuralizm pozitsiyasida turgan faylasuflar bunday ibtidoning nihoyatda ko’pligini e‘tirof qiladilar.

Ilmiy falsafiy ta‘limotlar va hozirgi zamon fanlari erishgan yutuqlari ma‘lumotlariga ko’ra, moddiy borliq doimiy harakatda bo’lgan materiyaning turli shakldagi ko’rinishidir.

4. Moddiylik va ma‘naviylik dialektikasi:

materiya va ruh.

Borliq haqida mulohaza yuritar ekanmiz, undagi moddiylik va ma‘naviylik dialektikasiga alohida to’xtalmay ilojimiz yo’q. Chunki, biz yuqorida ko’rsatib o’tganimizdek, borliqning turli shakllari aynan ana shu mavjudlik usullariga, ularning turli tarzdagi kombinaziyalariga asosan vujudga keladi. Moddiy olamning o’ziga xos xususiyatlarini anglab yetish uchun “materiya” kategoriyasiga tayansak, ma‘naiy olam silsilalarining yechimi “ruh” tushunchasini anglab olishdan boshlanadi. Boz ustiga materiya va ruh har qanday falsafiy ta‘limotning har qanday dunyoqarashning ikki qutbini tashkil qiladi.

Moddiy olamning asosida yotuvchi umumiy mohiyatni axtarish falsafada materiya haqidagi tasavvurlarning rivojlanishiga sababchi bo’ldi. “materiya” moddiy unsurga nisbatan ham, atomlarga nisbatan ham, umumiyroq bo’lib, borliqning ob‘ektiv real shaklini ifodalovchi, eng umumiy tushunchadir.

haqiqatdan ham, umuman materiya bu tushuncha, abstraktsiya, fikrning mahsulidir, chunki olamda “umuman materiya” uchramaydi, balki materiyaning konkret ko’rinishlari uchraydi. Shunday qilib, faylasuflar barcha moddiy ob‘ektlarga xos xususiyatlarni umumiy tarzda ifodalash uchun qo’llaydigan tushuncha bu “materiya”dir.

Materiyaning falsafiy uchta muhim jihati bor. Bular: birinchidan, materiya tushunchasi falsafiy kategoriya ekanligi, ikinchidan bu kategoriya ob‘ekti reallikni, moddiy voqelini ifoda etishi, uchinchidan materiyani bilish mumkinligining ta‘kidlanishidir. Materiyaning bu falsafiy tushunchasi materiyaning muayyan ko’rinishlarini, uning tuzilishi va xossalarini o’rganishda metodologik ahamiyat kasb etadi.

haqiqatdan ham, materiya ko’pgina atributlar yig’indisidan iboratdir. Biroq uning bir necha asosiy parametrlari borki, materiya haqida mulohaza yuritgan barcha faylasuflar masalaga turlicha yondoshganlari holda ularni tan oladilar. Ana shu parametrlar ichida eng muhimi materiyaning ob‘ektiv reallikdan iborat ekanligidir. Shu sababli hozirgi zamon faylasuflari “materiya” kategoriyasining asosiy defimnitsiyasi sifatida qo’yidagi ta‘rif olinishi lozimligini uqtiradilar: “materiya-inson ongidan qat‘iy nazar mavjud bo’lgan va uning tomonidan aks ettiriladigan ob‘ekti reallikdir”. Ushbu ta‘rifning gnoseologik samarasini asoslab beruvchi argumentlar o’nlab keltirilgan. Biroq ta‘rif xususida chuqurroq o’ylab qarasak, uning inson dunyoqarash nuqtai nazaridan berilganiga amin bo’lamiz. Alhol, definitsiyaga dunyoqarash mohiyati haqidagi tasavvurlar pozitsiyasidan yondoshsak, materiya haqidagi fikrlarimiz yanada ravshanlashadi.

SHu nuqtai nazardan materiyaga berilgan yuqoridagi ta‘rif eng falsafiy ta‘rifdir. Unda materiya biror xossasiga qarab emas, dunyoqarashning asosiy masalasidan kelib chiqqan holda ifodalangan.

Albatta, biz materiyani uning ayrim xossalarga tayanib ta‘riflashdan voz kechish kerak, demoqchi emasmiz. Biroq unga berilgan definitsiyaning eng asosiysi yuqoridagi ifodalangan bo’lmagan shart.

Falsafaning asosiy masalasi haqida mulohaza yuritganda materiya kategoriyasiga qaysi tushunchani nisbat qilishimiz kerakligiga e‘tibor qilmaymiz. Bunda ong tushunchasi bilan birga tafakkur terminini qo’llaymiz (ya‘ni materiya va ong, materiya va tafakkur o’rtasidagi munosabatlar xususida gapiramiz). Biroq ma‘lum maqsadda qo’l keladigan bunday yondoshuvga asoslansak, materiyaga qarshi qo’yiladigan kategoriyaning kategoriyaning mazmunini taraytirgan materiya haqidagi tasavvurlarimizni esa soddalashtirgan bo’lamiz. Chunki ong va tafakkur tushunchalarining mazmuni aynan bir xil emas. Insoning individual ongi ratsional, aqliy bilishdan tashqari voqelikni hissiy aks ettirishni ham (sezish, idrok etish, tasavvur qilish) o’z ichiga oladi. Inson his-tuyg’ulari, kechinmalari ham hissiy bilishga kiradi. Shu boisdan materiya tushunchasiga faqat ruh kategoriyasini qarshi qo’yish mumkin.

Ruh tushunchasi tafakur tushunchasiga qaraganda mazmunan boyroq. Ruh-nomoddiy ibtidoni ifodalovchi falsafiy tushunchadir. Falsafiy tafakkurda mazur kategorriya turli metodologik pozitsiyadan talqin etiladi. Xususan, panlogizm ruhni mantiqiy tushuncha sifatida tahlil qilsa, pantizm taraftorlari ruhni olamning subtantsiyasi tarzida o’rganadilar. Ratsionalizm ruhning muhim tomonini tafakkur tashkil etadi deb uqdirsa, irratsionalizm ayrim fikriylik aspektlarini (iroda, his-tuyg’u, tasavvur, intuitsiya) ruhning asosiy komponenti sifatida yoritadi.

Ruh tushunchasining genezisi ham qiziqarli hind falsafasida uning mazmunini barxman va atman bilan nisbatda ochib beriladi. Braxman-ob‘ekti shaxssiz ruhiy ibtido bo’lib, uning zichlanishi oqibatida olam vujudga keladi. Atman esa sub‘ektiv ruhiy ibtido, individual “Men”ni anglatadi. Ushbu g’oya hozirgi zamon falsafiy adabiyotlarida ham rivojlantiriladi. Xususan ularda ruh borliqning turli shakllarida namoyon bo’ladi deb ta‘kidlanadi. Chunonchi, alohida individ ruhi (shaxsiy ruh), umumiy, jamoaviy ruh (ob‘ektiv ruh, masalan xalq ruhi) va ob‘ektivlashgan rush (ruhning tugal mahsullari yig’indisi, masalan, san‘at asarlari) haqida gapirish mumkin.

Xush materiya va ruh o’rtasidagi qarama-qarshilik nimalarda namoyon bo’ladi? Birnichidan, gnoseologik timsollarda moddiy predmetlardan asar ham yo’q, ular mustaqil sub‘ektiv reallikni tashkil qiladilar.

Ikkinchidan ongdan joy olgan timsollar asosida ruyobga chiqishga muhtoj bo’lgan konstruktlar g’oyalar vujudga keladi. Ongning ijodiy tabiati sharofati bilan moddiy voqelikda o’xshashiga ega bo’lmagan ideal obrazlar yaratiladi.

Uchinchidan, individual ong hamisha moddiy borliqqa bog’liqdir.

Moddiylik va ma‘naviylik, materiya va ruh o’rtasidagi dialektik aloqadorlikka bag’ishlangan mulohazalarimizga xulosa yasaydigan bo’lsak, materiya –insondan tashqarida turgan ob‘ektiv reallikni ifodalovchi kategoriyadir. Ruh esa nomoddiy ibtidoni ifodalovchi falsafiy tushuncha hisoblanadi. Materiyaning mohiyatini anglab olish uchun ruh tushunchasining mazmunini aniqlash zarur bo’lgani kabi, ruhning tabiatini ilg’ash uchun materiya kategoriyasi metodologik jihatdan to’g’ri tadqiq va talqin etilishi shart. Chunki materiya va ruh o’zaro dialektik aloqadordirlar. Borliqning moddiy asosini materiya tashkil qilsa, uning ma‘naviy asosi ruhdan iboratdir.

5. Harakat. harakatning asosiy shakllari

va ularning o’zaro aloqadorligi.

Materiya atributlari ichida uning asosiy yashash usuli, mavjudlik shakli-bu harakatdir, chunki materiyaning har qanday ko’rinishning yaxlitligi harakat tufayli saqlanadi. Agar harakat bo’lmaganda edi, har qanday jismning tarkibiy qismlarini tutashtirib turuvchi o’zaro ta‘sir kuchlar ham bo’lmagan bo’lar edi, natijada hech bir narsaning butunligi, yaxlitligi, tartibi saqlanmasdi. Biz, atrofimizdagi narsalarni harakat tufayli, ya‘ni ularni yoruqlik nurlari urilib, bizning ko’zimizga tutashganligi uchun ko’ramiz. harakat tufayli havo tebranishlari quloqlarimizga tovush to’lqinilarni tashib keladi va biz eshitamiz. harakat tufayli atomlar va molekulalarda o’zgarishlar sodir bo’ladi, o’simliklarda moddalar almashinadi, energiya va axborot uzatiladi, harakat tuafyli hayvonot olami va inson muhit bilan aloqada bo’ladi, jamiyat rivojlanadi. harakat tufayli quyosh nurlari yerga yetib keladi, daryolar oqadi, o’simliklar o’sadi, fasllar almashinadi. quyoshsistemasi, galaktikamiz va butun koinotdagi hayotiy jarayonlar davom etadi.

harakatning ikki asosiy tipi mavjud. Birinchisi narsa sifatining saqlanishi bilan bog’liq harakatdir. Narsada doimo biror bir o’zgarish yuz berib turadi. Biroq u sifatdan o’z-o’ziga mos bo’lib qolaveradi. Ikkinchidan ma‘lum sharoitlarda narsalarning sifati ham o’zgaradi. Bunga biror narsaning buzilishni, bo’linib ketishni misol qilsa bo’ladi. Xususan, nisbatan murakkab jarayonlar ham sifat o’zgarishiga olib keluvchi harakat tipiga kiradi. quyosh kabi yulduzlarda yuz beradigan o’zgarishlar buning yaqqol misolidir.

harakatning mazur tipiga materiyaning biologik shakllaridan ham misol keltirish mumkin. Masalan, yangi turdagi hayvonlar va o’simlik organizmlarining vujudga kelishi, alohida organizmlarning bir necha bosqichlarni bosib o’tishi va hakazolar.

harakatning bir-biridan farq qiluvchi bir qancha shakllari mavjuddir. harakat shakllarini turkumlash falsafada muhimdir. Faylasuflar harakat shakllarini turkumlashda qo’yidagi qiodalarga tayanadilar:

harakat shakllari bir-biri bilan sifat jihatdan farq qilib, ularning har biri materiyaning tashkiliy tuzilish darajalarining muayyan bosqichida namoyon bo’ladi.

harakat shakllari bir-biri bilan kelib chiqish jihatidan (genetik jihatdan), ketma-ket bog’langandir, ya‘ni harakatning murakkabroq shakllari uning nisbatan soddaroq shakllaridan kelib chiqqandir.

Harakatning yuqori shakllari tarkibida qo’yi darajadagi harakat shakllari qatnashadi, ya‘ni harakatning qo’yi shakllari uning yuqori shakllariga ham mansubdir, ammo harakatning yuqori shakli o’zidan qo’yi shakldagi harakatga mansub emasdir. Shu qoidaga tayangan holda harakatning bir necha shaklini ajratib ko’rsatish mumkin. Ular qo’yidagilardir: mexanik harakat, issiqlik, yorug’lik, elektr, magnitizm, kimyoviy birikish va parchalanish, agregat holatlarning bir-biriga o’tishi va organik hayot. Bularga ijtimoiy harakatni qo’shsak harakat shakllari mavjud bo’ladi;

Mexanik harakat (jismlarning fazodlektagi siljishi).

Fizik harakat (issiqlik, yorug’lik, elektr, magnitizm).

Kimyoviy harakat (kimyoviy birikish va parchalanish, agregat holatlarning bir-biriga o’tishi)

Biologik harakat (organik hayot)

Ijtimoiy harakat.

Biroq hozirgi zamon fani materiyaning yangi darajalarini kashf etib bormoqda. Bu materiya darajalarining o’ziga xos harakatlanish shakllari mavjud. Shu boisdan davrimiz olimu-fuzalolari bugungi kunda geologik, sayyoraviy va o’zga harakat shakllari haqida ham gapirmoqdalar. Ammo harakatning ushbu shakllari xususidagi ilmiy ma‘lumotlar hanuzgacha kamligicha qolmoqda.

Bizga ma‘lumki materiyaning uch asosiy darajasi mavjud: o’lik tabiat, tirik tabiat va jamiyat. Shunga ko’ra harakatning shakllarini ham uch blokka bo’lish mumkin. Chunonchi, o’lik tabiatni fizik va ximik harakat xarakterlasa, tirik tabiatni-biologik, jamiyatni esa ijtimoiy harakat tavsiflaydi. Mexanik harakat biror bir materiya darajasi bilan bog’liq emas. U bir necha shunday darajalar o’rtasidagi o’zaro aloqadorlikni xaraterlaydi. Boz ustiga, elementlar, zarrachalar va atomlar o’rtasidagi o’zaro aloqadorlikni ifodalovchi harakat shaklini kvantomexanik harakat desak, makrojismlarga oid harakat makromexanik harakat deyishimiz mumkin.

Harakat xususidagi mulohazalarimizga xulosa yasaydigan bo’lsak, harakat-materiya mavjudligining usuli bo’lib, narsada yuz bergan har qanday o’zgarishni ifodalaydi, haraatning antipodi turg’unlikdir, harakat abadiy, turg’unlik esa nisbiy tushunchadir. Falsafiy adabiyotlarda harakatning ikki tipi (miqdoriy o’zgarishlarda olib keluvchi harakat va sifatiy o’zgarishlarga olib keluvchi harakat) va turli shakllari (mexanik, fizik, ximik, biologik, ijtimoiy, shuningdek geologik, sayyoraiy va boshqalar) ko’rsatib o’tiladi.

6. Makon va zamon

Avvalo “makon” va “zamon” kategoriyalarining mazmuning aniqlab olsak. Biz o’z faoliyatimiz davomida olamning murakkab tarkibga ega ekanligiga, moddiy ob‘ektlarni tashkil qilgan qismlar va elementlar bir-birlariga nisbatan ma‘lum tarzda joylashganiga, ularning ma‘lum chegaraga egaligiga shohid bo’lamiz. Boshqacha aytganimizda, har bir ob‘ekt unga kiruvchi elementlar, narsalar olamida tutgan o’rni va o’lchamlari bilan xarakterlanadi.

Moddiy olamning tarkibiy tuzilishini ifodalovchi ushbu xossalar makonning boshlang’ich va asosiy xarakteristikalari hisoblanadi. Ularni voqelikning o’zidan ajratib olsak (albatta, hayolan) “sof makon” haqidagi tushunchaga ega bo’lamiz. Makon haqidagi tasavvurlar va “makon” tushunchasi aynan ana shunday hosil qilinadi. Materiya turli shakllarga ma‘lum tarkibiga egaligi tufayligina “makon” tushunchasi o’ziga xos mazmunga ega. Agar olam murakkab tarkibga ega bo’lmaganida edi, “makon” tushunchasi biror mazmun kasb etmagan bulur edi.

Xuddi shu mantiqqa asoslanib, “zamon” tushunchasining ham mazmunini anqlash mumkin. Moddiy olam nafaqat tarkibiy tuzilishga ega. Undagi ob‘ektlar hamisha harakatda va rivojlanishda, binobarin ular o’z mavjudligi davomida bir necha bosqichni bosib o’tadilar. Mazkur ob‘ektlar “hayotida” turli sifatiy holatlar biri ikkinchisi bilan almashinib turadi. Ushbu almashinish ma‘lum davriylikka ega bulishi, bir bosqich boshqasiga nisbatan uzunroq yoxud qisqaroq davom etishi mumkin. Jarayonlarning ushbu o’ziga xos xususiyati daomiylik tushunchasi orqali xarakterlanadi. Turli davomiyliklarni taqqoslash esa jarayonlarning tezligi va maromini ifodalochi me‘yorlar uchu asos vazifasini o’tashi mumkin. Agar ushbu xarakteristikalarni fikran narsalar va jarayonlardan ajratib olgan holda tahlil qilsak, “sof zamon” haqidagi tasavvurga ega bo’lamiz. Zamon haqidagi tasavvurlar va “zamon” tushunchasi harakat va taraqqiyot borligi tufayligina ma‘lum mazmun kasb etadi. Materiya harakatlanmaganida edi zamon xususida gapirishning hojati bo’lmagan bo’lardi.

“Makon” va “zamon” kategoriyalari borliqning tarkibiytuzilishini va o’zgaruvchanligini ifodalovchi umumiy abstraktsiyalardir. Makon va zamon-materiya mavjudligining shakllaridir. Biroq falsafa tarixida ushbu tushunchalar turlicha talqin qilib kelingan. Ushbu talqinlar zaminida ikki asosiy kontseptsiya vujudga keldi. Xususan, substantsial kontseptsiya makon va zamonni moddiy ob‘ektlardan xoli ravishda mavjud bo’lgan mohiyatlar sifatida ta‘riflaydi. Xuddi sahna dekoratsiyalarsiz mavjud bo’la olgani kabi makon va zamon ham turli narsalarsiz, jarayonlarsiz yashay olar emish. Bu nuqtai nazarni buyuk fizik Isaak Nyuton ham qo’llab quvatlagan.

Substantsial yondashuvdan farqli o’laroq makon va zamonning reletsion kontseptsiyasi ham mavjud. Bu kontseptsiyaning eng yirik namoyondalaridan biri G.V.Leybnits hisoblanadi. Uning uqtirishicha makon va zamon turli ob‘ektlar o’rtasidagi o’zaro munosabatlardan o’zga narsa emas. Binobarin materiya bo’lmasa makon va zamon ham bo’lmaydi.

Hozirgi zamon faylasuflarining aksariyat qismi reletsion yondashuvni ma‘qullaydilar. Fizikaning XX asr davomida erishgan yutuqlari, ayniqsa A.Eyneshteynning nisbiylik nazariyasi ushbu yondashuvning naqadar to’g’riligini isbotlayotir. Nisbiyli nazariyasi bizning makon va zamon haqidagi falsafiy tasavvurlarimizni aniqlashtirish, rivojlantirish imkonini beradi.

Bizning olamimizdagi makon va zamon to’rt o’lchovidir: uning uchtasi makonni, bittasi esa zamonni xarakterlaydi. Jismning makonda joy olishi uchun uch koordinata yotadi, hodisa yoxud voqeaning zamogna oid xarakteristikasi esa bitta koordinata yordamida aniqlanadi. Boshqacha aytadigan bo’lsak makon uch o’lchovli, zamon esa bir o’lchovlidir.

Falsafiy tafakkur va tabiatshunoslik tarixida makonning uch o’lchovli va zamonning bir o’lchovli ekanligini bir necha bor tushuntirib berishga intilishgan.



Makon va zamon haqidagi mulohazalarimizga xulosa yasasak, xullas makon va zamon-materiyaning mavjudlik shaklidir. Makon narsalarning borliqdagi o’rni, chegaralari va tarkibini ifodalovchi kategoriya bo’lsa, zamon hodisa, voqea va tarkibini ifodalovchi kategoriya bo’lsa, zamon hodisa, voqea va jarayonlarning davomiyligini anglab olish uchun qo’llaniladigan tushunchadir. Makon va zamon materiyadan tashqarida va undan mustaqil ravishda mavjud bo’la olmaydi. Bizning metagalaktikamizdagi makon va zamon 3q 1 o’lchovlidir. Lekin metagalaktikadan tashqaridagi olamlarda makon va zamonning boshqa o’lchovlari bo’lishi ham mumkin.

Download 109,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish